❤️𝐒𝐨̃𝐧𝐦𝐚𝐬 𝐲𝐮𝐥𝐝𝐮𝐳𝐥𝐚𝐫❤️
27 subscribers
5.91K photos
6.8K videos
6 files
104 links
Assαlom Alαykum Hush Kelιbsιz Kαnαlιmιzgα...🥰

Kαnαlιmιzdα...🕊

🎇 Statuslar
📃 Aforizmlar
📝 Hikoyalar
🎵 Premyeralar
🎬 Videolar
🌌Rasmlar

Kanalimz ochilgan sana 2022.04.12 🤩🤙💫
Bosh admin @Oddiy_bola7821 shunga murojaat qilasila 😉
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️Қиш Фаслининг биринчи тонгги муборак бўлсин😊

Эрта тонгдан қор бағрида ажойиб атмосферада иссиққина чой билан ширинлик тановвул қилишга нима дейсиз😋

Хайрли тонг азизлар👇


@Sevgi_darbadar2104
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Декабрь ойида туғилган инсонлар хақида.

Улар тинчликни ва осойишталикни ёқтирадиган ва ўз билганини қиладиган инсонлар бўлар экан)

Декабрь ойида туғилган дўстларга видеони юборамиз:)


@Sevgi_darbadar2104
Қиш фасли муборак! 🌧❄️☃️

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️21_QISM❤️

Ertasi kuni Hayat meni Kamronni atryadiga olib bordi...paranjida yurganim uchun hech kim meni sezmadi....
-sen shu yerda turib tur....men uni olib kelaman...-dedi Hayat paranjisini yopib...
Na soya bor...na bir daraxt....quyosh tikka tushib odamni kuydiray deydi...uzoqdan Nabi amakini sharpasi ko‘rindi...jangarilardek kiyinib olgan...yelkasida miltig‘i...ancha ozib yanayam qarib ketibdi bechora....negadir unga rahmim keldi....u meni ko‘rib qadamini tezlashtirdi....ko‘zlari yoshlandi....
-Malagim.....-dedi yonimga kelib.....
-rahmat Hayatt...demoqchidim yonimda uni ko‘rmadim....
-yaxshimisiz????-dedim paranjimni ko‘tarib....
-kechir meni....kechira olsang...-dedi yig‘lamsirab...-to‘g‘risi ming pushaymonman buyoqqa kelganimga...-dedi afsus bilan...
-sizni men kechirganman...Alloh avf etsin gunohlarimizni...qochish haqida o‘ylab ko‘rmadingizmi???-dedim umid bilan....
-bu yerdan qochish imkonsiz Malak...sheriklarim qochgan edi...xuddi itdek otib tashashdi...-dedi qo‘rquv bilan...u ham ancha yuragini oldirib qo‘ygan ko‘rinadi...-men o‘ligim bu yerlarda egasiz qolib ketishidan qo‘rqaman...Suxrob vaxshiy...undan ehtiyot bo‘l...bu yerga ham bekor kelibsan Malagim...-dedi atrofga qarab...so‘ng daxshatdan qotib qoldi....
-Suxrab Safariyyyy....
U qaragan tomonga qaradim...Suxrob bizga vajohat bilan qarab turardi....yonida esa "Sirdosh" dugonam Hayat....Hayat menga qiliq qilib qo‘lini siltab qo‘ydi...odam ham shunchalar ikkiyuzlamachi bo‘ladimi???
-Malakkkkkk.....-baqirdi Suxrob...
Tez tez yurgancha yoniga bordim...
-Bu chol bilan nima ishing borrrrr????-dedi ko‘zlarimga qarab....
-mennnn....-gapimni tugata olmadim...yuzimga musht kelib tushdi....
-Malakkk...-Nabi amakini ovozi eshitildi...
-Malakkk...degin...-deya Suxrob unga yaqinlashdi...Nabi qo‘rquv bilan ortga tisarildi....Suxrob miltig‘ini oldi...so‘ng Nabiga to‘g‘irladi....
-yo‘qqqq....unday qilmanggg....-o‘rnimdan tura olmay baqirdim...
O‘qning daxshatli ovozi eshitildi...qushlar qag‘illab uchib ketdi....Hayat qo‘rqa pisa qochib qoldi...meni o‘lim bilan yuzma yuz qoldirib....Nabi amaki ko‘zlari ochiq holda jon berdi...yonginamga qulab tushdi....yuzlari qonnn...yig‘lab yubordim...meni deb bo‘ldi...
-turrr...-deya Suxrob g‘azab bilan meni o‘tovi tomon sudrab ketdi...qarshilik qilmadim..meni deb bir ota jon berdi..farzandlar yetim qoldi...endi menga baribir edi....
U meni o‘toviga uloqtirdi....
-Foxishaaa...cholingni sog‘indingmi??? Nega ertaroq aytmading???-dedi g‘azab bilan jilmayib...
-mennn...foxisha emasman...-dedim alam bilan....u yana qulochkashlab musht tushirdi...bu safar burnim qonab ketdi...yana meni tinimsiz haqoratlardi...jim bo‘ldim...hammasiga loyiqman...u meni kuch bilan yotoqga otdi....
-demak cholni hohlab qolding....-dedi vajohat bilan....ko‘zim yoshlandi...Otajon sizni so‘gindim.....qarshimda esa tobora yovuzlashayotgan Suxrob turardi....

U meni dunyoyimni ostun ustun qilib tashladi...qattiq og‘riqlardan hushimni yo‘qotdim....

-Oydin Sodiqovna....-dedi Farid yugurib kelib...
Kitob mutolaa qilib o‘tirgan Oydin opa cho‘chib tushdi...
-nima gap Farid???
-men bilan yuring Suxrob og‘a chaqirtiryapti...-dedi hovliqib...
Oydin katta asboblari turadigan chemadonini olib yugurdi....
-nima bo‘ldi???
-borganda ko‘rasiz...-dedi Farid Suxrobni o‘toviga qarab yurarkan....
Oydin Sodiqovna o‘tovga kirgach ko‘zi yotoqda qonga belanib yotgan Malakka tushib qo‘rqib ketdi...

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️22_QISM❤️


-Oydin opa....-dedi Suxrob qo‘rquv bilan...-uuuu....
Oydin gap nimadaligini tushundi....yugurib borib qizni tekshirdi....
-ko‘p qon yo‘qotgan....hoziroq poliklinikaga olib borish kerak...-dedi qizning kiyimlarini kiydirib...
-nafas olyaptimi???-dedi Suxrob havotir bilan...
-Suxrob...axir u qiz bolaku...shartmidi hayvondek harakat qilish...-dedi Oydin jaxl bilan...
-mennnn...bilmagandim...-dedi Suxrob uyoqdan buyoqqa yurgancha...
-tayyor...uni hoziroq markaziy shifoxonaga olib borish zarur...yo‘qsa tirik qolmaydi...ichki qon ketish kuchli...-dedi Oydin qizning boshini silab.....
Suxrob Malakni ko‘tarib oldi...qizning boshi ko‘ksiga tegdi....nega e‘tibor bermadiya gaplariga...bunaqa bo‘ladi deb o‘ylamagandi....chindan ham hayvonni ishini qildim...deya o‘ylagancha qizga achinish bilan qaradi...faqat tirik qol...iltimos tirik qol....

Avaylab qizni mashinaga joyladi...Oydin ham orqaga o‘tirib qizga yordam ko‘rsatib ketardi....
-tezroq haydang...iloji boricha...-havotir bilan baqirdi Oydin....shundoq ham Suxrob mashinani uchirtirib ketardi....shaxargacha ancha masofa bor...
-u yaxshimi???-dedi oynachadan tikilib....
-qilar ishni qilib so‘rashingizni qarang...-dedi Oydin zarda bilan...
-men rostdan bilmagandim...uni...-davom ettirolmadi gapini...
-er ko‘rgan xotin deb o‘yladingizmi??? Axir tekshirdim degandimku????-dedi Oydin qizni avaylash uchun oyoqlarini ko‘tarib qo‘yarkan...

Suxrob rulni mushtladi...hech qachon bunchalik vijdoni qiynalmagandi...ko‘z oldiga qizni baqirganlari kelib battar o‘zini yomon ko‘rib ketdi....
Vanihoyat yetib kelishdi....qizni kushetkaga ortib olib kirib ketishdi...doktorlar chopib qolganiga qaraganda vaziyat jiddiy...
-qaysi hayvon tashlangan bunga???-deya tekshiruv xonasidan chiqib kelgan doktor asabiylashgancha baqirdi....keyin qarshisida Suxrobni ko‘rib dami ichiga tushib ketdi....
-uni saqlab qolingg...-dedi Suxrob ham buyruq ham iltijo bilan....
-lekin...juda ko‘p qon yo‘qotgan..axvoli og‘ir...bir necha marta chok tushadi...va bolali bo‘lolmasligi mumkin....-dedi doktor o‘ylanib.....

-menga bolali bo‘lishi muhimmas...eng muhimi sog‘ qolsin...-dedi Suxrob qa‘tiy ovozda....
Doktor bosh chayqab kirib ketdi...Oydin Sodiqovna ham Malakni yonidan ketmadi....
-juda ko‘p qon yo‘qotyapti...-dedi Doktor havotirlanib...
-Alloh bergan umri bo‘lsa hali yashaydi...-dedi Oydin ishonch bilan ishini davom ettirib...ex jonim singlima Allohga omonatim yasha....derdi ich ichidan..negadir shu qizga mehri tushib qolgandi.....

Zal bo‘ylab Suxrob uyoqdan buyoqqa borib kelardi...
-xo‘jayin bugun katta miqdorda mol qabul qilishimiz kerak ediku...-dedi Farid unga yaqinlashib pichirlarkan....
-boshqa safar...hozir ko‘nglimga sig‘mayapti...Farid...-dedi Suxrob asabiy axvolda...
Farid jim bo‘ldi....
Ichkaridan Oydin Sodiqovna chiqib keldi....Suxrob uni yoniga shoshdi...u umrida birincha marta kim uchundir qayg‘urayotgandi...
-axvoli qanday???
-bechora qiz rosa azoblandi...juda ko‘p qon yo‘qotgan axvoli og‘ir...o‘ziga kelishini kutishdan o‘zga choramiz yo‘q...qo‘ldan kelgan hamma ishni qildik..Allohimni o‘zi shifo bersin unga....-dedi Oydin umid bilan...bardoshli qiz..albatta yengib o‘tadi dedi ich ichidan.....


#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️23_QISM❤️

Suxrob ichkariga shoshdi....
-to‘xtang kirish mumkin emas...-dedi hamshira...Suxrob hamshirani turtib o‘tib ketdi...ichkariga bostirib kirdi...uni hamma tanigani uchun qo‘rqa pisa chiqib ketdi...Malak beozorgina bo‘lib uxlab yotardi...narkoz ta‘sirida...sekin qizni yoniga yaqinlashdi...quroldan boshqa narsani ushlamagan qo‘llarini qizga uzatdi...nozik yuzida biror alomat sezilmasdi...barmoqlarini qizning yuzi bo‘ylab yurgizdiyu..to‘xtadi....yana qizning baqirgani yodiga tushdi...o‘zidan nafratlanib ketdi...odatda bunday holatlarda u hech ham achinmasdi...hatto ayollarning yuzini ham ahamiyati yo‘q edi...ammo bu qizning nimasidir o‘zgacha...janglarga to‘la hayotiga nur olib kelgandek...qizning uzun kipriklari pirpiradi...Suxrobning yurak urishi tezlashdi...qizning peshonasidan o‘pib qo‘ygancha honani tark etdi...
-Farid eshik yoniga qorovul qo‘y...-dedi so‘ng doktor qabuliga kirib ketdi...
Malak 1hafta deganda o‘ziga keldi...ungacha Suxrob qizning yonidan iloji boricha jilmadi...

Ko‘zlarimni kasalxonada ochdim...ochlik..og‘riqlar...his qilganim shular bo‘ldi....
-suvvvvv...-dedim pichirlab...kimdir labimga suv tutdi...qo‘llarga qarab seskandim..tepamda Suxrob suvni tutgancha jilmayib turardi...
-sizzzzzz......

