Tinchlik lokomotiv deposi
1.29K subscribers
25.4K photos
2.34K videos
128 files
9.56K links
Аziz hamkasblar ushbu kanal "Tinchlik lokomotiv deposi"ning rasmiy kanali.
Download Telegram
#JARAYON
#SPORT

Navoiy viloyatida futzal boʻyicha joriy yilning 4-fevral sanasidan Navoiy shahridagi viloyat futbol akademiyasiga qarashli “Kimyogar” sport majmuasida havaskor va yarim professional jamoalar oʻrtasida “Vista 2-ligasi” musobaqasiga start berildi.

Ushbu musobaqada viloyatimiz turli hududlaridan jami 9 ta jamoa Navoiy shahridan FC "Yoshlik", FC "Qarnab", "Qarnabota", "Sanoat qurilish banki", "Tinchlik Lokomotiv Deposi", "Temiryoʻlchi", "Navoiy" FA, Karmana tumani "Olimpik" hamda Qiziltepa tumani FC "Qiziltepa" jamoalari aylanma tizimida oʻtkazilayotgan turnirda bosh sovrin uchun kurashga kirishishdi.

Eslatib oʻtamiz musobaqa tur uchrashuvlari haftaning shanba kunlari boʻlib oʻtmoqda va oʻyinlar oʻziga xos qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechmoqda.

Shuningdek, ushbu chempionatda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa futzal boʻyicha Respublika miqyosida oʻtadigan birinchi liga musobaqasi oʻtish oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega boʻladi.

Kanalimizni kuzatib boring.