Muxtasarul viqoya🍃
100 subscribers
980 photos
127 videos
2 files
153 links
إن مع العسر يسرا🍃

•14.09.2021
Download Telegram
Agar birodarlaringizga bir nasihat qilmoqchi, uni toʻgʻri yoʻlga boshlamoqchi boʻlsangiz, unga yolgʻiz qolganida gapiring.
Agar odamlar oldida gapirsangiz, batahqiq riyo qilibsiz!

#hadis
Rosululloh sollalohu alayhi vasallam aytdilarki: «Kimki (odamlar) eshitsin desa, Alloh eshittirib qo‘yadi va (odamlar) ko‘rsin desa, Alloh ko‘rsatib qo‘yadi» (Muttafaqun alayh).

Ya'ni, kimki odamlar ko‘rishi yoki eshitishi uchun biron amalni qilsa, qiyomat kunida Alloh taolo uning buzuq niyatini fosh etadi va guvohlar huzurida sharmanda qiladi.


@muxtasarul_viqoya🍃
#kun_sunnati

Oʻzingizga maʼqul boʻlgan bir narsani birodaringizga ham ravo koʻring!

#hadis #dalil

Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi:
“Rasululloh alayhissalotu vassallom aytadilar: “Toki o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun yaxshi ko‘rmaguncha, sizlarning birortangiz haqiqiy iymonga erisha olmaydi”.

Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.

#mulohaza

Inson o‘ziga savol berishi kerak: “Men o‘zim uchun nimalarni foydali deb bildim?” Avvalo, moddiy narsadan kelib chiqmasligimiz kerak. Ma'naviy nuqtadan kelib chiqaylik. Masalan, barcha o‘zini ilmli, axloqi yuqori, o‘zgalardan ma'naviy ustun bo‘lishini istaydi. Ana shu o‘zi uchun istagan narsani atrofdagi musulmon birodarlariga ham istasa, o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rgan bo‘ladi. Ikkinchi ma'noda moddiy manfaatlar ham turadi.

#xulosa
Bugun oʻzingiz eng koʻp yaxshi koʻrgan kitobingizni birodaringizga hadya qilsangiz, ham maʼnaviy, ham moddiy manfaatni ravo koʻrgan boʻlasiz. Shu bilan birga yana bir sunnat amalni tiriltirasiz, in shaa Alloh🍃🍃🍃🍃

#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vassalam:
"Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi koʻrgan boʻladi. Kimki meni yaxshi koʻrsa, jannatda mening bilan birga boʻladi" deydilar.

(Termiziy, 4/2678).

@muxtasarul_viqoya