Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy kanali
798 subscribers
2.56K photos
97 videos
62 files
1.27K links
Манзил: Самарқанд вилояти, Оқдарё тумани, Даҳбед қўрғони, А.Темур кўчаси 7
Тел: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88
Facebook: fb.com/SamARU23
Veb-sayt: www.samaguni.uz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! TALABALARGA YANA BIR YENGILLIK!!!

⚡️Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga
ham 10 foiz chegirma beriladi

🔥Koʻpchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta’lim shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.
———
👀👉 Eduuzni kuzating!
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik_2

⚡️DIQQAT! YANA BIR MUHIM YANGILIK!!!

🔥Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida SUPER KONTRAKT ASOSIDA tahsil olayotgan talabalarga
ham 10 foiz chegirma beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qarorining 7-bandiga koʻra belgilangan tartibga muvofiq, talabalar oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash), shuningdek, abituriyentlarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga bakalavriatga talabalikka tavsiya etishda 2021/2022-oʻquv yili uchun tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari qoʻllanilishi hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlar va talabalarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM‼️

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik
#mobil_ilova
#hemis

📱 Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishlab chiqildi.

📲 Endilikda talabalar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:

🔹reyting daftarchasi;
🔸transkript;
🔹oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
🔸nazorat jadvallari;
🔹fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni mazkur mobil ilova orqali olishlari mumkin.

➡️ Shuningdek, mobil ilovada joriy yil bitiruvchilari uchun QR-kodli diplom maʼlumotlarini (fayli) yuklab olish imkoniyati mavjud.

📥 Ilovani yuklab olish👇

📲 AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

📲 GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

| Telegram | Facebook | Instagram |
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik
#bot
#hemis

📱 Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun @hemisedu_bot telegram boti ishlab chiqildi.

📲 Endilikda talabalar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:

🔹reyting daftarchasi va transkript
🔸dars jadvallari;
🔹oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
🔸fanlar bo’yicha topshiriqlar;
🔹fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni mazkur Telegram bot orqali ham olishlari mumkin.

Shuningdek, HEMIS axborot tizimining mobil ilovasida ham bir qancha imkoniyatlar yaratilganligini ma’lum qilamiz.

📥 Ilovani yuklab olish👇

📲 AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

📲 GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik

⚡️1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_yengillik

⚡️1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 25-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube