Muxtasarul viqoya🍃
94 subscribers
977 photos
127 videos
2 files
153 links
إن مع العسر يسرا🍃

•14.09.2021
Download Telegram
#hadis

Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Menga Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Ey o'g'ilcham, bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni o'z hayotiga tatbiq etsa, batahqiq, menga muhabbat qilibdi. Kim meni yaxshi ko'rsa, jannatda ham men bilan birga bo'ladi”.


#kun_sunnati

Uy ishlarida ahli ayoliga yordam berish sunnatdir! Bunga ushbu #hadis #dalil



Asvad rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Oisha rodiyallohu anhodan: «Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz ahllari orasida nima qilardilar”, deb soʻradim. “Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz ahllarining xizmatida boʻlardilar. Agar namoz hozir boʻlsa, namozga chiqardilar. U zot katta zang kishilardan boʻlmaganlar. Balki koʻpincha oʻz ishlarini oʻzlari bajarardilar”, dedilar.

Keling bugun shu sunnatni tiriltiramiz🍃


@muxtasarul_viqoya
#hadis

Жобир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:

«Албатта, менга энг ёмон кўринадиганингиз ва қиёмат куни мендан энг узоқ бўладиганингиз кўп гапирадиганингиз, оғзини тўлдириб гапирадиганингиз ва мутакаббирлик учун гапирадиганингиз», дедилар».

Термизий ривоят қилган.

@muxtasarul_viqoya
#hadis

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Ey o'g'ilcham, (bir ishni koʻrsatib) bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni o'z hayotiga tatbiq etsa, batahqiq, menga muhabbat qilibdi. Kim meni yaxshi ko'rsa, jannatda ham men bilan birga bo'ladi”.


#kun_sunnati

Dushanba va payshanba kunlari roʻza tutish sunnat. Agar qodir boʻlsangiz ertaga siz ham roʻza tuting😊

#hadis #dalil

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam dushanba va payshanba kuni ro‘zasini topishga harakat qilardilar” (Termiziy rivoyati. Rivoyat sanadi sahih).

#eslatma

Nafl ro‘zani har qanday kunda tutsa bo‘ladi. Ammo yolg‘iz juma kunini xoslab ro‘za tutishdan qaytarilgan. Yana iyd kunlari, tashriq kunlari ro‘za tutilmaydi. Sababi bu kunda musulmonlar bayram qiladi. Bayram yegulik va ichimliklarsiz bo‘lmaydi. Shu ma’noda bayram kunlarida ro‘za tutishdan qaytarilgan. Vallohu a’lam!


@muxtasarul_viqoya
#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vasallam:
"Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi koʻrgan boʻladi. Kimki meni yaxshi koʻrsa, jannatda mening bilan birga boʻladi" deydilar.
(Termiziy, 4/2678).

#kun_sunnati
Bugun birorta birodaringizni kamchiligini xolisona ayting. Iloji boricha ehtiyotkorlik bilan suhbatlashing va eng asosiysi oʻzini bir chetga olib chiqib gapiring. Jamoa oldida gapirsangiz izza qilgan boʻlasiz.

#hadis #dalil

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Moʻmin kishi birodarining koʻzgusidir. Unda bir aybni koʻrsa, toʻgʻrilaydi».

Sharh: Moʻmin-musulmonlar bir-birlariga koʻzgu vazifasini oʻtashlari, bir-birlarining ayblari, kamchilik va xatolarini toʻgʻrilashga harakat qilishlari kеrak. Bu nihoyatda yaxshi ish boʻlib, moʻminlar bir-birlariga ayblarini xolisona bildirib, ularni bagʻrikеnglik bilan, xursandchilik bilan yoʻqotib borishlari, xalq oldida kulgi boʻlmasliklari lozim ekan.


@muxtasarul_viqoya
#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vassalam:
"Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi ko'rgan boladi. Kimki meni yaxshi ko'rsa, jannatda mening bilan birga bo'ladi" deydilar.
(Termiziy, 4/2678).

Shu hadisga amal qilgan holda sizlar bilan har kuni bittadan sunnat oʻrganamiz in shaa Alloh😊

#kun_sunnati
Suvni oʻtirib ichish sunnat.
Hadisdan dalil
#hadis
Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinishicha Rosululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarni suvni tik turgan holatda ichishdan qaytarganlar.(imom Muslim)

#tibbiyot
Doktor Abdurazzoq Al Kilyaniyning “Islomdagi tibbiy dalillar”kitobida yozilishicha: “Ovqat va suvning o‘tirgan holatda yeyish va ichish sog‘liq uchun havfsiz va juda foydalidir. Bu holatda insonning oshqozoni tinch va bo‘shashgan holatda bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida suvni oshqozonga hech qanday to‘siqlarsiz to‘g‘ri kelib tushishini ta’minlaydi. Agar inson tik turgan holatda suvni ichsa, suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri 12 barmoq ichakka o‘tib ketadi. Aksincha, o‘tirib ichilganda suv avval oshqozonga tushib u yerda kislotali muhit bilan qorishadi, bu orqali organizmdagi mikroblarni tozalaydi, so‘ng 12 barmoq ichakka o‘tadi. Shu yo‘l bilan inson organizmi turli kasalliklardan himoyalanadi.

@muxtasarul_viqoya
#hadis

Қатода ибн Нўъмондан ривоят қилинади: “Мен Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Ким Арафа куни рўза тутса, келаси ва ўтган йилги гуноҳлари мағфират қилинади”, деганларини эшитганман”
(Ибн Можа ривояти. Ривоят санади саҳиҳ лиғойриҳий).

#eslatma
Ertaga arafa! Qodir boʻlsangiz roʻzadorlar safiga qoʻshiling😊


@muxtasarul_viqoya
#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vassalam:
"Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi ko'rgan boladi. Kimki meni yaxshi ko'rsa, jannatda mening bilan birga bo'ladi" deydilar.
(Termiziy, 4/2678).

#kun_sunnati

Misvok ishlatish sunnat amal.
Har bir sunnat amal borki, uning foydalari juda koʻp

#hadis dan dalil

Misvok borasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yuzdan ortiq
hadis vorid bo‘lgan va u zot: «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lishini o‘ylamaganimda albatta ularni har bir namozdan oldin misvok qilish, ya'ni og‘iz va tish tozalashga buyurgan bo‘lardim», deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Sahobiy Hofiz ibn Hojar hamda Ibn Qayyum misvokning o‘ttizdan ortiq foyda va xususiyatlarini sanab o‘tishgan. Bular quyidagilar: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aslo tark etmagan sunnatlari - misvok Allohning roziligiga erishtiradi, og‘izdagi badbo‘y hidlarni ketkazadi, tishlarning chirishi va darz ketishining oldini oladi, milklarni mustahkamlab, qonashi va yiringlashini yo‘qotadi, balg‘amni ko‘chirib, ovozni, talaffuzni yaxshilaydi, yurak, me'da, ko‘z asablarini mustahkamlab, ko‘zni ravshan qiladi, uyquni qochirib, yuzni go‘zallashtiradi, farishtalarni mamnun, shaytonni mahzun qiladi, xotirani kuchaytirib, zehnni ochadi, hasanotlarni ko‘paytiradi va hokazo.

#tabobat

Arok daraxti shoxchalaridan olinadigan misvok haqiqatan ham shifobaxsh, foydali, zarur tish (og‘iz) tozalash vositasidir.
Zamonaviy tib ilmi xulosalariga ko‘ra, misvokning quyidagi foydalari bugunga kelib aniqlandi:

1. Tarkibida ftor moddasi bo‘lgan misvok tishlarning yemirilishi (karies)ning oldini oladi.

2. Misvokda xlor moddasi bo‘lgani uchun tishlardagi turli rang, kir-dog‘larni ketkazadi.

3. Uning tarkibidagi silikat moddasi tishlarni yaxshigina oqartiradi.

4. Misvokdagi fosfor moddasi tishni chirituvchi bakteriyalardan himoyalaydi.

5. Trimetilamin va darmondorilar milklarni yorilishdan asraydi, jarohatlarni tuzatadi va tishlar sog‘lomligini ta'minlaydi.

