❤️𝐒𝐨̃𝐧𝐦𝐚𝐬 𝐲𝐮𝐥𝐝𝐮𝐳𝐥𝐚𝐫❤️
24 subscribers
5.91K photos
6.8K videos
6 files
106 links
Assαlom Alαykum Hush Kelιbsιz Kαnαlιmιzgα...🥰

Kαnαlιmιzdα...🕊

🎇 Statuslar
📃 Aforizmlar
📝 Hikoyalar
🎵 Premyeralar
🎬 Videolar
🌌Rasmlar

Kanalimz ochilgan sana 2022.04.12 🤩🤙💫
Bosh admin @Oddiy_bola7821 shunga murojaat qilasila 😉
Download Telegram
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️17_QISM❤️


-Sendan boshqa hamma o‘ldi...ammo sen tiriksan...va binoni xavfsizlik xodimlari bosdi...-dedi menga shubxa bilan tikilib....
-sizni tushunmadim???
-juda yaxshi...uyga borganda tushuntirib qo‘yaman...-dedi qo‘llari musht bo‘lib tugilib.....-Farid va Kamron sog‘mi???-dedi shotiriga yuzlanib...
-ha sog‘...uyoqni ham xavfsizlik hodimlari bosgan...qizlardan qutulgach qochib ketishibdi....-dedi Suxrobga yuzlanib...u noodatiy tusli ko‘zlarini mendan uzmasdi....demak hammamizga chip o‘rnatilgan...ammo meni kim qutqardi...qalin qora qoshlari chimirilib o‘tirganiga qaraganda vaziyat u o‘ylagandek bo‘lmagan...nima bo‘lganda ham meni yaxshilik kutmayotgani aniqq.....

O‘tovga yetib kelgach u meni ustunga bog‘latdi....
-yana bormi sheriging???-dedi baqirib...
Yig‘ladim...axir men aybdor emasman tirik qolganimga....haqiqatni aytdim...ammo Suxrob ishonmadi....
-tortt...-dedi shotiriga...
Qo‘llarimni qattiq tortishdi....tanam bo‘laklanib ketgandek bo‘ldi...
-endi aytarsan...yana sheriging bormi oramizda...-dedi g‘azab bilan...
Kuldim....
-ha borrr....
-kim???-dedi jiddiy qarab....
-siz!!!!-
bor ovozda kuldim...taqdirimdan...eng muhimi masjiddagi odamlar tirik qoldi...Allohim meni eshitdi...demak o‘limdan qo‘rqmasam ham bo‘laveradi...Suxrobdan ham....
-torttttt....-battar jaxl otiga mindi....yana qo‘l oyoqlarimni tortishdi...bu safar og‘riqni his qilolmadim...

-Suxrobbb....-tanish ovoz eshitildi...Kamron bilan Farid yetib kelgandi...
-uni qo‘yib yubor...mana asl sotqin-deya bir yigitni yerga yiqitdi...va ustidan fleshkani otdi...
Suxrob jaxl bilan yigitni yoniga borib so‘kindi...va sudraguncha olib ketdi...
Kamron meni ustundan bo‘shatdi...muvozanatni saqlay olmay ustiga yiqildim..u meni ushlab qoldi...achinish va mehr bilan qaradi...hushimni yo‘qota boshladim...sezganim uni qo‘lida ketib borardim..u meni ko‘tarib olgandi...
Ko‘zimni Oydin opani ko‘rik xonasida ochdim...
-yaxshimisan???-dedi Oydin opa havotir bilan...ha deya bosh silkidim...
-Allohga aytganing
bor ekan..qo‘lingni bittasi chiqib ketibdi..qaytadan soldim...Suxrob bilan o‘ynashma iltimos...-dedi mehr bilan boshimni silab...onam esimga tushib yig‘lab yubordim...
-men keldim!!!-deya ichkariga yeguliklar bilan Kamron kirib keldi...yuzimga tabassum yugurdi...so‘ng romol o‘ramaganim esimga tushib hijolat bo‘ldim...qo‘limni bog‘lab qo‘yishgan ekan..bir qo‘lim bilan ro‘molimni ushlagandim..Oydin opa o‘rab qo‘ydi...
-rahmattt...-dedim Kamronga qarab...-Oydin opa sizga ham...-dedim ikkisiga samimiy jilmayib....
-yeguliklarni yesang rahmatingni qabul qilish haqida o‘ylab ko‘raman...-dedi Kamron g‘amxo‘rlik bilan...ishtaha bilan ovqatlandim....u juda ham yaxshi yigit...Suxrobni butunlay aksi
Meni ayollar kolonnasiga joylashtirishdi...menimcha Suxrob men bilan ortiq yashamasa kerak...yana yangilar kelgandi...yana o‘sha darslar...Dilorom opa butun vujudi bilan jihod haqida ularning qulog‘iga quyardi...kech tushib Oydin opani ko‘rgani bormoqchi bo‘ldim...kim bilandir dardlashmasam aqldan ozishim aniq...Kamron haqida o‘ylashning o‘zi uyat...sekin gospitalga o‘tayotsam ikki kishining shivir shiviri eshitildi...atrof qorong‘u edi...Bu o‘tov Kamronga tegishli shekilli..qiziqish ustunlik qilib o‘tovni darchasidan mo‘raladim..ne ko‘z bilan ko‘rayki Hayat Kamronni quchog‘ida o‘tirardi
-Siz meni o‘ylamay qo‘ydingiz!!!-dedi Hayat noz bilan kulgancha
-nega jonim...o‘ylaganim uchun ham yonimdasan..-dedi Kamron uning sochini silab...voy behayo..axir u Suxrobdan homilador emasmidi...endi Kamronga suykalib yuribdimi??
Kamronni ham ustida ko‘ylagi yo‘q..faqat afg‘oncha shalvarda o‘tirardi...o‘zi nega men bu sharmandalarni poylayapman...Kamronni yaxshi yigit deb o‘ylagandim afsus...jaxlim chiqdi..nega hammasi shunaqa tannozlarni yaxshi ko‘radi...o‘tib ketmoqchidim toshga qoqilib ketdim...ular shovqinni eshitib jim bo‘lib qoldi...tezroq qochishim kerak..menga ortiqcha muammo kerakmas...ammo shu payt qadam tovushi eshitila boshladi

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️18_QISM❤️


-Malak...-tepamda Kamron turardi...tezlik bilan o‘rnimdan turdim....
-sen ko‘rgan narsalar...-dedi hijolat bo‘lib...
-hech narsani ko‘rganim yo‘qq...-deya jaxl bilan burilib ketdim...yaramas..ablax....yo‘lbo‘yi undan jaxlim chiqib keldi...

