TIIAME-NRU Zakovat klubi
265 subscribers
663 photos
58 videos
156 links
Ассалому алайкум ҳурматли билимдонлар!

«Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети «Заковат клуби»нинг телеграм канали.

Мурожаат учун:
@Xursanmurodov
Download Telegram
7. Bir yumoristik maqolaga ko'ra Xristafor Kolumb UNI qo'lga kiritgan ilk inson hisoblanadi. Yozuvchi Kris Baklining bir asarida Meksikadagi hayot uchun havfli bosqichlardan iborat realiti-shou g'oliblariga U taqdim etiladi.
Savol: Uni nima ekanligini inglizcha so‘zda yozib bering.
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: Green Card
8. Birinchi Jahon urushi vaqtida Ingliz aloqa xizmatida xizmat qilgan pochtachi Sher Emi o‘q yegani hamda ko‘zi ko‘r bo‘lib, oyog‘idan ayrilganiga qaramay xatlarni o‘z vaqtida yetkazib bergani tufayli 194 nafar askarning hayotini saqlab qoladi. Biz yuqoridagi gapda bir so‘zni tushirib qoldirdik.
Diqqat savol: Savol matnida tushirib qoldiriligan bir so‘zni yozib bering.
O‘ylash uchun 3 daqiqa vaqt ketdi.
Javoblar:
@Xursanmurodov ga
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: Kabutar

Izoh: Sher Emi pochtachi kabutarni laqabi edi.
9. Togʻay Murodning asarlaridan birida Maksim polvon va Tilovberdi oʻrtasidagi kurash yakunda sport ustasi boʻlgan Maksim polvonning "Bu ish"ni qilishi bilan tugaydi.
AQSh prezidenti Jimmi Karterga mamlakat madhiyasi yangrayotgan paytda oʻzini yoʻqotib qoʻymaslik uchun Bu ishni qilish maslahat berishgan edi.
Savol: Qanday ishni?
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: Yulduz sanash

Izoh: Maksim polvonning kuragi yakunda baribir yerga tegadi va toʻgʻri maʼnoda "yulduz sanaydi". Jimmi Karter esa AQSh madhiyasi paytida oʻzini noqulay his qilishini aytganida, ruhshunos unga AQSh bayrogʻidagi yulduzlarni sanashni maslahat bergan.
10. Yurtimizdagi faoliyatini yakunlagan AQSH elchisi Deniyel Rozenblyum videomurojaat orqali, ba’zi nutqdagi kamchiliklar bilan bo‘lsada, BU ISHni qildi. Biz ham ushbu savoldan so‘ng albatta BU ISHni qilamiz.
Savol: BU ISHni 3 so‘zda aniq yozib bering.
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: O‘zbek tilida xayrlashish

Izoh: AQSH elchisi ketish oldidan yurtimizga hurmat bajo keltirdi va yurtdoshlarimiz bilan o‘zbek tilida xayrlashdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
АҚШ элчиси Дэниел Розенблюм ўзбек тилида Ўзбекистон билан хайрлашди

Ўзбекистонда уч йилдан ортиқ вақт ишлаган дипломат энди АҚШнинг Қозоғистондаги элчиси сифатида фаолиятини давом эттиради.

Kun.uz расмий канали
💥🔥 Assalomu alaykum.
General English course ga qabul boshlandi.
Kurs davomida sizda English grammar bosqichini to'liq tugatish, hamda IELTS haqida tushunchalar va tavsiyalar olish imkoni yatiga ega bo'lasiz. Darslar qat'iy talablarga asoslangan holda olib boriladi, o'qituvchi talabchan hudo hoxlasa English tilidagi bilimlaringizni boyitishingizga va IELTS ga to'g'ri tayyorgarlik ko'rishingizga yordam beraoladi,  xullas afsuslanmaysiz.

🚀Manzil: 2 TTJ, 1 etajdagi komputer xonada bo'ladi, keyinroq yana aniqlashtiramiz.

🚀Kurs  kimlar uchun: English tilini o'rganaman, kelajagimni o'z qo'lim bilan barpo etaman, xullas english tilini o'rganishni yorib tashayman deydigan, ishtiyoqli, shijoatli barcha talabalar  uchun.

🚀Dars jarayonini o'tilish tartibi qanday, soat nechida : Darslar 0 dan o'rgatiladi. Ro'yxat olish ya'ni kursga yozilish vaqti bugundan 31 yanvargacha ( shu kuni ham yozilsa bo'ladi ). Darslar 1 fevraldan boshlanadi.  Qatnashuvchilar soniga qarab ikkita guruh tashkilashtiramiz.  birinchi  guruh toq kunlari ( Dushanba, chorshanba, juma) darslarga qatnashadi haftada uch kun dars bo'ladi, ikkinchi guruh juft kunlari ( seshanba, payshanba, shanba) darslarga qatnashadi. Kurs vaqti har kuni 20:30 dan 22:00 gacha bo'ladi. Bu vaqt oralig'ini ko'pchilik uchun optimal variant deb hisobladik. Darslar qizlar va o'g'il bollar aralashgan holda o'tiladi chunki kimlar uchundir juft kunlari qulay, kimlar uchundir toq kunlari. Shu sababli alohida alohida o'taolmaymiz.

🚀To'lov narxi qanday, narx sifatga ta'sir qilmaydimi,  qo'shimcha ma'lumotlar uchun Kim bilan bog'lansak bo'ladi: To'lov narxi yig'ilishda aytilganidek ikkita abet puli ya'ni 100 ming. Narxi sifatga ta'sir qilmaydi, chunki kurs ochishdan asosiy  maqsad olgan bilimlarimni imkon qadar ko'proq odamga o'rgatish va ularni kelajagini qurishda ozroq bo'lsa ham  o'z hissamni qo'shish, xullas holisona darslar bo'ladi, afsuslanmaysiz vaqt ajratganingizga hudo hoxlasa. Qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun bemalol pastdagi telefon raqamiga sim qoqishingiz yoki telegram orqali bog'lanishingiz mumkun.

+99899 355 0999
@HUSAYNMIRZ0999