Shuning uchun musulmonlar tahorat vaqtida va Qur'on qiroatidan avval, uyquga yotishdan oldin va uyqudan turgach, ovqatdan avval va keyin misvok qilishlari mahbub amallardan hisoblanadi.

@muxtasarul_viqoya
Sizga kimdir: "gunoh qilma", desa, "oʻzim javob beraman", demang!
Javob bera olmaysiz!

#oyat

“Kimki Allohga taqvo qilsa, uning yomonlik (gunoh)larini o‘chirur va uning mukofotini buyuk qilur” (Taloq surasi 5-oyat).


#hadis

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
“Qayerda bo‘lsangiz ham, Allohga taqvo qiling, agar birorta gunoh qilsangiz albatta, uning ortidan biror savobli ishni qilinki, qilgan gunohingizni o‘chirib yuborsin, insonlarga chiroyli xulq bilan muomala qiling” (Imom Termiziy rivoyatlari).


@muxtasarul_viqoya
#eslatma
Bugun har kungidan koʻproq salovat aytishni unutmang! Yana bir bor Juma muborak💐

#hadis
Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
" Kim menga bir marta salovat aytsa, Alloh unga 10 ta salovat aytadi, undan 10 ta gunoh oʻchiradi va darajasini 10 barobar oshiradi"
(Nasoiy rivoyati)

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad🫀🍃
#hadis #eslatma

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
“Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи васаллам: “Ким Ашуро кунида аҳли-аёлига кенглик қилса, Аллоҳ таоло унга йилнинг қолганини кенг қилади”, дедилар”.
Имом Байҳақий “Шуабул-иймон” китобида ривоят қилган.

Эслатма! Ашуро куни 2022 йилнинг 8 август, душанба кунига тўғри келади.

@muxtasarul_viqoya
#hadis

Ашуро куни рўза тутиш ўтган бир йиллик гуноҳларга каффорат бўлади. Бу ҳақда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Ашуро кунининг рўзаси – Аллоҳдан умид қиламанки – бир йил олдинги гуноҳларга каффорат бўлади”, деганлар (Имом Муслим ривояти).

#eslatma
Ashuro kuni 8-avgustga toʻgʻri keladi. Faqatgina ashuro kuni roʻza tutish joiz emas. Shuning uchun yoki bir kun avval yoki bir kun keyin tutish kerak.

@muxtasarul_viqoya
#hadis
Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
" Kim menga bir marta salovat aytsa, Alloh unga 10 ta salovat aytadi, undan 10 ta gunoh oʻchiradi va darajasini 10 barobar oshiradi"
(Nasoiy rivoyati)

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad🫀🍃

@Muxtasarul_viqoya_bot
#hadis

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
''Kim juma kuni ''Kahf'' surasini o'qisa, ikki juma orasidagi unga nur ziyo sochadi'', dedilar

(Hokim va Bayhaqiy rivoyati)

Juma ayyomingiz muborak boʻlsin ❤️🌙
Salovat aytishni unutmang!

Allohumma solli a'la sayyidina va nabiyyina Muhammad🍃


@muxtasarul_viqoya
#zikr #hadis

Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "La havla va la quvvata illa billah toʻqson toʻqqiz dardga davodir. U davo boʻladigan dardlarning eng yengili – gʻam"

(Bayhaqiy rivoyatlari)

@muxtasarul_viqoya
#hadis

Abu Juray Hajmiy aytadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib: “Yo Rosululloh, menga vasiyat qiling”, dedim. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Bir kishi sening aybingni bilib olib, yuzingga solsa, sen uning aybini bilsang ham, yuziga solmagin. Qo‘yaver, balosi o‘ziga, savobi sengadir”

(Imom Buxoriy rivoyati).

