Sadaqa Joriya
4 subscribers
6 photos
1 link
Insonlarni qisqa umrda sadaqa joriya qilib qolishga undash va uning xozirda qilish mumkin bo'lgan uslublari haqida gaplashamiz!
Download Telegram
Channel created
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Kanalimiz insonlarni bu qisqa umrda sadaqa joriya qilib qolishga undash va uning xozirgi paytimizda qilish mumkin bo'lgan uslublari haqida bo'ladi.
Ushbu kanalda biror mag'lag' evaziga reklamalar joylanmaydi.

@sadaqa_joriya
Channel photo updated
Nabiy ﷺ aytdilar:

" إذا مات ابن آدم انقطع عمله الا من ثلاث: صدقة جارية أو علم ينتفع به أو ولد صالح يدعو له" (رواه مسلم) .

"Agar banda vafot etsa, uni amali uziladi, magar ham uch yerdan: joriy qilingan sadaqa, foydali ilm yoki ortidan duo qiluvchi solih farzand qoldirgan bo'lsa,
(vafot etgan bo'lsa ham savob yetib turadi).
(Muslim rivoyati).

@sadaqa_joriya
Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh!
In shaa Alloh Ramazon oyidan faoliyatimizni boshlaymiz!
Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh!

Hidoyat oyi muborak bo'lsin!
Alloh bu oydan gunohlardan poklanib, ko'plab ajrlarga erishib chiqishimizni nasib qilsin, amiyn!

Allohning nomi va fazli bilan faoliyatimizni boshlaymiz.

@sadaqa_joriya
Shu yerdan boshlab tanishib chiqishingiz mumkin, bismillah ))

@sadaqa_joriya
"Erta"ning g'ami...

Hayotimiz o'tib bormoqda... va bilamizki, ertaga malakul mavt jonimizni olar ekan, hamma qilgan amallarimizning sarhisobi boshlanib, tarozuga tortiladi. Borimiz - xushu'si oz yoki hayol surib, apil-tapil o'qilgan namozlarimiz, betoqat iftorni kutgan Ramazondagi ro'zalarimizdan boshqa hech narsa hayolimizga kelmaydi. Yaratilganidan to qiyomatgacha osmonning har bir qarichida Allohga sajda qilib, Unga tasbeh aytadigan farishtalar, qiyomatdan oldin jonlari olinar ekan, "ey Robbimiz, Senga munosib ibodat qila olmadik" deb nadomat qilishlarini yoki Alloh ta'aloning cheksiz ne'matlaridan foydalanib, Unga isyon qilib umrimiz o'tganini, hisob kunining daxshatlarini o'ylab, "ertaga nima deb javob beraman" degan o'ylar o'tadi hayolimizdan.
Tasavvur qiling ertaga siz o'lasiz va qilayotgan amallaringizning bori ham chalaligicha to'xtaydi.
Qani endi bankga omonat qo'yib, uni daromadini ko'paytirib yashaydigan sudxo'rlar kabi amallaringizni ham doimiy keluvchi bir omil qilib qo'ysangizu, hotirjam yotsangiz. Buning iloji bormi? Albatta bor!
Nabiy ﷺ aytdilar:
" إذا مات ابن آدم انقطع عمله الا من ثلاث: صدقة جارية أو علم ينتفع به أو ولد صالح يدعو له" (رواه مسلم) .
"Agar banda vafot etsa, uni amali uziladi, magar ham uch yerdan: joriy qilingan sadaqa, foydali ilm yoki ortidan duo qiluvchi solih farzand qoldirgan bo'lsa, (vafot etgan bo'lsa ham savob yetib turadi).
(Muslim rivoyati).

