TIIAME-NRU Zakovat klubi
258 subscribers
663 photos
58 videos
156 links
Ассалому алайкум ҳурматли билимдонлар!

«Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети «Заковат клуби»нинг телеграм канали.

Мурожаат учун:
@Xursanmurodov
Download Telegram
Javoblarni (@JavlonbekAbdullayev)ga yuborasizlar!
Barcha jamoalarga omad yor boʻlsin! Eng yaxshi jamoa sardoriga QVZ ga eng yaxshi joydan bilet beraman.
5 daqiqadan keyin so'ngi turni boshlaymiz!
1-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Xabaringiz bor bundan bir necha yil avval avtomabillar kunduz kuni ham chirog‘ini yoqib yurish kerakligi haqida yangi qoida kuchga kiradi. Ko‘pchilikning noroziligi sababchi bo‘lgan ushbu qoidaga atab bir mashxur bloger o‘z sahifasiga "Bunday tushunarsiz qoidani hatto ... ... ..." deb post joylaydi.
Diqqat savol: Yuqoridagi matnda nuqtalar o‘rnida bir mashxur o‘zbek iborasi borligini inobatga olib, o‘sha iborani yozib bering.
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: "Kunduz kuni ham chiroq yoqib topib bo‘lmaydi."

No comment
2-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Duplet. (Ikta savolga ham to‘g‘ri javob berilsagina ball beriladi)

1. Telegram messenjerida # (panjara) belgisining asosiy xususiyati BU ISH hisoblanadi. BU ISHni yozib bering.

2. Ushbu "yer sheri"ning eng uzunlari 50-60 sm atrofida, eng kalta turlari esa 4-6 sm hisoblanadi. Ov qilish jarayoni qurbaqalarnikiga o‘xshab ketadi. Qaysi jonzod haqida gap ketayotganini anglagan bo‘lsangiz, uning eng asosiy xususiyati qanaqa ekanligini yozib bering.
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: 1. Shrift rangini o‘zgartirish. 2. Tana rangini o‘zgartirish.

Izoh:
1. Telegramda ushbu belgi so‘z boshiga qo‘shib yozilsa
#shriftlar rangini o‘zgartiradi. Ishonmasangiz o‘zingiz sinab ko‘ring)
2. Gap hameleon jonzodi haqida ketmoqda. Nemischa "chameleon" so‘zi "yer sheri" degan ma'noni anglatadi.
3-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Ro‘yxatga e'tibor qarating:
Starr Ringo
Klepton Erik
Rixter Svyataslova
Ismoilov Abduhoshim
Parker Charli
Kuk Sem
Ashkenazi Vladimir

Savol: Ushbu mashxur musiqachilar umumiyligini bir so‘zda yozib bering.
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: Skripka! 🎻

Izoh:
Ular familyalari bosh harflari "Skripka" so‘zini hosil qiladi. Shu bilan birga ushbu musiqachilar mohir skripkachilardir.
4-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Diqqat 2 ta bir biridan farq qiladigan faktlarga e'tibor qarating:
1-fakt: Kelib chiqishi inglizcha bo‘lgan bu ism haqida bir mashxur o‘zbek filmida eshitgansiz. Bu ism bilan Amerikada bir shahar, Kanadada daryo, Mars sayyorasiga tegishli asteroid nomlangan. Amerika va Angliyada mashxur yozuvchilarning va Kanadalik bir fizikning ismi ham aynan shunday hisoblanadi.

2-fakt: "Qishgi cho‘milish" deb ataladigan suzish turi turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Masalan, Finlandiyada — "Qunduzcha cho‘milish", Amerikada — "Oq ayiqchasiga cho‘milish", Rossiyada — "Ushbu hayvonchasiga cho‘milish"

Diqqat savol: Yuqoridagi ikkala faktda ma'lumotlar nimalar haqidaligini topgan bo‘lsangiz, ularning farqiga bormaydigan inson ismini yozib bering?
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javob: Baxtiyor Ixiyorov
Izoh: "Uchrashuv" filmini ko‘rmagan o‘zbek bo‘lmasa kerak. O‘sha epizod hammani yodida bo‘lsa kerak.

Savoldagi 1-fakt Jorj ismi haqida. 2-fakt "Morjchasiga suzish"