Sharipov Abror
1.71K subscribers
178 photos
2 videos
59 files
331 links
ТТА Термиз филиали ҳаётига боғлиқ янгиликлар билан ўртоқлашамиз
Download Telegram
‼️PIMU bu yilgi qabul natijalari chiqdi!!!

Ma'lumot uchun:
30% va undan baland olgan talabalar o'qishga kirgan hisoblanadi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
‼️Yakshanba kuni 15.10.2023 ordinatura bo'yicha DTM tomonidan imtihon o'tkaziladi!!!

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Hozirgi 5-6 kurs talabalarining 100 ballik testdan olgan natijalari 5 baholik tizimga qanday o'tkaziladi?

60 balldan - 69,4 ballgacha 3️⃣ baho
69,5 balldan - 89,4 ballgacha 4️⃣ baho
89,5 balldan - 100 ballgacha 5️⃣ baho

Shuningdek, qaydnomada testning natijalarini qo'yiladigan baholarda yaxlitlash bo'lganligi uchun ham talaba uchun yaxlit butun baho qo'yiladi. Masalan: 70 olgan bo'lsa ham 89 olgan bo'lsa ham talaba uchun yaxlit "4" baho qo'yiladi.

P.S.: 60 balldan past to'plaganlar testdan o'tmagan hisoblanadi (hatto 59,9 ball olgan bo'lsa ham).

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
‼️6-kurs talabalariga an'anaviy tarzda darslar dushanba kundan (16.10.2023) boshlanadi!!!

Barcha 6-kurs talabalarini platformada joylashtirilgan dars jadvali bo'yicha siklga dushanba kunidan darsga chiqishlarini so'raymiz.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Forwarded from TTATF |Rasmiy kanali
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

👍 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

🏫 Shu munosabat bilan, TTA Termiz filiali "Yil talabasi -2023" tanloviga start beradi!

➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boyicha g‘oliblar aniqlanadi:
🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

➡️ Nomzodlarning ariza va hujjatlar to‘plami "Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi"ga 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Fakultet bosqichi joriy yilning 9-12-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rasmiy sahifalari:
📱 Telegram |📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Mадина Каримова
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

Ertaga 15-noyabr kuni Termiz shahar San'at saroyida taniqli san'atkor Jaloliddin Axmadaliyev va Ellmurod Xaqnazarovlarning jonli ijrosida konsert dasturi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🏫 Shu munosabat bilan TTA Termiz filialining talaba yoshlari va xodimlarini ushbu konsertga taklif etamiz!

Vaqti: 15-noyabr, soat 12:00 va 17:00

✔️ Narxi: 125.000 so'm

Chiptalar soni chegaralangan!

Murojaat uchun👇
@madinkarimova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar talaba bitta fandan birinchi paraga kechikib kelsa, o'sha fanning keyingi paralariga ham "nb" qo'yiladimi?

Javob: Buning hammasi fanning xususiyatlariga bog'liq. Kalendar tematik reja bo'yicha fan 4 soatlik darsdan iborat bo'lsa, demak talaba kechikib keladimi yoki umuman kelmaydimi o'sha kunga 4 soatga o'zlashtirmagan ("nb") hisoblanadi.

Faqatgina quyidagi holatlarni hisobga olish zarur. Fan ma'ruza, amaliy mashg'ulot, laborator mashg'ulot va klinik mashg'ulot turlariga bo'lingan taqdirda birinchi parada olgan "nb"si faqatgin bitta turdagi mashg'ulotga qo'yiladi xolos. Masalan, birinchi para ma'ruzaga kech qolgan talaba ma'ruzaga nb olib, o'sha fanning keyingisi amaliy mashg'ulotiga bemalol ishtirok etishi mumkin.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Hozirgi 5-6 kurs talabalari OSCE dan yiqilsa, yakuniy testgacha yana bir marta "zaxod" (qayta topshirish)ga ruxsat beriladimi?

Javob: ON yoki YN turiga kiritilmagan yoki "2" bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. OSCE nazorat turi yakuniy nazorat turi ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, undan yiqilgan talaba keyingi yakuniy nazorat turi bo'lgan testga qo'yilmaydi va u akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor hisoblangan talabalarga keyingi semestrdan boshlab 1 oy qayta topshirish uchun muddat beriladi. Agar ON va YN dan qarz bo'lsa ON va YN ni topshiradi. JN, ON va YN qarz bo'lsa undan uchchala nazorat turini ham topshiradi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Turkiyaning Ankara universitetidan professor ma'ruzasi rejalashtirilgan❗️

Vaqti
: 21-22 noyabr 2023 yil, soat 12:00
Joyi: 2-qavat ma'ruza zali
Ma'ruzachi: Anatomiya kafedrasi mudiri professor Ayhan Comert

P.S.: Ankara universiteti 1946 yilda tashkil topgan bo'lib, Turkiyaning oliy ta'lim muassasalari ichida yetakchi hisoblanadi va jahonning top 1000 talik universitetlariga kiradi.

