Sevgi haqida sherlar
6.39K subscribers
434 photos
512 videos
2 files
375 links
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi

Admin👉 @bank_of_islam
@Zahriddin2004
Download Telegram
Uzun kipriklaring
Qalbimga qada,
His qilgin
Ko'nglimning senga zorligin,
Men seni bag'rimga
Bosgan kechada,
Angladim olamda
Quyosh borligin..

Tomchi ko'zyoshlaring,
Ko'zlardan qulat..
Baxtni tuhfa etdi.
Nahotki hayot,
Men seni bag'rimga bosdim
Sukunat
Yurak urushimiz tingladi
Voy dod..)

Men uchun
Har nega tayyormisiz de?
Sen uchun olamdan
Butkul kechaman.
Senda sevinch ko'zyosh
Menda-chi kulgu..
Men seni bag'rimga
Bosgan kechada..

Dunyo tashivishidan
Bo'lgandik zada.
Sen ham vujudimdan
His qilganing taft..
Men seni bag'rimga
Bosgan kechada
Angladim hayotda
Mavjud ekan baxt..

Men seni
Bag'rimga bosgan kechada..)

Faxriyor Baxtiyorov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Bor.

Ortimga qarab bir o‘yladim bugun,
Keng dunyo ko‘zimga bo‘lib ketdi tor.
Og‘ir yuk kabi bir yurakda tugun,
Hech kimga aytmagan ko‘p sirlarim bor.

Zulmat pardasiga chekinib botgan.
Tunning og‘ushiga ildizin otgan.
Yuragim qariga tosh bo‘lib qotgan.
Hech bir banda bilmas gunohlarim bor.

Manguga ko‘zlari yumilib qolgan.
Hech chiqmas ovozi bug‘ilib qolgan.
Yurak qat-qatiga ko‘milib qolgan.
Hech qachon o‘shalmas armonlarim bor.

Bir kun kukni quchar, nur bo‘lib porlar.
Bahor bo‘lib yashnar eritib qorlar.
Yashashga kuch berib oldinga chorlar,
Cheksiz, sarhad bilmas orzularim bor.

Baxtimga onam bor omadim kulgan.
Har bir damda hamroh men bilan bo‘lgan.
Volidam onam va Allohga bo‘lgan.
Yurakdan tugamas muhabbatim bor.

Sobitjon Eshtemirov. 2023. Avgust.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Forwarded from Yor Yor zo‘rtv kanali
Shunday notcoin vaucherlar boʻlsa yaxshi narxga sotib olamiz
@kamol_oka
Sizdan kechib  boʻlmas ekan

Hotiralar qurshovida
Mehr aslo oʻlmas ekan
Yaxshi, yomon oʻlchovida
Sizdan kechib boʻlmas ekan.

Dunyo qarshi  boʻlsa hamki
Ming paymona toʻlsa hamki
Soʻnggi umid soʻnsa hamki
Sizdan kechib boʻlmas ekan.

Bitta boʻlsa, mendir yomon
Qalbimda siz, aniq, hamon
Kelsa  kelsin, ohir zamon
Sizdan kechib boʻlmas ekan.

Davo yoʻqdir ishq dardiga,
Koʻngil koʻnmas soʻz gardiga.
Boqmang qiyo, qiz mayliga
Sizdan kechib boʻlmas ekan.

Atirgullar soʻlmasin hech
Shomurod, gʻam toʻlmasin hech
Hechdan koʻra,  boʻlmasin kech
Sizdan kechib boʻlmas ekan.

Shomurod Axmad

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Рамазон Ҳайити муборак бўлсин биродарлар 🤲

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
ALLOH UCHUN SEV

Qaldirg'ochmas sevgi har yili kelgan,
Hohlasa to'fondir g'azabga to'lgan.
Sevgi bu--Farhoddir SHerin deb o'lgan,
Savsang faqat bir insonni sev.
Havas emas, hayot uchun sev.

Sevmagan qalblarga armondir sevgi,
Tuzalmas dardlarga darmondir sevgi.
Jannatga chorlagan tomondir sevgi,
Sevsang faqat Alloh uchun sev.
Havas emas, hayot uchun sev.

SHirin azob sevgi, mehrdir sevgi,
Alloh bergan tuyg'u, sehrdir sevgi.
Zuhroni deb oqqan Tohirdir sevgi,
Sevsang faqat bir insonni sev.
Havas emas, hayot uchun sev.

Baxtlidir sevgining qadriga yetgan,
Alloh uchun sevib, bir qo'lni tutgan.
Mahkam tut baxtingni, qaytmaydi ketgan.
Sevsang faqat Alloh uchun sev!
Havas emas, hayot uchun sev!

Kurashgan oshiqqa baxt berar sevgi,
Alloh bor qalblarga axt berar sevgi.
Chin sevgan g'aribga taxt berar sevgi.
Sevsang faqat bir insonni sev!
Havas emas hayot uchun sev!

Yurakdan sevganni sevadi Alloh,
Sinaydi, qiynaydi lek berar panoh.
Sevgini xor qilmoq bu ham bir gunoh,
Sevsang faqat Alloh uchun sev!
Havas emas hayot uchun sev!

Islombek Murodillayev 2020-yil

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Uzun kipriklaring
Qalbimga qada,
His qilgin
Ko'nglimning senga zorligin,
Men seni bag'rimga
Bosgan kechada,
Angladim olamda
Quyosh borligin..

Tomchi ko'zyoshlaring,
Ko'zlardan qulat..
Baxtni tuhfa etdi.
Nahotki hayot,
Men seni bag'rimga bosdim
Sukunat
Yurak urushimiz tingladi
Voy dod..)

Men uchun
Har nega tayyormisiz de?
Sen uchun olamdan
Butkul kechaman.
Senda sevinch ko'zyosh
Menda-chi kulgu..
Men seni bag'rimga
Bosgan kechada..

Dunyo tashivishidan
Bo'lgandik zada.
Sen ham vujudimdan
His qilganing taft..
Men seni bag'rimga
Bosgan kechada
Angladim hayotda
Mavjud ekan baxt..

Men seni
Bag'rimga bosgan kechada..)

Faxriyor Baxtiyorov

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Agar sizda notcoin qolib ketgan bo’lsa 20 aprel yana vaucher qilib sotsangiz bo’ladi shu link orqali shartni bajarib MYton Walletni tortib olishilar kerak

https://t.me/TONStartBot/app?startapp=r-259088971
* * *

Kimlarnidir qo‘yib qo‘ysang osmoningga,
Yulduzlaring uzib-uzib tashlaydilar,
Izn bersang ega chiqib ummoningga,
Baliqlaring o‘ldirishni boshlaydilar!

Bir oz ochsang qalb atalmush qarorgohni,
Kirib alvon gilamlarin topdaydilar.
Keragidan bir oz ko‘proq mehr bersang,
Haddan oshib taltayishni boplaydilar.

Joning fido qilib ko‘rgin,
Yo, alhazar,
Jondan judo qilishdan ham toymaydilar.
Dil bog‘ingni sara-sara gulin tutsang,
Chaman qurib bitmaguncha qo‘ymaydilar!

Makr bilan ishonchingni olib obdon,
Keyin seni ming kuylarga soladilar.
Nafing tegmay qolsa agar bil o‘shal on,
O‘zga ovga imkon izlab qoladilar!

O‘z qadrini bilmaslarni qadrlasang,
Kunlaringni hasrat bilan to‘ldirarlar,
Sevishinga amin bo‘lib qolsalarchi,
Firoq etib kunda ming bor o‘ldirarlar.

Kimlarnidir qo‘yib qo‘ysang osmoningga,
Yulduzlaring uzib-uzib tashlaydilar,
Izn bersang ega chiqib ummoningga,
Baliqlaring o‘ldirishni boshlaydilar!

