Personal growth | Rakhimova Gulsum
43 subscribers
1.16K photos
173 videos
95 files
140 links
seeker of knowledge
Me: @RGJ988
Download Telegram
Bu insonni nega hurmat qildim va podcastini oxirigacha ko’rdim, hozir sababini aytaman.
Jamiyatda har xil inson bor. O’zining shaxsiy prinsiplariga, shaxsiy qoidalariga, eng muhimi o’zining fikriga ega insonlar va birovning fikri bilan ish qiladigan, shaxsiy chegarasi yo’q insonlar. Bu insonda aynan o’z fikriga ega bo’libgina qolmay, uni ifoda etayotgani uchun ko’rdim. Ba’zi fikrlariga qo’shilaman, ba’zilariga esa yo’q.
Ko’rishni tavsiya qilaman. Foydali xulosalar olsa bo’ladi.
Puli bor bu qizni deyish mumkin lekin puldor oilada tug’ilib, ham o’zini sevimli ishi bilan shug’ullanayotgani uchun ko’rishni tavsiya qilaman.
Boyvucha bo’lib ketsa ham inson o’zini shaxsiy rivojlanishi uchun sevimli ishi bilan shug’ullanishi kerakligini anglatadigan podcast.
Buni ko’rish uchun hech qanday kommentariya yo’q. Ko’rish kerak.
Toje norm. Ba’zi fikrlariga qo’shilaman, ba’zilariga yo’q. Xullas ko’rsangiz nimadir o’ziz uchun olasiz.
Hammani hayoti har xil bo’ladi.

Qo’lingizga qarang, bir xilmi hamma barmoqlar? Yo’q.
Kimdir qaysidir yoshda nimadir qilgan bo’lsa, siz ham xuddi shunaqa qilishingiz kerak degan narsa yo’q.

Hayotingizni qiyinlashtirmang.
Kimdir siz haqingizda nima deb o’ylashi bilan qiziqmay qo’ygan paytingiz hayotingiz boshlanadi.

Avtobusdagi chiptachi, qo’shningiz, kursdosh yoki sinfdoshlaringiz, o’qituvchi va domlalarning barcha barchasining fikri bilan qiziqmay qolganizda hayotingiz boshlangan bo’ladi. Bir narsani tushunish kerak, ularning fikri negative bo’lib sizga yetib kelayotgani uchun ularni ayblash ham kerak emas. Shunchaki hammani dunyo qarashi va fikrlashi har xilligini qabul qilishingiz va o’zingizni fikringizni qanaqa ekanligi haqida o’ylash kerak. O’zgarishni o’zidan boshlash kerak, o’zgalarni o’zgartirish siz bilan bizni qo’limizda emas.

Hayot go’zal, agar siz uni go’zallashtirishni bilsangiz!🌸
Oddiy student vibe va atrofga qarab ko’plab xulosalar olayotgan men
Soat 10 dan beri uxlamoqchiman, faqat shu kitob…
Juda qiziqarli…😍
Инвестируй в себя. Инвестируй в вещи, которые улучшают качество твоей жизни.

Путешествия, домашний декор, здоровье/забота о коже, парфюмерия, литература. Делай то, что приносит тебе удовольствие и раскрывает душу.
Teacher is rambling now.
I am in America 😁
Eng yomon ko’rgan jihatim odamlardagi, bu mas’uliyatsizlik. O’zini hayotiga. Agar har bir inson unga berilgan yoki yuklatilgan topshiriqni vaqtida bajarganda, hayot boshqacharoq bo’lardi.
Ҳар нарсада яхшилик кўринг. Эээнг ёмон вазиятнинг ҳам яхши томони бор...
Ёмон одамнинг ҳам, сизга қилган яхшилиги бор...

Кечириб яшанг, қалбингизни араз билан оғирлиштириб қўйманг, кимнидир ёмон кўриб юрагингизни негатив билан кирлантирасиз. Руҳингизга азоб берманг. Қалбан ҳар қандай негативдан озод инсон бўлишга ҳаракат қилинг. Қийин... Лекин уддаласа бўлади!

Чиройли яшаш учун, яхшиликлар ичида бўлиш учун керак бу сизга.
Жума муборак!
Hammada ham bir qo’rquv bo’ladi. Inson hayotda nimadandir qo’rqadi. Manda ham bor shunaqa qo’rquv. Bu kimdir mani erkinligimni cheklashi.

Erkinlikni kimdir cheklagan paytda insonning hayoti o’zining qo’lida emas, balki boshqa birov qo’lida bo’ladi. U o’zining hayoti uchun qaror qabul qilolmaydigan, fikrlarini erkin ayta olmaydigan, hayotini kimdir doim boshqarib turadigan insonga aylanadi va u qisqa qilib aytganda shunchaki qo’g’irchoqqa aylanib qoladi.

Mana shu, mening eng katta qo’rquvim. Aynan shu narsadan qo’rqaman. Juda.

Fikrila man uchun qiziq, yozilar))
Dunyoda yaxshi insonlar borligining isboti bo’l.