Sevgi haqida sherlar
6.39K subscribers
435 photos
512 videos
2 files
377 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Admin👉 @bank_of_islam
@Zahriddin2004
Download Telegram
#Bilib_qo‘ying!

(Kamronbek Ismoilovni,, Nima deb qo‘yay'' she'riga jim turolmaydigan Akbaraliyevadan javob she'r 🙈🙊)

Ketaverdim! Joningizni og‘ritdim ko‘p,
Dilingizga armonlarni ko‘mib qo‘ying.
Meni sizdan so‘rasalar indamang ho‘p?!
Tirik, ammo o‘lgan deya kulib qo‘ying...

Baxtning bekatiga hech yo‘liqmadim deng,
Allohning irodasi ko‘ngilchamdan keng,
Bilaman meni eslash o‘lmingizga teng,
Tirik! ammo o‘lgan deya kulib qo‘ying...

O‘tmishlardan uchqun uchub kuydirganda,
Ohir hijron azoblarim to‘ydirganda,
Taqdir degan yo‘qligimga ko‘ndirganda,
Tirik! Ammo o‘lgan deya kulub qo‘ying...

Ko‘zingizdan sog‘inch yoshi oqsa bilib,
Meni sizdan so‘rasalar qalbiz tilib,
Dardga to‘lgan joningizga raxm qilib,
Tirik! Ammo o‘lgan deya kulib qo‘ying...

Malomatga qoldirsalar meni deya,
O‘lmaydi hech yigit degan orim deya,
Baxtginamning evaziga baxtli deya,
Tirik, ammo o‘lgan deya kulib qo‘ying!

So‘raganga ayting ishqda gumrohligim,
Eng yaqinu lekin juda uzoqligim...
Noliyvermang! Bilasiza gunohligin!?
Tirik, ammo o‘lgan deya kulib qo‘ying...

Qurbon qilib jonimizni ishqimizga,
Armon hokim sog‘inchlari ishchimizda,
Nima bo‘lsak bo‘ldik biz ham ichimizda,
Tirik, ammo o‘lganligim bilib qo‘ying!

Akbaraliyeva

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
VAʼDASIDA TUROLMAGAN QIZ

Bizga aytgan soʻzlari mayin,
Endi esa armonlar tayin.
Bugun kelin boʻldi oydayin,
Vaʼdasida turolmagan qiz.

Yuragimni vayron etyabdi,
Ogʻriqlari jonga yetyabdi.
Pas koʻchaga tegib ketyabdi,
Vaʼdasida turolmagan qiz.

Tor koʻchalar tanish koʻchalar,
Uchrashardik oydin kechalar...
Vaʼdalarni berib nechalar,
Vaʼdasida turolmagan qiz.

Aytilyabda onajon oʻlan,
Oʻgʻlingizni bagʻri qon oʻlan...
Hay hay oʻlan, oʻlan jon oʻlan,
Vaʼdasida turolmagan qiz.

Goʻzal edi qalam qosh edi,
Sevar edi ishqi fosh edi...
Yosh ediya hali yosh edi,
Vaʼdasida turolmagan qiz.

Muhabbatdan pandlar yedim man,
Baxtli boʻling mayli dedim man...
Sizni yomon sevgan edim man,
Vaʼdasida turolmagan qiz.

Bizlar endi judomiz judo,
Baxtingizni moʻl qilsin Xudo...
Qiyomatga qadar alvido,
Vaʼdasida turolmagan qiz.

Odilbek Qodirov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
🔥Kelin bo'larkan

Hozircha bilmadim aniq bir sana,
Suyganim oy kabi to'lin bo'larkan.
Bir yaqin do'stimdan eshitdim ona!
Shu oyda sevganim kelin bo'larkan.

Vafoni qo'llarin tutolmabdida,
Otasin so'zidan o'tolmabdida,
Ne qilsin ozgina kutolmabdida,
Shu oyda sevganim kelin bo'larkan.

Yigitlik g'ururim o'rtaga qo'yib,
Yurakka ismini yozgandim o'yib,
Ishqimni o'ylamay pichoqsiz so'yib,
Shu oyda sevganim kelin bo'larkan.

Jimgina ko'naymi oshiqlarga xos,
She'rlar bitaymikan bevafoga mos,
Mendan oson kechib kiyib oq libos,
Shu oyda sevganim kelin bo'larkan.

Hayollar qalbimga urar buncha do'q,
Bilmam afsusdami yoki ko'ngli to'q,
Baxtli bo'l deyishdan o'zga chora yo'q,
Shu oyda sevganim kelin bo'larkan.

Kambag'al boy bilan bo'lolmaydi teng,
Yuragi torlarning koshonasi keng,
Borsangiz Sarvaring salom aytdi deng,
Shu oyda sevganim kelin bo'larkan.

MuallifSarvar Mirzo
10.05.2024
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin


http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Yoʻq.
Endi kònglingdan chiqarolmaysan.....

Azonning kuyida yashayveraman
Duolar asraydi muhabbatimni.
Qog‘ozga ismningni yozaveraman
Siyohlar sòzlaydi sadoqatimni.

Yomg‘ir tomchilari ismimni aytib
Kaftingga tinmasdan yog'averadi.
Mensiz botayotgan quyoshing esa
Qalb otashi ichra yonaveradi.

Oydin oqshomlardan uyg'otolmaysan 
Tushlaring pinjida uxlayveraman.
Haydab yuborsang ham  ketmayman sira
Men shunday òzimni qiynayveraman.

Òlsang ham qalbimdan keta olmaysan
Qòyib yubormayman cheksizlik sari.
Axir, aytgin keyin qanday yashayman
Qanday nafas olibman - a  ilgari.

Ha. Juda qaysarman..Gaplaring tòģri
Sevgisi abadiy xokisor malak.
Bir lahza òzi - chun yashay olmagan
Men òsha...òsha ohorli  kapalak.

Zebo Mirzo

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Forwarded from Pads bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telefon zaryadlovchi Powerbank

Telefon uchun zaryadlovchi qurulma chiroyli va ixcham chontakda ham olib yursa boladi


💰 Mahsulot narxi: 57000 so'm

To'lovni mahsulotni qo'lingizga olganda qilasiz

Buyurtma berish 👇👇👇👇
https://100k.uz/oqim/482121
https://100k.uz/oqim/482121

🚚 Yetqazib berish bepul faqat tumaningiz markazigacha
...

Ёлғон — Фарҳодлар тоғ ошаётгани,
Ёлғон — Ширинлар деб қон ёзган қалам.
Ёнимда бўлмай ҳам яшаётганинг,
Йўқ бўла туриб ҳам борлигинг — алам.

Муҳаббат менимча қилмоқда ҳазил,
Унга қизиқмасдек гўё истагим:
Поёни васлингга боғланган манзил —
Ишонмоқчи бўлган ёлғиз эртагим.

Ҳа, сен туғилгансан асрлар оша,
Мен-да азалларнинг ҳайратимасми,
Думалоқ ер узра бир вақтда яшаб,
Топишолмай кетсак ғалатимасми?!

Xayrulla Hamidov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman😔
Premyera🔥🔥🔥

Kelmaydi deb tazim qilib turavering,
Aniq borib ko'z yoshingiz sizdiraman.
Ko'rsangiz bas! so'ng yuzingiz buravering,
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

Cho'ntagimga solib bitta qalam bilan,
Yo'lga tushay ruhi qochgan tanam bilan,
Bir ammallab kulib yig'lab alam bilan,
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

Istasangiz hofiz bo'lay o'lan aytib,
Ahir boshqa uchrashmaymiz keyin qaytib,
Ichganda ham to'yxonani topib daydib,
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

Osmondagi oyim derdim boyga kimsiz?
Bollar tomib maqtang qani nega jimsiz?
Yaxshi yomon necha yillik sevgilimsiz,
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

So'ngi bora yuring lola termaysizmi?
Ming martamas bir marta qosh kermaysizmi?
Taklifnoma berasiz yo bermaysizmi?
To'yingizni o'zim o'ynab qizdiraman.

Baxtli bo'ling boshlamayman nizoni ham,
Zeriksangiz aldang kazo-kazoni ham,
Sherik topdim olib Sarvar Mirzoni ham,
To'yingizni birga o'ynab qizdiraman.

MuallifSarvar Mirzo
12.06.2024. 00:54
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
SEVGIMNI KOʻMDIM

Panalarda toʻksam yosh,
Meni demang bagʻritosh,
Taqdir ekan, chidab dosh,
Sevgimni asta koʻmdim.

Jon deding, jonim tutdim,
Dardlarni ichga yutdim,
Yoʻl qarab, yomon kutdim,
Sevgimni asta koʻmdim.

Ishondim, qalbim berdim,
Pushaymonda tosh terdim,
Endi nima ham derdim,
Sevgimni asta koʻmdim.

Ishq saroyi tor boʻldi,
Senga oʻzga yor boʻldi.
Nahot ishqim xor boʻldi,
Sevgimni asta koʻmdim.

Sevgi nima unitdim,
Nachoradur, koʻnikdim.
Hammasiga qoʻl silgidim,
Bilib qoʻygin unitdim.

Solihabegim
Dilafruz Shahrixoniy

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Ketishimiz bor.

Yaqinlarimiz qolar oh-u dod bilan,
Allohning huzuriga yetishimiz bor.
Yozilgan kuni kelsa yog‘och ot bilan,
Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor.

Kim yaxshilik qiloldi, kimlardir jabr,
Kimning ko‘zi to‘ymasdir, kim qilar sabr.
Nasib qilgan o‘sha kun kovlanib qabr,
Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor.

Boyligin ko‘z-ko‘z qilib kerilgan bilan,
Yo kibru havolarga berilgan bilan,
Kambag‘al yo boylarga terilgan bilan,
Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor.

Aldanib qolmang pul bu, qimor-u sharob,
Yengil hayot bir kuni, aylaydi xarob.
Mehr qo‘ymang o‘tkinchi barchasi sarob,
Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor.

Qo‘lga olgan bo‘lsada yerning sharini,
Olib ketolmaydi hech, bir so‘m, zarini.
Yiqqan-terganlarimiz, tashlab barini,
Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor.

Hech o‘zi bitganmidi, kimda yo‘q kamlar,
Aslida g‘animat har, soniya damlar.
Unitib quymaylikda, ahli odamlar,
Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor.

O‘zligin unutmoqda yigitlar, qizlar,
Shukr qilmay dunyodan, kim nima izlar.
Allohim chaqirgan kun, galma-gal bizlar,
Kelgan bu dunyomizdan ketishimiz bor.

Sobitjon Eshtemirov. 05.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
AJAB  BOʻLSIN 🤭

Endi oʻtmas aldovingiz,bir soʻz demang.
Arazlarning uyasiga solaman chang.
Men shunaqa chidasangiz feli tarang.
Gaplashmayman endi sizga ajab boʻlsin.

Qoldikmi biz koʻnglingizning nazaridan.
Tating endi sogʻinch degan ozoridan.
Shunday yursam koʻnglim toʻlar ha baridan.
Gaplashmayman endi sizga ajab boʻlsin.

Yaralayman jim yurishda yuraverib.
Suysangiz ham soʻzingizdan qolmam erib.
Uzuringiz soʻrang mendan avval kelib.
Gaplashmayman endi sizga ajab boʻlsin.

Chidaysizda shunday erka yoringiz bor.
Jahli doim burun uchda turar tayyor.
Kechirishni  tushingizda koʻrasiz yor
Gaplashmayman endi sizga ajab boʻlsin.

Endi oʻtmas aldovingiz bir soʻz demang.

HULKAROY HOʻJAMOVNA.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Notcoin sotib olamiz

Murojaat uchun @kamol_oka
KEL OʻQISHGA BIRGA KIRAMIZ.😊

Oʻn yil senla boʻldim yonma yon.
Qadrdonsan yahshimi yomon.
Orzuni ham qurib bir tomon.
Kel oʻqishga birga kiramiz.

Yiroqlashgim kelmaydi sendan.
Boshqa tanlov soʻrama mendan.
Hayotda bir maqsadim chindan.
Kel oʻqishga birga kiramiz.

Boshqa yoʻldan qolmagin ketib.
Sinfdosh qiz meni tark etib.
Grantlarga balimiz etib.
Kel oʻqishga birga kiramiz.

Yana yoʻllar boʻladi tutash
Goh urushib gohida talash.
Koʻnglim senda qolgan sinfdosh.
Kel oʻqishga birga kiramiz.

Tanlov qildim sening yoʻlingdan.
Tutmasin deb birov qoʻlingdan.
Ahtim qanttiy soʻrasang mendan.
Kel oʻqishga birga kiramiz.

Hulkaroy Hojamovna ✍️

Reaksiyalar bilan bildirib turing🤩🤩

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Men uchun shu qadar muhimsan bilsang,
Hayotda borliging umid baxt berar.
Hotirjam bo‘laman yonimda bo‘lsang,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.

Qiynamas yolg‘izlik qiynamas firoq,
Qo‘rqmayman tanimni bosmaydi titroq,
Meni tushunasan o‘zimdan ko‘proq,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.

Qayg‘ular eshigin qo‘yganman yopib,
G‘amlar yetolmaydi ortimdan chopib,
Ertangi kunimga o‘zda kuch topib,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.

Dardimga davodir har bitta so‘zing,
Zulmatim yorishar kulganda yuzing
Quvonchim o‘zinsan ishonchim o‘zing,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.

Sen sabab to‘xtadi ko‘zimdan namlar,
To‘kisman bilinmas mendagi kamlar,
Nolimay kunimga tutmay motamlar,
Sen borsan dunyoda yashagim kelar.

Muallif: Komila Qiz.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Forwarded from √ $ Kamoliddin $ √
💎 ❗️#E'lon Kimda Notcoin bo'lsa sotib olamiz

🪙
Eng kamida 5000 bo'lishi kerak, narxini o'zaro kelishamiz
✈️Murojat uchun @Kamol_oka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz.

O‘zga bir choponga yeng bo‘lmay desam,
Bergan savolimga so‘roq quyibsiz.
Insof tilab sizga teng bo‘lmay desam,
Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz.

Aslida kimsiz siz, sezib yuribman.
Qilgan ishingizdan bezib yuribman.
Past kelib o‘zimni yerga o‘ribman.
Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz.

Haqning kuchalarin buylagan edim,
Bugunning ertasin o‘ylagan edim,
Insof berib qolar, nima ham derdim,
Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz.

Aldasam sodda u bilmaydi deya.
Bilsa ham hech nima qilmaydi deya.
Qo‘lidan hech bir ish kelmaydi deya.
Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz .

Bir zamonlar sizga eng yaqin erdim.
O‘zimniki dedim jonimni berdim.
Alloh bordir sizga nima ham derdim.
Andisha otini qo‘rqoq quyibsiz.

Sobitjon Eshtemirov. 05.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
YORIM OʻZI BOʻLSA BAS❤️

Oʻzga yor, menga aslo kerak emas,
Oʻsha yor oʻzi qilsin, menga xavas,
Vujudim qizdiradi, yondirib mas,
Yuragimda, yorim oʻzi boʻlsa bas.

Shirin soʻzlab, kulib menga berar baxt,
Har onimiz, laxzasida shodlik taxt,
Muhabbatda telba boʻlib, bordur shaxt,
Yuragimda yorim oʻzi boʻlsa bas.

Qalb berib yuragimni, joylab olgan,
Bu mehri menga juda yoqib qolgan,
Yashirmayman jon tugul, borim olgan,
Yuragimda yorim oʻzi boʻlsa bas.

Taqdirdan minnatdorman, Rabbim shukur,
Adashmadim talab uni, biram zoʻr,
Koʻngil uy koshonasi toʻldirdi nur,
Yuragimda yorim oʻzi boʻlsa bas.

Bilasiz sevib qoldim sizni koʻproq,
Bugun guvoh osmon, guvoh yer tuproq,
Muhabatga oshno qildi yor shundoq,
Yuragimda yorim oʻzi boʻlsa bas.

Oʻzga yor, menga aslo kerak emas,

Solihabegim
(Dilafruz Shaxirxoniy)

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
🛎SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ🛎

Qoʻngʻiroqning har bir jarangi,
Bolaligim yodimga soldi.
Shoʻxliklarim barcha,barchasi,
Jon maktabim,bagʻringda qoldi.

Chalin, chalin soʻnggi qoʻngʻiroq,
Kiprigimni yuvsin yoshlarim.
Yuragimni ezsa ham firoq,
Baxtin topsin sinfdoshlarim.

Jilmayaman,sevinaman goh,
Qalbimizda oʻzgacha titroq.
Koʻksimizni kuydirsada oh,
Jaranglayver,soʻnggi qoʻngʻiroq.

Maktuba SHAYDO

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Forwarded from √ $ Kamoliddin $ √
KIMDA NOT COIN BOSA SHU LICHKAGA YOZIB QOYILA

➡️
@Kamol_oka ✔️
➡️
@Kamol_oka ✔️
➡️
@Kamol_oka ✔️

sotib olish narxi
💰

10 M = 350.000 UZS
💲
20 M = 700.000 UZS
💲

3000 TASI 70 MING

4000 TASI 100 MING

5000 TASI 130 MING


⚠️Keyin bunday fursat
bo’lmasligi mumkin
⚠️

XAMMASI ISHONCHLIK JAVOB BERAMIZ

MUROJAT LCH :➡️
@Kamol_oka
TELEFON
+998996632395
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHIROYLIGIM ENG ZOʻRI ONAM

Duo qilib yonimda hardam,
Mehribonim doimo malham,
Koʻzlarimda koʻrsatmaydi nam,
Chiroyligim, munisim onam.

Erkalatar, silaydi boshim,
Dardim olib, artadi yoshim,
Farishtamda jannat quyoshim,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Oʻziz asrang, horib qolibsiz,
Roʻzgʻor deya, charchab tolibsiz,
Oʻziz kiymay, bizga olibsiz,
Chiroyligim, munisim onam.

Qiynamasin sizni dard-alam,
Qoshlarizga yarashar qalam,
Doim deysiz, bolam-a bolam,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Siz borsizki, koʻksim keraman,
Eng chiroylik gular teraman,
Jonim tugul, borim beraman,
Chiroyligim, munisim onam.

Oʻziz oʻylab, oling endi dam,
Nima kiysez, yarashar biram,
Koʻrmang endi ikki dunyo gʻam,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Farishtamsiz, jannatim onam.

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shahirxoniy)

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz