๐€๐‹๐Ž๐๐„_๐จ๐Ÿ๐Ÿ๐ข๐œ๐š๐ฅ๐Ÿ‘จโ€๐Ÿฆฏ
17 subscribers
788 photos
225 videos
31 links
#๐’๐š๐ฅ๐จ๐ฆ ๐ค๐š๐ง๐š๐ฅ๐ ๐š ๐ฑ๐ฎ๐ฌ๐ก ๐ค๐ž๐ฉ๐ฌiz
๐ŸŒˆ๐๐ฎ ๐ค๐š๐ง๐š๐ฅ๐๐š ๐š๐ฃ๐จ๐ฒ๐ข๐› ๐ซ๐š๐ฌ๐ฆ๐ฅ๐š๐ซ๐Ÿ–ผ
โšœ๐€๐ฃ๐จ๐ฒ๐ข๐› ๐ฏ๐ข๐๐ž๐จ๐ฅ๐š๐ซ๐ŸŽฅ
๐’Šน๏ธŽ๏ธŽ๏ธŽ๐’๐ญ๐š๐ญ๐ฎ๐ฌ๐ฅ๐š๐ซโœ๏ธŽ
๐“๐จ๐ฉ๐š๐ฌ๐ข๐ณ๐Ÿ”Ž
๐Ÿคฒ๐ˆ๐ง๐ฌ๐ก๐š๐š๐ฅ๐ฅ๐จ๐ก 1๐ค๐Ÿคฒ
๐Ÿ’”๐€๐‹๐Ž๐๐„ ๐Ž๐…๐…๐ˆ๐‚๐€๐‹๐Ÿ”’
Download Telegram
XIYONAT ( 10 QISM )

-Nonushta qilib oling
-Keragi yoq. Ishxonada ovqatlanaman.
-Hop.
Feruza yana idamay qoldi. Hadeb asabiylashiah siqilishlar unga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qo'ymadi. Kamiga oy kunigavoz qolganda qattiq shamollab qoldi.
Yarim tun. Kun issiq bo'lishiga qaramay u hech isimayapti. Ko'rpalarga o'ranib olsa ham juda sovuq .
Ohiri bo'lmadi. Zalda yotgan Farruhni oldiga chiqdi .
-Farruh aka ..hooy Farruh aka..
-Ha nima deysan.
-Mazam bo'lmayapti. Sovuq qotyapman judayam.
-Bor ana oyimga ayt.
-O'ziz chaqirib berin oyijonni. Aldayotganim yo'q rostan ham ...
-Charchaganman ertaga ishga borishim kerak. Meni bezovta qilaverma.
Feruza ko'z yoshlarini ichiga yutib sekin tashqariga chiqdi.
Zinadan tushayotganda boshi aylanib ehtiyotsizlik qilib yiqilib tushdi....
-Aaaa Farruh akaaa....oyijonnnn..
-Voy qizim sizga nima bo'ldi bu yerda nima qilyapsiz.. heey Farruh ... Qanisan. .dadasiii...
Isitmangiz judayam balandkuu. Haay Farruh dedim...
-Ha nima bo'ldi nega baqirasiz.
-Mashina top tezzz..
-Hop hozir.
Farruh ham endi rostmanasiga qo'rqa boshladi.
Feruza shifoxonaga yetib borguncha hushini yo'qotdi.
-Doktor ahvoli yaxshimi nima bo'ldi.
-Agar vaqtida olib kelganingizda hozir farzandingizni asrab qolishga ulgurgan bo'lardik....
-Nimmma...yoooooq...ahir..
-Kelinim yaxshimi yurak yutib so'radi oyisi..
-Uning ham ahvoli qoniqarli emas. Isitmasi tushmayapti. Biz qo'limizdan kelganini qildik bu yog'i Ollohdan.
-Uni ko'rsam bo'ladimi .
-Hozir iloji yo'q.
Shu onda yana bir hamshira chiqib kutish zalidagilarning biriga tabriklayman o'g'illi bo'ldingiz deb suyunchi oldi.
Farruhni ichidan bir nima uzilgandek bo'ldi. Hech narsaga qaramay tashqariga chiqib ketdi .ayni damda hech narsani o'ylagisi kelmas yuqoridan kelayotgan chaqaloqlarning ovozi yurak bag'rini o'rtab yuborayotgandi.
Qanchalik uzoqqa ketishga harakat qilmasin ovozlar tobora kuchayib borardi.
-Bo'ldiiiii bo'lddiiii iltimosss yetar.... Hohlamayman eshitishni istamayman...
Keragi yo'q. Men aybdorman. Hammasiga o'zim aybdorman...

