Reklama Vodiy
38 subscribers
2.12K photos
4.2K videos
3 files
5.77K links
Эълон учун @FerganaBozori

Для объявление
@FerganaBozori
Download Telegram
#Биласизми? #NarxiQanCha?

Yangi suv o‘tkazmaydigan Redmi Note 10 JE smartfonining narxi qancha?

Xiaomi kompaniyasi $260 qiymatida xarid qilish mumkin bo‘lgan Redmi Note 10 JE smartfonini taqdim etdi.

Redmi Note 10 JE chang va namlikdan Xiaomi Mi 11 Ultra flagmani kabi himoyalangan. 8 megapikselli frontal kamera, shuningdek, 48 megapikselli asosiy kamera o‘rnatilgan. Tezkor xotirasi 4 gigabaytni, ichki xotirasi esa 64 gigabaytni tashkil etadi. Akkumulyator sig‘imi 4800 mA/soatga teng bo‘lib, 18 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.

Bizga qanchaga yetib kelar ekan?

https://t.me/joinchat/VrXnBr7Jh8S1wstv
#Биласизми? #NarxiQanCha?
O'zbekistonda "moshina" transport vositasimi yoki boylik belgisi?

Yurtimizda eng dolzarb vositalardan biri bu avtomobil-dir! Unga yetishaman deb insonlar ko'p yillar davomida tinimsiz mehnat qiladi.

O'zbek markasining eng qimmat modeli Chevrolet Tahoe Premier bo'lib, narxi 800 mln so'mga yaqin turar ekan. Eng ommabop madel Chevrolet Cobalt'ning eng oxirgi jamlanmasining narxi 116 mln so'm ekan.

Endi o'rtacha 3 mln so'm oladigan inson Chevrolet Tahoe Premier olishi uchun o'rtacha 35 yil kerak ekan, agar, narx oshmasa. Chevrolet Cobalt uchun o'rtacha 5 yil. Pulini to'lagandan keyin ham, yana kutish vaqtlari bu vositalarning qadrini yanada oshirdi.

Biz chet el bilan solishtirmoqchi emasmiz, avvalambor Allohga shukur qilamiz. Lekin... Ko'plab kutish va qiyinchilik bilan avtomobil xarid qilgan insonlar hattoki, elga to'y ham berishgani ko'pchilikga ma'lum.

P/S: Siz Chevrolet Cobalt xarid qilishingiz uchun qancha vaqt ishlashingiz kerak?

https://t.me/joinchat/VrXnBr7Jh8S1wstv
#NarxiQanCha
Gollivud yulduzlari tansoqchilariga qancha mablag‘ to‘laydi?

Turli sabablarga ko‘ra tansoqchi yollagan mashhurlarning xavfsizlik uchun qancha pul to‘lashi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

— Keyt Middlton: Qirollik oilasi a’zolari qo‘riqchilarga boshqalardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Ma’lum bo‘lishicha, Keyt va uning turmush o‘rtog‘i Uilyamning xavfsizligiga har yili $20 mln to‘lanadigan professionallar javob beradi.

— Megan Markl va shahzoda Garri - $6-8 mln;
— Kayli Jenner - $300-400 ming;
— Kim Kardashyan - 3 nafar qo‘riqchi $2-7 mln;
— Beyonse - $2,5 mln;
— Anjelina Joli - $2 mln;
— Rianna - $500 ming;

Shuningdek, 1992-yilda qo‘riqchisi bilan sevishib yurgan Madonna oradan ikki yil o‘tib, hammasiga yakun yasagan. Xonandani sudga berib undan $1 million talab qilgan xonandaning qo'riqchisi maqsadiga erisha olmagan.

https://t.me/joinchat/VrXnBr7Jh8S1wstv
#NarxiQanCha #Бизнес_план

Biznes reja: Baliq yetishtirish

Zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanib uy sharoitida 1400 kg gacha Forel balig'ini yetishtirishni ko'rib chiqamiz.

— Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va brend xarajatlari: 4 mln soʻm;
— Hovuz va innovatsion texnologiya sotib olish: $10000;
— Baliq chavoqlari 1000 ta 30-50 gramm 5500 so'mdan: 5,5 mln soʻm;
— Baliq ozuqasi oyiga: 665 ming so'mdan boshlanadi va har oy oshib boradi 8 oyda: 5,5 mln soʻm atrofida.
— Kommunal va boshqa to'lovlar: 8 oyga 3 mln so'm.

Texnologiyadan tashqari yillik jami sarf 14 mln so'mga yaqin bo'ladi.

Bozorda 1 kglik Forel balig'i bugungi kunda 40 ming so'mdan boshlanadi va biz 14 mln so'm tikib eng kamida 50 mln so'mlik hosil olishimiz mumkin.

P.S. Innovatsion texnologiya Xitoy davlatiniki hisoblangan va siz o'zingiz uy sharoitida tabiiy hovuzda boqishingiz mumkin.

https://t.me/joinchat/VrXnBr7Jh8S1wstv