Ertalab kollonadagi yotog‘imda uyg‘onsam yonimda bir dona qip qizil atirgul turardi...bu yerda atirgul topish ham muammo bo‘lsa kerak...qiziq kim qo‘yib ketdi buni bu yerga...to‘yib hidladim...judayam yoqimli hid...

-Farid Saidiyga olib ketadigan qizimiz tayyormi???-dedi Suxrob kolonnaga kelib...
-u kecha o‘z joniga qasd qilgan...-dedi Farid boshini egib...Suxrob so‘kinib qo‘ydi...Hozir u Saidiy bilan hamkorlikka muxtoj edi....so‘ng ko‘zi ayollar ichida o‘tirgan Malakka tushdi...
-unda uni olib ketamiz...tayyorlanglar...-dedi Malakka ishora qilib...

-Malak..tur senga boshqa topshiriq
bor...-dedi Dilorom opa...hayron bo‘ldim..yana qanaqa topshiriq ekan...u meni alohida xonaga olib borib obdon zeb berdi...so‘ng yangi kiyimlar ham berdi...kiyimlarni kiyib oynaga qaradim..ko‘zguda yuzlari oppoq...va xushsurat qiz ko‘zida mung bilan tikilib turardi...bu menman...ha o‘sha Malak...orzular girdobida tinmay aylanib manzilini yo‘qotgan...
Dilorom meni mashinani orqasiga joyladi...bir pas o‘tib mashinaga Suxrob mindi...yana u..u
bor joyda demak yana nimadir sodir bo‘ladi...ochig‘i bu yerdagi to‘polon hayotga ko‘nikib ham qoldim...u ortiga qiyo boqib ham qo‘ymadi....
-qayerga ketyabmiz???-dedim sabrim chidamay...
-senga namunali er topdim...-dedi va ortiga o‘girildi...ko‘zlarimiz to‘qnashdi...u bir zum menga tikilib qoldi...xuddi endi ko‘rib turgandek...bu safar dadil boqdim ko‘zlariga...yaqindan qaraganda ko‘zlari chiroyli ekan..sovuq qiyofali maxluq....

-qanaqa er???-dedim jaxlim chiqib...
-50 yosh..oppoqsoqolli...-dedi jilmayib...kulsa yanayam yoqimtoy bo‘lib ketarkan...
-nikohimizchi???-dedim hayron bo‘lib...u ensasini qotirib mashinani yurgizdi...yo‘l bo‘yi indamadim...mashina manzilga yetib keldi shekilli to‘xtadi..orqamizdan Suxrobning odamlari ham to‘xtadi..paranjimni yopdim...mashinadan tushdik...qopqora libosdagi arab shayxlaridek kiyingan 50yoshlar atrofidagi erkak va bir talay jangarilar bizni kutib oldi...
-xush kelibsan Suxrob...-dedi qo‘l cho‘zib...shu meni yangi erim shekilli...Nabi amaki undan ancha yosh ko‘rinardi...
-siz uchun tuhfa bilan keldim...-dedi menga ishora qilib...tuhfamish...hayvon...
Erkak menga qarab jilmaydi...yaxshiyamki hali yuzimni ko‘rmadi...bizni ichkariga taklif qildi...ular ancha muzokaralar olib bordi...men esa jim eshitib o‘tirardim...
Shu payt ichkariga o‘sha kungi Muslima degan ayol kirib keldi...
-rahmat Saidiy...-dedi chiroyli jilmayib...Suxrob jaxl bilan Saidiyga qaradi...
-bu tuzoqmidi???
Saidiy qah qaha otib kuldi...Suxrob jaxl bilan uni bo‘ynidan tutdi...
-uni qo‘yib yubor...yo‘qsa Farid o‘ladi...-dedi Muslima...Suxrob cholni bo‘shatib Muslimaga yopishdi...
-uni qo‘yib yuborr...