Davomi bor...

๐Ÿ

#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 11 Qism )

-kelinimni ahvoli yaxshimi doktor.
-Bilasizmi bu yerdan olib ketganingiz maqulmikin uni.
-Nega nima bo'ldi.
-Palatadagilarning hammasining farzandi bag'rida. Ularni ko'rib battar ezilyapti. Shuning uchun uyga olib ketganingiz ma'qul deb o'ylayman.
-Mayli doktor. Tushunarli..
Farruh bitta mashina gaplash Feruzani olib ketamiz.
-Hop oyi.
Farruh Feruzani ko'rib yuragi muzlab ketdi. Uch kun ichida shunchalik o'zgarish mumkinmi.
O'sha kundan beri u Feruzani oldiga kirmagandi. To'g'rirog'i jur'ati yetmadi. Uni ko'zlariga qarashga kuch topolmasligiga ishondi. Uyga kelgach ham yurak yutib unga bir og'iz gapirolmadi. Feruza birov sudragudek bo'lib uyiga kirib ketdi. Ko'zlari xissiz ma'nosiz boqardi atrofga. Hamma yoq oq va qora rangga burkanib olgandek go'yo.. kech tushdi. Farruh tushundi butun umr undan qochib yurolmasligini.
-Feruza yur ovqatlanib ol...
-....
-Hohlasang shu yerga olib kelaman.
-Keragi yo'q. Hech narsa yemayman.
-Bunaqada kasal bo'lib qolasanku.
-Shunisi yaxshi .
-Kechir o'sha kuni men nohaqlik qildim. Meni deb..
-Bo'ldi keragi yo'q. Endi kech judayam kech.
-Iltimos unday dema.
-Biz gunohlarimizga yarasha jazoni oldik. Faqatgina hali tug'ilib yorug' dunyoni ko'rishga ham ulgurmagan norasida badal to'ladi biz uchun. Shunisi alam qilyapti. Unda nima ayb edi. Meni jonimni olsa bo'lmaamidi undan ko'ra.
-Unday dema jonim Feruz unaqa dema. Sen menga hali ko'p keraksan. Seni hech qayoqqa qo'yib yubormayman. Kechir iltimos meni kechir.
-Chiqib keting meni yolg'iz qoldiring iltimos meni tinch qo'yiiiing .
-Hop hop faqat yig'lama iltimos sen menga keraksan. Men ketaman.
Farruh tashqariga chiqib ketdi. Ichidan toshib kelayotgan alamni bosib turolmadi.
Ularni ko'rib ota onalari ham ezilib ketishdi.
-Nega bunday bo'ldi dadasi. Ahir hammasi yaxshi ediku. Nima bo'ldi farzandlarimizga . Qachob bunchalik begonalashib ulgurishdi.
-Siqilma onasi. Suv ham bir loyqalanib tinadi. Peshonasida bor ekan shu kunlar ham... hammasi o'tib ketadi. Vaqt hamma narsaga davo u oliy hakam.
-O'tib ketsin hammasi yana avvalgidek o'z holiga qaytsin.
-Ilohim onasi ilohim aytganing kelsin.

Feruza tizzalarini quchib o'tirganicha uzoq hayollarga berildi. Bir yarim yillik hayoti ko'z oldidan huddi kinotasmadek o'ta boshladi.
Farruh bilan ilk uchrashuvlari... Shirin entikib qo'ydi. Turmush o'rtog'i u nima desa barchasiga tayyor edi. Hatto sharoiti to'g'ri kelmay qolgan taqdirda ham bir amallab uning istagini muhayyo qilar edi. Qachon bunchalik qalbim qorayishga ulgurdi. Shunday insonni qadriga yetmadim. Nega nima uchun. Shunchalik inson qiyofasidan ham chiqib ketdimmi. Yo'q men ortiq bu yerda qololmayman. Haqqim yo'q. O'zimni ham ularni ham qiynashni istamayman. Eng to'g'ri yo'l ham shu .

Hovlida Farruh ham ich etini yeb o'tiribdi. Agar o'sha kuni unga e'tibor berganimda hozir bolajonim sovuq qabrda emas ota onasining issiq bag'rida bo'larmidi. Ahir men ham aybdorman... Mardlik qildim deb uni kechirdim. Ammo keyinchi o'zim ham xiyonat ko'chalariga qadam bosmadimmi. Kechir bizni bolajon. Ota onang qilgan xotolarga sen javobgar bo'lding. Kechir.... Seni oldingdagi aybimni hech qachon yuvolmayman. Vijdon azobi tinch qo'ymaydi meni. Kechirilmas xatoga yo'l qo'ydim. Uni albatta tuzataman. Avvalgi baxt qasrimizni tiklayman..

Davomi bor...
#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 12 Qism )

-Ketman qizim iltimos. Hali hammasi yaxshi bo'ladi.
-Yo'q oyijon meni majburlamang.
-Hop hech bo'lmasa Farruh kelsin.
-Qololmayman meni qiynamang.
Manzura opa zinada yig'lagancha qolaverdi...
-Oyi sizga nima bo'ldi. Tobingiz yo'qmi.
Boshini ro"moli bilan siqib bog'lab olgan Manzura opaga havotirli boqib so'radi Farruh.
-Ko'zimga ko'rinma.
-Oyi tinchlikmi.
-Sen bola to'g'ri yurganingda hozir kelinim shu uyda bo'lardi.
-Feruza
-Ketdi u...yo'q..
-Nega ketadi qayoqqa ketadi.
Bo'ldi oyijon siz siqilmang men olib kelaman uni.
-Uyga qizimsiz qadam bosma.
Bo'lmasa bergan tarbiyamga rozimasman.
-Oyiii bu nima deganingiz.
Farruhni boshi huvillay boshladi.
-Aytadiganimni aytdim.
Farruh shu alfozda xotining uyiga qarab yo'l oldi.
Avvaliga yaxshi gapirib vaziyatni yumshatmoqchi bo'ldi. Qaynonasi ichkariga kiritmagach avzoyi o'zgarib baqira boshladi.
-Nega ketadi. Kim ruhsat berdi unga. Men haliham qonuniy eriman. O'lganim yo'q. Feruzaning dadasi chiqb ayoliga sen kiraver deb ishora qildi.
-Sizni ham tushunib turibman o'g'lim. Hozir hech qaysi biringizga oson emas.
Mayli uch to'rt kun shu yerda tura tursin. Ancha o'ziga kelib oladi. Keyin yana gaplashib bu masalani hal qilamiz
-Hop dada
Farruh boshqa hech narsa deyolmadi. Yo'lda ketarkan Feruzaga bir necha marotaba qo'ng'iroq qildi. Ammo hech kim javob bermadi.
Yo'l yo'lakay qayerga borishni bilmay yaqin do'stinikiga qarab yurdi.
U bilan ko'rishmaganiga ham ancha bo'lgandi. Anvar uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Farruhning avzoyini ko'rib anavi shishadan ham olib chiqdi.
-Yo'q Anvar men ichmayman.
-Ey jo'ra bir kelib qolibsanda . Menikiga har kuni kelib yuribsanmi ancha yengil tortasan ahvolingni qara kim aytadi seni... Ehhh mayli. Qani ol.
-Oldik...
-O'zi nima bo'ldi gapirchi.
Ichkilik ularning ikkisiga ham o'z ta'sirini o'tkazib borayotgandi.
-Xotinim ketib qoldi.
-Hehh shunga shilvirab yuribsanmi. Ketgan bo'lsa qaytadi.
-Yo'q u qaytmaydi
-Ee o'zing ahmoqsan.
Boshidan qattiq turishing kerak edi unga. Sen o'zing uni boshinga chiqarib olgansan. Nima desa ho'p bo'ladi deb. Eng so'nggi rusumdagi telefon... Yangi ochilgan restoran hech narsa qolmadi. Qani qadringga yetdimi. Agar seni zarracha hurmat qilganida ketmagan bo'lardi bilsang.
-To'g'ri...
-Mana meni xotinim chizgan chizig'imdan chiqmaydim qani chiqib ko'rsinchi o'ziga jabr qiladi.
Farruh u bilan yarim kechagacha o'tirib g'irt mastga aylandi.
Yana shu ahvolida Feruzlarnikiga yo'l oldi.
Qorong'uda temir darvozani zarb bilan urb taqqilata boshladi. Bor ovozida Feruza deb baqirardi. Birozdan so'ng hovliqqancha dadasi chiqdi. Ko'chadagi shovqinni eshitib qo'shnilar ham uyg'ongandi.
-Sen bu yerda nima qilyabsan.
Asablari buzila boshladi Hojimurod akani.
-Xotinimni olib ketgani keldim.
-Feruza chiq dedim senga
-G'irt mastsan bor uyinga ertaga gaplashamiz.
-Men hozir olib ketaman.
-Ket dedim senga.
Farruh kayf ustida qaynotasini itarb yubordi. Bunga javoban qo'shni yigit shunaqangi musht tushirdiki u yerga yuztuban yiqildi. Bu manzarani oynadan kuzatib turgan Feruza ham pastga tushdi.
-Dada...dada sizga hech nima bo'lmadimi.
-qizim sen ichkariga kir.
Feruza titragancha uyga kirdi.
U telefonni oldida qudasiga qo'ng'iroq qildi.
-Assalomalekum Hojimurod aka tinchlikmi shu mahalda..
-Tinchlikmasda quda ..
O'g'lingiz ichib kelib mahalani boshiga ko'tarib janjal qilyapti.
-Yoge..
-Ha olib keting unu yo'qsa o'zimga javob berolmayman.
-Mayli quda hozir...hozir yetib boraman....

