Бахт ва омадга йўл
121 subscribers
3.25K photos
1.33K videos
92 files
6.65K links
Психолог, Калбшунос, Бизнес Леди Тошпулатова Назокат. Мурожат учун: +998881523339 @Tashpulatova_Nazokat
Download Telegram
O'sish

Ish joyida hamma o'sishni istaydi, shu sabab ham kuchli jamoada va shaxsiy rivojlanish uchun yaxshi muhit xohlashadi.

Xodimlar boshqaruvida bir qonuniyat bor. Xodim qancha maosh olishidan qat'iy nazar, undan ko'p foyda olib keladi.

Demak o'sish uchun ko'proq qiymat berish kerak, lekin qanday?

Ishxonada turli ishlar bor, standart, bir martalik, operatsion va yangi vazifalar.

Inson o'z vaqtini 3 xil doirada sarflaydi.

1. Faqat ishxona uchun foydali.

Belgilangan, doimiy vazifalar. Hisobotlar, ma'lumot yig'ish, kunlik ishlar va h.k

Qiymatga ega ammo o'suvchan emas. Masalan qo'riqchi vazifasi standart, mehnati qiymatga ega, lekin o'zi uchun foydasiz.

2. Ishxona va siz uchun foydali.

Muammoli, sizdan o'rganish talab qiladigan vazifalar. Siz uchun yangilik bo'lgan ishlar.

Universitetni endi bitirgan kadr tajriba orttirishi bunga misol. Siz va korxona uchun foydali.

3. Faqat siz uchun foydali.

Ishxonadagi vazifaga bog'liq bo'lmagan, erkin o'rganish.

Masalan, til o'rganish, soha bo'yicha kitob o'qish, qo'shimcha "hard skills" egallash. Sizga o'zingizdan qoniqish hisini beradi, lekin qisqa muddatda korxonaga foydasi yo'q.

Kompaniyada o'sishingiz bu sizning shaxsiy rivojlanishingizga to'g'ri proporsianal. 1-holatni o'zi bilan biror nima kutib bo'lmaydi. 2-si yetarli emas. Javob 3-sida!!!

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
#justmotivetime


Ertaga erishasan

1. Tengdoshing o’z biznesida katta ishlar qilyapti. Sen esa hali ham oylikdasan.

2. Sahnada turib hammani o’ziga qaratayotgan bola sen emassan. Osmondagi bolalarda intervyu berayotgan ham sen emas.

3. Barcha e’tiboring bugun yutayotganlarga qaratilgan. Ishi o’xshayotganlarga qaratilgan.

4. Shu yerda ikkita yo’l bor. Bugun yutmayotganingdan norozi bo’lish yoki e’tiboringni bugun qilishing kerak bo’lgan ishlarga qaratib, ertaga yutishni maqsad qilish.

5. Oson bo’lmas. Balki ko’p vaqt ketar. Lekin bugun mehnat qilib ertaga yutish, bugun yutmayotgandan xafa bo’lib, ertaga ham hech narsaga erishmaslikdan yaxshiroq.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
Bir tishlam motivatsiya!

Seni kecha budilnik qo'yishga majbur qilgan narsa nima? Seni ulkan orzular qilishga majbur qilayotgan narsa nima? Seni kelajakka maqsadlaringni bog'layotgan narsa nima? Seni o'z ustingda ishlab rivojlanishga undayotgan narsa nima?
Umid...
"Umid oxiri o'ladi... Noumid shayton..."
Bolaligingda kim bo'lasan deb so'rashsa, Prezident bo'laman der eding. Ota onamni hajga olib boraman der eding. Limuzin olib beraman der eding. O'sha payt shubhang bormidi?
Stiv Jobs haqida birinchi bor o'qiganingda, "men ham olamni o'zgartiraman" deb qaror qilgan eding.
Orzu...
Do'stim, bilaman Sen dunyoga foydasi tegadigan buyuk inson bo'lishni xohlaysan. Lekin, qattiq xohlamayapsan. Xohishing Seni uxlamasdan harakat qilishga, kitoblar o'qishga, urinib ko'rishga majbur qila olmayapti. Agar, bugun boshlamasang, orzularing yana necha yillar navbat kutarkin ?! Bora bora orzularing soni ham, sifati ham kamayib ketaveradi...