-yaxshimisan???-dedi havotir bilan boqib...
-qayerdaman???-dedim hali ham bo‘lib o‘tganlarni hazm qila olmay...
-kasalxonadaa...-dedi jiddiy boqib...
Uning o‘sha kungi qilig‘i esimga tushib jazavam qo‘zidi...
-yo‘qoling...vaxshiy..hayvon..maxluq....-uni ko‘ksiga ura boshladim...u qo‘limni qaytarmadi...meni mahkam quchdi...baquvvat yelkalariga boshim tegdi...hamon tinchlana olmasdim...
-kechirrrr....-dedi oxista...bu so‘zni shunchalik mehr bilan aytdiki..menimcha u bu so‘zni lug‘atiga hozirgina kiritdi...so‘ng ko‘zlarimga qaradi....nahotki unda ham yurak bo‘lsa...menga achinyaptimi???
-hammasi yaxshi tinchlan!!!-dedi ishonch bilan....
-Allohning balosi yo‘qoling!!!-dedim nafrat bilan...u kulib yubordi...
-yana urushayotganingga qaraganda yaxshisan!!!
Axmoq...qilar ishni qilib endi kulishini...
-endi rostdan ham juvonman...-deya yuzimni to‘sib yig‘lay boshladim...
-kechir...bilmagandim...
Uni ko‘rishni ham istamasdim...endi uni kechirimi bilan nima o‘zgaradi....bu yerdan qochib ketaman qanday qilib bo‘lsa ham....
-balki ovqatlanib olarsan???-yana uni ovozi eshitildi...u tomonga nafrat bilan boqdim...
-yemasam o‘ldirasizmi???
U ko‘zlarimga boqib kulimsiradi...
-sen menga jaxl qila olayotgan ilk ayolsan!!!-dedi va ovqatni uzatdi...yuzimni burdim...u kuch bilan yuzimni o‘zimga qaratdi...va majburlab yegizdirdi...
-bo‘ldimi???-dedim ovqatni yegizdirib bo‘lgach...
-ha..endi esa dorilarni ichasan...-dedi buyruq oxangida...qachondan mehribon er bo‘lib qoldi ekan....dorilarimni ham ichqizdirib qo‘ydi...
-uyqum kelyapti...-deya bahona qildim...u jilmaydi...
-aldashni eplolmaysan.....ishlarim borligi uchun ketyapman...ungacha nima kerak bo‘lsa eshik oldidagi qo‘riqchilarga ayt....-dedi so‘ng sochlarimni silab qo‘ydida chiqib ketdi....
Ablax...ko‘rasan..qochib ketaman...
Xonaga hamshira kirib keldi...hayolimga rejam keldi...hamshira yaqinimga kelgach boshiga urib hushidan ketqizdim...tezlik bilan yechintirib kiyimlarini kiyib oldim...tanamda og‘riq turdi...ammo menga farqi yo‘q..shu do‘zaxdan qochib ketsam bo‘lgani...niqobni yaxshilab taqdim...aravachani sudrab qo‘riqchilardan o‘tib ketdim...iloji boricha tezroq ketishim kerak bu yerdan...kasalxonadan chiqib belgilarga qarab yura boshladim..elchixona..o‘sha yer menga yordam bera oladi...
-bu yo‘l bilan qochishni maslahat bermasdim....-tanish ovoz eshitildi ortimdan....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️24_QISM❤️


