Sharipov Abror
1.74K subscribers
178 photos
2 videos
59 files
330 links
ТТА Термиз филиали ҳаётига боғлиқ янгиликлар билан ўртоқлашамиз
Download Telegram
Joriy nazoratdan 60 balldan past ball ham umumiy JN hisoblashda hisoblanadimi?

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali ma'muriyatining 2023/2024-o'quv yili uchun bu boradagi qarori ijobiy bo'ldi. Ya'ni talaba joriy baho olish davomida 30 ball, 50 ball va h.k. olgan bo'lsa semetr oxirida o'rtacha joriy nazorat balini hisoblashda ushbu ballar ham hisobga olinib, o'rtachasi chiqarib olinadi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
So'rovnomalarda ovoz berishlar

Yakuniga yetayotgan yilning so'nggi kunlarida, internet kanallari “eng, eng, eng” tanlovlarida ovoz berishga da'vat etuvchi chaqiriqlar bilan to'lib-toshayapti. O‘zimizda o'tgan shunday bir tajribam haqida hikoya qilmoqchiman.

Bir kuni "Eng yaxshi nomzod" deb nomlangan, go'yoki rasmiy manbalardan kelib chiqqan bir so'rovnoma bizga yetib keldi. Bu so'rovnoma shunchaki ahamiyatsiz bir o'yin emas, balki jamoatchilik fikrini o'lchashning muhim vositasi kabi ko'rinardi. Biz ham butun jamoa ishtiyoq bilan qatnashdik va sa'y-harakatlarimiz natijasida yuqori o'rinlarni egalladik. Biroq, va'da qilingan mukofotdan darak bo'lmadi. Aslida, bu kanalning maqsadi so'rovnoma o'tkazish emas, balki obunachilar sonini oshirish ekanday tuyuldi nazarimda.
O'tgan kunlar va haftalar davomida, men ushbu kanalning haqiqiy niyatini anglab yetdim. Ular obunachilar sonini oshirish maqsadida bu kabi so'rovnoma va tanlovlarni tashkil etishgan. Vaqt o'tishi bilan, kanal pullik reklamalar bilan shug'ullanishni boshladi. Men esa o'zimni yosh boladek aldanib qolgan his qildim.

Shu yili yozda, biz kanaldan ta'lim bilan bog'liq muhim bir e'lonimizni chop etishni so'radik. Lekin ular bizdan xizmatlar pullik ekanini ta’kidlashishdi. Bu meni yanada hayratga soldi, chunki ular bizga avvalgi so'rovnomada va'da qilingan mukofotni berishni rad etishgan, uning o’rniga shu e’lonni chop qilishni so’rasakda “yo’q” degan javob oldik.

Bu tajribadan so'ng, men bir narsani tushunib yetdim: har qanday ovoz berishda ishtirok etishdan oldin, uning manbai va maqsadini diqqat bilan o'rganish kerak. Faqat rasmiy va ishonchli manbalardan kelib chiqqan ovoz berishlar haqiqatdan ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, hozirgi kunda Sog'liqni Saqlash Vazirligida o'tkazilayotgan "Eng namunali tibbiyot OTM" tanlovi yoki yaqinda Open Budjetda filialimizga stadion qurish bo'yicha loyihada qatnashishimiz juda muhim. Shuning uchun, sizdan iltimos, barcha ovoz berishlaringizni ahamiyatli loyihalarga asrab qo'yishingizni so'rayman. Faqat shu orqali biz o'z jamoamiz va jamoatchiligimiz uchun haqiqiy yutuqlarga erishishimiz mumkin.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
1-3 kurslarga, YN dan o'ta olmaganlarda qanday imkoniyat bor?

Yakuniy baholashdan qoniqarsiz baho olgan talabalarga dekanat ruxsati bilan bir marta YaBni qayta topshirishga ruxsat beriladi, ikkinchi qayta topshirish talabaning arizasiga binoan koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to'lov qiymati yozgi semestr uchun to'lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
1-davolash 5-kurs TOP 10 likka kirgan talabalar ro'yxati‼️

P.S. Talabalarning keyingi o'qishlariga ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
1-davolash 4-kurs TOP 10 likka kirgan talabalar ro'yxati‼️

Talabalarning keyingi o'qishlariga ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

P.S. Ba'zi talabalarning ballari bir xil bo'lgani uchun 10 talik ro'yxatiga 13 kishi kiritildi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
OTM Kengashidan:

Kimyo, biologiyadan yuqori ball olib DTMdan o'tib o'qishga kirgan talaba 1 kursda o'quv jarayonida fandan 5 olmasa nima deyish mumkin?

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
OTM Kengashidan:

PQ-38 qaroriga asosan endi tibbiyot OTM talabalari 2 bosqichda (3-kurs va 6-kursda) davlat test markazi tomonidan o'qib turgan fanlardan imtihon topshiradi.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Yoningizdagi sizga do'stmi yoki dushman⁉️

Zamonaviy ta'lim sohasida raqamlashtirish jarayonlarining keng qo'llanilishi, xususan Hemis tizimiga o'tish, davomat va baholashlarni raqamlashtirish kabi amaliyotlar hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Bu jarayonlar, qog'oz jurnallardan voz kechib, to'liq elektron platformalar orqali ish yuritishni talab qiladi va bu, mamlakatimizda so'nggi yillarda kuzatilayotgan raqamlashtirish tendentsiyalari bilan uyg'unlashgan holda, zamonaviy ta'lim muassasalarining asosiy talablaridan biriga aylandi.

Filialning nisbatan yangi tashkil etilganligi barchaga ma'lum. Endigina 6 yil to'lgan filialda o'ziga yarasha muammolar talaygina: malakali kadrlarning poytaxtda to'planib qolganiligini hisobga oladigan bo'lsak, Termizga kelishga hammaning ham xohishi yo'qligi, yaqindan boshlab xususiy universitetlar tomonidan nisbatan yuqori maosh taklif qilinayotganligi bois malakali kadrlarning xususiy sektorlarga o'tib ketishi. Shunday qiyin vaziyatlar fonida universitetning ilmiy salohiyatini ushlab turish yoyinki uni ko'tarish "uddalab bo'lmas vazifa" go'yo.

Qiyinchiliklarga qaramasan, butun Surxondaryoda javlon urib xizmat qilayotgan shifokorlarimiz doimo yordam qo’lini cho’zishga tayyor bo’lib kelishgan. Vohaning fidoyi shifokorlari filial tashkil etilishida shaxsan jonbozlik ko’rsatishgan, bundan tashqari uning ravnaq topishiga o’z hissalarini qo’shishga hamisha tayyorliklarini ifoda etib kelishgan. O’zlarining umr tashvishlarida o’z ishlari ko’p bo’lishiga qaramasdan xoh u nafaqada bo’lsin, xoh qaysidir shifoxonda bosh vrach bo’lsin, yoki bo’lmasa sog’liqni saqlash tizimida mas’uliyatli lavozim egasi bo’lsi “yaxshidan nom qoladi” shiori ostida shogirdlar chiqarish, o’z bilim va malakalarini yosh avlodlarga qolish maqsadida o’zlarini ayab o’tirganlari yo’q. Fursatdan foydalanib buning uchun bunday qadri baland ustozlarimizga chuqur hurmatimni izhor qilaman.

Ta'lim tizimining hujjatbozlik muammolari hamon mavjud bo'lib, bu vazifalarni takomillashtirish harakatlari davom etmoqda. Talabalarning davomati va baholashlari masalasi turli kafedralarda har xil tarzda yuritiladi: qaysidir kafedrada o’qituvchilar o’zi amalga oshirsa, qaysilarida esa mas’ul tayinlangan va yana qaysilarida hurmatli professor o’qituvchilarimizning shogirdlari bu vazifani amalga oshirishadi. Ushbu vazifaning amalga oshirilmasligi har doim salbiy fikrlarni tug’diradi. Xususan palonchi professor o’z ishiga sovuqqonlik bilan yondashibdi, pistonchi professor talabalarning baholash taqdiri umuman qiziq emas qabilida. Bu holatlar, ustoz va shogirdlar o'rtasidagi ishonchni sinovdan o'tkazadi, shu sababli "O'z yoningizda do'stlarni yoki dushmanlarni saqlayapsizmi?" degan savol tug'iladi. Bu, har birimiz uchun o'z-o'zimizga beradigan savol bo'lishi kerak.

Ushbu jarayonda, muassasamizning har bir a'zosi o'zaro hamkorlik va ishonchni mustahkamlash orqali, qiyinchiliklarni birgalikda yengishimiz mumkin. Ta'lim muassasasining har bir a'zosining sa'y-harakatlari, o'zaro yordam va qo'llab-quvvatlash tizimi, bizni kelajakda yanada yaxshi natijalarga erishishga undaydi. Ustozlarimizning fidoyiligi va shogirdlarning intilishi, filialimizni nafaqat ilmiy, balki ma'naviy jihatdan ham rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shunday ekan, biz bir-birimizga nisbatan do'stlik hissiyatini mustahkamlash orqali, muassasamizni yanada yuqori cho'qqilarga olib chiqishga qodir ekanligimizni unutmasligimiz kerak.

Kanalga ulanish:

👉https://t.me/SharipovAbror
Forwarded from Aziza Chorieva
🔴USMLE STEP1 offline tayyorlov kurslari
👆TTATF da ilk marotaba

👉Biz EMBRIOLOGY kursini boshladik!!!