Sen juda ko'p buyuklar tarixini o'rganding.
Unutma tarixni nafaqat o'qishadi, uni yaratishadi ham. O'zini o'zgartira olgan, insonlar qalbiga yo'l topa olgan, tinmay mehnat qilgan Afsonalar o'z tarixini yozadi va qolganlar uni hayrat bilan o'qiydi !


👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
Boylar:

-Har kun mutoala qiladi;
-Maqsadlar qo'yadi;
-Maqtovlar qiladi;
-O'zgarishlarga tayyor turadi
Kechiradi;
-G'oyalar haqida gapiradi;
-Muntazam o'rganadi;
-Xatolar uchun majburiyatni tan oladi;

O'rtahollar:

-Har kuni Televizor ko'radi;
-Hech qachon maqsad qo'ymaydi;
-Tanqid qiladi;
-O'zgarishlardan qo'rqadi;
-Gina saqlaydi;
-Odamlar haqida gapiradi;
-Hamma narsani bilaman deb o'ylaydi;
-O'z xatolari uchun boshqalarni ayblaydi;

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
QALB...

Har bir qalbda ikkita yo’l bor birinchisi sevgi ikkinchisi ko’ra olmaslik, birinchisida o’zingizni anglaysiz, ikkinchisida o’zingizni yo’q qilasiz.

Dunyoda hech qaysi ilm qalbingizdagi yo’q narsalarni sizga bera olmaydi.

https://t.me/NBAXTVAOMAD
Hayirli kun dostlar!

Har birimizni ichimizda haqiqiy MEN bor. Bu ichki MEN Alloh tomonidan biz uchun berilgan bizning shaxsiy missiyamiz hisoblanadi. Afsuski juda kop insonlar ozlarining ichki MEN ni xayotlari davomidagi koplab negativ hissiyotlar va qoidalar sababli qalbining tub tubiga komib yuborgan. Qorquv nafrat xafagarchilik norozilik oziga bolgan ishonchsizlik tufayli ozlarining MENnini va missiyasini qalbga chuqur komib yuborishgan.
Afsuski kopchilik insonlarda haqiqiy MEN qalbini tubida qolib ketganidan ozlari uchun KIBR MEN ni yaratib olishgan. Bu esa bizga faqat tosiqlar yaratadi, biz bu tosiqlardan ota olmaganimizdan keyin esa xayotimizga negativ holatlar kirib kelaveradi.

Sizlarga savol:

Har bir insonning ichki MENi Alloh tomonidan berilgan missiyasi ozi aslida nimalardan iborat?

Oz fikrlaringizni kommentda qoldiring!😊

https://t.me/NBAXTVAOMAD
Kopchilik odamlar kop pul ishlashni hohlashadi.
Kopchilik odamlar soglom va energiyaga tola bolishni hohlashadi.
Kopchilik oz yaqinlari bilan munosabatlarini yaxshilashga urunadi.

Nima uchun bilasizmi?

Baxtni yanada yacshiroq his qilish uchun.

Hohishni ozi kamlik qiladi....

Kop odamlar lotareyada yutishni hohlashadi lekin faqat lotareyani sotib olganlarda imkon boladi yutishiga.
Hohishni ozi kamlik qiladi..... Harakat qilish kerak!!!

Baxtni yanada yaxshiroq his qilmoqchi bolsangiz demak siz oshanga yarasha javborgarlik hissini olib osha natija tomon HARAKAT qilish kerak.

Ha bazi holaylarda baxtni yaxshiroq his qilishingim mumkin. Lekin bu holat doyimiy bolishi uchun aniq sistemali reja tuzib shu reja asosida tinimsiz harakatda bolish kerak.

Sistemali reja nima degani?

1. Istakni aniq olchamdagi maqsadga aylantirish.
2. Osha maqsadga olib boruvchi yollarni organish. Osha muvaffaqiyatga erishgan odamlarni topish.
3. Ekspert yoki kouch yordamida aniq rejalar tuzish. Chunki kasal bolsez ozizni oziz davolamaysizku? Aqilli odam Vrach korigidan otadi. Huddi shunday aqilli odamlar ekspert yoki kouch bilan birgalikda aniq rejalar tuzadilar ozlarini hayotlarini butunlay ozgartirish uchun.
4. Har kuni reja asosida harakatda bolish. Ozizga bolgan motivatsiyani kuchaytiring. Har bir keyingi qadamizni korreksiya qiling. Unutmang Paretto qonuni har doim ishlaydi harakatlarning 80% foizi natijasiz boladi 20% gina sizni maqsadizga yaqinlashtiradi.

80% harakat natijasiz bolsa nima keragi bor deydi kopchilik
Shuning uchun ham ularda natijaga erishish yoq.
Biz bilamizku 20% natija uchun 80% harakatni amalga oshirish kerak.

Baxt bu - Maqsad. Maqsad bu - 30 ta instrumentni organish.

30 ta instrument sizni albatta koproq baxtni his qilishni orgatadi.

Baxtni his qilishni organmoqchimisiz?

Birinchi harakatni boshlang!


https://t.me/NBAXTVAOMAD
Kim oz otmishidan norozi?

Dostlar men bolaligimda dadam va onamdan uyalganman. Bugun bu postlarni yozishimdan maqsad sizlar men 30 yil qilgan hatoni takrorlamang. Otam qorovul onam esa ofitsiant bolgan. Ha dadam oz missiyasini bajarishga harakat qildi. Lekin xayotida shundan boshqa yol kormadi. Men uchun ukam uchun ozini unutib yashadi. Men esa bulardan ulaydim yangi kiyim kiymasligidan oziga qaramasligidan uyaldim. Bilasizmi hozir u inson yonimda yoq. Men dadamda orzu maqsad yoq hattoki ozini davolatmaydi derdim. U insonga faqat ish bolsa boldi deb oylardim. Aslida u odam man yaxshi yeyishim uchun yangi kiyim kiyim uchun orzularim yani meni orzularim amalga oshishi uchun ozligidan vos kechgan ekan.
Onam ofitsant maktabda oqituvchi eslayman onam maktabdan kelishiga choy damlab kutib turardim kelardilaru 15 minut tez tez choy ichib ketardilar kafeda ishlashga, osha vaqt onam uchun eng muhimi pul bolalari qiziq emas deb oyganman.
Hozir esa onamni dadamni qalbini korayapman bularni bilasizmi erkak kishi bolsam ham qanchalar yiglab yozayapman qiynalib yozayapman. Onam dadam osha vaqtlarda faqat man uchun boshqalardan kam bolmasligim uchun oz orzularidan vos kechgan ozligidan vos kechgan kimlardur kulgandur ustilaridan kimlardur gapirgandur orqalaridan kimlardur kamsitgandur ofitsant qorovul deb lekin shularni birontasini bizga korsatishmagan minnat qilishmagan. Ular ham ozlari uchun yangi kiyimlar oilishga mazza qilib yashashga haqli edilar orzulariga erishishga haqli edi. Lekin men uchun hammasini komishdi. Men nima deb oyladim ular menga mehr bermadi dedim. Boshqalar uchun vaqt topti menga esa yoq dedim.

Bu nima bilasizmi bu otmishdan norozilik hisoblanadi.
Otmishdan norozi bolish hozirgi hayotingizni butunlay izdan chiqaradi.
Otmishingizni ota onangizni qalbini koring ular har birimiz uchun buyuk insonlardir kim bolib yashaganidan nima ishlar qilganidan qatiy nazar ular bizning buyuk eng buyuk insonlarimizdir.

Otmishdan norozi bolishda davom etsangiz unutmang xayotingiz hech qachon onglanmaydi.

Otmishni tan ololmayotgan bolsangiz keeling birgalikda tan olamiz sizlarga yordam beraman bunga tayyorman

https://t.me/NBAXTVAOMAD
Baxt....

Men baxtni har doim izlaganman qidirganman!

Baxt qayerda va qanday boladi?

Baxt kimda oiladami yoki ota onadami sevgan insondami yoki farzdandlardami yoki kop puldami?

Hamma variantlarni qilib kordim buning uchun kop vaqt va energiya talab qilindi ammo bilasizmi hech qayerdan baxtni topa olmadim!

Sayohat yaxshi ish yoki zor kareera pul kayf safo hammasi boldi.
Ammo baxt yoq edi.

Demak baxt yerda emas ekan degan fikrga ham keldim.
Toxtab ham qoldim qarz ham boldim rivojlanmay qoydim yotdim dam oldim baribir baxt u yerda ham yoq ekan.

Keyin baxtni kitoblardan qidira boshladim muvaffaqiyatli odamlarni intervyu kitoblarini oqiy boshladim.

Baxt tushunchasini sekin sekin his qila boshladim. Baxt moddiy bir narsa emasligini baxt hech narsa emasligini tushundim shulaeni tushunishga 7 yil vaqt sarfladim.

Hozir men baxtliman menda baxt vip buning uchun shukronalik keltiraman.

Bilasizmi baxt qayerda ekan?

Baxt ishda emas pulda oilada farzandda turmush ortoqda ota onada dostlarda emas meni ozimda ekan oz ichimda ekan men ozim baxt ekanman. Borligim baxt maqsadim aniqligi baxt vaqtnimni bekor sarflamayotganim baxt.
Men hafa bolgan norozi bolgan insonlarimni qabul qilganimda yaqinlarimni tan olganimda jirkangan insonlarimni qoyib yuborganimda kechirganimda va kechirim soraganimda ekan baxt bu norozilik nafrat gazab hafagarchilik,

Qalbdagi baxtni bosib komib tashlaganini tushundim va hammasi uchun tavba qildim shukronalik qildim qabul qildim tan oldim qoyib yubordim.

Sizda ham baxt ichizda uni uygoting komilib yotgan qalb tubidan chiqarib oling!

https://t.me/NBAXTVAOMAD
Ozingizga savol bering!

Dostlar odam ozini anglashi nima degani?
Siz ozizni anglashiz siz uchun qanday?
Ozingizni anglaganizni qayerdan bilasiz?
Ozingizni anglaganizda nimani his qilasiz?
Ozingizni anglaganizda atrofizda nimalar boladi?
Siz uchun ozingizni anglash qanchalik muhim?

Siz ozingizni anglashga tayyormisiz?

https://t.me/NBAXTVAOMAD
Ozingizni anglang…

Ozingizni anglash bilasizmi nima beradi?

Ozini anglagan inson birinchi navbatda hotirjamlikni his qiladi.
Ozidagi baxtni his qila boshlaydi.
Hamma bu hayotga faqat ozini anglash uchun kelganini tushunadi.

Bu hayotdagi har bir vaziyat va holatlar oz ozidan bolmasligini tushunadi.
Har bir holat va vaziyatdan dars olish kerakligini qanday oz ichki hislarida nimalarnidir anglashi kerakligini tushunib his qilib yashaydi.

Hozir vas hu yerda bolishni boshlaydi.
Hozir baxtli ekanligini har qanday maqsadga erishish uchun hozir vaqti ekanligini ertaga kelmasligini tushunadi.

Har lahza har soniya qaytmasligini eng qadrli vaqtini norozilik hafagarchilik nafratlarga sarflamasdan faqat sevgi beradigan har bir ishini chin dildan minnatsiz shukronalik bilan bajaradi.

Agar sizda ham yuqoridagilarning barchasi bolsa demak siz ozingizni anglagansiz!

https://t.me/NBAXTVAOMAD
Ozingizni anglashga qiynalayapsizmi?

Ozini anglashni istagan va anglashga intilayotgan dostlar men sizlarga yordam beraman.

Ozingizni anglash uchun avvalo siz oz otmishingizga qarang shunday qarangki u yerda aybdorlarni qidirmang.

Aksincha bolib otgan hayot yolizdagi hammasini video darslik deb qarang. Hayotingizdagi barcha voqealarga chetdan turib qarang bu xayot filmingiz sizga nima demoqchi undan qanday mano topishingiz kerak? Yaxshilab koring qayta qayta koring nimani tushunishingiz kerak?

Bilasizmi Alloh biz bilan hayotimizga faqat vaziyatlar yuborib bizga tushuntirishga harakat qiladi. Alloh sizga nima demoqchi shuni tushunishga harakat qiling.

Bu ozingizni anglashga bolgan birinchi qadam!


https://t.me/NBAXTVAOMAD
Ozingizni anglang tavba qiling…

Dostlar shukronalik aytib yurganingizga va xayotingizdagi barcha pozitiv holatlar tezlashib kopayib borayotganiga ishonaman.

Har birimizni ichimizda ozimizni kechira olmaydigan sabablarimiz bor. Ular hattoki ortigi bilan, hech ham ularni togirlab bolmaydigandek tuyuladi.

Bu holatda siz osha ozingizni kechira olmaydigan narsalarga Alloh shu ……. qilganlarim uchun tavba qildim deb ayting har biri uchun 40 ming marta ayting toki ong ostingizdan chiqib yoq bolib kestin.

Tavba qilish ichimizda yigilgan yuklarni ogir yuklarni chiqarib tashlashga yordam beradi.

Ichingizdagi  yuklardan qanchalik kop halos bolsangiz shunchalik tez yuqoriga poklikka qarab kotarilib boraverasiz!

Tavba qiling dostlar! Alloh uchun…
Sizlar bilan ekanligimdan Allohga shukronalik keltiraman…!

Dostlar sizlar ozingizda bu mashqlardan keyin ancha yengillik his qilganingizga ishonaman.

Ozingiz uchun harakat qilganingiz aniq!

Shunday emasmi?❤️❤️❤️

https://t.me/NBAXTVAOMAD
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eshtib korila qizla ilindim haqiqati gapiribdila tajribadan otgan shu gaplari rost ayolarimizi ilohim ilimlari ziyoda bolsin😘😘😘😘

https://t.me/NBAXTVAOMAD/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Эрта ухла ва эрта уйғон: соғлом бўласан, бой бўласан, доно бўласан...

Ушбу лавҳани кўриб, унга амал қилсангиз, ҳаётингиз тубдан ўзгариб кетади!

👉https://t.me/NBAXTVAOMAD
Qobiliyatsiz inson bo‘lmaydi. Shunchaki, o‘z qobiliyatlarini namoyon qila olmaydiganlar bo‘ladi;

Omadsiz inson bo‘lmaydi. Shunchaki, o‘zini «OMADSIZ» deb hisoblaydiganlar bo‘ladi;

Baxtsiz inson bo‘lmaydi. Shunchaki, BAXTni his qila olmaydiganlar bo‘ladi;

Hamma ham ORZU qila oladi. Lekin, hamma ham uni MAQSADga aylantira olmaydi;

Hamma qanday yashash kerakligini biladi, lekin hamma ham NIMA UCHUN yashayotganligini bilmaydi.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
Kuch-quvvat g'oliblikdan kelmaydi. Kurashlarda kuch-quvvating shakllanadi. Agar sen hech kim yurmagan yo'ldan yurib, qiyinchiliklarni qabul qilib, yengilishni tan olmasang, ana shu kuch-quvvat bo'ladi.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
Oldinga o'tib ketasan

Tengdoshing ko’proq pul topyapti

O’rtog’ing o’qishga kirdi, sen esa yo’q

Ota-onang tinmay tanishining “yaxshiroq” farzandi bilan solishtiryapti

Sendan kichkinalar ham ancha ish qilib qo’yayapti

Ular oldinda, sen esa orqadasan xuddi

To’xtamay o’zingni solishtirayapsan

Siqilyapsan

-Nimani xato qildim?

-Bilmadim

Hammada har xil

Lekin, senga savollarim bor

Tahajjudga turib necha marta Allohdan yordam so’rading?

8 soatlik ish vaqtining necha soatida rostdan ham ishlading?

O’qishing shart bo’lgan kitoblarni nechtasini o’qiding?

Bilganingni nechi foiziga amal qilding?

-Shularni qilsam oldinga o’tib ketamanmi?

-Shularni qilsang oldinga o’tib ketasan

Yoki

Oldinga o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan

https://t.me/NBAXTVAOMAD
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ЭРКАК!

14 январь Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин ЭРКАКЛАР!

Эркаклар учун махсус шеър!
👇🏻👇🏻

https://t.me/NBAXTVAOMAD
The account of the user that owns this channel has been inactive for the last 5 months. If it remains inactive in the next 28 days, that account will self-destruct and this channel may no longer have an owner.