Sevgi haqida sherlar
6.26K subscribers
430 photos
510 videos
2 files
357 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Admin👉 @bank_of_islam
@Zahriddin2004
Download Telegram
SIZDAN VAFO KUTAMAN.

Husumatim yo‘q mening, o‘z o‘zimni tig‘layman,
Yig‘lasam ham men faqat quvonchimdan yig‘layman,
Sizni faqat do‘st bildim, boshqasini bilmayman,
Men hammadan shundayin mehr-u, vafo kutaman,
Toshlar oting mayli siz, men sizga gul tutaman.

Garchi ko‘nglim vayrona, tunlarimning oyi yo‘q,
Umidlarim puch, hazon, orzularim poyi yo‘q,
Ranjimaydi hech ko‘nglim sizdan hafa joyi yo‘q,
Yig‘lab keldim, dunyodan kulib, kulib o‘taman,
Toshlar oting mayli siz, men sizga gul tutaman.

Sabrim sira to‘lmaydi, mayli sinang sabrimni,
Qadrim to‘kilsin mayli bilmang sira qadrimni,
Sizga bag‘ishlay toki qolgan butun umrimni,
Sizdan faqat muhabbat, oqibatni kutaman,
Toshlar oting mayli siz, men sizga gul tutaman.

G‘iybat qiling ortimdan, mayli qiling yomonlik,
Umringizni so‘ray men, tilay sizga omonlik,
Besh kun atalmish dunyo, umrlar lahza, onlik,
Mehringizga tashnaman, garchi qonlar yutaman,
Toshlar oting mayli siz men sizga gul tutaman.

O‘tkinchidir hammasi, o‘tkinchi alam, g‘amlar,
G‘animat dunyolari, g‘animat shirin damlar,
Mehringiz darig‘ tutmang ey, bag‘ri keng odamlar,
Baxtim butun siz bilan, sizsiz ahir netaman,
Toshlar oting mayli siz men sizga gul tutaman....🌷❤️🌷

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Forwarded from Pads bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сочларингизни ювгандан сўнг уни текислашга анча вақт сарфлаяпсизми..?

Straight comb_Беш дақиқада сочларингизни қурутиб, текислаб, дазмол қилиб берувчи универсал электрон қурилма етиб келди!

💰 Акция Нархи: 139.000 сўм.
🔥 Каналимиз обуначилари учун махсус чегирма: 1+1=3 яни 2 та олсангиз +1таси совғага берилади

🛒 Буюртма Бериш👇👇
👉
https://alijahon.uz/oqim/33027
👉
https://alijahon.uz/oqim/33027

🚛 EТКАЗИБ БЕРИШ МУТЛАҚО БЕПУЛ.Тўловни маҳсулотни қўлингизга олганда қиласиз.
* * *

Jim izn berasan ketmoq istasam,
Bir bor to‘solmaysan boshlar yo‘limni.
Men erkalik qilib, sal arazlasam,
Qo‘yib yuborasan zumda qo‘limni.

Bir bor chimrilmaydi qaro qoshlaring,
Bir bor "KETMAYSAN!" deb urolmaysan do‘q.
Yoki hayotingda bor - yo‘qligimni,
Senga qizig‘i yo‘q, senga farqi yo‘q!

"SEN MENIKISAN" deya ko‘tarmaysan dod.
"HECH KIMGA BERMAYMAN SENI"! demaysan.
Ketishlarim senga yoqqandek nahot,
KETMA degan so‘zni ayta olmaysan!

Yer tepib, erkakdek qilmaysan qaror,
Mening so‘zim so‘z deb turib olmaysan!
"Qayoqqa ketasan, qayda nima bor?"
Deb meni bag‘ringda tutib qolmaysan!

Ko‘r endi telbadek, ko‘r, devonadek,
Menga zulm qil deb qistashligimni.
Ketdim deganimda anglasang edi,
KETMA  deyishingni istashligimni!

✍️ Malika Tavfiq

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zoʻrlari chiqadi...

