TIIAME-NRU Zakovat klubi
262 subscribers
663 photos
58 videos
156 links
Ассалому алайкум ҳурматли билимдонлар!

«Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети «Заковат клуби»нинг телеграм канали.

Мурожаат учун:
@Xursanmurodov
Download Telegram
Jamoalarning natijalari tayyor. 🏌🏻
Jamoalarning 4-turdagi natijalari:

◽️ | Samarqand - 8 ta (1,2,3,5,6,7,8,9)
◽️ | Sirdaryo - 6 ta (1,3,6,7,8,9)
◽️ | Qashqadaryo - 5 ta (1,3,5,7,8)
◽️ | Toshkent sh. - 5 ta (1,3,4,5,7)
◽️ | Andijon - 4 ta (1,3,4,7)
◽️ | Farg'ona - 4 ta (1,3,5,7)
◽️ | Jizzax - 4 ta (3,6,7,9)
◽️ | Qoraqalpog'iston - 3 ta (1,4,7)
◽️ | Navoiy - 3 ta (1,4,8)
◽️ | Toshkent - 3 ta (1,3,7)
◽️ | Surxandaryo - 3 ta (1,3,7)
◽️ | Xorazm - 1 ta (3)

3-tur haqida qisqacha: 🏌🏻
- O'ynalgan savollar soni: 10 ta
- Maksimal topilgan savollar soni: 8 ta
- Topilmagan savollar soni: 1 ta
- Eng ko'p topilgan savol raqami: 1 va 3
- Eng kam topilgan savol raqami: 10
- Eng yaxshi savol raqami: 6
Jamoalarning umumiy natijalari:
(1-2-3-4-turlar bo'yicha).

◽️ | Sirdaryo - 24 ta
◽️ | Toshkent sh. - 22 ta
◽️ | Samarqand - 22 ta
◽️ | Andijon - 19 ta
◽️ | Farg'ona - 17 ta
◽️ | Jizzax - 17 ta
◽️ | Toshkent - 16 ta
◽️ | Navoiy - 14 ta
◽️ | Qoraqolpog'iston - 12 ta
◽️ | Surxondaryo - 10 ta
◽️ | Qashqadaryo - 9 ta
◽️ | Buxoro - 9 ta
◽️ | Xorazm - 5 ta
“Zakovat”ga savol jo‘nating va millionlarni ishlab oling!

“Zakovat” teleo‘yini bahorgi mavsum finalida nukuslik o‘qituvchi Bahodir Qidirboyev bitta savol ortidan 62 million so‘m ishlab olganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi orasida ommalashtirishga qaratilgan 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli prezident qarorida “Zakovat”ga savol yo‘llagan teletomoshabinlarni moddiy rag‘batlantirish vazifasi alohida qayt etildi. Shunga ko‘ra, endi siz ham “Zakovat” orqali millionlarni ishlab olishingiz mumkin.
“Zakovat” ilm va intellektual mehnat qadrlanadigan mana shunday dargohga aylandi. Faqat buning uchun “Zakovat” teleo‘yiniga savol jo‘natishingiz kerak bo‘ladi. Savol bo‘lganda ham hech qayerda o‘ynalmagan, ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan va qiziqarli ma’lumot asosida tuzilgan savol bo‘lishi talab etiladi.

Qanday savollarni tuzmagan ma’qul?

Savol tuzayotganda mashhur asarlar, darsliklardagi ma’lumotlar, siyqasi chiqqan mashhur faktlar, saytlarda chiqadigan va minglab odamlar ko‘zi tushadigan boshqa ma’lumotlardan qochishingiz kerak bo‘ladi. Agarda shunday ma’lumot aks etgan savol jo‘natsangiz, uning o‘yinga qo‘yilish ehtimoli keskin tushib ketadi. Bunday savol ekranda o‘ynalgan taqdirda ham, savolingiz bilimdonlar tomonidan osongina topiladigan “o‘lja”ga aylanadi va siz hech qanday moddiy manfaat ko‘rmaysiz.
Shuningdek, savolingiz mantiqiy bo‘lishi talab etiladi.

Savollarni qayerdan tuzish kerak?

Savol tuzishda manba sifatida ko‘pchilik o‘qimaydigan kitoblar, ko‘pchilikning ko‘zidan panada bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar, turli kasb va soha vakillari faoliyatidagi qiziqarli jihatlar, muzeylardagi kartinalar va boshqa eksponatlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz.
Bahodir Qidirboyevga o‘xshab muzeylarga borib turing. Teatrlarga yoki boshqa madaniy maskanlarga tashrif buyuring. Turli viloyatlarga yoki xorijga sayohat qiling. Shunda siz ham savol tuzishga arziydigan qiziqarli ma’lumotlarni uchratasiz. Bunday ma’lumotlarni uchratmagan taqdiringizda ham afsuslanishga hojat yo‘q - siz o‘z dunyoqarashingizni kengaytirganingiz va estetik zavq olganingiz bilan bemalol maqtana olasiz.

Savol jo‘natishda qanday shartlarga roiya qilish kerak?

Savol jo‘natish shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
"Zakovat intellektual klubi"ning yozgi mavsum "Birinchi liga" o‘yinlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalardan ariza qabul qilish boshlandi.

"Birinchi liga"da ishtirok etuvchi jamoa tarkibini shakllantirishga talablar o‘rnatilgan. Xususan, biror bir bilimdonning bir vaqtni o‘zida turli jamoalar bergan arizalarida bo‘lishi mumkin emas,shuni inobatga olgan holda quyidagi havolaga o‘tib jamoangiz tarkibi arizasini to‘ldirib jo‘natishingizni so‘raymiz.

"Birinchi liga" yozgi mavsum yakuniga ko‘ra yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1-o‘rin 9 million so‘m
2-o‘rin 8 million so‘m
3-o‘rin 7 million so‘m
4-o‘rin 6 million so‘m
5-o‘rin 5 million so‘m

Bundan tashqari, yozgi mavsum yakuniga ko‘ra, 1-5-o‘rinlarni egallagan jamoalar kuzgi mavsumdan "Professional liga"da faoliyat boshlaydilar.

👉 https://forms.gle/7AgFV5tKT1eKMy8e6

Arizalar 3-iyun sanasigacha qabul qilinadi!

@zakovatklubi
5-tur, 31-may soat 21:00
*SO‘NGI TUR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Chempionlik sovrinini topshirish marosimidan.
So'ngi tur, 31-may soat 21:00
Bugun so'ngi tur.🏌🏻
Bugungi "So‘ngi tur" haqida...

O‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki 4 tur natijalariga ko‘ra Sirdaryo viloyati, Toshkent shahri va Samarqand viloyatlari chempion maqomi uchun asosiy davogar. Andijon viloyati ham "sensatsiya" ko‘rsatib chempionlikni ilib ketish xavfi ham mavjud. Shu bilan birga o‘z o‘rnini tur yakunida munosib tarzida yakunlash uchun Jizzax, Toshkent, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari ham harakat qilishmoqda.

Turnir tashkilotchilari kuzatuvi natijasida bugungi so‘ngi turdan keyin qaysi jamoada imkoniyat qay darajada ekanligi haqida prognoz ishlab chiqildi. Prognozga ko‘ra:

Sirdaryo v. — 1.6 kf
Samarqand v. — 1.7 kf
Toshkent sh. — 2 kf
Andijon v. — 15 kf
Farg‘ona v. — 78 kf
Jizzax v. — 95 kf
Toshkent v. — 98 kf
Navoiy v. — 100 kf
Qoraqolpog‘iston R. — 500 kf
Qashqadaryo v. — 700kf
Surxondaryo v. — 700kf
Buxoro v. — 1000 kf
Xorazm v. — 1000 kf


P/s: Prognoz shunchaki taxminiy tarzida, hech qanday yomon niyat aralashmagan holda tuzilgan.

Eslatma:
Yakunda quyidagi nominatsiya g'oliblarini aniqlaymiz:

- Loyiha g'olibi;
- Loyiha bilimdoni (erkak);
- Loyiha bilimdoni (ayol);
- Eng namunali sardor;
- Eng axil jamoa (viloyat);

Demak, bugungi so‘ngi tur o‘yinida qatnashamiz va chempionlarni aniqlaymiz.
Javoblarni (@JavlonbekAbdullayev)ga yuborasizlar!
Barcha jamoalarga omad yor boʻlsin! Eng yaxshi jamoa sardoriga QVZ ga eng yaxshi joydan bilet beraman.
5 daqiqadan keyin so'ngi turni boshlaymiz!
1-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Xabaringiz bor bundan bir necha yil avval avtomabillar kunduz kuni ham chirog‘ini yoqib yurish kerakligi haqida yangi qoida kuchga kiradi. Ko‘pchilikning noroziligi sababchi bo‘lgan ushbu qoidaga atab bir mashxur bloger o‘z sahifasiga "Bunday tushunarsiz qoidani hatto ... ... ..." deb post joylaydi.
Diqqat savol: Yuqoridagi matnda nuqtalar o‘rnida bir mashxur o‘zbek iborasi borligini inobatga olib, o‘sha iborani yozib bering.
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: "Kunduz kuni ham chiroq yoqib topib bo‘lmaydi."

No comment