𝐀𝐋𝐎𝐍𝐄_𝐨𝐟𝐟𝐢𝐜𝐚𝐥👨‍🦯
16 subscribers
788 photos
225 videos
31 links
#𝐒𝐚𝐥𝐨𝐦 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐠𝐚 𝐱𝐮𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐩𝐬iz
🌈𝐁𝐮 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐝𝐚 𝐚𝐣𝐨𝐲𝐢𝐛 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐥𝐚𝐫🖼
𝐀𝐣𝐨𝐲𝐢𝐛 𝐯𝐢𝐝𝐞𝐨𝐥𝐚𝐫🎥
𒊹︎︎︎𝐒𝐭𝐚𝐭𝐮𝐬𝐥𝐚𝐫
𝐓𝐨𝐩𝐚𝐬𝐢𝐳🔎
🤲𝐈𝐧𝐬𝐡𝐚𝐚𝐥𝐥𝐨𝐡 1𝐤🤲
💔𝐀𝐋𝐎𝐍𝐄 𝐎𝐅𝐅𝐈𝐂𝐀𝐋🔒
Download Telegram
XIYONAT ( 14 Yakuniy Qism )

-O'lsam qutulamanmi sizdan..
-Buni iloji yo'q. Chunki men ham tezda ortingdan yetib boraman..
-Ahmoqsiz. Nega tushunishni hohlamaysiz. Bizni birga bo'lishimiz mumkinmas.
-Nima uchun folchi xolalaring shunday dedimi
-Meni unaqa xolam yo'q.
-Bo'ldida bo'lmasa.
Feruza xiyobon atrofida joylashgan o'rindiqqa o'tirib boshini ushlab oldi.
-Yaxshilikcha taslim bo'l bo'lmasa seni hech qachon tinch qo'ymayman.
Bu safar Feruza indmadi.
-Nima qilamiz barini boshidan boshlaymizmi.
U yana jim.
Mayli o'zing bilasan agar rozi bo'lmasan hozir hammani yonida seni sevaman deb bor ovozimda baqiraman.
-Bilganingizni qilmaysizmi.
Feruza ketib qoldi.
-Qo'lidan kelmaydi deb o'yladi shekilli. Mayli ko'ramiz.
Feruuuuuz men seni sevaman bor ovozida baqirdi u. Ko'chadagilar unga qarab kulib qo'yishdi.
Feruza esa jinni ahmoq deya yo'lida davom etardi. Atrof to'la qiz meni Feruzaligimni kim bilib o'tiribdi.
-Qizil ko'ylak qora sumkadagi Feruuuuzaaaaa seni sevamaaaaaaaaan.
-Esingizni yeganmisiz nima balo.
-ho'sh rozimisan .
-Nima qilsa bo'ladi bu telbani
Farruh indamay jilmayib turaverdi.
Feruza ham ortiq chidab turolmadi.
-Ha roziman deb yubordi kulib .
-Yeeest. Seni sevaman..
-Bo'ldi shilqim. Ko'rganlar nima deb o'ylaydi.
-Bu bilan ishim yo'q.....

Feruza butunlay o'zgardi. Qalbini haqiqiy muhabbat qamrab olgandi. O'tmishini unutishga ikkisi ham o'zlarida kuch topa olishdi. Farruhning chin sevgisi uni ortga qaytardi. Endi u bor mehrini Farruhdan ayamasdi. Ishdan kelishini intizorlik bilan kutar huddi yillab ko'rishmagandek sog'inchni his qilib qarshi olardi uni.
Shunday kunlarning birida Farruh ishga ketdi. Feruza tushlik qilishi uchun taom tayyorlab berib yuborgandi .
Tushlik vaqti bo'lgach oshxonaga o'tib idishinj ochdi. Taomning yoqimli isi dimog'ini qitiqlay boshladi.
-Iye bu nima kindermi. Ovqat ichida nima qilyapti. U qiziqib sal sariq tuxum ko'rinishidagi kinderni ochdi. Ichidan bir parcha qog'oz chiqdi. Adajonisi charchamadingizmi sizni judayam sog'indim. Haligi malol kelmasa ko'ylagingizni cho'ntagiga bir qarab qo'ysangiz.
Farruh hayron bo'lib cho'ntagidan ham qog'ozcha oldi. Uzur bugun kayfiyatim zo'r siz bilan biiir hazillashgim kkeldida. Mayli shimingizni orqa cho'ntagida....
Farruh jinnivoy deya tinmay kulardi. Hech kimga etibor bermay shimidagi qog'ozni ham oldi. Bo'ldi boshqa aldash yoq. Bu narsa sizni albatta xursand qiladi. Ro'molchangizni ichida sizni ajoyib sovg'a kutyaptiiiii.
Farruh ovqatni ham unitib ro'molchasini qo'liga oldi....
Tabriklayman biz 8 haftalik bo'ldik...
Farruh uchun haqiqiy xursandchilik boshlandi. Ishdan xush kayfiyatda uyga qaytar ekan yo'ldan bir buket gul va Feruza yaxshi ko'radigan shirinliklardan sotib oldi....


#TAMOM

Oila muqaddas qo'rg'on. U hiyonatni aslo kechirmaydi . Jazo muqarrar.
Bu dunyoda nimaiki qilmang barini javobini berasiz. Yigitlar hech kim bilan yurmagan iboli hayoli qizlarni orzu qilishadi. Ammo o'zlarichi??? Shunga amal qilishadimi? Hech qachon. Bilamaydilarki Muqaddas kitobimiz Qur'oni Karimda ham aytilgan Pok ayollar Pok erkaklar uchun deb. Bo'lar ish bo'lgandan keyin qayerda xato qildim deb o'ylash mutlaqo befoyda.
Shuning uchun azizlarim barchamiz to'g'ri yo'lda yuraylik. Olloh tomonidan taqdirimizga bitilgan juftlarimiz bilan baxtli bo'laylik.
E'tiboringiz uchun raxmat.


#sirli_qizaloq