TIIAME-NRU Zakovat klubi
250 subscribers
663 photos
58 videos
156 links
Ассалому алайкум ҳурматли билимдонлар!

«Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети «Заковат клуби»нинг телеграм канали.

Мурожаат учун:
@Xursanmurodov
Download Telegram
4-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Diqqat 2 ta bir biridan farq qiladigan faktlarga e'tibor qarating:
1-fakt: Kelib chiqishi inglizcha bo‘lgan bu ism haqida bir mashxur o‘zbek filmida eshitgansiz. Bu ism bilan Amerikada bir shahar, Kanadada daryo, Mars sayyorasiga tegishli asteroid nomlangan. Amerika va Angliyada mashxur yozuvchilarning va Kanadalik bir fizikning ismi ham aynan shunday hisoblanadi.

2-fakt: "Qishgi cho‘milish" deb ataladigan suzish turi turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Masalan, Finlandiyada — "Qunduzcha cho‘milish", Amerikada — "Oq ayiqchasiga cho‘milish", Rossiyada — "Ushbu hayvonchasiga cho‘milish"

Diqqat savol: Yuqoridagi ikkala faktda ma'lumotlar nimalar haqidaligini topgan bo‘lsangiz, ularning farqiga bormaydigan inson ismini yozib bering?
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javob: Baxtiyor Ixiyorov
Izoh: "Uchrashuv" filmini ko‘rmagan o‘zbek bo‘lmasa kerak. O‘sha epizod hammani yodida bo‘lsa kerak.

Savoldagi 1-fakt Jorj ismi haqida. 2-fakt "Morjchasiga suzish"
5-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
USHBU NARSA bilan qadimgi Vavilon shahri qal'a devorlarini suvashda, rimliklar esa kemalarini suvashda foydalanishgan. Qadimgi Yunon shifokori Golen undan turli dorivor malhamlar tayyorlagan. Misrda unga mum aralashtirib sarkafog (tobut) yasashgan. Bir o‘zbek esa BU NARSAning qandayligi "farqi yo‘q"ligini xazil aralash aytganini bilamiz. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javob: Asfalt (Aspalt)

Izoh: Asfaltdan qadimda shunday maqsadlarda foydalanishgan.
Savol ikkinchi qismi esa "Avaz Ohun hazillari" turkumidan.
6-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Savol qisqa: Ivan Kostryning bir ertagida X ga ''trioning eng nozigi ammo eng tezkori" deb tarif berilgan. X ni bir xil harf bilan boshlanuvchi uch so‘zda yozib bering.
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: Soatning sekund strelkasi
7-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Armanistonda Terendez bayrami nishonlanadi. Bayramda bir gulhan yoqiladi. Yangi turmush qurgan yoki endi turmush qurish arafasida turgan juftliklar gulhan ustidan sakrashadi.
Savol: Terendez bayrami qaysi oyning qaysi sanasida nishonlanadi?
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: 14-fevral.
Izoh: Bayram Valentin kuniga to‘g‘ri keladi.
8-savol. Muallif: Dostonbek Xursanmurodov
═══════════════════
Juda kamtarona sharoitlar bilan ajralib turadigan, dunyoda eng dastlabkilardan hisoblanadigan Shvetsariyadagi "Nol" mehmonxona juda mashhurdir.
Savol, yuqoridagi matnda bir so‘z tashlab ketildi. O‘sha so‘zni yozib bering.
═══════════════════
O‘ylash uchun 3 daqiqa!
Javob berish uchun 1 daqiqa.
STOP🛑
Javob: Yulduzli
Izoh: Ushbu mehmonxona eng birinchi "nol yulduzli" mehmonxona hisoblanadi