Ortimga o‘girildim...kulimsiragancha Kamron turardi....
-iltimos meni tinch qo‘ying...-dedim to‘xtamay...u menga yetib olib yonma yon yura boshladi...
-elchixonagacha yetib bora olaman deb o‘ylaysanmi???-dedi ishonchsizlik bilan...
-nima meni Suxrobga topshirasizmi???-dedim nafrat bilan...bularning hammasi bir go‘r...uni ko‘zlari ma‘yuslashdi...
-men haqimda shunchalik yomon fikrdamisan???
Yo‘q...yaxshi fikrdaman..ey Xudoyim bulardan tezroq qutulsam edi...
-gapingiz tugagan bo‘lsa Hayatni yoniga qayting...-dedim qadamimni tezlatib....u kulib yubordi...
-hammasi u uchunmi???
Bu yigit meni aqldan ozdiradi...
-meni tinch qo‘ying iltimos...
-Suxrob hayvonni ishini qilibdi...-dedi g‘azab bilan...-seni ko‘rgani kelgandim...
-yo‘g‘ee...-dedim to‘xtab unga qarab...-sizchi??? Sizniki odamni ishimi??? Eng yaqin odamingizni ayoli bilan ishrat qilish...bu odamiylikmi???
U nimadir demoqchi bo‘ldiyu so‘ng fikridan qaytdi...qo‘lidagi sevimli uzugini asabiy o‘ynatdi...
-hohlasang o‘zim eltib qo‘yaman...
Men uni axvolini vijdoni qiynalishiga yo‘ydim..hozir uning yordami menga suv va havodek zarur edi...yolg‘iz o‘zim Suxrobning qo‘liga tushishim aniq...rozi bo‘ldim...u meni mashinasiga chiqardi...mashina yurib ketarkan atrofni kuzatib ketardim...nega buncha notinch bu shaxar...odamlar nimani talashadi buncha...shu bir parcha yernimi??? Ko‘zim mashina oynasidan meni kuzatib kelayotgan Kamronga tushdi...ko‘zlarimni olib qochdim..bu yerlardan ketaman..bir umrga...hayotimni barbod qilgan joyni xotira daftarimni tub tubiga ko‘maman....

Shu payt ko‘zim quyuq olomon ichida o‘zini portlatgan ayolga tushdi...
-to‘xtang...-baqirdim...
Kamron menga hayron qaradida so‘ng boyagi manzaraga ko‘zi tushdi...
-bu ham Suxrobni ishimi???-dedim titrab...axir qancha odam jarohat oldi...kimdir otasidan..kimdir farzandidan ayrilgandir...Kamron inday olmadi..uning ham ko‘zlari yoshlangandi...men so‘zsiz tushundim....
-orqaga haydang!!!-dedim qa‘tiy...
-nima???-u meni birinchi marta ko‘rayotganday hayron boqdi...
-orqaga qaytmoqchiman...-dedim ko‘zimdagi yoshlarni artib...
-iltimos...bu yerlardan ket...-dedi iltijo bilan...
-nega??? Siz kabi ko‘rib turib ham indamay yurishim kerakmi???
-bir o‘zing Suxrobni to‘xtata olmaysan???-dedi o‘ziga o‘zi gapirgandek...
-unda kim to‘xtatadi??? Ayting kim???-dedim baqirgancha...boyagi portlash menga yomon ta‘sir qilgandi...
Kamron mashinani oxista ortiga burdi...bu yigitni ham tushunib bo‘lmaydi..xuddiki boshqa odamu..o‘zini boshqa odam qilib ko‘rsatayotgandek...yoki u...xayolimga yarq etib kelgan fikrdan o‘zim ham shubxalandim..bo‘lishi mumkin emas....axir u Suxrobni eng ishongan insoni...
Yo‘l bo‘yi u menga bir og‘iz gapirmadi..menimcha portlash unga ham qattiq ta‘sir qilgandi...mashinadan tushib kasalxonaga yugurdim...ichkarida eshik yonida ikki qo‘riqchi o‘lib yotardi...Suxrob esa jazavaga tushgancha doktor va hamshiralarga qarab baqirayotgandi....nega qaytdim o‘zi??? Bir kuch meni qaytishga undadi...qasos..bu vaxshiylikni to‘xtatish zarur...uni o‘z qo‘llarim bilan o‘ldiraman...usiz to‘dasi ham yakkalanib qoladi...qa‘tiy qarorga kelib uni yoniga yaqinlashdim....u menga hayrat va g‘azab bilan boqib turardi....
-qayerda eding???-deya baqirdi...nima deyishni bilmay uni mahkam quchdim...asabiy titrayotgan qo‘llarini ushladim...u tinchlana boshladi...
-qayerda eding???-dedi asta shivirlab....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️25_QISM❤️


-Qochmoqchi edim...-dedim ko‘zlariga qarab....
-xo‘sh...-dedi belimni g‘ijimlagudek ushlab....
-keyin fikrimdan qaytdim...
-sabab nima???-dedi u ko‘zlarimga yaqindan tikilarkan...yurak urishim tezlashib ketdi...ko‘zlarini rangi ajoyib...avval bunday rang borligi haqida bilmasdim....
-sizni tashlab keta olmadim...-dedim ko‘zlarimni olib qochib...ey Allohim yolg‘onimni o‘zing kechir....
-tashlab keta olmasding ham...-dedi ikkala qo‘lini ham belimdan o‘tqazgancha....so‘ng dast ko‘tarib oldi...
-qayoqqa???
-uyingga...
Ex qaniydi rostdan ham uyimga olib borsangiz Suxrob...
U meni mashinaga avaylab o‘tqizdida o‘zi rulga o‘tirdi...u shaxar ichida ham bemalol qoidalarsiz haydardi...haqiqiy jangari...
O‘tovga kelsak Hayat xonim Suxrobni o‘tovini egallab olibdi...kiyimlari ham sochilib yotardi...
-Suxrob aka...u ketsin...-dedim nafrat bilan...
Suxrob negadir menga mehribon bo‘lib qolgandi...
-hoziroq yo‘qolll...-dedi Hayatga buyruq bilan...aftidan Hayatni kayfiyati tushib ketdi meni ko‘rib...nafratlanaman undan ham..vijdonsiz....ko‘zida yosh bilan narsalarini yig‘ib chiqib ketdi...
Sekin borib o‘rnimga cho‘zildim...Suxrob tandir kabob tayyorlatgan ekan ishtaha bilan yeb oldim..Oydin opani parxez degan gapiga ham e‘tibor bermadim...Suxrob meni zavq bilan kuzatardi....
Dush qabul qilib chiqsam...orqamdan oxista kelib quchdi....
-demak men uchun qaytib kelding???
Ey Xudoyim....Malak axmoqsan...Hayatni o‘z qo‘ling bilan haydab yubording....nima deb o‘ylaganding... Suxrob kechasi bilan menga ertak aytib beradi debmi???

U meni dast ko‘tarib oldi...boshimdan sochig‘im ham tushib ketdi...uzun va nam sochlarim uni yelkasiga tegdi...u menga ko‘z uzmay tikilib turardi...
-hali mumkinmas...-deya oldim holos...u meni eshitmadi....

-menga o‘zing haqida gapirib ber...-dedi men tomonga o‘girilib....uyatsiz...ustimga ko‘rpani tortib olgach...sekin gap boshladim....
-asli O‘zbekistonlikman.....
U meni diqqat bilan eshitardi...gapimni umuman bo‘lmas...ora orada jilmayib qo‘yardi...o‘zimni uni yonida erkin va hotirjam his qilayotgandim...u esa o‘zini oddiy va samimiy yigitdek tutardi...
Hech qachon erkak kishi bilan bunaqa dildan suhbatlashmaganman....oxista uni ochiq ko‘ksiga boshimni qo‘ydim...
-sizlar tomonda qizlarni cholga berishadimi???-dedi gaplarimni tinglab bo‘lgach sochlarimni silab...
O‘rnimdan turib unga qaradim...
-sizdan atigi 10 yosh katta....-dedim labimni burib...u esa kuldi...
-hali meni ham chol dersan...
-albatta....-dedim jilmayib...nega kulyapman o‘zi...uni sevib qolishni istamayman...unda qanday o‘ldiraman uni...
-buyoqqa kelchi...-deya meni bir urinishda quchog‘iga oldi...meni qo‘rqinchlarga to‘la hayotim yorug‘lik bilan almashgandek edi go‘yo....

Ertalab uyg‘onsam u yonimda yo‘q edi...O‘rnimdan turib yuvinib kiyimlarimni kiydim....Kolonna tomonga o‘tsam..Dilorom opa asabiylashib yuribdi....
-tinchlikmi???
-eee nimasini aytasan...Suxrobni yuklarini bu safar DXX ushlab qolibdi...u hozir oramizdagi sotqinni qidiryapti....-dedi boshini ushlab....
Hayolimga Kamron keldi...lekin u Suxrobning odami...shubxalarga o‘rin qoldirmaslik uchun uni o‘tovi tomon yo‘l oldim...dushmanimning dushmani meni do‘stim edi...agar u men o‘ylagan inson bo‘lsa birlashsak bo‘ladi....

#DAVOMI_BOr

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️26_QISM❤️


Kamronni o‘toviga yetib bordim...ichkarida hech kim yo‘q edi...ayni muddao...sekin kirib atrofga alangladim...biror bir belgi bo‘lsa bas...ancha joyni qaradim...hafsalam pir bo‘layotgandi...ko‘zim Kamronni uzugiga tushdi....uzukni qo‘lga olib aylantirib ko‘ra boshladim....noodatiy kattalikda..qo‘liga og‘irlik qilmasmikin...ajoyib yasalgan...toshi xiralashibdi...yengim bilan artib qo‘yayotgandim...tosh yonib o‘chdi...hayron bo‘lib yana bir marta takrorladim...yongan payti yotoq tomondan qandaydir tovush keldi...shoshib borib qaray boshladim...topdim...planshet...ekranida Ilyos Ibodullayev kirishga ruxsat...degan belgi turardi...Kamronni rasmi...faqat harbiy libosda...qo‘limga tushding Kamron janoblari....ekranni ocha olmadim..maxsus kod o‘rnatilgan ekan...Suxrobning do‘sti uni dushmani ekan...jilmaydim....
-Tamom bo‘ldim deyaver...Suxrob afandi....
O‘rnimdan turib uzukni joyiga qo‘yayotgandim....
-Malakkkkk.....-degan ovoz eshitildi....
Cho‘chib tushdim...

-bu yerda nima qilyapsan???-jaxl otiga mingancha Kamron turardi...
-buni sizdan so‘rasak...harbiy yigitga bu yerda nima bor???-dedim uzukni ko‘rsatib...
U sirini bilib qolganimdan daxshatga tushgandi....
-iltimos...Malak...bu haqida...
-Suxrobga aytmayman..-dedim dadil ovozda...-molni siz tutib berdingizmi???
U alamli jilmaydi....
-necha yildan beri shu ish ichidaman...ammo senga o‘xshagan jasur qizni ko‘rmagandim...-dedi menga yaqinlashib...joyimda turaverdim...u yaqinimga kelib jilmaydida...uzugini qo‘limdan olib qo‘liga taqib oldi...
-demak Ilyos Ibodullayev...-dedim ko‘zlariga boqib...
U devorga suyandi...
-xaaa....
-Suxrob ichimizdagi sotqinni tutish uchun barchani so‘roq qilayotganidan habaringiz bormi???
U ko‘zlarini yumib ochdi...
-aybdor tayyor...-dedi men tomonga qarab...
-kim???
Borganingda ko‘rasan...deya menga yur ishorasini qildi...ortidan yurdim...katta maydonda odamlar samosud uchun to‘plangandi...har doimgidek tepada Suxrob o‘tiribdi...yuzi qahrli tus olgan...olomon ichidan aybdorni ko‘ra olmadim...
-Nega???-deya Suxrob baqirdi...uni hech qachon bunday qiyofada ko‘rmagandim...
Vanihoyat ichkariroq kirib aybdorni ko‘rdim..bo‘lishi mumkin emas...o‘rtada Farid o‘tirardi..qo‘l oyog‘i bog‘langan..uni sud qilish Suxrobga naqadar qiyin bo‘layotganini ko‘rib turardim..u unga ukasi o‘rnida ukasi edi...
-nega Faridddd????-deya baqirdi pastga tushib...
Ko‘zim yoshlandi...axir bu tuxmatligini bilamanku...hoziroq aytish kerak...to‘g‘ri menga Farid yoqmaydi ammo u aybdor emas...shoshib o‘rtaga yura boshladim....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
"Meni ko’rmay turib menga ishongan va meni sevgan birodarlarimni ko’rishni juda istar edim.."
    
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam🌹


@Sevgi_darbadar2104
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi Buyuk ipak yoʻlidagi tadbirdan lavha ❤️❤️

@Sevgi_darbadar2104
❄️❄️❄️😍😍😍

Kevotgan yangi yil bilan


@Sevgi_darbadar2104