#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️19_QISM❤️

Hoziroq men bilan ketasan...-dedi Muslima hotirjam....
-avval Faridni qo‘yib yuborasan..-dedi Suxrob tishlari g‘ichirlab...Muslima shotirini chaqirdi....ular Faridni qo‘yib yubordi...so‘ng Suxrob ikkimizni olib ketishdi...Suxrobning jangarilarini esa o‘ldirib tashlashgan ekan...menimcha u Fariddan boshqa shotirlarining o‘limga achinmaydi....biz dushman o‘tovida edik..ikkalamizni eski yerto‘laga qamab qo‘yishdi...
-bularni niyati nima o‘zi???-dedim jaxlim chiqib...Suxrob hotirjam edi xuddi hammasini oldindan biladigandek...
-erini o‘ldirgandim..shunga qasd olyapti...-dedi bamaylixotir loysuvoq devorga suyangancha...
-unda meni nima qilishadi????
U menga axmoqqa qaragandek qaradi...
-sen meni xotinimmisan???
-ha....
-unda nega bu savolni beryapsan???-dedi so‘ng paranjimni yechib qo‘ydi...judayam issiq edi...nafas olish ham qiyin...u ham uzun ko‘ylagini yechib qo‘ydi...mushakdor bilaklari bilan kerishib qo‘ydida so‘ng menga qaradi...
-qo‘rqma juvon....bu yerdan chiqib ketamiz...
Qonim qaynadi...
-nega meni har safar juvon deysiz???
U kuldi...
-to‘g‘risi 40yosh cholga tekkaningga qaraganda yo senga undan boshqa nomzod bo‘lmagan....yo judayam...
Oxirgi gapidan jaxlim chiqib ketdi...
-meni unga dadam uzatgan...
-hamma ayollar bir xil...o‘zlari hohlashadida aybni erkaklarga to‘nkaydi...-dedi jilmayib...voy ablaxey...hali men haqimda shunaqa fikrda ekanda...
Panjara oldida Muslima paydo bo‘ldi...bizga g‘azab bilan tikildi...
-erimni o‘ldirganing uchun qasos olaman degandim...hozir ayni vaqti...-dedi qo‘lida tig‘li xanjarsifat pichoq
bor edi...Suxrob parvo qilmay panjaraga yaqinlashdi....
-uni sevmas eding Muslimaaa....
-yo‘qqqq....sevardim.....-dedi ayol yig‘lamsirab...
-sen meni sevasan....uni emas....-dedi Suxrob qa‘tiy ovozda...menimcha Suxrob haq chin sevgan ayol bunday yurmasdi...
Ayol panjarani ochdi....
-sendan nafratlanaman...nafratlanaman...-dedi baqirgancha....Suxrob borib uni mahkam quchdi...ayolni qo‘lidan xanjari tushib ketdi...ko‘z oldimda erim boshqasini quchib turibdi...men esa xuddi tomoshabindek ularni kuzatib o‘tirardim...Suxrobni sevmayman...kim bilan bo‘lsa ham meni ozod qilishsa bo‘lgani....

Yo‘q ularni esidan chiqib ketdim...tunni qorong‘u yerto‘lada o‘tkazdim...
Ertasi kuni kimdir meni turtishidan uyg‘onib ketdim...arang ko‘zlarimni ochdim...tepamda yana o‘sha Suxrob turardi...
-ketdik...-dedi jilmaygancha...qachon uni yuzini ko‘rishdan qutular ekanman...sekin o‘rnimdan turdim...u meni yetaklab oldi...tashqarida o‘liklar yotardi...
-bu yerda nima bo‘ldi???
-adolat qaror topdi...-dedi hotirjam...so‘ng Farid Muslimani sudrab keldi...
-tun senga yoqdimi???-dedi Suxrob unga sovuq jilmayib...Muslimani yuzi g‘azabdan burishib ketdi...
-demak hammasini oldindan rejalashtirgansan???
-sen nima deb o‘ylading...hammasini darrov unutib yana men bilan bo‘ladi debmi???-dedi nafrat bilan qarab....-sen bir kechalik qiziqishsan holos...qara....-deya meni belimni quchdi...-bu mening sha‘riy xotinim...va u senga o‘xshab osonlikcha birovning qo‘yniga kirib ketmaydi....-dedi Muslimaga g‘olibona jilmayib....bechora ayolga rahmim keldi...shu qadar azob bilan yig‘lardiki...u nafaqat or-nomusini...balki g‘ururini ham yo‘qotgandi...
-uni Saidiyga topshir...rahmi kelsa xotin qilib oladi...-dedi Faridga qarab....
-bu ishing uchun javob berasan....-dedi Muslima chinqirib....Suxrob egilib uni ko‘zlariga tikildi...
-bu senga 2 yil oldin ko‘nglim bilan o‘ynashganing uchun jazo...-dedi va qaddini tik tutib meni qo‘limdan ushladi...ayol esa alam bilan yig‘lagancha bizni kuzatib qoldi...demak hammasi boshidan Suxrobni rejasi bo‘lgan...dushman o‘tovini ham Suxrobning odamlari egallagandi...katta mashinada esa o‘tovda nima bo‘lsa ortilayotgan edi...u meni mashinaga o‘tqizdi....so‘ng o‘zi ham o‘tirdi....
-uni rostdan ham sevmaysizmi???-dedim yurak yutib....
U ortiga qaramasdan chuqur ho‘rsindi....
-sevgi yo‘q narsa...Malak....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️20_QISM❤️

Birgalikda Suxrobning hududiga yetib keldik...o‘tovga qarab yugurdim..yuvinib olmasam bo‘lmas edi...o‘tovni eshigini qulflagancha yuvinish uchun kirib ketdim....aslida har kun rohatbaxsh suvga yuvinayotganimizga ham shukur qilish kerak ekan...men juda ko‘p narsalarni vaqtida qadriga yetmaganimni tushunayotgandim...aslida har bir kunimiz uchun Allohga shukur qilishimiz kerak....boshimga sochiqni o‘radimda...yuvinish xonasidan chiqdim...qarasam Suxrob ichkarida...qanday kirib oldi..eshik yopiq ediku...tanamga o‘ralgan sochiqni mahkam qisdim...uni ko‘zi menga tushib jilmaydi....
-demak bugun!!!!
-nima bugun???-dedim ortga tislanib...u esa menga oxista qadam bosgancha yaqinlashardi....
-iltimosssss.....-dedim orqaga qarab yurarkanman....u menga yaqinlashib boshimdagi sochiqni olib tashladi...sochim yelkam uzra yoyilib ketdi...u sochlarimni zavq bilan siladi....so‘ng yuzimga tikildi....
-uzoqroq turing....-deya ko‘ksini itardim...u esa ko‘ksidagi qo‘llarimni ushladida meni yuzimga yaqinlashdi....
Ko‘zlarimni yumib oldim...so‘ng uni lablarini labimda his qildim...yuragimda o‘zgacha tuyg‘ular uyg‘ondi....birinchi bo‘sa....va birinchi hislar...ko‘zimni ochganimda u honada yo‘q edi....yuragim qinidan chiqay deb urardi...yo‘q men uni sevib qolishni istamayman....oxista yerga chokkaladim....labimni ushladim...nega u unday qiladi...

Ancha payt o‘zimga kelolmay o‘tirdim...so‘ng o‘zimni qo‘lga olib kiyimimni kiydim...ayollar kolonnasiga yo‘l oldim...bir payt meni ko‘rgani Hayat kelibdi...
-yaxshimisan Malak???-dedi jilmayib...negadir ancha yuvosh tortib qolibdi...
-Alhamdullilah yaxshiman....-dedim nega kelganini fahmlab...
-senga chin ko‘ngildan rahmat aytmoqchiman...Kamron bilan munosabatlarimiz.....
-buni menga tushuntirishing shartmas...-dedim o‘sha kungi holat ko‘z oldimga kelib....
-lekin bolam Suxrobdan....-dedi u ko‘zlarini olib qochib....
-Hayat...ishon..men buni hech kimga aytish niyatim yo‘q...-dedim qa‘tiy...
-chindan ham Kamron aytgandek yaxshi qiz ekansan....-dedi ma‘yus jilmayib....-o‘tgan safargi qilig‘im uchun kechirrrr....
-esimdan ham chiqib ketdi..tog‘risi sarguzashtlar bilan bo‘lib...-deya kuldim....
-hohlaysanmi men ham senga yaxshilik qilaman???
-qanday???-hayron bo‘ldim...
-sobiq ering tirik....
-Nabi amaki tirikmi???-dedim uni o‘lib ketgan deb o‘ylagandim....
-ha u Kamronni otryadida xizmat qilayapti....
-sen buni qayerdan bilasan???-shubxalandim....
-Kamron aytib bergan....-dedi samimiy boqib....-hohlasang uchrashtiraman....
-lekin....
-qo‘rqma...bu o‘rtamizda sir bo‘lib qoladi....-dedi ishonch bilan....
O‘ylanib qoldim..balki chindan ham menga yaxshilik qilgisi kelayotgandur....
-rozimisan???-dedi betoqatlik bilan......
-roziman....-dedim ikkilanish bilan....
Nabi amakini deb shu yerga kelib qolgan bo‘lsam ham undan havotir olardim...demak tirik ekan...gaplarim ta‘sir qilgan ko‘rinadi....Hayat ertaga ko‘rishishim mumkinligini aytdi...Alloh rozi bo‘lsin u haqida yomon hayollarga borgan ekanman....odamni sirtiga qarab xulosa qilmaslik lozim ekan.....


#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️21_QISM❤️

Ertasi kuni Hayat meni Kamronni atryadiga olib bordi...paranjida yurganim uchun hech kim meni sezmadi....
-sen shu yerda turib tur....men uni olib kelaman...-dedi Hayat paranjisini yopib...
Na soya
bor...na bir daraxt....quyosh tikka tushib odamni kuydiray deydi...uzoqdan Nabi amakini sharpasi ko‘rindi...jangarilardek kiyinib olgan...yelkasida miltig‘i...ancha ozib yanayam qarib ketibdi bechora....negadir unga rahmim keldi....u meni ko‘rib qadamini tezlashtirdi....ko‘zlari yoshlandi....
-Malagim.....-dedi yonimga kelib.....
-rahmat Hayatt...demoqchidim yonimda uni ko‘rmadim....
-yaxshimisiz????-dedim paranjimni ko‘tarib....
-kechir meni....kechira olsang...-dedi yig‘lamsirab...-to‘g‘risi ming pushaymonman buyoqqa kelganimga...-dedi afsus bilan...
-sizni men kechirganman...Alloh avf etsin gunohlarimizni...qochish haqida o‘ylab ko‘rmadingizmi???-dedim umid bilan....
-bu yerdan qochish imkonsiz Malak...sheriklarim qochgan edi...xuddi itdek otib tashashdi...-dedi qo‘rquv bilan...u ham ancha yuragini oldirib qo‘ygan ko‘rinadi...-men o‘ligim bu yerlarda egasiz qolib ketishidan qo‘rqaman...Suxrob vaxshiy...undan ehtiyot bo‘l...bu yerga ham bekor kelibsan Malagim...-dedi atrofga qarab...so‘ng daxshatdan qotib qoldi....
-Suxrab Safariyyyy....
U qaragan tomonga qaradim...Suxrob bizga vajohat bilan qarab turardi....yonida esa "Sirdosh" dugonam Hayat....Hayat menga qiliq qilib qo‘lini siltab qo‘ydi...odam ham shunchalar ikkiyuzlamachi bo‘ladimi???
-Malakkkkkk.....-baqirdi Suxrob...
Tez tez yurgancha yoniga bordim...
-Bu chol bilan nima ishing borrrrr????-dedi ko‘zlarimga qarab....
-mennnn....-gapimni tugata olmadim...yuzimga musht kelib tushdi....
-Malakkk...-Nabi amakini ovozi eshitildi...
-Malakkk...degin...-deya Suxrob unga yaqinlashdi...Nabi qo‘rquv bilan ortga tisarildi....Suxrob miltig‘ini oldi...so‘ng Nabiga to‘g‘irladi....
-yo‘qqqq....unday qilmanggg....-o‘rnimdan tura olmay baqirdim...
O‘qning daxshatli ovozi eshitildi...qushlar qag‘illab uchib ketdi....Hayat qo‘rqa pisa qochib qoldi...meni o‘lim bilan yuzma yuz qoldirib....Nabi amaki ko‘zlari ochiq holda jon berdi...yonginamga qulab tushdi....yuzlari qonnn...yig‘lab yubordim...meni deb bo‘ldi...
-turrr...-deya Suxrob g‘azab bilan meni o‘tovi tomon sudrab ketdi...qarshilik qilmadim..meni deb bir ota jon berdi..farzandlar yetim qoldi...endi menga baribir edi....
U meni o‘toviga uloqtirdi....
-Foxishaaa...cholingni sog‘indingmi??? Nega ertaroq aytmading???-dedi g‘azab bilan jilmayib...
-mennn...foxisha emasman...-dedim alam bilan....u yana qulochkashlab musht tushirdi...bu safar burnim qonab ketdi...yana meni tinimsiz haqoratlardi...jim bo‘ldim...hammasiga loyiqman...u meni kuch bilan yotoqga otdi....
-demak cholni hohlab qolding....-dedi vajohat bilan....ko‘zim yoshlandi...Otajon sizni so‘gindim.....qarshimda esa tobora yovuzlashayotgan Suxrob turardi....

