INTENSIV MEVALI KO'CHATLAR
700 subscribers
575 photos
141 videos
99 links
O'zbekistondagi yangi intensiv bog'lar va bog'dorchilikda sodir bo'layotgan eng so'ngi ishonchli xabarlar shuningdek barcha turdagi
ko'chatlar va foydali maʼlumotlar faqat bizda

AGRANOM: ☎️+99-890-012-37-07

Telegram: @Muhriddinfozilov96
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PRquarantine

🖥 "Ўзбекистон 24"

Сирдарёда гилос экспорти йўлга қўйилмоқда

👉 @uzdavkarantinuz

📲 karantin.uz| Facebook | Instagram
#PRquarantine

🍇 Joriy yil uzum eksportining dastlabki davrida Farg‘ona viloyati o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan 1122 tonna uzum mevasi eksporti uchun fitosanitar sertifikatlar rasmiylashtirildi. Eksport esa asosan Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya kabi davlatlarga amalga oshirildi. Batafsil 👈🏻

👉 @uzdavkarantinuz

📲 karantin.uz| Facebook | Instagram
#PRquarantine

Ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olishda subsidiyalar beriladi

📑 Hukumat qarori (458-son, 24.07.2021-y.) bilan Qishloq xo‘jaligi birlashmalarining aʼzolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik subyektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

☑️ Nizomga ko‘ra, subsidiyalar ko‘chatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi (danak va urug‘dan ko‘paytirilgan payvandtaglar bundan mustasno).

🔰 Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan ko‘chatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

intensiv meva va uzum ko‘chati uchun – 8 000 so‘m;
payvandtag uchun – 2 500 so‘m.

🔢 Subsidiya miqdori tok ko‘chatlari (xo‘raki va kishmishbop) uchun 0,15, urug‘li mevalar uchun 0,50, danakli mevalar uchun 0,75, yong‘oq mevalar uchun 1,00 koeffitsientlarni bazaviy hisoblash miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

🗓 Har yili 1-noyabrga qadar loyiha tashabbuskorlarining intensiv ko‘chatlar turlari, navlari va miqdoriga bo‘lgan talabini aniqlash maqsadida intensiv bog‘ va tokzor barpo etish bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi.