Sardor Abduqodirovich
748 subscribers
4.63K photos
958 videos
6 files
4.32K links
-Yoshar Parlamenti a’zosi
-Deputat
-Iqtis.Assambleyasi Nav.vil.Rahbari
-Eksportchilar uyushmasi Nav.vil.Raisi
-Boks Fed Nav.vil.Raisi
-Jiu-Jitsu Fed.Nav.vil.Raisi
Download Telegram
#imtiyoz #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipakchilik va qorako‘lchilik bo‘yicha ayrim soliq imtiyozlari muddati uzaytiriladi

Prezidentimizning 27.04.2022-yildagi PQ-224-son qarori bilan ipakchilik va qorako‘lchilik sohasiga taqdim etilgan ayrim soliq imtiyozlari muddatlarini uzaytirish belgilandi.
Xususan:

🐛🌴ipak qurti urug‘i, tut ko‘chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish imtiyozi 01.01.2023-yildan 01.01.2026-yilga qadar uzaytiriladi.
Mazkur imtiyoz 04.12.2018-yildagi PQ-4047-son Prezident qarori bilan 01.01.2023 yilgacha taqdim etilgan edi;

🐑qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yer solig‘i stavkasini 2018-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolish muddati 01.01.2026-yilgacha uzaytiriladi.
Ushbu preferensiya 14.03.2018-yildagi PQ-3603-son Prezident qarori bilan 01.01.02023-yilgacha belgilangan edi.

Qarorda mazkur o‘zgarishlardan kelib chiqib Soliq kodeksiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish belgilangan.

https://t.me/navoiy_savdo_sanoat_palatasi