——-

A professor's lecture is planned from Ankara University, Turkey❗️

Time: November 21-22, 2023, 12:00 p.m
Location: 2nd floor lecture hall
Speaker: Professor Ayhan Comert, Head of the Department of Anatomy

P.S.: Ankara University was founded in 1946, it is the leader among the higher education institutions of Turkey and is included in the top 1000 universities of the world.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Qaysi fanlar qanday shaklda yopiladi?

Imtihonlar qaysi fanlardan o'tkazilishi haqidagi jadvalni e'tiboringizga havola qilamiz.

P.S.: Sinov degan shakl bu joriy nazorat bilan yakunlanadigan fanlarni nazarda tutadi.

——
Which subjects will taken in what form?

We bring to your attention the table of the subjects in which the exams will be held.

P.S.: The test form refers to the subjects that will be completed with the current control.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Pediatriya yo'nalishi uchun❗️

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
‼️Qishki ta'tildan so'ng 2 hafta malakaviy amaliyot!

1, 2 va 3-kurs davolash yo'nalishi talabalariga 08.01.2024-20.01.2024 oralig'ida o'zi yashab turgan hududda qishki amaliyot o'tishi belgilandi. Ma'lumki bir o'quv yili davomida 1-kurslar 4 hafta, 2 va 3-kurslar 6 hafta amaliyot o'tashi belgilangan. Shuning 2 haftasi qishki ta'tildan so'ng, qolgani esa yozda o'tashi belgilandi. Shu munosabat bilan qaytish biletlarini olishda ushbu sanalarni hisobga olib qo'yishingizni so'raymiz.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Talabalik guvohnomasi kerakmi?

Xabaringiz bor, talabalik guvohnomasini chop qilib berish amaliyoti Hemis tizimiga o'tilgandan keyin to'xtatib qo'yilgan edi. Lekin kundalik hayotimizda: bilet olishda yoki boshqa holatlarda ushbu guvohnomaga talab bo'lganligi sababli, Hemis tizimida talabalik guvohnomasini olish imkoniyati qo'shilgan. Shu munosabat bilan kimga talabalik guvohnomasi kerak bo'lsa dekanatga uchrashsangiz sizga guvohnoma shakllantirishadi va uni xoh elektron xoh o'zingizni hisobingizdan printerda chop qilib yoningizda olib yurish imkoniyatingiz mavjud.

P.S.: ko'rinishi yuqoridagi rasmdagidek bo'ladi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
❗️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi muborak!

Baxodirov Sardor Baxodir o'g'li nufuzli sovrin muborak bo'lsin!

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
O'zbekiston_Respublikasi_Prezidenti_va_nomli_davlat_stipendiyalari.pdf
3.9 MB
2023/2024-o’quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarining g’oliblari e’lon qilindi.

Barcha stipendiya sohiblarini tabriklaymiz.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
❗️Nufuzli stipendiya muborak!

Shuningdek:
O'roqova Umida Islom Karimov nomidagi stipendiya sovrindori
Surabova Jasmin Ibn Sino nomidagi stipendiya sovrindori bo'lishdi.

Barcha sovrindorlarni tabriklaymiz!

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Forwarded from TTATF |Rasmiy kanali
🏫 "Yil talabasi -2023" Respublika tanlovining Filial bosqichi natijalari bilan tanishingi!

➡️Tanlovda quyidagi 6 ta nominatsiya boyicha g‘oliblar aniqlandi:

🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
Kurbanova Sabina Tavakalovna-🥇
Ashurova Shaxnoza Ortiq qizi-🥈

🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
Rayimnazarov Shaxzot Muhiddin o‘g‘li-🥇
Marupov Javohir Isomiddin o‘g‘li-🥈
Xurramova Kamola O‘ktamovna-🥉

🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Boboyorova Hayitoy Uchqun qizi-🥇
Toshniyozov Hasan Berdiyor o‘g‘li-🥈

🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
Ismoilov O‘tkir Sultonbek o‘g‘li-🥇
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi - 🥈

Shukurova Barchinoy Abdulhofiz qizi👏
Nuraliyeva Madina Ergash qizi - 🥇
Raxmatulloyeva Shaxlo Sherzod qizi -🥈

🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi
Qo‘shoqova Gulhayo Bahodir qizi - 🥇

👏G'oliblarning bundan keyingi ishlariga omad tilaymiz

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rasmiy sahifalari:
📱 Telegram |📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube | 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Malakaviy amaliyotning bekor bo'lgani haqida tarqalgan xabarlar yolg'on!!!

Ba'zi guruhlarda go'yiki mening kanalimda qishki malakaviy amaliyot bekor qilinganligi haqida xabar tarqatilgan ekan. Bu xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligini, reja qilinganidek 1-3 kurslar (3-kurs "Pediatriya" yo'nalishidagi talabalar bundan mustasno) qishki ta'tildan so'ng 2 hafta malakaviy amaliyot o'tashlari belgilab qo'yilgan.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror