Muxtasarul viqoya🍃
100 subscribers
980 photos
127 videos
2 files
153 links
إن مع العسر يسرا🍃

•14.09.2021
Download Telegram
#hikmat

Bir kuni al-Hasan Basriydan: “Siz mo‘minmisiz?” deb so‘rashdi.

Va u kishi: “Ikki xil iymon bor:
Mendan Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, jannatga, qiyomatga va hisob-kitobga iymon haqida so‘rasang, men (bu narsaga) mo‘minman.

Agar mendan Alloh taoloning quyidagi so‘zlari haqida so‘rasang: “Mo‘minlar faqat Allohni zikr qilishdan qalblari qo‘rqadigan, Uning oyatlari o‘qilganida iymonlari mustahkam bo‘ladigan, Robbilariga tavakkal qiladigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz ularga bergan rizqlardan infoq-ehson qilinglar, ular chinakam mo'minlardir. (8:2-4), Allohga qasamki, men ulardanmanmi yoki yo'qmi, bilmayman." dedilar.


@muxtasarul_viqoya
#hikmat_tarjima
#photo_created_by_me

Imom Shofe'iy rohimahulloh dedi:
"Yodlangani ilm emas, manfaat bergani ilmdir".


@muxtasarul_viqoya
#hikmat
Hotam al-Asom rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
" Kimki toʻrt narsani toʻrt narsasiz da'vo qilsa, uning da'vosi yolgʻondir.
1. Kim Allohni sevishini da'vo qilsayu Alloh taolo harom qilgan narsalardan tiyilmasa, uning da'vosi yolgʻondir.
2. Kim paygʻambar alayhissalomni sevishini da'vo qilsayu faqir va miskinlarni yomon koʻrsa, uning da'vosi yolgʻondir.
3. Kim Jannatni sevishini da'vo qilsayu sadaqa qilmasa, uning da'vosi yolgʻondir.
4. Kim doʻzaxni yomon koʻrishini da'vo qilsayu, gunohlardan tiyilmasa, uning da'vosi yolgʻondir", dedilar.

#kitob
"Munabbihot" (Oxirat kuni uchun tayyorgarlikka ogoh etish) kitobidan

@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Imom Shofeʼiy rohmatullohi alayh aytdilar:
" Menga erkak kishining birgina ayol bilan qoniqishi yoqadi, garchi unga koʻproq ruxsat berilsa ham"💙

@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Ba’zi kimsalar shunday deb o‘ylaydi:

“Mashinamning buzilish sababi – ko‘z tekkan;

Ayolimning bemorlikdan boshi chiqmasligining sababi – ko‘z tekkan;

Bolam kasal bo‘lib qolishining sababi – ko‘z tekkan;

Savdoda ziyonga uchrashimning sababi – ko‘z tekkan”.

Ular ma’siyatlarni qilishadi. Birortalarining xayoliga esa “Bu musibatlarning sababi - gunohlardir” degan narsa kelmaydi.


“Rovai’ul fikr” sahifasidan

@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Besh toifa inson bilan doʻst tutinmang!

Ja’fari Sodiq rodiyallohu anhu do‘st tanlashda quyidagicha tavsiya berganlar: “Besh toifa inson bilan do‘st tutinmang:

Yolg‘onchi bilan: chunki har lahza aldanib qolishingiz mumkin. U misoli sarob – uzoqni yaqinlashtirib, yaqinni uzoqlashtirib ko‘rsatadi;

Ahmoq bilan: zero, u sizga foyda keltiraman deb zararga boshlaydi;

Xasis bilan: eng muhtoj paytingizda sizni tashlab ketadi;

Qo‘rqoq bilan: chunki u tahlikali paytda sizdan qochadi;

Fosiq bilan: zero, u sizni bir hovuch taom yoki undan oziga almashib yuboradi”.

( Sizchi? Siz doʻst boʻla olasizmi?)


@muxtasarul_viqoya
#hikmat #namoz

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam
(biror ish tashvishga solsa):
"Ey Bilol! Bizni namoz bilan rohatlantiring" der edilar

(Quloqchinni bering yoki palonchini chaqiring kuylasin, ashula eshitaylik demaganlar!)

🍃🕊

@muxtasarul_viqoya
#hikmat #mulohaza #avrat
Juda zarur

Hijob oyatlari nozil boʻlgandan keyin hijob masalasi quyidagicha edi:
Hur ya'ni qul boʻlmagan ayollarning yuzi va ikki qoʻlining kaftidan tashqari barcha joyi avrat,
qul ayollarning avrati esa erkaklarning avrati bilan bir xil edi. Yaʼni kindik ostidan tizzasining ostigacha avrat edi. Shundan qaysi ayol qul va qaysi ayol hur ekanini ajratib olishar edi.
Hozirgi kunda qullar yoʻq boʻlgani uchun barcha ayollarning yuzi va ikki qoʻlining kaftidan tashqari barcha joyi avrat hisoblanadi.
Shu kunlarda oʻz avratini oldingi qul ayollar avratiga tenglashlari nimadan darak? SubhanAlloh, nahotki ular qul boʻlsa?!
Darhaqiqat, ular qul.
Oʻz nafsiga qul...
Islom ayolga zulm qilibdimi?
Islom ayollarni yomon nazarlardan asrash va turli buzuqliklardan himoya qilish tarafdori. Islom doimo tinchlik va poklik tarafdori!!!