Yana Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilingan boshqa hadisda Nabiy ﷺ aytadilar:
"إِنَّ مِمَّا يَلْحَقُ الْمُؤْمِنَ مِنْ عَمَلِهِ وَحَسَنَاتِهِ بَعْدَ مَوْتِهِ عِلْمًا عَلَّمَهُ وَنَشَرَهُ وَوَلَدًا صَالِحًا تَرَكَهُ وَمُصْحَفًا وَرَّثَهُ أَوْ مَسْجِدًا بَنَاهُ أَوْ بَيْتًا لِابْنِ السَّبِيلِ بَنَاهُ أَوْ نَهْرًا أَجْرَاهُ أَوْ صَدَقَةً أَخْرَجَهَا مِنْ مَالِهِ فِي صِحَّتِهِ وَحَيَاتِهِ يَلْحَقُهُ مِنْ بَعْدِ مَوْتِهِ". (أخرجه ابن ماجه)
"Mo'min kishiga vafotidan keyin amali va yaxshiliklaridan
-o'rgatgan va yoygan ilmi,
-ortidan qoldirgan solih farzandi,
-tarqatgan mushafi,
-yoki qurgan masjidi,
-yoki yo'lovchi uchun qurgan uyi,
-yoki (odamlar foydalanishligi uchun) suv oqadigan ariq qilishi,
-yoki salomatligi va hayotligi paytidagi molidan chiqargan sadaqasidan, o'lganidan keyin ham ajri yetib turadi"
(Ibni Moja rivoyati, Alboniy hasan degan).

Bundan ko'rinib turibdiki, ertamiz uchun xozirdan tayorgarlik ko'rib, oxiratimiz uchun zahira to'plashimiz mumkin, buning uchun amalimizga ixlos va g'ayrat qilishligimiz kerak.
Ushbu kanalni "Sadaqa Joriya" deb nomlashimizdan maqsad ham, insonlarga vafotidan keyin ham ajr yetib turishli uchun xozirdan harakat qilishga undashdir. Alloh bu ishimizni xolis Uning Yuzi uchun bo'lishligini va o'zimiz ham bundan nasibador bo'lishimizni nasib etsin. Amiyn.

@sadaqa_joriya
Sadaqa Joriya pinned «Shu yerdan boshlab tanishib chiqishingiz mumkin, bismillah )) @sadaqa_joriya»
Amalning qabul bo'lish shartlari

Amalimiz Allohning huzurida qabul bo'lishligini umid qilib, undan ajr kutar ekanmiz, uning qabul bo'lish shartlari ham bor. Ular ixlos va sunnatga muvofiq bo'lishligidir.

1. Ixlosning dalili:
Alloh ta'alo aytadi:
وَمَآ أُمِرُوٓا۟ إِلَّا لِيَعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ
"Ular dinni xolis Allohga ibodat qilish uchungina buyurilganlar"
(Bayyina surasi, 4 oyat).
Nabiy ﷺ aytadilar:
إنَّ الله لا ينْظُرُ إِلى أجْسَامِكُمْ، ولا إِلى صُوَرِكمْ، وَلَكن ينْظُرُ إلى قُلُوبِكمْ وأعمالكم
"Alloh sizlarning jismingizga, suratingizga qaramaydi, balki qalblaringizga va amallaringizga qaraydi".
(Imom Muslim, Abu Hurayradan rivoyati).

2. Sunnatga muvofiq bo'lishligi va to'qib chiqarilgan yangilik qabul bo'lmasligiga dalil:

Irbod ibn Soriya rodiyallohu anhudan, Nabiy ﷺ aytadilar:
عن عرباض بن سارية رضي الله عنه قال: صلى لنا رسول الله صلى الله عليه وسلم الفجر، ثم أقبل علينا فوعظنا موعظة بليغة ذرفت لها الأعين، ووجلت منها القلوب، قلنا أو قالوا: يا رسول الله، كأن هذه موعظة مودع فأوصنا، قال: أوصيكم بتقوى الله والسمع والطاعة، وإن كان عبداً حبشياً، فإنه من يعش يرى من بعدي اختلافاً كثيراً، فعليكم بسنتي وسنة الخلفاء الراشدين المهديين، وعضوا عليها بالنواجذ، وإياكم ومحدثات الأمور، فإن كل محدثة بدعة وإن كل بدعة ضلالة.
"Rosululloh ﷺ bizga bomdod namozini o'qib berdilar, so'ngra yuzlanib, bizga juda balog'atli mav'iza qildilarki, undan ko'zlar namlanib, qalblar larzaga keldi. "Ey Allohning Rosuli, bu huddi vidolashuvchining maruzasidek bo'ldi, bizga vasiyat qiling" dedik yoki deyishdi. U zot: "Sizlarga Allohdan taqvo qilishlikni va hatto qora tanli qul (sizlarga amirlik qilsa ham unga) eshitib, quloq solishlikni vasiyat qilaman. Mendan keyin kim yashasa, ko'plab ixtiloflarni ko'radi. Shunda sizlarga mening sunnatim hamda hidoyatlangan, to'g'ri yo'ldagi xalifalarimning yo'lini tutish sizlarga vojib bo'ladi. Ularni oziq tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Hamda sizlarga yangi chiqarilgan ishlardan chetlanishingiz vojib bo'ladi. Albatta har bir (dindan deb) chiqarilgan yangilik - bid'atdir va har bir bid'at zalolatdir".
(Abu Dovud, Ibni Moja rivoyati, Shuayb Arnaut sahih degan, ba'zi lafzi Muslimning Sahihida kelgan).

@sadaqa_joriya
Yaxshi sunnat va bid'atning farqi

Shu o'rinda ko'pchilikda savol tug'ilishligi mumkin, "Biz dindan deb qilmoqchi bo'lgan ishlarning barcha yangicha ko'rinishi bid'at bo'lib qolaversa yoki boshqacha qilib aytsak, ajr kutib qilmoqchi bo'lgan ishimizni Rosululloh ﷺning va sahobalarning sunnatidan topa olmasak, shu ibodatimiz bid'at va zalolat bo'lib qolaveradimi?". Axir Rosululloh ﷺ:
من سن في الإسلام سنة حسنة فله أجرها وأجر من عمل بها من بعده من غير أن ينقص من أجورهم شيء
"Kim Islomda hasana
(yaxshi) sunnat paydo qilsa, unga uni va undan keyin amal qilganlarning ajri kamaytirilmagan holda yoziladi" demaganmidilar?
(Imom Ahmad, Muslim, Termiziy rivoyati).

Deylik, zamonaviy hayotimizda o'z o'rnini topgan narsalardan Islomiy onlayn platforma yasashlik, Haj va umra qilish yo'lini ko'rsatuvchi navigatordan foydalanish, bomdod namoziga uyg'onish uchun yoki namoz vaqtlarini eslatadigan qo'ng'iroqli soat ishlatish, muhtojlar uchun xayriya fondlarini yashkil qilishlik va hokazo... Axir bular sahoba va tobe'inlarning hayotida bo'lmaganku?
Ulamolar ibodatni ko'rinish jihatidan ikkiga bo'lib tushuntirishadi: Namoz, Haj, Qur'on qiroati kabi tavqifiy-o'zgartirib bo'lmas ibodatlar bo'lib, unday ibodatlarni biror holatiga o'zgartirish yoki yangilik kiritish joiz emas va bu hadisda zikr qilingan bid'at deyiladi. Masalan, asr namozi 4 rakat farz, uni ko'proq ajr talabida 5-6 rakat o'qishlik yoki Ka'baning ko'rinishini ifodalovchi bino yasab, Makkadan boshqa yerda uni haj va umra niyatida tavof qilishlik, yoki ta'sirli bo'lsin deb Qur'onni qo'shiq qilib, musiqa orqali aytish bid'at bo'ladi.
Ikkinchi turdagi ibodatlar asosan insonlarning ijtimoiy hayotiga aloqadorroq bo'lib, aniq chegaralar bilan belgilanmagan va ba'zi holatlar ta'kidlangan holda harom deya chegaralanishligi mumkin.
Masalan, imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda, Rosululloh ﷺ shunday dedilar:
المسلم أخو المسلم، لا يظلمه, ولا يسلمه, ومن كان في حاجة أخيه كان الله في حاجته، ومن فرج عن مسلم كربة فرج الله عنه بها كربة من كرب يوم القيامة، ومن ستر مسلماً، ستره الله يوم القيامة
"Musulmon - musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qo'ymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilar ekan, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning qiyinchiligini yengillatar ekan, Alloh undan Qiyomat kunining qiyinchiliklaridan bir qiyinchiligini ketkazadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh uni Qiyomat kunida aybini berkitadi"

Shunga ko'ra, bir musulmon kishi boshqa bir musulmonni hojatini ravo qilishligi, qiyinchiligini ketkazishligi yoki aybini berkitishligi, Allohni rozi qiladigan va Unga mahbub bo'lgan ibodat ekan, masalan, biror musulmonga u topa olmayotgan manzilini navigator-lokatsiya orqali topib berishingiz, sahobalar navigatordan foydalanmagan bo'lsada yoki bir musulmon pulga muhtoj bo'lsa, unga karta orqali onlayn pul o'tkazib berish, sahobalar mablag'larini onlayn boshqarishmagan bo'lsada, yoki biror musulmonni aybini videoga olingan bo'lsa, uni sha'nini saqlashlik uchun o'chirib yuborishlik, sahobalar mobil telefon yoki kompyuter ishlatishmagan bo'lsada, bid'at bo'lib qolmaydi, aksincha bu ibodatdir.
Shuningdek, internet orqali maruza yoki Qur'on qiroatini eshitishingiz, Haj uchun samalyotda uchishingiz kabi ishlar bid'at deyilmaydi.
Hasana sunnatni zalolat bo'lgan bid'at deb tushunib qolmasligimiz kerak. Zotan, hasana sunnatni uslub deb tushunib, Islom belgilab bergan holatlarda ijtimoiy hayotimizdagi odat va amallarni ajr niyatida, sahoba va tobei'nlar ishlatmagan unsurlardan foydalanishligimizning zarari yo'qdir.
Allohu a'lam.

Ushbu loyihamizda sadaqa joriya uslublari haqida o'rtoqlashar ekanmiz, asosan mana shunday hasana sunnat uslublaridan foydalanishni niyat qilganmiz.

@sadaqa_joriya
Ko'rinib turibdiki, bandaning vafotidan keyin kelib turadigan Sadaqa Joriyasini ajratib olish uchun hadis matniga ko'ra mavzularni 3 turga bo'lib tasniflashimiz osonroq bo'ladi. Bular:
- Insonlarga manfaat beradigan,
- Solih farzand,
- Foydali ilm
.

Asosiy mavzularimizga o'tishdan oldin har bir mavzuni heshteglab olamiz! Demak,
- Insonlarga manfaat beradigan amallarni #insoniy_manfaat
- Solih farzandga doir amallarni #solih_farzand
- Foydali ilm mavzusini esa #foydali_ilm heshtegi bilan qidirishingizni tavsiya qilamiz!

Yana har bir mavzu uchun sarf bo'ladigan tahminiy davr belgilaymiz. Masalan, kimgadir har o'qiganida ajri yetib tursin deb, muhtoj insonga Qur'on mushafini hadya qildingiz. Kitob 10-20 yilgacha foydalanilishi mumkin va hokazo.

@sadaqa_joriya
Nabiy ﷺ aytdilar:

" إذا مات ابن آدم انقطع عمله الا من ثلاث: صدقة جارية أو علم ينتفع به أو ولد صالح يدعو له" (رواه مسلم) .

"Agar banda vafot etsa, uni amali uziladi, magar ham uch yerdan: joriy qilingan sadaqa, foydali ilm yoki ortidan duo qiluvchi solih farzand qoldirgan bo'lsa,
(vafot etgan bo'lsa ham savob yetib turadi).
(Muslim rivoyati).

@sadaqa_joriya
Farzandingizga "Fotiha" surasini sizdan oldin boshqasi o'rgatib qo'ymasin!

Bir kunda farz namozlari va ravotib sunnat namozlarini o'zini hisoblasak, 32 rakat namozda 32 marotaba "Fotiha" surasi o'qiladi. Siz agar farzandingizga "Fotiha" surasini ma'no va tilovatini o'rgatib qo'ysangiz, u uni har kuni kamida 32 marotaba o'qisa, umrining oxirigacha qancha ajr bo'ladi? Shuncha ajrni birov ilib ketishligiga ko'zingiz qiyadimi?
Undan tashqari "Fotiha" surasida 139ta harfdan iborat.
Abdulloh ibn Mas'ud rodiyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Nabiy ﷺ dedilar:
النبي ﷺ قال: مَن قرأ حرفًا من كتاب الله فله به حسنة، والحسنة بعشر أمثالها، لا أقول: ألف لام ميم حرف، ألفٌ حرفٌ، ولامٌ حرفٌ، وميمٌ حرفٌ
"Kim Allohning Kitobidan bir harf o'qisa, unga bitta ajr bo'ladi. Bir ajr esa 10 barobar (ko'paytirib yoziladi). Men "Alif, Lam, Mim"ni bir harf demayman, balki, "Alif" bir harf, "Lam" bir harf, "Mim" bir harfdir".
(Termiziy "Sunan"ida (2910), Alboniy "Mishkatul masobih" (2137)da sahih degan).

- 139 x 10 x 32 = necha bo'ladi?

- Farzandingiz sizdan keyin yana qancha yashashi mumkin?

#solih_farzand
Muddat: o'rtacha 50-80 yil

@sadaqa_joriya