@muxtasarul_viqoya
#hadis

Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
"Allohning yuzta rahmati bordir. Yer yuzidagi insonlar, hayvonlar va barcha hashoratlar uchun faqatgina bitta rahmatini tushurgan. Yer yuzidagi barcha jonzotlar oʻsha bitta rahmat bilan bir-biriga shafqat qiladi va vahshiy hayvonlar ham oʻsha bittagina rahmat bilan oʻz bolasiga rahm qiladi. Va Alloh taolo qolgan 99 rahmatini qiyomatda bandalariga rahm qilish uchun olib qoʻygan"

(Muttafaqun alayhi)


@muxtasarul_viqoya
#hadis
"Agar ayollardan biriga umr boʻyi yaxshilik qilsangiz, soʻng u sizda bir kamchilik koʻrsa, "Men sizdan hech qachon yaxshilik koʻrmadim", deydi".
(Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Izoh:
Bu hadis erkaklar huquqi haqida emas, majburiyati haqida soʻzlaydi. Baʼzi erkaklar paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu hadisda erkaklar tomon yon bosganlar, deb oʻylaydi. Vaholanki ular "Agar ayollardan biriga umr boʻyi yaxshilik qilsangiz" jumlasiga eʼtibor qilmaydi. Ey erkaklar, kim ularga umr boʻyi yaxshilik qilmasa, hadis ularga tegishli emas. Xotini norozi boʻlsa, hadisni bu erkak oʻzi uchun dalil qilmasin!

Ayman Yogʻiy

@muxtasarul_viqoya
#hadis

Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Menga Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Ey o'g'ilcham, bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni o'z hayotiga tatbiq etsa, batahqiq, menga muhabbat qilibdi. Kim meni yaxshi ko'rsa, jannatda ham men bilan birga bo'ladi”.


#kun_sunnati

Uy ishlarida ahli ayoliga yordam berish sunnatdir! Bunga ushbu


#hadis #dalil


Asvad rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Oisha rodiyallohu anhodan: «Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz ahllari orasida nima qilardilar”, deb soʻradim. “Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz ahllarining xizmatida boʻlardilar. Agar namoz hozir boʻlsa, namozga chiqardilar. U zot katta zang kishilardan boʻlmaganlar. Balki koʻpincha oʻz ishlarini oʻzlari bajarardilar”, dedilar.

Keling bugun shu sunnatni tiriltiramiz🍃


@muxtasarul_viqoya
#hadis

عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ قَالَ حِينَ يَسْمَعُ النِّدَاءَ اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ، وَالصَّلَاةِ الْقَائِمَةِ آتِ مُحَمَّدًا الْوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ، وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ، حَلَّتْ لَهُ شَفَاعَتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا

Жобир розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ким азонни эшитгандан кейин: «Аллоҳумма, Робба ҳазиҳид даъватит тааммати вас-солатил қоимати ати Муҳаммаданил василата вал фазилата вабъасҳу мақомам маҳмудан аллазий ваъадтаҳ» деса, қиёмат куни унга шафоатим вожиб бўлур», дедилар».
Бешовларидан фақат Муслим ривоят қилмаган.
#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vassalam:
"Kimki sunnatimni tiriltirsa, muhaqqaq meni yaxshi ko'rgan bo'ladi. Kimki meni yaxshi ko'rsa, jannatda men bilan birga boʻladi" deydilar.
(Termiziy, 4/2678).

#kun_sunnati

Faqirga qoʻldan kelgancha yordam berish ham sunnat amal🍃 siz ham bugun birorta mutoj insonga ozgina boʻlsa ham hadya bering.

#hadis #dalil

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar:

«Bir dona xurmo bilan bo‘lsa ham faqirga ikrom etganga o‘sha xurmo donasi besh narsani mujdalaydi:

1. Men bir dona edim, meni ko‘paytirding.

2. Kichik narsa edim, ulg‘aytirding.

3. Men dushman edim, sen do‘st aylading.

4. Men yeyilib yo‘q qilinardim, meni abadiylashtirding.

5. Hozirgacha sen meni saqlashga harakat etarding, bundan buyon men seni saqlanishingni tilayman».


@muxtasarul_viqoya