*Jo'ybori Kalon ayol qizlar oʻrta maxsus taʼlim muassasasi 2-kurs talabasi Zarnigor Mahmudova tomonidan.

@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Homid Al Lifof Rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
U kishi:
" Toʻrt narsani toʻrt narsadan izladik va izlashda xato qilib, ularni boshqa toʻrt narsada topdik:
1. Boylikni moldan izladik, lekin uni qanoatda topdik.
2. Rohatni serobchilikdan izladik, lekin uni molning ozligidan topdik
3. Lazzatlanishni neʼmatdan izladik, lekin uni sogʻlom badandan topdik
4. Rizqni yerdan izladik, lekin uni osmondan topdik.


@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Yutuq - millionlab odamlar ichidan Alloh sizni tanlab olib, Oʻzi sevgan amalni bajartirib qoʻyishidir..

•Ayman Yogʻiy

@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Yolgʻiz emassan..
Vallohi yolgʻiz emassan..
Robbing sen bilan..

Ikki yelkangda va atrofingda farishtalar ham sen bilan..

Va bilginki, istasang ham hech qachon yolgʻiz boʻla olmaysan..

Doim kuzatuvdasan, ehtiyot bo'l...


@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Imom Shofe'iy: "Tahajjuddagi duo - nishonga xatosiz yetib boruvchi o'qdir" dedilar.

@muxtasarul_viqoya
#taken_by_me #hikmat

Tortishuvda birinchi boʻlib toʻxtaganlarni koʻrsang, bilki, oʻsha ilmliroqdir...


•Mavlono Jaloliddin Rumiy


@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Abu Bakr Siddiq rodiyallohu anhu dedilar: “Albatta Alloh katta gunohlarni ham kechiradi, Bas, umidsizlikka tushmanglar. Kichik gunohlar uchun ham azoblaydi, bas, gʻururga ketmanglar”.

Abul Husayn Ibn Battolning “Sharhu Sahihul Buxoriy” asaridan.

@muxtasarul_viqoya
#ustozdan #hikmat

Bu dunyoda insondan boshqa barcha maxluqotlar Allohga itoat qiladi. Holbuki faqatgina inson ongli🍃

@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Insonni qiyinchilikchalik hech narsa tarbiyalay olmaydi. Kimdir juda sabrli, qanoatli va qalbi yumshoq boʻlsa, tuhmatlardan, yoʻqchilikdan va insonlarning zulmidan koʻp aziyat chekkan🪷

@muxtasarul_viqoya
#hikmat


Ey ahli ilm!

Ilm buloqlari, hidoyat yulduzlari, uylarni lozim tutuvchilar, tunning chiroqlari, qalblarning yangilovchilari, va kiyimi eskilari bo'linglar.
O'shanda osmonga tanilasizlar, yer ahliga maxfiy qolasizlar."

@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Hakim zotlardan biri aytadi: Agar seni bir ish mahzun qilsa, qaragin: Oʻsha ishni hal qilish yoʻli boʻlsa, oʻzingni uni idrok qilish va daf qilishdan ojiz sanama. Agar hal qilishning yoʻli boʻlmasa, sabr qilgin, besabr boʻlma. Har bir narsaning boshlanishi boʻlganidek, nihoyasi ham boʻladi. (dard ham, baxt ham abadiy emas) Sening zimmangda harakat qilish, natija esa sening zimmangda emas.

#kitob
"Unvonul bayon"


@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Besh toifa inson bilan doʻst tutinmang!

Ja’fari Sodiq rodiyallohu anhu do‘st tanlashda quyidagicha tavsiya berganlar: “Besh toifa inson bilan do‘st tutinmang:

Yolg‘onchi bilan: chunki har lahza aldanib qolishingiz mumkin. U misoli sarob – uzoqni yaqinlashtirib, yaqinni uzoqlashtirib ko‘rsatadi;

Ahmoq bilan: zero, u sizga foyda keltiraman deb zararga boshlaydi;

Xasis bilan: eng muhtoj paytingizda sizni tashlab ketadi;

Qo‘rqoq bilan: chunki u tahlikali paytda sizdan qochadi;

Fosiq bilan: zero, u sizni bir hovuch taom yoki undan oziga almashib yuboradi”.

( Sizchi? Siz doʻst boʻla olasizmi?)

@muxtasarul_viqoya
#hikmat

Sha’biy rodiyallohu anhu aytadilar: «Qiyomat kuni jannat ahllaridan bir qavm do‘zax ahllaridan bir qavmni ko‘rib qoladi va ulardan: «Sizni nima do‘zaxga kiritib qo‘ydi? Holbuki, sizlar o‘rgatgan odob va ilm fazilati bilan Alloh bizni jannatga kiritdi-ku!» deb so‘raydi. Ular: «Biz yaxshilikka buyurib, o‘zimiz qilmasdik. Yomonlikdan qaytarib, o‘zimiz qilar edik», deb javob beradi.


#mulohaza

Ha, taʼsirchan soʻzlar bilan boshqalarni toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun ilmli boʻlish kifoya. Lekin oʻzi amal qilishi uchun islomiy tarbiya kerak ekan🍃

@muxtasarul_viqoya