U meni dunyoyimni ostun ustun qilib tashladi...qattiq og‘riqlardan hushimni yo‘qotdim....

-Oydin Sodiqovna....-dedi Farid yugurib kelib...
Kitob mutolaa qilib o‘tirgan Oydin opa cho‘chib tushdi...
-nima gap Farid???
-men bilan yuring Suxrob og‘a chaqirtiryapti...-dedi hovliqib...
Oydin katta asboblari turadigan chemadonini olib yugurdi....
-nima bo‘ldi???
-borganda ko‘rasiz...-dedi Farid Suxrobni o‘toviga qarab yurarkan....
Oydin Sodiqovna o‘tovga kirgach ko‘zi yotoqda qonga belanib yotgan Malakka tushib qo‘rqib ketdi...

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️22_QISM❤️


-Oydin opa....-dedi Suxrob qo‘rquv bilan...-uuuu....
Oydin gap nimadaligini tushundi....yugurib borib qizni tekshirdi....
-ko‘p qon yo‘qotgan....hoziroq poliklinikaga olib borish kerak...-dedi qizning kiyimlarini kiydirib...
-nafas olyaptimi???-dedi Suxrob havotir bilan...
-Suxrob...axir u qiz bolaku...shartmidi hayvondek harakat qilish...-dedi Oydin jaxl bilan...
-mennnn...bilmagandim...-dedi Suxrob uyoqdan buyoqqa yurgancha...
-tayyor...uni hoziroq markaziy shifoxonaga olib borish zarur...yo‘qsa tirik qolmaydi...ichki qon ketish kuchli...-dedi Oydin qizning boshini silab.....
Suxrob Malakni ko‘tarib oldi...qizning boshi ko‘ksiga tegdi....nega e‘tibor bermadiya gaplariga...bunaqa bo‘ladi deb o‘ylamagandi....chindan ham hayvonni ishini qildim...deya o‘ylagancha qizga achinish bilan qaradi...faqat tirik qol...iltimos tirik qol....

Avaylab qizni mashinaga joyladi...Oydin ham orqaga o‘tirib qizga yordam ko‘rsatib ketardi....
-tezroq haydang...iloji boricha...-havotir bilan baqirdi Oydin....shundoq ham Suxrob mashinani uchirtirib ketardi....shaxargacha ancha masofa
bor...
-u yaxshimi???-dedi oynachadan tikilib....
-qilar ishni qilib so‘rashingizni qarang...-dedi Oydin zarda bilan...
-men rostdan bilmagandim...uni...-davom ettirolmadi gapini...
-er ko‘rgan xotin deb o‘yladingizmi??? Axir tekshirdim degandimku????-dedi Oydin qizni avaylash uchun oyoqlarini ko‘tarib qo‘yarkan...

Suxrob rulni mushtladi...hech qachon bunchalik vijdoni qiynalmagandi...ko‘z oldiga qizni baqirganlari kelib battar o‘zini yomon ko‘rib ketdi....
Vanihoyat yetib kelishdi....qizni kushetkaga ortib olib kirib ketishdi...doktorlar chopib qolganiga qaraganda vaziyat jiddiy...
-qaysi hayvon tashlangan bunga???-deya tekshiruv xonasidan chiqib kelgan doktor asabiylashgancha baqirdi....keyin qarshisida Suxrobni ko‘rib dami ichiga tushib ketdi....
-uni saqlab qolingg...-dedi Suxrob ham buyruq ham iltijo bilan....
-lekin...juda ko‘p qon yo‘qotgan..axvoli og‘ir...bir necha marta chok tushadi...va bolali bo‘lolmasligi mumkin....-dedi doktor o‘ylanib.....

-menga bolali bo‘lishi muhimmas...eng muhimi sog‘ qolsin...-dedi Suxrob qa‘tiy ovozda....
Doktor bosh chayqab kirib ketdi...Oydin Sodiqovna ham Malakni yonidan ketmadi....
-juda ko‘p qon yo‘qotyapti...-dedi Doktor havotirlanib...
-Alloh bergan umri bo‘lsa hali yashaydi...-dedi Oydin ishonch bilan ishini davom ettirib...ex jonim singlima Allohga omonatim yasha....derdi ich ichidan..negadir shu qizga mehri tushib qolgandi.....

Zal bo‘ylab Suxrob uyoqdan buyoqqa borib kelardi...
-xo‘jayin bugun katta miqdorda mol qabul qilishimiz kerak ediku...-dedi Farid unga yaqinlashib pichirlarkan....
-boshqa safar...hozir ko‘nglimga sig‘mayapti...Farid...-dedi Suxrob asabiy axvolda...
Farid jim bo‘ldi....
Ichkaridan Oydin Sodiqovna chiqib keldi....Suxrob uni yoniga shoshdi...u umrida birincha marta kim uchundir qayg‘urayotgandi...
-axvoli qanday???
-bechora qiz rosa azoblandi...juda ko‘p qon yo‘qotgan axvoli og‘ir...o‘ziga kelishini kutishdan o‘zga choramiz yo‘q...qo‘ldan kelgan hamma ishni qildik..Allohimni o‘zi shifo bersin unga....-dedi Oydin umid bilan...bardoshli qiz..albatta yengib o‘tadi dedi ich ichidan.....