Davomi bor...

๐Ÿ
#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 13 Qism )

6 oydan so'ng.

-Nega kiyinib olding qizim.
-Uyda siqilib kettim. Biroz aylanmoqchiman.
-Bir o'zing borma ana Xusnorani chaqir u ham uyda qachondan beri o'qishi ham tugagan.
-Hop oyi xolamlarnikiga kirib olib ketaman uni ham.
-Qayerga bormoqchisan o'zi.
-Bilmasam kinogami xiyobongami keyin muzqaymoq yermiz Gangada.
-Mayli faqat ehtiyot bo'lgin.
-Hop.
-Mayli oyi men kettim
-To'xta mana buni ol.
-Kerakmas pulim bor.
-Olaversangchi dadang berdi.
-Jahllari chiqmadimi uydan chiqayotganimga.
-Jinnimisan nega jahli chiqadi. Qanchalik yaxshi korishini bilmasang ekan.
-Mayli yaxshi o'tiringlar
Feruza xolasinikiga emas boshqa tomonga qarab yurdi. O'tgan 6 oy uni ancha o'zgartirdi. Avvalgi Feruzadan asar ham qolmadi . Farruh uni olib ketishga juda ko'p harakat qildi ammo Feruza bunga ro'yxushlik bermadi. U qabrlarni bir bir oralab o'tar ekan jajji qabrcha oldida to'xtadi. O'sha yerda o'tirib tilovat qildi. U yerda yangi o'yinchoqlar paydo bo'libdi. Feruza Farruh aka kelibdilarda deb jilmayib qo'ydi.
Qani endi vaqtni ortga qaytarishni imkoni bo'lsa. Qani endi yana hammasini yangitdan boshlashga o'zimda kuch topa olsam. Yo'q bu meni qo'limdan kelmaydi. Farruh aka mendayin xiyonatkor ayolga munosib emas. Hali o'zlariga mos baxtini albatta topadilar. Bunga ishonaman.
Feruza ko'chaga chiqsam ancha yengil tortaman deb o'ylagandi. Ammo adashgan ekan battar qiynalgani qoldi.
-Qizim uhlamaypsanmi.
-Yoq oyi kiravering..
-Haligi meni dadang yuborgandi.
-Nega tinchlikmi .
-Qizing bilan gaplash balki fikridan qaytar deb.
-Yoq meni qarorim qat'iy.
-Bo'lmasa ertaga sudga ariza bermoqchi dadang.
-Mayli beraversinlar. Baribir bir kun shunday bo'ladi ..
Oyisi yana nimadir deyishga og'iz juftladiyu yana indamay ortiga qaytdi.
Feruza esa chuqur xo'rsinib uhlab qoldi....

-Aka nima qilyapsiz
-Kiraver Sunnat
-Mana bun xat sizni nomizga kelibdi...
-Nima ekan.
-Bilmasam.
Farruh ukasini chiqarib yuborib xatni qo'liga oldi suddan ekan...
Yuragi siqilib kanvertni ochdi...
Ajrim xaqidagi ariza ertaga soat 11 ga chaqirishibdi .
Ey hudoyim o'zing to'g'ri yo'l ko'rsat . Meni ajrashadigan xotinim yo'q....

-Sizlar chiqib ketishingiz mumkin. Yoshlarni o'zi bilan gaplashib olamiz ..
-Ho'sh Farruh Ahmedov nima sababdan ajrashmoqchisiz....
-Kechirasiz meni ajrashish niyatim yo'q.
Advokat ayol ko'zoynagini olib unga qaradi. Keyin huddi shu savol bilan Feruzaga yuzlandi.
-Shunisi yaxshi ikkimizga ham.
-Feruza meni nomimdan ham qaror chiqarma men sen bilan hech qachon ajrashmayman.
-Men ajrashaman.
-Tinchlaning bunga arzirli sababingiz bormi.
- ha bor dedi alam bilan Feruza.
Sabab men erimga hiyonat qildim...
-Yolg'on hech qanaqa xiyonat yo'q. Ajrashish uchun shu bahonani o'ylab topding
Feruza yig'lab yubordi..
-Hmm tushunarli sizlarni masalangizni o'rganub chiqqan xolda ajrim ishlarini bir yil muddatga qoldiramiz.
-Raxmat sizga. Farruh jilmayib qo'ydi.
Feruza esa xonadan chiqib ketdi.
-O'ylaymanki Farruh Ahmedov bir yildan so'ng qaytib ko'rishmaymiz..
-Sizga vada beraman. Mehmonga albatta chaqiraman.
-Eh yoshlar yoshlar... Turmushni ham o'yinchoq qiladi bular.


Davomi bor...
#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 14 Yakuniy Qism )

