Бахт ва омадга йўл
122 subscribers
3.25K photos
1.33K videos
92 files
6.65K links
Психолог, Калбшунос, Бизнес Леди Тошпулатова Назокат. Мурожат учун: +998881523339 @Tashpulatova_Nazokat
Download Telegram
The owner of this channel has been inactive for the last 5 months. If they remain inactive for the next 20 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The channel will remain accessible for all users.
The owner of this channel has been inactive for the last 5 months. If they remain inactive for the next 8 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The channel will remain accessible for all users.
Нафсни тўрт нарса энг яхши тарбия қилади..
Umrimiz – shunchaki xabar.
Uni xushxabarga aylantirmoq lozim.
It is okay

Hamma kunlar ham rejadek ketmaydi.

Ba’zi kunlar hech narsa qilmay yotging keladi.

O’zingni yomon his qilasan. Yomon his qilganing uchun hech nima qilmaysan. Hech nima qilmaganing uchun yana yomonroq his qilasan.

Inson murakkab. Tuyg’ular, aql, gormonlar, nafs, shayton, mikroorganizmlar yig’indisimiz biz. Hamma kunimiz ideal bo’lolmaydi.

Ba’zida yomon his qilishing tabiiy holat. It is okay.

Zikr, uyqu, yurish.

Sinab ko’r. Ertasiga ko’rmagandek bo’lasan.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
Qo’rquv yoki Motivatsiya?

Ota-onalar ustozlarga:

Bolamni urushing, uring, hammaning oldida sharmanda qiling.
Eti sizniki, suyagi bizniki.
Dars qilishga majburlang.

O’quvchilar:

Menga qattiqqo’l o’qituvchi kerak.
Meni kimdir majburlamasa, men o’zim dars qilmayman.
Kimdandir qo’rqsam dars qilaman, masalan ota-onam, o’qituvchim, akam, yoki opacham mening ustimda turishlari kerak.

Agar sen ham o’quvchi yoki ota-ona bo’lib shunday fikirlayotgan bo’lsang, demak sen xato fikrlayapsan.

Bir ish qilish uchun senga ikkita hissiyotdan biri kerak: hohish(motivatsiya) yoki qo'rquv.

Ilim olishda qo’rquv foyda beradi, faqat qisqa muddatgagina.

Sen darsni o’zing uchun qilmaysan, balki urush eshitmaslik, sharmanda bo’lmaslik, va kaltak yemaslik uchun qilasan. Bu degani, darsni chin dildan emas, yuzaki qilasan.

Yurakdan harakat qilmaganingdan keyin, o’rganishing sekin bo’ladi va o’rgangan narsangni tez unutasan.

Motivatsiya bu sen ustozlaringdan va ota-onangdan eng kam eshitgan narsang bo’lsa kerak.

Bor, qil, bajar, o’qi, bo’lmasa mendan ko’rasan – bu motivatsiya emas balki qo’rqitishdir.

Hohish bilan bir narsa qilsang, olayotgan biliming tez yuqadi va esdan chiqmaydil; keng fikrlaysan va ijodkrolik qobiliyatlaring oshadi.

Yoshi katta bir insondan maktab paytidan she'r aytib berishini so'ra. Agar adabiyotga qiziqgan bo'lsa, albatta aytib beradi. Agar qiziqmagan bo'lsa, aytib bera olmaydi. Vaholanki, ikkala holda ham u ustozga she'rni aytib bergan: birida hohlab, ikkinchisida qo'rqib.

O’qituvchilarning eng yaxshisi qo’rqitib dars qildiradigani emas, balki ruhlantira oladiganidir!!!

O’quvchilarning eng yaxshisi biro'vdan qo’rqib dars qiladigani emas, balki o’zi uchun va kelajagi uchun qiladiganidir!!!

#ulashing

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
#Maslahat


-Odamlar sen haqingda qanday o'ylashlarini aytmasliklari mumkin, lekin buni doim ko'rsatadilar. Odamlarni o'qishga o'zingni o'rgat, ularning tana tili nima deb o'ylayotganini sotib qo'yadi baribir.

-Ishdan ketish orzuingni amalga oshirmaydi. Orzularni rejalashtirish, maqsadga aylantirish va progressga olib chiqish kerak. Bu hammasini ishlab turib qilsa ham bo'ladi.

-Odamlar senga o'zingga beradigan bahodan ko'ra yuqoriroq baho bermaydilar. Harakatlaring, so'zlaring, usuling seni o'zingga beradigan bahoni ko'rsatib qo'yadi. Senga qirol kabi muomula qilishlarini xohlayapsanmi? Avval o'zingni ham shunga yarasha tut.

-O'z ishining ustasi bo'lmaslik bu - oson hayot va behuda sarflanib kelayotgan vaqtning belgisidir. Bunday insonlar o'zlarini o'zlari tanqid qila olmaydilar, reallikdan uzoqlashib ketganlar va o'zlarini aslidan ko'ra yaxshiroq deb biladilar.

-Agar odamlar seni harakatlaringni va fikrlaringni oldinda aytib bera oladigan bo'lsalar, o'zlarini sendan baland tutishni boshlashadi. Nostandard fikrlashni o'rgan.

-Sokinlik bu kuch. O'zingni shu darajada tarbiya qilishing kerakki, odamlarning arzimagan gapi va harakatlari seni kayfiyatingga ta'sir qilmasligi kerak. Hissiyotlar aqlningni boshqarishiga yo'l qo'yma.

-Sport bilan shug'ullanib turadigan insonlar odatda yaxshiroq ovqatlanishni va yaxshiroq ishlashni boshlashadi. Ular oilada va ishxonada sabrliroq bo'lishni boshlashadi. Depressiyaga kamroq tushishadi. Bu shunchaki badantarbiya, yurish-yugurish yoki og'ir vaznlarni ko'tarish bo'lishi mumkin.

-Pessimist, bemaqsad, tartib va rejasiz yashovchi do'stlaringni senga bo'lgan ta'sirini oz deb o'ylama. Agar kimdur seni kuchliroq qilmayotgan bo'lsa, ular seni kuchsizroq qilmoqda. Yoki ulardan qochasan yoki hozirgi holatingda qolaverasan.

-Agar odamlar seni qarorlaringni boshqara olishligini bilib qolishsa bundan tinmay foydalanishni boshlashadi. Qarorlarni o'zing qabul qil.

👉 https://t.me/eyforiya2907

https://t.me/NBAXTVAOMAD