#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️23_QISM❤️

Suxrob ichkariga shoshdi....
-to‘xtang kirish mumkin emas...-dedi hamshira...Suxrob hamshirani turtib o‘tib ketdi...ichkariga bostirib kirdi...uni hamma tanigani uchun qo‘rqa pisa chiqib ketdi...Malak beozorgina bo‘lib uxlab yotardi...narkoz ta‘sirida...sekin qizni yoniga yaqinlashdi...quroldan boshqa narsani ushlamagan qo‘llarini qizga uzatdi...nozik yuzida biror alomat sezilmasdi...barmoqlarini qizning yuzi bo‘ylab yurgizdiyu..to‘xtadi....yana qizning baqirgani yodiga tushdi...o‘zidan nafratlanib ketdi...odatda bunday holatlarda u hech ham achinmasdi...hatto ayollarning yuzini ham ahamiyati yo‘q edi...ammo bu qizning nimasidir o‘zgacha...janglarga to‘la hayotiga nur olib kelgandek...qizning uzun kipriklari pirpiradi...Suxrobning yurak urishi tezlashdi...qizning peshonasidan o‘pib qo‘ygancha honani tark etdi...
-Farid eshik yoniga qorovul qo‘y...-dedi so‘ng doktor qabuliga kirib ketdi...
Malak 1hafta deganda o‘ziga keldi...ungacha Suxrob qizning yonidan iloji boricha jilmadi...

Ko‘zlarimni kasalxonada ochdim...ochlik..og‘riqlar...his qilganim shular bo‘ldi....
-suvvvvv...-dedim pichirlab...kimdir labimga suv tutdi...qo‘llarga qarab seskandim..tepamda Suxrob suvni tutgancha jilmayib turardi...
-sizzzzzz......

-yaxshimisan???-dedi havotir bilan boqib...
-qayerdaman???-dedim hali ham bo‘lib o‘tganlarni hazm qila olmay...
-kasalxonadaa...-dedi jiddiy boqib...
Uning o‘sha kungi qilig‘i esimga tushib jazavam qo‘zidi...
-yo‘qoling...vaxshiy..hayvon..maxluq....-uni ko‘ksiga ura boshladim...u qo‘limni qaytarmadi...meni mahkam quchdi...baquvvat yelkalariga boshim tegdi...hamon tinchlana olmasdim...
-kechirrrr....-dedi oxista...bu so‘zni shunchalik mehr bilan aytdiki..menimcha u bu so‘zni lug‘atiga hozirgina kiritdi...so‘ng ko‘zlarimga qaradi....nahotki unda ham yurak bo‘lsa...menga achinyaptimi???
-hammasi yaxshi tinchlan!!!-dedi ishonch bilan....
-Allohning balosi yo‘qoling!!!-dedim nafrat bilan...u kulib yubordi...
-yana urushayotganingga qaraganda yaxshisan!!!
Axmoq...qilar ishni qilib endi kulishini...
-endi rostdan ham juvonman...-deya yuzimni to‘sib yig‘lay boshladim...
-kechir...bilmagandim...
Uni ko‘rishni ham istamasdim...endi uni kechirimi bilan nima o‘zgaradi....bu yerdan qochib ketaman qanday qilib bo‘lsa ham....
-balki ovqatlanib olarsan???-yana uni ovozi eshitildi...u tomonga nafrat bilan boqdim...
-yemasam o‘ldirasizmi???
U ko‘zlarimga boqib kulimsiradi...
-sen menga jaxl qila olayotgan ilk ayolsan!!!-dedi va ovqatni uzatdi...yuzimni burdim...u kuch bilan yuzimni o‘zimga qaratdi...va majburlab yegizdirdi...
-bo‘ldimi???-dedim ovqatni yegizdirib bo‘lgach...
-ha..endi esa dorilarni ichasan...-dedi buyruq oxangida...qachondan mehribon er bo‘lib qoldi ekan....dorilarimni ham ichqizdirib qo‘ydi...
-uyqum kelyapti...-deya bahona qildim...u jilmaydi...
-aldashni eplolmaysan.....ishlarim borligi uchun ketyapman...ungacha nima kerak bo‘lsa eshik oldidagi qo‘riqchilarga ayt....-dedi so‘ng sochlarimni silab qo‘ydida chiqib ketdi....
Ablax...ko‘rasan..qochib ketaman...
Xonaga hamshira kirib keldi...hayolimga rejam keldi...hamshira yaqinimga kelgach boshiga urib hushidan ketqizdim...tezlik bilan yechintirib kiyimlarini kiyib oldim...tanamda og‘riq turdi...ammo menga farqi yo‘q..shu do‘zaxdan qochib ketsam bo‘lgani...niqobni yaxshilab taqdim...aravachani sudrab qo‘riqchilardan o‘tib ketdim...iloji boricha tezroq ketishim kerak bu yerdan...kasalxonadan chiqib belgilarga qarab yura boshladim..elchixona..o‘sha yer menga yordam bera oladi...
-bu yo‘l bilan qochishni maslahat bermasdim....-tanish ovoz eshitildi ortimdan....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️24_QISM❤️


Ortimga o‘girildim...kulimsiragancha Kamron turardi....
-iltimos meni tinch qo‘ying...-dedim to‘xtamay...u menga yetib olib yonma yon yura boshladi...
-elchixonagacha yetib bora olaman deb o‘ylaysanmi???-dedi ishonchsizlik bilan...
-nima meni Suxrobga topshirasizmi???-dedim nafrat bilan...bularning hammasi bir go‘r...uni ko‘zlari ma‘yuslashdi...
-men haqimda shunchalik yomon fikrdamisan???
Yo‘q...yaxshi fikrdaman..ey Xudoyim bulardan tezroq qutulsam edi...
-gapingiz tugagan bo‘lsa Hayatni yoniga qayting...-dedim qadamimni tezlatib....u kulib yubordi...
-hammasi u uchunmi???
Bu yigit meni aqldan ozdiradi...
-meni tinch qo‘ying iltimos...
-Suxrob hayvonni ishini qilibdi...-dedi g‘azab bilan...-seni ko‘rgani kelgandim...
-yo‘g‘ee...-dedim to‘xtab unga qarab...-sizchi??? Sizniki odamni ishimi??? Eng yaqin odamingizni ayoli bilan ishrat qilish...bu odamiylikmi???
U nimadir demoqchi bo‘ldiyu so‘ng fikridan qaytdi...qo‘lidagi sevimli uzugini asabiy o‘ynatdi...
-hohlasang o‘zim eltib qo‘yaman...
Men uni axvolini vijdoni qiynalishiga yo‘ydim..hozir uning yordami menga suv va havodek zarur edi...yolg‘iz o‘zim Suxrobning qo‘liga tushishim aniq...rozi bo‘ldim...u meni mashinasiga chiqardi...mashina yurib ketarkan atrofni kuzatib ketardim...nega buncha notinch bu shaxar...odamlar nimani talashadi buncha...shu bir parcha yernimi??? Ko‘zim mashina oynasidan meni kuzatib kelayotgan Kamronga tushdi...ko‘zlarimni olib qochdim..bu yerlardan ketaman..bir umrga...hayotimni barbod qilgan joyni xotira daftarimni tub tubiga ko‘maman....

Shu payt ko‘zim quyuq olomon ichida o‘zini portlatgan ayolga tushdi...
-to‘xtang...-baqirdim...
Kamron menga hayron qaradida so‘ng boyagi manzaraga ko‘zi tushdi...
-bu ham Suxrobni ishimi???-dedim titrab...axir qancha odam jarohat oldi...kimdir otasidan..kimdir farzandidan ayrilgandir...Kamron inday olmadi..uning ham ko‘zlari yoshlangandi...men so‘zsiz tushundim....
-orqaga haydang!!!-dedim qa‘tiy...
-nima???-u meni birinchi marta ko‘rayotganday hayron boqdi...
-orqaga qaytmoqchiman...-dedim ko‘zimdagi yoshlarni artib...
-iltimos...bu yerlardan ket...-dedi iltijo bilan...
-nega??? Siz kabi ko‘rib turib ham indamay yurishim kerakmi???
-bir o‘zing Suxrobni to‘xtata olmaysan???-dedi o‘ziga o‘zi gapirgandek...
-unda kim to‘xtatadi??? Ayting kim???-dedim baqirgancha...boyagi portlash menga yomon ta‘sir qilgandi...
Kamron mashinani oxista ortiga burdi...bu yigitni ham tushunib bo‘lmaydi..xuddiki boshqa odamu..o‘zini boshqa odam qilib ko‘rsatayotgandek...yoki u...xayolimga yarq etib kelgan fikrdan o‘zim ham shubxalandim..bo‘lishi mumkin emas....axir u Suxrobni eng ishongan insoni...
Yo‘l bo‘yi u menga bir og‘iz gapirmadi..menimcha portlash unga ham qattiq ta‘sir qilgandi...mashinadan tushib kasalxonaga yugurdim...ichkarida eshik yonida ikki qo‘riqchi o‘lib yotardi...Suxrob esa jazavaga tushgancha doktor va hamshiralarga qarab baqirayotgandi....nega qaytdim o‘zi??? Bir kuch meni qaytishga undadi...qasos..bu vaxshiylikni to‘xtatish zarur...uni o‘z qo‘llarim bilan o‘ldiraman...usiz to‘dasi ham yakkalanib qoladi...qa‘tiy qarorga kelib uni yoniga yaqinlashdim....u menga hayrat va g‘azab bilan boqib turardi....
-qayerda eding???-deya baqirdi...nima deyishni bilmay uni mahkam quchdim...asabiy titrayotgan qo‘llarini ushladim...u tinchlana boshladi...
-qayerda eding???-dedi asta shivirlab....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️25_QISM❤️


-Qochmoqchi edim...-dedim ko‘zlariga qarab....
-xo‘sh...-dedi belimni g‘ijimlagudek ushlab....
-keyin fikrimdan qaytdim...
-sabab nima???-dedi u ko‘zlarimga yaqindan tikilarkan...yurak urishim tezlashib ketdi...ko‘zlarini rangi ajoyib...avval bunday rang borligi haqida bilmasdim....
-sizni tashlab keta olmadim...-dedim ko‘zlarimni olib qochib...ey Allohim yolg‘onimni o‘zing kechir....
-tashlab keta olmasding ham...-dedi ikkala qo‘lini ham belimdan o‘tqazgancha....so‘ng dast ko‘tarib oldi...
-qayoqqa???
-uyingga...
Ex qaniydi rostdan ham uyimga olib borsangiz Suxrob...
U meni mashinaga avaylab o‘tqizdida o‘zi rulga o‘tirdi...u shaxar ichida ham bemalol qoidalarsiz haydardi...haqiqiy jangari...
O‘tovga kelsak Hayat xonim Suxrobni o‘tovini egallab olibdi...kiyimlari ham sochilib yotardi...
-Suxrob aka...u ketsin...-dedim nafrat bilan...
Suxrob negadir menga mehribon bo‘lib qolgandi...
-hoziroq yo‘qolll...-dedi Hayatga buyruq bilan...aftidan Hayatni kayfiyati tushib ketdi meni ko‘rib...nafratlanaman undan ham..vijdonsiz....ko‘zida yosh bilan narsalarini yig‘ib chiqib ketdi...
Sekin borib o‘rnimga cho‘zildim...Suxrob tandir kabob tayyorlatgan ekan ishtaha bilan yeb oldim..Oydin opani parxez degan gapiga ham e‘tibor bermadim...Suxrob meni zavq bilan kuzatardi....
Dush qabul qilib chiqsam...orqamdan oxista kelib quchdi....
-demak men uchun qaytib kelding???
Ey Xudoyim....Malak axmoqsan...Hayatni o‘z qo‘ling bilan haydab yubording....nima deb o‘ylaganding... Suxrob kechasi bilan menga ertak aytib beradi debmi???