Birlashib yuksalsa minglab chumoli,
Bahaybat filni ham yiqadi hali.
Tutmasin deymanda soʻzning uvoli,
Sendan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Kekkaygan fir'avn, shohlar ham oʻldi,
Goʻzalman degan ne mohlar ham oʻldi,
Burgʻalanib magʻrur togʻlar ham oʻldi,
Sendan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Har davrning sohibzamonlari bor,
Omad kelar-ketar koʻp onlari bor,
Beklari, hurlari, xoqonlari bor,
Sendan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Senda million boʻlsa, unda milliard bor,
Futbol yakun topsa tennis, bilyard bor,
Necha ming elat bor, qancha millat bor?
Sendan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Kibrlanib ketma, baland uchma qoʻy,
Novda ham daraxtday oʻstiradi boʻy,
Bir kuni qilishib oʻlganingda toʻy,
Sendan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Saroying kulbaga aylanib qolar,
Doʻsting dushmangigga shaylanib qolar,
Kambagʻal yovgʻoni moylanib qolar,
Sendan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Zamin aylanmoqdan tinmaydi sira,
Davlat kaftda suvdek turmaydi sira,
Baxt-omad umrbod kulmaydi sira,
Sendan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Alloh bandam deydi kibiri yoʻqni,
Zulmatga burkama qora deb oqni,
Tuproqqa qaytsang gar tepib tuproqni,
Sendan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Mumtozbegim deydi: shubha yoʻq mutlaq,
Alloh koʻrib turar: kim nohaq kim haq?
Men oʻzim tarafman, sen oʻzing taraf,
Bizdan ham zoʻrlari chiqadi hali!

Mumtozbegim

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Tugab bo'ldi ishqning ertagi
Ko'zlaringa cho'kib ketdi jon
Gullamadi sevgi kurtagi
Endi mangu ko'zlaring armon

Qaytmoq bo'ldim sening poyinga
Jonni qurbon qilmoqchi edim
Qaytib borip sening yoninga
Faqat do'sting bo'lmoqchi edim

Menga yoqar ko'zlaring rangi
Qarasam tubiga cho'kib ketardim
So'zlaringa bo'lgandim bangi
Shirin so'zlaringni sevardim

Ishqqa asir bo'ldi bu jonim
Dunyo ozib qoldi aqildan
O'zing bo'lding mangu armonim
Lek chiqmading bir zum ham dildan

Tugab bo'ldi ishqning ertagi
Ko'zlaringa cho'kib ketdi jon
Gullamadi ishqning kurtagi
Endi mangu visoling armon...

Nodira Umarjonova

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Men go'shakni sekin ko'tardim
Yaxshimisiz dedi bir yigit
Tanimadim kimsiz degandim
O'sha tanish aytdi bir isim

Ko'rishaylik endi iltimos dedi
Hursand bo'ldim chin yuragdan lek
Hayolimga bir gap keldiyu
Ko'rishmaymiz,hohlamam dedim

Nechuk dedi istamaysizmi
Hafa qilib qo'yganmidim yo
Kechirim so'rasa kechirar edim
Hop dep qo'ydi indamay go'yo

Men aybdor emush bariga
O'zim yoshlik qilgan ekanman
Ko'zlarining boqib qariga
O'zim uni sevgan ekanman

O'chrdim go'shakni,bloklab qo'ydim
Boshqa bir raqamdan qilsin dedimda
Yolg'onlarga endi ishonmay qo'ydim
Shuncha vaqt o'tganda sog'inibdida

Nodira Umarjonova

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Ko'zlaring charchagan,
So'zlaring horg'in..
Himoyam ostida
Ko'ngling sarhadi.
Naqadar go'zalsan
Naqadar yorqin
Seni faqat sevgim kelaveradi..)

Qo'lingdan tutaman..
Ilinj kutaman..
Go'zalliging asli
Umrim bahori..
Yanayam yaxshiroq
Bo'ladi bo'lsa.
Ilinjning o'rnida sevgi izhori..)

Tushungin tushunay.
Ishonay ishon..
Kibr yo'q sabr bor..
Menimcha bu rost..
Tabassuming ko'rsam
Har gal har lahza.
Sevgi borligiga
Oshadi ixlos..)

Mayda-mayda rashklar.
Ishonchsizliklar.
Biz uchun emasdir
Yo'limiz ulkan..
Men seni sevaman
Bilsang bilarsan
Axir men sen uchun
Sen deb tug'ilgan..)

Faxriyor Baxtiyorov
27.03.2024

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Jonimiz bu tanni tark etib ketar,
Ikki g‘isht go‘rimiz ko‘zin berkitar,
Keyin boshqa go‘rga g‘isht qo‘ymoq uchun,
Bizning tuproqlarni ezib loy etar.


Reaksiya bosib qullab turingizlar azizlar💙

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTAMNING BORLIGI BAXTDIR...

Ming shukr boshimni silagan taqdir,
Jannatim,  davlatim yonimda axir.
Kim qanday tushinar baxtni bilmadim?
Men uchun Otamning borligi baxtdir .

Birovlar maqtanar boyligi bilan,
Yo shahar yo qishloq joyligi bilan.
Bizni boqqan halol oyligi bilan,
Men uchun Otamning  borligi baxtdir.

Bolam deb, chaqam deb borini bergan,
Mehnatdan qochmagan rizqini tergan.
Roʻzgʻorim kamini butlay deb yurgan,
Men uchun Otamning borligi baxtdir.

Omadim kulsa gar duosi sabab,
Oʻziga qaramas bizlarga qarab.
Tilagim umrini uzoq qil yo Rab,
Men uchun Otamning borligi baxtdir.

Farzandlar baxtini koʻring Otajon,
Doimo sogʻ-omon yuring Otajon.
Bu dunyo turguncha turing Otajon,
Men uchun Otamning borligi baxtdir .

Yonimda ekani ham toj-u taxtdir,
Men uchun Otamning borligi baxtdir .

Sardor Nazarov Utkir oʻgʻli

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Toʻyib yigʻla toʻying oldidan...

Soʻramasdan sendan yoshingni,
Ikkita qilib qoʻydi boshingni.
Koʻrsatmasdan koʻzda yoshingni,
Toʻyib yigʻla toʻying oldidan.

Sevging ismi xatlarda qoldi,
Sevging hijron boʻlib oʻt oldi.
Afsus bari orqada qoldi,
Toʻyib yigʻla toʻying oldidan.

Bosh koʻtara olmaysan oʻydan,
Qochib ketaolmaysan toʻydan.
Mayli chiqmay ikki kun uydan,
Toʻyib yigʻla toʻying oldidan

Rasmlarni qoʻlingga olib,
Uni oʻylab hayolga tolib.
Eski uyda bir uzing qolib,
Toʻyib yigʻla toʻying oldidan.

Boshqasiga koʻngling toʻlmaydi,
Sevganing bor buni bilmaydi.
Toʻydan keyin yigʻlab boʻlmaydi,
Toʻyib yigʻla toʻying oldidan.

Oshigʻing ham yurgandir daydib,
Boqma endi ortingga qaytib.
Dugonangga dardingni aytib.
Toʻyib yigʻla toʻying oldidan.

📝Islombek Murodillayev

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Hammani unga o'xshatib, uning o'rniga hech kimni qo'ya olmaslikdir ishq🫀

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
"HAMON SOGʻINAMAN."

Bir muhabbat, ozoridan dilim vayron,
Ayriliqning yoʻllarida, boʻldim sarson,
Ne qilarin bilmay, aql-u hushim hayron,
Solihamsan, seni hamon sogʻinaman.

Chorasiz, mendan olis ketdingiz yiroq,
Yurakginam oʻrtaydi, tinmayin firoq.
Taqdirning sinoviga koʻnmayman biroq.
Solihimsiz, sizni hamon sogʻinaman.

Sogʻindingmi, yoki meni unutdingmi?
Unutishga koʻnmay, bir bor ogʻrindingmi?
Sinovlarga mendek oson yengildingmi?
Solihamsan, seni hamon sogʻinaman.

Yurak sizning ismingiz, aytar betinim.
Koʻzlaringiz koʻrmasdan, oʻtmaydi kunim.
Netay ayriliqqa ham, yetmaydi kuchim.
Solihimsiz, sizni hamon sogʻinaman.

Bilaman, koʻngil shahring yorishmas mendek,
Bilaman, tuygʻularga asirsan mendek,
Bilaman, seni hech kim, sevolmas mendek,
Solihamsan, seni hamon sogʻinaman.

Quyoshimsiz, yoritasiz olamimni.
Sizsiz axir, tun-u kunlar ogʻrinaman
Siz ketsangiz, yigʻlab qolar osmonlarim,
Solihimsiz, sizni hamon sogʻinaman.