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
* * *
Sog‘inch jondan o‘tgan kunlarim haqqi,
Izillab yig‘lagan unlarim haqqi,
Bir mijja qoqmagan tunlarim haqqi,
Mazur tutasanu, seni tark etdim,
Sog‘-salomat bo‘lgin, butunlay ketdim!

Poyinga to‘shalgan qadrlar uchun,
Dimog‘ing to‘ldirgan kibrlar uchun,
Qon qo‘shib yutilgan sabrlar uchun,
Mazur tutasanu, seni tark etdim,
Sog‘-salomat bo‘lgin, butunlay ketdim!

Ming bor avf etilgan gunohlaring deb,
Hammasi qalbaki oh-vohlaring deb,
Sen kecha olmagan “panohlaring” deb,
Mazur tutasanu, seni tark etdim,
Sog‘-salomat bo‘lgin, butunlay ketdim!

Mehr evaziga zulmni olib,
Qishdek muz qo‘lingdan qo‘limni olib,
Hamma gunohlarni bo‘ynimga olib,
Mazur tutasanu, seni tark etdim,
Sog‘-salomat bo‘lgin, butunlay ketdim!

Ko‘nglimdek bo‘lmading, ko‘ngling bo‘lmadim,
Baxtga eltadigan yo‘ling bo‘lmadim,
“Azizang”, “Malaging”, “Guling” bo‘lmadim,
Mazur tutasanu, seni tark etdim,
Sog‘-salomat bo‘lgin, butunlay ketdim!

Bilaman, pinaging buzmaysan xatto,
Senga ishonganim aslida xato!
Men emas, ushbuni istadi Xudo,
Mazur tutasanu, seni tark etdim,
Sog‘-salomat bo‘lgin, butunlay ketdim!

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Yuragimda..

Siz boshqacha chiroyli,
Oy qiziga oʻxshaysiz.
Shu bugundan xoziroq,
Yuragimda yashaysiz.

Asrab saqlab avaylab,
Sira gʻamni bilmaysiz.
Joylab olay ataylab,
Yuragimda yashaysiz.

Kech boʻlmadi sezdimda,
Dilga davo topgaysiz.
Siz keraksiz siz menga,
Yuragimda yashaysiz.

Aytay gulim erkalab,
Soʻzdan ranjib qolmaysiz.
Tunda kechda ertalab,
Yuragimda yashaysiz.

Soʻzim  naqdir iqror shu,
Siz boshqacha bilmaysiz.
Chiroyligim goʻzalim,
Yuragimda yashaysiz...

Nurullo Nurliy

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Қўлимдан келсачи сизни унутмоқ,
Уддалай олсамчи воз кечишни ҳам?!
Енгилиб, бош олиб кетсачи фироқ,
Бир пулга тенг бўлиб тугаса алам?!

Яна Баҳор келса гулласамчи дув,
Яна ёниб қарши олсамчи Кузни?!
Ёнимда бир кўнгил турсачи сулув,
Танимай ўтсамчи кўрганда сизни...

Кимдир жойласачи жонига,
Севиб,
Кимнидир эритиб қўйсам меҳрда?
Сиз ҳам ўзгасини қучоқлаб туриб,
Мени кутсангизчи муштоқ, сабрда...

Қўлимдан келсачи сизни унутмоқ,
Бошқа бутламасам бузилган уйни.
Сизга мумкин бўлмас ҳатто соғинмоқ,
Ўзгага севдим деб айтганим куни!

Ичим ачияпди сизга негадир,
Баҳорда ҳеч ким бир эсламас  Қишни.
Бизни яхши кўриб турганда кимдир,
Яхши кўрмасларни унутиш ишми?!

©Малика Салимова

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Sen haqingda o'ylasam bir zum

Sen haqingda o'ylasam bir zum
Dunyo go'yo senga o'xshaydi
Avvaliga borini berib
Bir chekkadan ola boshlaydi

Sen haqingda o'ylasam bir zum
Qalbdagi cho'g' yonadi shu on
Yurak degan bir bechorani
Yana-yana yoqar begumon

Sen haqingda o'ylasam bir zum
Ko'zlar yana yoshga to'ladi
Seni sevib o'lgan bu ko'ngil
Yana qayta-qayta o'ladi

Sen haqingda o'ylasam bir zum
O'tmish bugun bo'lib qoladi
Hatto tunlar uzundan-uzun
Kun qariga zulmat cho'kadi

Sen haqingda o'ylasam bir zum
O'ylamasdan bo'larmi axir
Nima sabab hech tushunolmayman
Senla o'tgan kunlarim taxir

Sen haqingda o'ylasam bir zum
Kulgu ketar oylar yo'qolib
Eski hayot eskicha tuzum
Hamma baxtli bitta men qolib

✍🏻Xushnudbek

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
"Yomgʻirlar ortingdan ketyapdi, bebosh."

Toʻla deya tutgan, qadahlarim boʻsh,
Sharoblar oʻrniga quyulmoqda yosh,
Sensiz baxt, menga boʻlmaydi yondosh,
Yomgʻirlar ortingdan ketyapdi bebosh.

Samoda makonin quryabdi koʻnglim,
Yomgʻirdek, ostonang yuvyabdi yoshim,
Visolning poyida turar bardoshim,
Yomgʻirlar ortingdan ketyapdi bebosh.

Sarxush bu koʻnglimni, otding armonga,
Yoʻllari berk boʻlgan oʻzga makonga,
Qoʻl silkib bariga ketding gumonga,
Yomgʻirlar ortingdan ketyapdi bebosh.

Bilsayding, togʻlardan ulkan bu dardim,
Sogʻinchdan azobga toʻlgan yuragim,
Sensiz yakun topar, balki bu umrim,
Yomgʻirlar ortingdan ketyapdi bebosh .

Taqdirning izmida baxtim ovvora.
Beozor yigʻlaydi, yurak bechora,
Qaytishing gumon lek, koʻndim nachora,
Yomgʻirlar ortingdan ketyapdi bebosh.

Muallif:Eldorbek.

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Bir ajoyib kun edi,
Qushlar sayrashib bogʻdan.
Shu dam Rasulimizga...
Vahiy keldi OLLOHdan.

Odatda Jabroil,
Kelganda xabar olib..
Koʻrinardi oʻzgarib
Xar xil qiyofa solib.

Bu gal jim keldilarda,
Koʻzlarida yosh toʻldi.
Yigʻlab Rasulimizning,
Yelkasiga bosh qoʻydi.

Rasulimiz dediki...
Ey Jabroil birodar !
Nega buncha xafasan,
Keldimi noxush xabar !?

Bu koʻzdagi yoshlaring,
Qiyomatdan nishonmi !?
Yoʻq Janobi Paygʻambar !
Keltirdim bir mehmonni !

Men bilan mehmon boʻlib,
Keldi Azroil bugun.
Oʻgʻlingiz yosh joni,
Qabis qilinar bu kun.

Dod ! dedi Rasulimiz,
Qanday koʻrgilik yomon.
Choʻkkalab qoldi yerga,
Bu qandayin imtihon !?

Va aziz koʻzlariga,
Yosh quyildi shashqator.
Endi qandoq qilayin !
Ex Jabroil birodar.

Jabroil yigʻlab dedi..
Duo qiling OllOHga.
Shubxasiz qabul boʻlar,
Balki olar panohga.

Koʻkda bor farishtalar,
Duodadir siz uchun.
Umr soʻraymiz biz ham,
Murgʻak oʻgʻlingiz uchun.

Siz dunyodan oʻtguncha,
Oʻgʻlingiz tirik yursin.
Qarigan chogʻingizda,
Sizga bir suyanch boʻlsin.

Siz dunyodan oʻtgan soʻng,
Merosdir avvalambor.
Oʻgʻlingizni Rasul deb,
Saylar degan hadik bor.

Axir bitta qalb boʻlsa,
Bir muhabbat jo boʻlar.
Tanlang oʻgʻil  ummatni,
Birisi bajo boʻlar.

Ey Jabroil birodar,
Achchiq savdo yegayman.
Menga ixtiyor berasa...
Ummatimni degayman.

Bu dunyoga oʻgʻlimga
Umr soʻrab kelmadim
Vidolashib olishga,
Fursat bormi bilmadim.

Shunda Jabroil dedi...
Soʻzini ado qilib.
Azroil kutar izin,
Bir sizdan hayo qilib.

Rasululloh shoshdilar,
Dilbandini yoniga.
Naxot vidolashadi,
Olov toʻldi qoniga.

Qarasaki farzandi,
Ancha sogʻayib qolgan.
Bir oʻyin oʻynagani,
Toʻrt beshta yongʻoq olgan.

Qani keling yonimga !
Chaqirib koʻz qorasin.
Dedi Rasul kuch topib,
Yashirib koʻz jolasin.

Uyimizda mehmon bor,
Ey farzandi mexribon.
Siz safarga ketasiz,
Salomlashing boribon.

Otasining qoni bor,
Va odil tarbiyali.
Ota ! Unda tez borib,
Yangi libos kiyaymi ?

Dod dedi Rasululloh,
Koʻzlariga toʻymaydi.
Oʻgʻlim siz borar joyda,
Yangi libos boʻlmaydi.

Birdan tushundi farzand,
Sezdirmasdan nadomat.
Shu yongʻoqni qaytaring,
Olgan edim omonat.

Yana olov koʻpchidi,
Rasulimiz qonida.
Omonatchi farzandi,
Nobut boʻlar yonida.

Yoʻl boshlang unda Ota !
Oldin yurmogʻim uyat.
Taqvodor oʻgʻlin oʻylab,
Yana yondi bir fursat.

Yoʻl yoʻlakay Dilbandi,
Xayirlashdi Birma bir.
Saxobalar hayratta,
Bunda bordir qanday sir !

Uyga yetib kelganch soʻng,
Koʻrdiyu Azroyilni.
Mehmon deganingiz bu,
Qoʻrqitdi azoyimni.

Ha koʻzimning qorasi,
Sovuq qoʻrqinchlidir bu.
Bu mehmon kelgan uyda,
Bosib ketadi qaygʻu.

Dilbandining boshiga,
Ogʻriq turdi dafatan.
Boshim qattiq ogʻridi,
Yordam bering Otajon.

Rasulimiz chidolmay,
Yurak bagʻrini oʻydi.
Farzandining boshini,
Tizzalariga qoʻydi.

Qayerdasiz Jabroyil,
Sizni birodar derdim.
Jonin qiynamay olsin,
Oʻgʻlim OLLOHga berdim.

Bir qaltirab turdida,
Jismi ogʻriqdan toʻydi.
Joni chiqar chogʻida,
Soʻngi bor kulib qoʻydi.

Farzandini yuvdilar,
Kafanladi oʻzlari.
Tuproqqa qoʻygandan soʻng,
Yoshga toʻldi koʻzlari.

Shunday ogʻir damlarda,
Ummatim degan Zodga.
Salovat aytmasak gar,
Uchragaymiz laʼnatga.

Bu bir ibrat qissasi,
Ibrat boʻlsin moʻminlar.

Muallifga Rahmat

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Meni seving borligimcha.

Sizga ravo yorligimcha.
Ozroq feʼlim torligimcha.
Mehrlarga zorligimcha.
Meni seving borligimcha.

Qismat xato ketdi demang.
Senday noshud bitdi,demang.
Essiz umrim oʻtti demang.
Meni seving borligimcha.

Oʻzgalarni olov bilmang.
Yuragimni boʻldi, tilmang.
Xasta holman, pinxon kulmang.
Meni seving borligimcha.

Har gulning oʻz ifori bor.
Sovuq qishning bahori bor.
Koʻp asal ham, zahari bor.
Meni seving borligimcha.

