BuxDU Pedagogika fakulteti
99 subscribers
1.03K photos
210 videos
41 files
905 links
Download Telegram
DIQQAT!!! DIQQAT!!!
📚#KITOBXON_TALABALAR_UCHUN
📣#YANGI_LOYIHA
📚#VILOYAT_PROKURORI_KUBOGI

📌Viloyat miqyosida yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Viloyat prokurori kubogi” tanlovi e’lon qilindi.
Ushbu tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan talabalar va 30 yoshgacha bo‘lgan ilmiy-tadqiqot olib boruvchi hamda pedagoglar har oyning 17 sanasiga qadar belgilangan tartibda anketa va pasport nusxasini universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etishlarini so‘rab qolamiz.

📌Tanlovning universitet bosqichi har oyning UChINChI SHANBA kuni bo‘lib o‘tadi.

📌Universitet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar qimmatbaho sovg‘a va Diplomlar bilan taqdirlandi hamda viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.

📌Tanlovning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun televizor,
2-o‘rin uchun planshet,
3-o‘rin uchun telefon.

MAZKUR TARTIB HAR OYDA TAKRORLANIB TURADI,

Tanlovda ishtirok etish tartibi:

1- Har oyda o‘qiladigan adabiyotlar e’lon qilingandan so‘ng mazkur adabiyotlarni to‘liq o‘qib chiqish,
2- Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmasdan anketa va pasport nusxasini (Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga) taqdim etish,
3- Tanlov o‘tkaziladigan kun va vaqti e’lon qilinganda tashrif buyurish,
4-Tanlov Nizomiga muvofiq e’lon qilingan adabiyotlar bo‘yicha shakllantirilgan 40 tagacha test savollarini yechish va hakamlar hay’ati bilan ushbu adabiyotlar yuzasidan suhbat o‘tkazish,
5-Tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng e’tirozlar bo‘lsa 10 kun ichida hay’at komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat etish.

Joriy yilning mart –aprel oylarida o‘qiladigan adabiyotlar.

VILOYAT PROKURORI KUBOGI” Nizomi

Tanlovda ishtirok etish uchun anketa

📲 @buxdu_5tashabbus rasmiy sahifalari:

Telegram|Yotube|Facebook|Web-sayt|Instagram