316-MAKTAB AXBOROT XIZMATI
147 subscribers
2.32K photos
662 videos
29 files
1.44K links
Шайхонтохур тумани 316-умумтаълим мактабида таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни тўғридан-тўғри кузатиб борасиз.
Download Telegram
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Kim kuchli? (6+) (qirg'iz xalq ertagi)

Ba'zan inson o'z kuchi, aql-zakovatiga ishonmay qoladi. Ammo u aslida kuchli ekanligini bilmaydi. "Kim kuchli?" nomli ertakda bu haqda so'z boradi. Uni tinglab, o'zingizga kerakli хulosani chiqarib oling.

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Aql bo'lsa pulning keragi yo‘q (8+) (italiya xalq ertagi)

Ko‘pgina kishilar boylik bo‘lsa har qanday ishni amalga oshirsa bo‘ladi, deb o‘ylashadi. Ammo boylik bilan bitmaydigan ishlar ham bor. "Aql bo'lsa pulning keragi yo'q" deb nomlangan italiya xalq ertagining qahramoni – musofir shahzoda o'z aqliga ishongan edi. Ammo uning aqli pand berdi. Biroq enagasi chindan ham aql ishlatib, uning mushkulini oson qildi. Bu qiziqarli voqea qanday sodir bo'lganini esa ertakni tinglagach, bilib olasiz!

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Ayiq va shamol (chukot xalq ertagi)

Haqiqiy do'st qiyinchilikda bilinadi, deb bekorga aytishmaydi. Shimol shamoli qutb ayig'iga yordam beradi, ammo ayiq tang ahvolda qolgan do'stining iltimosiga javob bermaydi. Bularning barchasi nimaga olib kelganini esa "Ayiq va shamol" chukot xalq ertagini tinglagach bilib olishingiz mumkin.

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Kichkina pari (7+) (bosniya xalq ertagi)

Inson do'stlik va mehrga xiyonat qilsa, eng qimmatli narsasidan ayriladi. "Kichkina pari" ertagining qahramoni bo'lmish shahzoda ham sevgisiga xiyonat qilib, baxtini yo'qotadi. Ertakni tinglasangiz, bu voqea qanday ro'y berganini bilib olasiz.

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Quyosh bilan quyun

Aqli va kuchiga tayanganlar mag'lubiyat nimaligini bilishmaydi. Ortiqcha manmanlik va kibrga berilganlar esa uyalib qolishlari hech gap emas. Quyosh bilan quyun ham kim qudratli ekani borasida bahs bog'lashadi. Uning qanday yakun topganini bilmoqchi bo'lsangiz, "Quyosh bilan quyun" o'zbek xalq ertagiga quloq tuting.

#premyera
@bolalikkunlarimda