316-MAKTAB AXBOROT XIZMATI
142 subscribers
2.32K photos
662 videos
29 files
1.44K links
Шайхонтохур тумани 316-умумтаълим мактабида таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни тўғридан-тўғри кузатиб борасиз.
Download Telegram
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi

Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) boʻlgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1️⃣Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda –Davlat xizmatlari markazlari orqali.

2️⃣barcha hududlarda:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (
www.dtm.uz) orqali.

Barcha abituriyentlarga tarqating !

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Abituriyentlar 5 tagacha taʼlim yoʻnalishini tanlashi mumkin

Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fandan oʻtkaziladi

Barcha abituriyentlarga tarqating !

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Magistraturaga va oʻqishni koʻchirish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi saytidan hujjat topshiriladi

Prezident qaroriga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish, shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Shuningdek, qaror bilan Fargʻona viloyatining Soʻx tumani uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha davlat granti asosidagi 500 ta oʻrin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratildi.

Batafsil maʻlumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Matematika taʼlim sohasi boʻyicha magistrlar toʻliq davlat granti asosida tahsil oladi

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

👉 130 000–Matematika taʼlim sohasi boʻyicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida shakllantiriladi;

👉 davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga tarqating !

Batafsil maʻlumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Qabul kvotalari tasdiqlandi

“2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan 2020/2021 oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:

👉 bakalavriat:

- kunduzgi taʼlim shakliga – 103 575 nafar;
- sirtqi taʼlim shakliga – 31 350 nafar;
- kechki taʼlim shakliga – 5 025 nafar.

👉 magistratura – 10 425 nafar.

Barcha abituriyentlarga tarqating !

Batafsil maʻlumot⤵️

https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Abituriyentlar 5 tagacha taʼlim yoʻnalishini tanlashi mumkin

Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fandan oʻtkaziladi

Barcha abituriyentlarga tarqating !

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Xotin-qizlarga qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosida kvota ajartiladi

Prezident qarori bilan 2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab:

👉 Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratiladi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Sport faoliyati bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqish muddati uch yil etib belgilandi

Prezident qarori bilan sport sohasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddati uch yil etib belgilandi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Kelgusi oʻquv yilidan faqat davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari belgilanadi. Toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi.

Prezident qaroriga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar:

👉 oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini belgilash;

👉 toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlarini oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, toʻlov-kontrakt asosidagi qabul koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim;

👉 iqtidorli talabalarni nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida ham davlat granti asosida oʻqitish;

👉 alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim sohalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish boʻyicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​#Rasman

Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi

Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) boʻlgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1️⃣Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda –Davlat xizmatlari markazlari orqali.

2️⃣barcha hududlarda:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (
www.dtm.uz) orqali.

Barcha abituriyentlarga tarqating !

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
#Rasman

​​​​⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 25-sentabr kuni 15:00 da Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Barchaga maksimal tarqating! Barchadan hushxabarni tezroq oling!

Imtihon natijalarini qayerdan bilsa bo'ladi

Batafsil o'qish
#Rasman

Maktablarda qishki ta'til muddati uzaytirildi.
#Rasman

❗️Toshkent shahridagi bog‘cha va maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi (bungacha 18-yanvargacha edi).

O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.