ELDORBEK.
OSIYO.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
🔥Qachon sizga shirin gapirdim Ona...

Eng yaxshi soʻzlarim olamga sochib,
Minbarlar boshida hayqirdim Ona...
Yoningizga shoshib nafsimdan qochib,
Qachon sizga shirin gapirdim Ona...

Tovlansa, oshiqib chirkin dunyoga,
Mexringiz alishdim ishrat yalloga,
Topib boʻlmaydiku sizni tilloga,
Qachon sizga shirin gapirdim Ona...

Koʻplarning koʻngliga yoʻllar izladim,
Qoʻllab yuborguvchi qoʻllar izladim,
Mansab deb dengizda choʻllar izladim,
Qachon sizga shirin gapirdim Ona...

Ergashib ketibman chorlasa gardun,
Hasratim yoʻllari uzundan-uzun,
Bogʻzimga tiqilib turibdi bir un,
Qachon sizga shirin gapirdim Ona...

Gohida jerkidim baqirdim gohi,
Samoni tutgandir koʻnglingiz ohi,
Yerdagi farishtam qalbimning mohi,
Qachon sizga shirin gapirdim Ona...

Barini angladim tushunib yetdim,
Boʻysunmas nafsimni kishanband etdim,
Bugun men oʻzimdan uyalib ketdim,
Qachon sizga shirin gapirdim Ona...

Bugun men oʻzimdan uyalib ketdim,
Qachon sizga shirin gapirdim Ona...

📝Muallif: Zohid Ziyo...

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Yoqaverasiz.

Faqat bir kun emas har lahza har dam,
Kunglim eshiklarin qoqaverasiz.
Yillar o‘tib hatto yuzga kirsam ham,
Baribir siz menga yoqaverasiz.

Sevgim sarhadlari chegara bilmas.
Injiqliklar sira hech malol kelmas.
Hislarim shunchaki o‘tkinchi emas.
Baribir siz menga yoqaverasiz.

Faqat sizni deyman har dam har kuni.
Bahona qilmasman uni yo buni.
Takrorlab aytaman unutmang shuni.
Baribir siz menga yoqaverasiz.

Har dam chorlayverar siz tomon yo‘llar,
Yillarni tan olmas qarimas dillar.
Xuddi hozirgidek o‘tsada yillar,
Baribir siz menga yoqaverasiz.

Dard-u alamlardan yashaymiz yiroq.
Sevgimizga soya solmagay firoq.
Qaddingiz egilib qolsada biroq.
Baribir siz menga yoqaverasiz.

Hech shubha bo‘lmasin bizning o‘rtada,
Biz kulgu bo‘lmaylik uch yo to‘rttaga,
Xuddi kechagidek, bugun, ertaga,
Baribir siz menga yoqaverasiz.

Daryodek sohilga oqaverasiz.
Har lahza men tomon boqaverasiz.
Meni sevmay quydi deya o‘ylamang,
Baribir siz menga yoqaverasiz.

Sobitjon Eshtemirov. 05.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
KERAKSIZ!!
 
Sukunat qarida qoldirib tanxo,
Tanamda xijrondan urgan yuraksiz.
Eslamay deymanu sog'insam goho,
Siz menga keraksiz, juda keraksiz.
 
Alamdan dilimni bir chetga surdim.
Visolga yetolmay koʻksi halakmiz,
Sevgimga armondan qasrlar qurdim.
Siz menga keraksiz, juda keraksiz.
 
Yolvorib soʻrayman ketmang yiroqlab,
Qalbimda ushalmas orzu tilaksiz.
Ketsangiz yashayman sizni soʻroqlab,
Siz menga keraksiz, juda keraksiz .

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Hamma oshiqlar nomidan

OSHIQ BOʻLGANMAN ❤️

Sen tomonlar eng soʻlim joylik,
Atirgulsan goʻzal bir oylik...
Osmondagi oydan chiroylik,
Yuzlaringa oshiq boʻlganman...

Buncha ajib bunchalar mayin,
Mast qilasan gapirgan sayin...
Jaranglashi qoʻngʻiroqdayin,
Soʻzlaringa oshiq boʻlganman.

Oʻngdan shirin sen yoʻqlagan tush,
Seni sevish yoqimli yumush...
Sen oʻtganda maysalar sarhush,
Izlaringa oshiq boʻlganman...

Koʻrsam ketar yuragim joʻsha,
Der poyiga boringni toʻsha...
Erkalatib aytilgan oʻsha,
Sizlaringa oshiq boʻlganman.

Ishq dardiga oʻzing davo san,
Menga baxtni koʻrgin ravo san.
Meni tortar oxangrabosan,
Oʻzlaringa oshiq boʻlganman...

Nayza kiprik, eng goʻzal rangu,
Boqsa shaydo dil holi tangu..
Qolgim kelar qaʼrida mangu,
Koʻzlaringa oshiq boʻlganman...

Odilbek Qodirov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Kechsa kechar do‘stu ulfatlar,
Har guruchda uchraydi kurmak.
Omad kelib, ketar kulfatlar,
Yo‘qchilikda yiqilma erkak.

Sarg‘aymasin so‘lmasin yuzing,
Baxt niholi yozguncha kurtak,
Har davrada o‘tsin har so‘zing,
Yo‘qchilikda yiqilma erkak.

Baland pasdur hayot yo‘llari,
Goh quruqlik gohida ko‘lmak,
Boshga yog‘sa yomg‘ir do‘llari,
Yo‘qchilikda yiqilma erkak.

Siring aytib nomardu pasga,
El og‘zida bo‘lmagin ermak.
Aldanmagin o‘tkinchi nafsga,
Yo‘qchilikda yiqilma erkak.

Sher bolasi sher bo‘lgay doim,
Itlarga xos it kabi hurmak.
Bo‘lsa hamki qiyomat qoyim,
Yo‘qchilikda yiqilma erkak.

Malika Mardonzoda

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Kun sayin yurakka sanchilmoqda o'q
Ko'ngillar uchrashar yana qachonlar
Qo'ng'iroq qilishdan endi foyda yo'q
Ishqimiz tugagan allaqachonlar

Mehrdan zarra asar qolmadi axir
Mavzudan joy olgan edi gumonlar
Muhabbat o'zini tiklolmay oxir
Ishqimiz tugagan allaqachonlar

Xiyonat o'rtada qildi dushmanlik
Chorlab bordi seni qaysi hayollar
Gunohi yo'q o'shal bechora sho'rlik
Ishqimiz tugagan allaqachonlar

Endichi kelibsan o'tmishni qumsab
Chin sevgi bo'lolmas begona yorlar
Kechirmog'im uchun topmadim sabab
Ishqimiz tugagan allaqachonlar

Qolmoqga choralar izlamas ko'ngil
Yakunga sababchi boldi ayblaring
Afsuski o'shanda qizg'onib mehring
Ko'nglimning qabriga ko'mildi ishqing

Dilnura

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
https://100k.uz/get-app/Mijozlar

Yuklab oling va Kirib istalgan mahsulotingizni harid qilishingiz mumkin
O‘zgarib qolgansiz.

Bir zumda aylaysiz yuragim pora,
So‘nggi imkonga ham qoldirmay chora.
Javobsiz savollar ezar tobora,
O‘zgarib qolgansiz bilmayman nega?

Yaqin borgan sarim o‘zingiz olib,
Sevgan bu yurakka g‘ulg‘ula solib,
Kimga mehr beryapsiz mengina qolib,
O‘zgarib qolgansiz bilmayman nega?

Daydib yurmasdingiz kuchalarda kech,
Pardoz qilmasdingiz yuzingizga hech,
Balki bilinmas bu o‘zingizga hech,
O‘zgarib qolgansiz bilmayman nega?

Omad eshik qoqib, boqqanda kulib,
O‘tkinchi hislarga ketmangda to‘lib,
Unitib qishloqni shaharlik bo‘lib,
O‘zgarib qolgansiz bilmayman nega?

Sevgimiz qilganman yuragimga jo,
Qaytib qoldingizmi so‘zingizdan yo?
Keldim shahringizga izingizdan to,
O‘zgarib qolgansiz bilmayman nega?

O‘zi shundoq tabiiy chiroyli qizga,
Pardoz nega kerak ko‘zlarga, yuzga.
Balki tan olmassiz bilinmas sizga,
O‘zgarib qolgansiz bilmayman nega?

Sobitjon Eshtemirov. 04.2024.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz