МЕТОДИК ТАРҒИБОТ
5.11K subscribers
694 photos
89 videos
280 files
950 links
ТАРҒИБОТ МАТЕРИАЛЛАРИ
Download Telegram
01Bobur g'azali.gif
18.8 MB
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_541

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

✍️ Zahiriddin Muhammad Bobur

TАРҒИБОТ МАТЕРИАЛЛАРИГА КИРИШ УЧУН ҚУЙИДАГИ ҲАВОЛАГА ЎТИНГ
👉
https://t.me/targibotmaterial