Sevgi haqida sherlar
6.34K subscribers
430 photos
510 videos
2 files
359 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Admin👉 @bank_of_islam
@Zahriddin2004
Download Telegram
Севги узи 4 тин, Севиб колеса 3 тин, уришиб колса 2 тин, Ташлаб кетса 1 тин...😂😂😂
Севги бу алам,Севги бу дард,Севиб колган одам,Йонайотган шам...
Ishq

Ikki dunyo aro halovatim yo'q,
Tariqday sochildim, gulday terildim.
Endi ishqdan bo'lak kasofatim yo'q,
O'zimni unutdim, ishqqa berildim.

Keragidan ortiq sevdimmi bilmay?
Isming panohida tog'day kerildim.
Oxirgi qadamni qo'ydimmi bilmay?
Izimni unutdim, ishqqa berildim.

Qalamni botirdim muhabbatimga,
Dard bo'lib qog'ozga shaksiz qorildim.
Endi shubhalar bor she'riyatimga,
So'zimni unutdim, ishqqa berildim.

Kerakmi?... O'rtaga borimni tikdim!
Kechikkan kuz kabi yana tirildim.
Dunyoni unutdim... Zulfini berkdim!
Unutdim... Unutdim... Ishqqa berildim!
Uzoq yurub safardan
Borib uyga qaytgandim
Sevgilimga kun botsa
Borishimni aytgandim
Kelishimni sezgandey
Derazasin ochibdi
Asta kirib qarasam
Bir qizgina yotibdi
Hayojondan qaltirab
Opib qoydim labidan 🤭😅
Kop otmasdan shapaloq
Tegdi quloq tagidan
Keyn bilsam adashib
Kozlarim ham berib pand
Qiz qolib men nodon
Onasini opibman 🤭
Shapaloqni unutdim
Holim bilmas hech kishi
Yomon tegdi ortidan
Otasini tepkisi
Keyn nima boldi deng
Boshka tushkan o'y boldi
Kop otmasdan oradan
Hovlimizda toy boldi
Qaynonasin labidan
Opkan kuyov men boldim
Tepki yesam ham hullas
Qaynotamga teng boldim
Nur yogildi boshidan
Biz day bir faqrni
Toy tugadi qaynotam
Asta imlab chaqirdi
Dedi kuyov vada ber
Sen sozingdan qaytmagin
Hotinmni opkaning
Biror kimga aytmagin😂😂😂😂😂😂
Бировларни кунглига карайвериб, Уз кунглимни,адо килибман
Армон ўз ишини бошлади бугун,
Юракка жойлашди ғамлар аламлар...
Бир туйғу кўнглимни ғашлади бугун,
Онам қарияпти, Онам одамлар...

Толиқиб умрнинг заҳмати аро,
Оқларга беланди сочлари қаро,
Энди тузалмасми қалбдаги яро,
Онам қарияпти, Онам одамлар...

Муштдек юрагига ғамларим ортиб,
Вақтлар ўтибди, қўлидан тортиб,
Нима ҳам беролдим ўзимдан ортиб,
Онам қарияпти, Онам одамлар...

Оҳ қандай ёзилмиш умр китоби,
Қулоқда жаранглар йиллар ҳитоби,
Қуёшдай чароғон дилим офтоби,
Онам қарияпти, Онам одамлар...

Яшабман шунча йил қадрин билмасдан,
Кўнглини сўрамай дардин билмасдан,
Бизлар деб ғамларни кўзга илмасдан,
Онам қарияпти, Онам одамлар...

Кўзимда ёшимни тиёлмай қолдим,
Бу бир кам дунёни суёлмай қолдим,
Қачон қариганин билолмай қолдим,
Онам қарияпти, Онам одамлар...

Энди хизматига тайёрман шайман,
Бориб Онажоним дея қучай ман,
Сўрасин пойига жоним тўшайман,
Онам қарияпти, Онам одамлар...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UZmir va Mira - Bo'ldi yor...


UZmir:
Baribir yuragim uni deya uradi
Agar bir kun ko'rmasam
Sog'inch va'damni buzadi

Kimsasiz sahrolarda darbadar devonaman
Ajralib ketdik, hamon men unga begonaman


Mira:
Sarobga aylanib borar mani bu orzularim
Birdan sovuq shamol esib, esga kelar sevgilim
Eslamay qo'yardim-u azoblardan qutilib
Yovuzginam meni deb qolmasin yana quturib


Naqorat...

UZmir va Mira:
Bo'ldi yor, Yurak senga zor
Bo'ldi... bo'ldi


Mira:
Uzoqlashib ketdi manda halovat
Qiynalib yashashga qolmadi toqat
Xatolarim o'zimni qildi-ku yakson
Man endi nima qili sog'indim oson


UZmir:
Qidiraman to'xtamay go'zal ko'zlaring
Nega tinglolmayman seni so'zlaring
Senga xatlar yozaman alamlarimdan
Yana she'rlar yozaman qalamlaridan

Mira:
Yor, meni qilding intizor
Menga qalbing endi tor
Senga yorlaring xumor
Bo'lsin tumor


UZmir:
Yor, bugun bo'ldim senga zor
Ortiq bermagin ozor
Yo'llarim uzun
Kutib charchadim, yurib charchadim

Naqorat...

UZmir va Mira:
Bo'ldi yor, yurak senga zor
Bo'ldi... bo'ldi


UZmir:
Bor endi qo'ng'iroq qilma
Holimni so'rama, yuragim qiynama
Yor mana ol
O'zinga tegishli narsani ol
Lekin qaytar halovatim
Man ham yashay bemalol

Yarim baxt,
Mana endi kulfatimga sherik naqd
Endi yorim menga qayta qilma ahd
Axir senga tilab bo'lgan edim baxt
O'shanda edim naqd


Mira:
Nima qilay?
Sensizlikda yursam axir nima qilay?
Ko'ngilginam og'rib ketsa nima qilay?
Uni chindan sevsam axir nima qilay?

Sensizlikda og'rib bir bor yara dilim,
Afsuslarni aytaverib og'rib tilim.
O'tmishlarda qolib ketsin yomon kunim,
Orqasidan ergashaymi bo'lib quli.


Naqorat...

UZmir va Mira:
Bo'ldi yor, yurak senga zor
Bo'ldi... bo'ldi
Qanday unutaman?

Qanday unutaman?...oʻrgatgin, mayli,
Toabat yoʻq boʻlib ketaman issiz.
Senga bergan va'dam, ahdim tufayli,
Ketaman, jimgina yashaysan mensiz?

Qanday unutaman koʻzlaringni yor?
Bir zamon mehr-la termular edi.
Ahir oʻsha paytlar edik baxtiyor,
Bugun arazlashga sabab ne endi!

Qanday unutaman kulgularingni?
Begʻubor tabassum yana kimda bor?
Oʻyinchoq qilding-mi tuygʻularimni?
Bermading, lek oʻzing kutding e'tibor!

Qanday unutaman shirin soʻzlaring?
Nahotki, men tomon aytilmas endi?
Mendan komil, yetuk inson izlading,
Telbani yaratding, holim koʻr endi!

Qanday unutaman qandayin aytgin?
Seni sevmaslikka sababni koʻrsat!
Agar qayta olsang yonimga qaytgin,
Sendan oʻzgasini sevolmam albat!

Qanday unutaman, unutolmayman?
Sen ham unutmaysan aslida meni.
Sensizlikka jonim koʻnikolmayman,
Ahir telbalarcha sevaman seni!

Qanday unutaman...
Qanday ketaman...!
«СЕВГАНМАН-У СЕВИЛМАГАНМАН»

Ёмғирлардек кўз ёшим бисёр,
Кўзларимдан сезилмаганман,
Шу ёшгача кириб лек бир бор,
Севганман-у севилмаганман.

Кўксим узра эримас қорлар,
Келмас бўлиб кетган бахорлар,
Юрагимга бериб озорлар,
Севганман-у севилмаганман.

Тиғ устида юрдим билиб хам,
Кулиб турдим, куйиб туриб хам.
Аламлигин билиб туриб хам,
Севганман-у севилмаганман.

Дарс кетади тошлар охимдан,
Бахт юз буриб мендек зохирдан.
Армон гуллар очиб кўнглимдан,
Севганман-у севилмаганман.

Тиканларни босиб бағримга,
Дардлар қўшиб яна дардимга.
Бўйсунмасдан сира ақлимга,
Севганман-у севилмаганман.

Кимга орзу, кимга эртакман,
Хақ билгувчи, кимга керакман.
Менку сизни юрак-юракдан,
Севганман-у севилмаганман.

Менга Хақнинг севгиси чиндир...
Бошга тушса сочинг юласан,
Афсус билан уйга толасан.
Бир килча бор сезмай коласан,
Мухаббат ва нафрат ораси.

Тилинг хам лол кирмайди сузга,
Юрагинг хам айланар музга.
Бир толадек курингмас кузга,
Мухаббат ва нафрат ораси.
........
Мухаббат ва нафрат ораси......
Or qiladi kalta koylak
Kiymas sira,
Gul yuzini turli boyoq
Qilmas sir,
Hayosi bor ibosi bor
Ko'zlarida,
O'zbegimni chin muslima
Qizlarida.


Ozadadir oz ishining
sarishtasi,
Yelkasida rahmat yozar
Farishtasi,
Shirin kalom bo'lar doim
Sozlarida,
O'zbekimni chin muslima
Qizlarida.


Shukronasi ibodadi
joyidadur,
Har azonda Joynomozning
poyidadur,
Quron nuri balqib turar
yuzlarida,
O'zbekimni chin musila
qizlarida.
KERAKMAN...
Yo'lim to'ssa g'avg'olar,
Tugamasa savdolar.
Tashlab ketsa oshnolar,
Bir otamga kerakman.

Sochga mo'ralasa oq,
Do'stlar ketsalar har yoq,
O'tsam bir umrga toq,
Bir onamga kerakman.

Boshimga tushsa bir ish,
To'lib ketsa har yumish,
Yurakni ezsa tashvish,
Bir singlimga kerakman.

Yig'lasam yoshim artgan,
Ko'zlari mungga botgan,
Bo'yi bo'yimga yetgan
Bir o'g'limga kerakman.

Yiqilishim poylagan,
Dilga alam joylagan.
Ba'zan ko'zim namlagan
Dushmanimga kerakman.

Menga ilhom berguvchi,
Yig'lasam ovutguchi.
Yozganim zo'r deguvchi,
Muhlislarga kerakman.

Hayotdan nolisam goh,
Do'st bilganim bir Alloh,
So'zimga bo'ling guvoh,
Men hayotga kerakman.
Live stream started
Ayting haqqim yoqmi baxtli bolishga?

Muhabbat yondirdi shoir qildi ishq
Ulgurdim tort qator misra, yozishga
Gumonlar savollar, qoymas meni tinch
Ayting haqqim yoqmi baxtli bo'lishga
...
Mayus nigohimda ajib tasavvur
Sevgim aytolmasman yol qoymas g'urur!
Yashaganim yolgiz sababi sizdur
O'rgandim rost yiglab yolgon kulishga!
Ayting haqqim yoqmi baxtli bo'lishga

Ertakga ishonib hayollar surdim
Bir muddat qush bulib dunyoni kezdim,
Musaffo osmonım shamolın kestim
Men ozimdan qochdim ozimdan bezdim!
Hech narsa arzimas dilni ezishga
Ayting haqqim yoqmi baxtli bo'lishga

Bu dunyo tuzillgan bolib, biri kam!
Men ketsam yoqligim bilinmas hecham,
Senga baxt tilayman Armonim
Kelganlar majburdur yana ketishga!
Faqat sen haqlisan baxtli bolishga

Izlamayman boshqadan, senda ul nigox
Niyatim seni baxtli ko'rish, guvohim Alloh
Mayli birga bolmaylik topgansan hamrox
Bu tilim ojizdir bir soz deyishga
Faqat sen haqlisan baxtli bolishga .
YAXSHIMISAN?

​​"Y"axshimisan!? – berilar savol,
"A"lbatta, deb javob beraman.
"X"azon kabi sochilgan hayol,
"S"iniqlarin yerdan teraman!
"H"ayot bilan bo'lmas kelishib,
"I"staganin ko'radi ravo...
"M"iyig'ingda kulasan-u lek,
"A"slida-chi hammasi rasvo...
"S"avol oddiy tanish jumlalar,
"M"ening holim barchaga qiziq.
"A"ytolaman yaxshiman deya,
"N"ursiz yuzda aks etib chiziq...
Yo Robbim, shunday yurak berginki, - tosh otsalar gul otayin!
Yo Robbim, shunday iymon berginki, - qabrda tinch yotayin!
Yo Robbim, shunday hayot berginki, - ibodatim har on qilayin!
Yo Robbim, shunday muhabbat berginki, - Ishqingda kuyayin!
Yo Robbim, shunday ko‘z yosh berginki, - gunohlarim yuvayin!
Қалб оғриғи нима? У қаердан келади? Қалб қандай оғрийди? Оғриқ борлиги ичингизда аста-секин сизни ҳаётдан узоқлаштирувчи муаммо борлигини айтади холос.

Муаммо нимада? Кечирмаслик, айблаш, нолиш, хафа бўлиш, кутиш, соғиниш, кўнгил қолиши, жаҳл қилиш замирида сизнинг кечаги кун билан яшашингизда!

Орқага қараманг! Кечиринг, яна кечинг! Орқага қараманг! Унутинг дуо айланг! Орқага қараманг! Соғинманг, кутманг! Орқага йўл йўқ! Жаҳлингизни йиғиштириб қўйиб келажак сари олға юринг...

Енгасиз! Аллоҳ сиз билан! Зотан бу дунё қалбга озор беришга арзимайди....
Live stream started