U meni dast ko‘tarib oldi...boshimdan sochig‘im ham tushib ketdi...uzun va nam sochlarim uni yelkasiga tegdi...u menga ko‘z uzmay tikilib turardi...
-hali mumkinmas...-deya oldim holos...u meni eshitmadi....

-menga o‘zing haqida gapirib ber...-dedi men tomonga o‘girilib....uyatsiz...ustimga ko‘rpani tortib olgach...sekin gap boshladim....
-asli O‘zbekistonlikman.....
U meni diqqat bilan eshitardi...gapimni umuman bo‘lmas...ora orada jilmayib qo‘yardi...o‘zimni uni yonida erkin va hotirjam his qilayotgandim...u esa o‘zini oddiy va samimiy yigitdek tutardi...
Hech qachon erkak kishi bilan bunaqa dildan suhbatlashmaganman....oxista uni ochiq ko‘ksiga boshimni qo‘ydim...
-sizlar tomonda qizlarni cholga berishadimi???-dedi gaplarimni tinglab bo‘lgach sochlarimni silab...
O‘rnimdan turib unga qaradim...
-sizdan atigi 10 yosh katta....-dedim labimni burib...u esa kuldi...
-hali meni ham chol dersan...
-albatta....-dedim jilmayib...nega kulyapman o‘zi...uni sevib qolishni istamayman...unda qanday o‘ldiraman uni...
-buyoqqa kelchi...-deya meni bir urinishda quchog‘iga oldi...meni qo‘rqinchlarga to‘la hayotim yorug‘lik bilan almashgandek edi go‘yo....

Ertalab uyg‘onsam u yonimda yo‘q edi...O‘rnimdan turib yuvinib kiyimlarimni kiydim....Kolonna tomonga o‘tsam..Dilorom opa asabiylashib yuribdi....
-tinchlikmi???
-eee nimasini aytasan...Suxrobni yuklarini bu safar DXX ushlab qolibdi...u hozir oramizdagi sotqinni qidiryapti....-dedi boshini ushlab....
Hayolimga Kamron keldi...lekin u Suxrobning odami...shubxalarga o‘rin qoldirmaslik uchun uni o‘tovi tomon yo‘l oldim...dushmanimning dushmani meni do‘stim edi...agar u men o‘ylagan inson bo‘lsa birlashsak bo‘ladi....

#DAVOMI_BOr

@Sevgi_darbadar2104
❤️#ORZULAR_GIRDOBI❤️

❤️26_QISM❤️


Kamronni o‘toviga yetib bordim...ichkarida hech kim yo‘q edi...ayni muddao...sekin kirib atrofga alangladim...biror bir belgi bo‘lsa bas...ancha joyni qaradim...hafsalam pir bo‘layotgandi...ko‘zim Kamronni uzugiga tushdi....uzukni qo‘lga olib aylantirib ko‘ra boshladim....noodatiy kattalikda..qo‘liga og‘irlik qilmasmikin...ajoyib yasalgan...toshi xiralashibdi...yengim bilan artib qo‘yayotgandim...tosh yonib o‘chdi...hayron bo‘lib yana bir marta takrorladim...yongan payti yotoq tomondan qandaydir tovush keldi...shoshib borib qaray boshladim...topdim...planshet...ekranida Ilyos Ibodullayev kirishga ruxsat...degan belgi turardi...Kamronni rasmi...faqat harbiy libosda...qo‘limga tushding Kamron janoblari....ekranni ocha olmadim..maxsus kod o‘rnatilgan ekan...Suxrobning do‘sti uni dushmani ekan...jilmaydim....
-Tamom bo‘ldim deyaver...Suxrob afandi....
O‘rnimdan turib uzukni joyiga qo‘yayotgandim....
-Malakkkkk.....-degan ovoz eshitildi....
Cho‘chib tushdim...

-bu yerda nima qilyapsan???-jaxl otiga mingancha Kamron turardi...
-buni sizdan so‘rasak...harbiy yigitga bu yerda nima
bor???-dedim uzukni ko‘rsatib...
U sirini bilib qolganimdan daxshatga tushgandi....
-iltimos...Malak...bu haqida...
-Suxrobga aytmayman..-dedim dadil ovozda...-molni siz tutib berdingizmi???
U alamli jilmaydi....
-necha yildan beri shu ish ichidaman...ammo senga o‘xshagan jasur qizni ko‘rmagandim...-dedi menga yaqinlashib...joyimda turaverdim...u yaqinimga kelib jilmaydida...uzugini qo‘limdan olib qo‘liga taqib oldi...
-demak Ilyos Ibodullayev...-dedim ko‘zlariga boqib...
U devorga suyandi...
-xaaa....
-Suxrob ichimizdagi sotqinni tutish uchun barchani so‘roq qilayotganidan habaringiz bormi???
U ko‘zlarini yumib ochdi...
-aybdor tayyor...-dedi men tomonga qarab...
-kim???
Borganingda ko‘rasan...deya menga yur ishorasini qildi...ortidan yurdim...katta maydonda odamlar samosud uchun to‘plangandi...har doimgidek tepada Suxrob o‘tiribdi...yuzi qahrli tus olgan...olomon ichidan aybdorni ko‘ra olmadim...
-Nega???-deya Suxrob baqirdi...uni hech qachon bunday qiyofada ko‘rmagandim...
Vanihoyat ichkariroq kirib aybdorni ko‘rdim..bo‘lishi mumkin emas...o‘rtada Farid o‘tirardi..qo‘l oyog‘i bog‘langan..uni sud qilish Suxrobga naqadar qiyin bo‘layotganini ko‘rib turardim..u unga ukasi o‘rnida ukasi edi...
-nega Faridddd????-deya baqirdi pastga tushib...
Ko‘zim yoshlandi...axir bu tuxmatligini bilamanku...hoziroq aytish kerak...to‘g‘ri menga Farid yoqmaydi ammo u aybdor emas...shoshib o‘rtaga yura boshladim....

#DAVOMI_BOR

@Sevgi_darbadar2104