🗣Biz bilan ham tibbiyotni, ham Ingliz tilini rivojlantiring!

👀Embryology kursi davomida quyidagi mavzularni o'rganasiz:➡️
1.Urug'lanish
2.Homila rivojlanishi
3.Eritropoez
4.Platsenta
5.Cardiovascular Embryology
6.Oshqozon-ichak tizimi Embriologiyasi
7.Urinary system Embryology
8.Jinsiy azolar rivojlanish Embryologiyasi
9.Respiratory system Embryology
10.Nerv tizimi Embryologiyasi

🗣Darslar 2024-yil 25-martdan boshlanadi

♦️Time- 16:00-18:00
♦️Haftasiga 3 kun
♦️Kurs narxi-200ming
♦️Manzil: TTATF O'quv binosi 1-etaj 103-xona

-Darslar o'zbek tilida tushuntiriladi♦️
-Darslar High Yield ma'lumotlar asosida o'tiladi🔹
-Klinik fikrlashni o'rganasiz🔹
-Har bir darsdan so'ng Case ishlaymiz🔥

🔴bu IMKONIYATNI QO'LDAN BOY BERMANG!!!

🔴⬇️Bog'lanish uchun 🔊

Teacher: Aziza Chorieva

+998917121989
@Dr_Aziza_USMLE

Administrator:
@Dr_madiiinaaa
+998910771004
Bayramda 4 kun dam olinadi!

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Pirogov stoli xarid qilish uchun openbudjetga ovoz berish boshlandi❗️

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari uchun virtual stol xarid qilish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, ovoz berishda faol bo'lishingizni so'rab qo'yamiz.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/b70e2d9a-ca2a-47a5-9fa2-a25e3dd27a24

Kanalga ulanish:

👉https://t.me/SharipovAbror
2023-2024 o'quv yili kuzgi semestrida necha nafar talaba a'lo baho bilan tugatdi?


1-davolash - 5 nafar
2-davolash - 29 nafar
Pediatriya - 10 nafar

Manba: Ilmiy Kengash

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
2023-2024 o'quv yili kuzgi semestri 1-kirishda talabalar eng ko'p o'ta olmagan fanlar qaysi?

Odam anatomiyasi - 374 nafar
Gistologiya - 110 nafar
Oftalmalogiya - 79 nafar
Tez tibbiy yordam - 58 nafar
Otolaringologiya - 58 nafar

Manba: Ilmiy Kengash

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
5-kurslar Nevrologiya siklidan eng ko'p xato qilgan test savoli❗️

Ko'ruv do'mboqchasining afferent yo'llarini ko'rsating:

Lemniscusmedialis
Tractusoptici
Tractusthalamocorticalis
Tractusrubrothalamicus
Tractusrubrospinalis

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror
Forwarded from Rasul To'raqulov
Assalomu aleykum xurmatli talabalar, Ushbu Hindistonlik talabaga tegishli bo'lgan pasport tushurib qoldirilgan. Iltimos ushbu pasportni topgan inson +99893-078-93-93 raqamiga aloqaga chiqishingizni so'raymiz. Topganga suyunchisi bor. Ushbu xabarni barchaga tarqating.
Forwarded from TTATF |Rasmiy kanali
#diqqat_e'lon
#grant

👥 TTATF talabalari uchun maxsus taklif!

Akademik mobillik doirasida Daegu Haany University da xalq tabobati yozgi maktabiga 2 haftalik amaliyot dasturi tashkil etimoqda!


Dastur davomiyligi: 14 kun.

Talablar:
- nomzodlar IELTS sertifikatiga ega bo’lishi lozim (7.5 va undan yuqori bo'lishi shart);
- nomzodlar 17-25 yosh oralig'ida bo'lishi lozim;
- Viza, sug’urta xarajatlari hamda nomzodning shaxsiy harajatlari nomzod tomonidan to'lanadi;


Talabalar uchun quyidagi imtiyozlar mavjud:
- Nomzodlar yotoqxona bilan ta'minlanadi;
- Aviachipta harajatlari qoplanadi;
- Kyonsan shahrining diqqatga sazovor joylari va muzeylariga sayohat;

🔗 Batafsil shu yerda

❗️Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha TTATF xalqaro aloqalar bo'limida qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
🕊Telegram:
@DoctorNorkhonov
📞Telefon:
+998941595946

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Bo'ladigan bola boshidan ma'lum❗️

Kecha 4-kurslar uchun o'tkazilgan ichki kasalliklar fanidan test sinovlari statistikasini e'tiboringizga havola qilmoqchiman.

Kanalga ulanish:
👉https://t.me/SharipovAbror