QALB DAFTARI SAKIYNA
229 subscribers
464 photos
201 videos
153 links
Sakiyna tahallusi ostida
Муслима аёлнинг кундалик дафтари. Қалбдаги ўйлар, хаёт сабоқлари, муносабатлар, баъзида аччиққина танқидлар

Murojaat uchun:
👇👇👇
@Maftun_boldim_bot

t.me/sakiynadaftari
Download Telegram
#bismillah
Ayolingiz siz uchun:
-Familyasini o'zgartiradi.
-Otasining ismidan voz kechadi.
-Uyini o'zgartiradi.
-Oilasini o'zgartiradi.
-Yashash tarzini o'zgartiradi

-Agar xohlasangiz yurish,turishini o'zgartiradi.
-Sizga yoqish uchun,muhabbatingizni qozonish uchun qo'lidan kelgan hamma fidokorlikni qiladi.

-Sizni nomingizni,sulolangizni davom ettirish uchun jonini Jabborga berib homilador bo'ladi.
-Homilalikda go'zalligini,sog'ligini farzandingiz uchun qurbon qiladi.

-Sizni nomingiz dunyodan o'chib ketmasligi uchun Semiradi huniklashadi.
Siz esa bu ko'rinishi uchun undan ko'nglingiz qoladi.
Aslida uni sizdan ko‘ngli qolishi kerak,axir sizni deb qancha jabru-jafolar boshiga keldi.

-To'lg'oq dardidan go'r og'zidan qaytsa ham,ming azobda dunyoga keltirgan farzandlari unga o'xshamasa ham sizni o'ziniki qilish dardida,sizga qattiqroq chirmashib ketish istagida qayta-qayta tug'averadi.
(Bu aqlsizligidan emas,muhabbatining kuchidan aqli o‘tmaslashib qolganidan.)

-Farzandingiz tug‘ulgandan keyin,uyqularini bedor qilib,malollanmay kechalari shirin uyqisidan voz kechib,emizish uchun,tagligini almashtirish uchun uyg‘onadi.

Bundan hatto sizga shikoyatchi ham bo‘lmaydi,hammasini muhabbat bilan ado etadi.

-Siz uchun,qanchalar qiyin bo'lsa ham, onangizni ona,otangizni ota,oilangizni oilam deb atay boshlaydi.

-O'ziga qarashga vaqt topa olmasa ham,sizning hidlangan paypoqlaringizni uyning har burchagidan to'playdi,kiringizni yuvadi,sizga chang qo'ndirmaydi,siz uchun shirin ovqatlar qilishga harakat qiladi,farzandlaringizni tarbiya qiladi,parvarishlaydi,oilangizni hizmatini qiladi ko'nglini oladi,sirlaringizni qalbini to'rida huddi o'z siridek avaylab,saqlaydi.

-Qo'polliklaringizni,nohaq haqoratlaringizni,achchiq kelganda butun urug'-aymog'ini haqqiga changitib tuhmatlar yog'dirishingizni,
nafsonyati bilan o'ynashingizni hatto besabab qo'l ko'tarishingizni ham indamay kechiradi.

-Umri davomida molingizni muhofaza qiladi,ovqatingizni qiladi,uyingizni tozalaydi,xohlasangiz kechasi uyg‘onib ovqat pishiradi,eng og‘ir kunlaringizda yoningizda bo‘ladi,ko‘chadan kelishingizni intizor kutadi,

Allohga haqqingizga duo qiladi,farzandlaringizni tarbiya qiladi,darsini qildiradi,qo‘yinki umrining oxirigacha siz uchun yashaydi.

Siz uchun shuncha fidokorlik qilgan ojiza,nahot muhabbatingizga loyiq bo‘lmasa.
Siz uchun borini qurbon qilgan,qovurg‘angizni bir bo‘lagini e’zozlash shunchalar qiyinmi?
Vardatul_jannah

@SakiynaDaftari