-O'lsam qutulamanmi sizdan..
-Buni iloji yo'q. Chunki men ham tezda ortingdan yetib boraman..
-Ahmoqsiz. Nega tushunishni hohlamaysiz. Bizni birga bo'lishimiz mumkinmas.
-Nima uchun folchi xolalaring shunday dedimi
-Meni unaqa xolam yo'q.
-Bo'ldida bo'lmasa.
Feruza xiyobon atrofida joylashgan o'rindiqqa o'tirib boshini ushlab oldi.
-Yaxshilikcha taslim bo'l bo'lmasa seni hech qachon tinch qo'ymayman.
Bu safar Feruza indmadi.
-Nima qilamiz barini boshidan boshlaymizmi.
U yana jim.
Mayli o'zing bilasan agar rozi bo'lmasan hozir hammani yonida seni sevaman deb bor ovozimda baqiraman.
-Bilganingizni qilmaysizmi.
Feruza ketib qoldi.
-Qo'lidan kelmaydi deb o'yladi shekilli. Mayli ko'ramiz.
Feruuuuuz men seni sevaman bor ovozida baqirdi u. Ko'chadagilar unga qarab kulib qo'yishdi.
Feruza esa jinni ahmoq deya yo'lida davom etardi. Atrof to'la qiz meni Feruzaligimni kim bilib o'tiribdi.
-Qizil ko'ylak qora sumkadagi Feruuuuzaaaaa seni sevamaaaaaaaaan.
-Esingizni yeganmisiz nima balo.
-ho'sh rozimisan .
-Nima qilsa bo'ladi bu telbani
Farruh indamay jilmayib turaverdi.
Feruza ham ortiq chidab turolmadi.
-Ha roziman deb yubordi kulib .
-Yeeest. Seni sevaman..
-Bo'ldi shilqim. Ko'rganlar nima deb o'ylaydi.
-Bu bilan ishim yo'q.....

Feruza butunlay o'zgardi. Qalbini haqiqiy muhabbat qamrab olgandi. O'tmishini unutishga ikkisi ham o'zlarida kuch topa olishdi. Farruhning chin sevgisi uni ortga qaytardi. Endi u bor mehrini Farruhdan ayamasdi. Ishdan kelishini intizorlik bilan kutar huddi yillab ko'rishmagandek sog'inchni his qilib qarshi olardi uni.
Shunday kunlarning birida Farruh ishga ketdi. Feruza tushlik qilishi uchun taom tayyorlab berib yuborgandi .
Tushlik vaqti bo'lgach oshxonaga o'tib idishinj ochdi. Taomning yoqimli isi dimog'ini qitiqlay boshladi.
-Iye bu nima kindermi. Ovqat ichida nima qilyapti. U qiziqib sal sariq tuxum ko'rinishidagi kinderni ochdi. Ichidan bir parcha qog'oz chiqdi. Adajonisi charchamadingizmi sizni judayam sog'indim. Haligi malol kelmasa ko'ylagingizni cho'ntagiga bir qarab qo'ysangiz.
Farruh hayron bo'lib cho'ntagidan ham qog'ozcha oldi. Uzur bugun kayfiyatim zo'r siz bilan biiir hazillashgim kkeldida. Mayli shimingizni orqa cho'ntagida....
Farruh jinnivoy deya tinmay kulardi. Hech kimga etibor bermay shimidagi qog'ozni ham oldi. Bo'ldi boshqa aldash yoq. Bu narsa sizni albatta xursand qiladi. Ro'molchangizni ichida sizni ajoyib sovg'a kutyaptiiiii.
Farruh ovqatni ham unitib ro'molchasini qo'liga oldi....
Tabriklayman biz 8 haftalik bo'ldik...
Farruh uchun haqiqiy xursandchilik boshlandi. Ishdan xush kayfiyatda uyga qaytar ekan yo'ldan bir buket gul va Feruza yaxshi ko'radigan shirinliklardan sotib oldi....


#TAMOM

Oila muqaddas qo'rg'on. U hiyonatni aslo kechirmaydi . Jazo muqarrar.
Bu dunyoda nimaiki qilmang barini javobini berasiz. Yigitlar hech kim bilan yurmagan iboli hayoli qizlarni orzu qilishadi. Ammo o'zlarichi??? Shunga amal qilishadimi? Hech qachon. Bilamaydilarki Muqaddas kitobimiz Qur'oni Karimda ham aytilgan Pok ayollar Pok erkaklar uchun deb. Bo'lar ish bo'lgandan keyin qayerda xato qildim deb o'ylash mutlaqo befoyda.
Shuning uchun azizlarim barchamiz to'g'ri yo'lda yuraylik. Olloh tomonidan taqdirimizga bitilgan juftlarimiz bilan baxtli bo'laylik.
E'tiboringiz uchun raxmat.


