TABIIY FANLAR «SCIENCE» | Rasmiy kanal
5.84K subscribers
6.99K photos
1.17K videos
1.47K files
1.69K links
«SCIENCE» faniga befarq bo‘lmaganlar uchun maxsus kanal!

“Tabiiy fanlar – ilm-fan olamiga ilk qadam”

Reklama uchun: 👉 @talabageograflar

📮Murojaat uchun👇

👉 @Mamuriyatgabot

👉 @tabiiyfan_sciencebot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha
va maktab ta’limi vaziri