Chandon chiroy menda yoʻqdir.
Nafsi dunyom shukr, toʻqdir.
Bu sabrlar, charxi oʻqdir.
Meni seving borligimcha.

Atirgulda tikon boʻlar.
Lek hidlasa koʻngil toʻlar.
Toqat bilan taqdir kular.
Meni seving borligimcha.

Muxabbatim xazon qilmang.
Qadrlarim arzon qilmang.
Buncha bagʻri larzon boʻlmang.
Meni seving borligimcha.

Sizga ravo yorligimcha....
Meni seving, borligimcha...

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Forwarded from Pads bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥵Кундузи пашшалардан тунда чивинлардан чарчаганлар учун МАХСУС ЯНГИЛИК

🪰 Ёз фаслида пашша ва чивинлар кўпайиши турган гап !
😄 Бундай пайтда эса сизга махсус "Пашшахона" ёрдам беради
😄 Пашшахона сифатли маҳсулотлардан тайёрланган бўлиб тунингиз осуда ўтишини таъминлайди

1,90х1,60 баландлиги 1 метр

Эски нарх - 399 000 сўм

🎁 3 Кун Супер Акция Нарҳи 157 Минг сўм!

🚗 Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш хизмати МАВЖУД Махсулот қўлингизга теккандан сўнг тўлов қиласиз🤝

🙋‍♂Буюртма бериш учун кўк линк устига босинг👇👇
https://100k.uz/oqim/468435
https://100k.uz/oqim/468435
👆👆👆👆

🎁Бизда 100 Ҳилдан ортиқ товарлар Мавжуд мурожжат қилишингиз мумкун👇

📠 @Kamol_oka
SMS KELDI

Yuragimda hayajon,
Bosib titroqda bu jon,
Ochsammikan dil xayron,
Voydod sms keldi😍

Siqilib turdim bugun,
Koʻnglim bosib, gʻam tugun,
Birdan ochib yuz kulgun,
Voydod sms keldi🙈

Kimdan ekan sms,
Yurak dukilar tez-tez,
Oylik tushgan boʻlsa yes,
Voydod sms keldi🙊

Soʻrabdimi kechrim,
Xafa qilgandi erim,
Yomon qaysar bu felim,
Voydod sms keldi😉

Ming hayojonda ochib,
Ketsammkian shu qochib,
Shirin xabar bor chib-chib,
Voydod sms keldi☺️

Pul toʻlasez ulandi,
Megabyt tugadi,
Boʻlmasam choʻrniylandi,
Voydod sms keldi😜

Xamma boʻlganda ogoh,
Tushganda mehr nigoh,
Asrab qadrla panoh,
Voydod sms keldi🙈

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shaxirxoniy)

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz
Audio
SENI SOGʻINDIM

Kechib boʻlmas qoshu-koʻzindan,
Tildan chiqan shirin soʻzingdan,
Bitta oʻpay kulgan yuzindan,
Seni yomon sogʻindim, yorim.

Koʻzlarimga tor boʻldi dunyo,
Meni kechir deganday goʻyo,
Qani boʻlsa imkonlar roʻyo,
Seni juda sogʻindim, yorim.

Har bir inson yurishsin ishi,
Yurishmasa, yoʻqlamas kishi,
Goho oʻtmay qoladi tishi,
Qadrin yomon bilindi, jonim.

Suratingni quchoqlab yotib,
Takror-takror shu soʻzni aytib,
Borolmayin yoʻlardan qaytib,
Seni juda sogʻindim, yorim.

Umid bilan kutib yoʻllaring,
Ushlab olsam shunday qoʻllaring,
Quchib olib nozik belaring,
Seni yomon sogʻindim, jonim.

Kimlar bildi, kimlar bilmadi,
Telbasan, - deb ermak ham qildi,
Chin sevgimni tushunishmadi,
Seni yomon sogʻindim, jonim.

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shaxirxoniy

http://T.me/sevgi_haqida_sherlarimiz