#sirli_qizaloq
#Black_World๐Ÿ–ค
Odamlarga ham doim ham maslahat kerak emas....
Ba'zida yordam beruvchi qo'l
Tinglovchi quloq
Tushunuvchi qalb kerak....
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ะญัะปะฐั‚ะผะฐ
#ะขะฐั€า›ะฐั‚ะธะฝะณ

โ—๏ธะญั€ั‚ะฐะณะฐ 8-ะธัŽะปัŒ, ะั€ะฐั„ะฐ ะบัƒะฝะธะดะฐ ั€ะพะทะฐ ั‚ัƒั‚ะธัˆะณะฐ ัˆะพัˆะธะปะธะฝะณ


๐Ÿ‘‰ t.me/PATRUL_UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ะ–ัƒะผะฐ_ะฒะฐ_ะฐั€ะฐั„ะฐ_ะผัƒะฑะพั€ะฐะบ

ะััะฐะปะพะผัƒ ะฐะปะฐะนะบัƒะผ ะฒะฐ ั€ะฐาณะผะฐั‚ัƒะปะปะพาณะธ ะฒะฐ ะฑะฐั€ะฐะบะฐั‚ัƒาณ!

ะ—ัƒะปาณะธะถะถะฐ ะพะนะธะฝะธะฝะณ ะธะบะบะธะฝั‡ะธ ะ–ัƒะผะฐัะธ ะฒะฐ าšัƒั€ะฑะพะฝ าณะฐะนะธั‚ะธะฝะธะฝะณ ะฐั€ะฐั„ะฐ ะบัƒะฝะธ ะผัƒะฑะพั€ะฐะบ ะฑัžะปัะธะฝ!

ะญะฝะณ ัา›ะธะฝ ะธะฝัะพะฝะธะผ ะบะธั€ะธะฑ ะบะตะปะณะฐะฝ โ€œะ–ัƒะผะฐโ€ ะฒะฐ "ะั€ะฐั„ะฐ" ะบัƒะฝะธ ะผัƒะฑะพั€ะฐะบ ะฑัžะปัะธะฝ.
ะฏา›ะธะฝะปะฐั€ะธะผะธะทะฝะธ ั‚ะฐะฑั€ะธะบะปะฐัˆะฝะธ ัƒะฝัƒั‚ะผะฐะฝะณ!
@inglizcha_idiomalar
Forwarded from Instagramdan topga chiqish sxemasi๐Ÿ˜Š (โถ๊ฏญ[๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ]๊ฏญ๐Œ๊ฏญ๐†บ๐†ญ๊ฏญ๐€๐†บ๐†ญ๊ฏญ๐’๐†บ๐†ญ๊ฏญ๐‡๐†บ๐†ญ๊ฏญ๐‘๐†บ๐†ญ๊ฏญ๐€๐†บ๐†ญ๊ฏญ๐๐†บ๐†ญ๊ฏญ๐Ž๊ฏญ๐†บ๐†ญ๊ฏญ๐•๐†บ๐†ญ๊ฏญ[๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ๊ฏญ]๊ฏญ)
YแดLษข'iZสŸiแด‹แด€๐Ÿ™‡๐Ÿปโ€โ™‚Kแด'NiKแด‹แด€Nโ˜น๏ธษชNsOษดNi,
Yแด'QสŸiGiNษขiZ๐Ÿ––๐Ÿปส™iLแด€N วซO'ส€QiTแด€ OสŸMแด€YsiZ๐Ÿ˜โŒ๐Ÿ‘‹๐Ÿป
#๐‘ด๐’‚๐’”๐’‰๐’“๐’‚๐’‘๐’๐’‡๐’‡
@Dilga_yaqin_status
The owner of this channel has been inactive for the last 5 months. If they remain inactive for the next 18 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
The owner of this channel has been inactive for the last 5 months. If they remain inactive for the next 8 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.