Психологик ташхис.
54 subscribers
840 photos
43 videos
17 links
Биз билан инсонларни осон урганасиз.
Download Telegram
#MOTIVATSIYA

🔖AFFIRMASIYA
O'zingizga quyidagicha va'dalarni bering!

Qalb xotirjamligini hech kim buza olmaydigan darajada kuchli bo'laman!

Yo'limda uchragan har bir kishiga sog'liq baxt ba mufaqqiyat tilayman

Xar bir do'stimni qandaydir istedodi borligiga ishontiraman

Xar qanday vaziyatning faqat yahshi tomonini ko'raman va nekbin niyatlarim amalga oshishi uchun harakat qilaman

Faqat yahshi narsalarni o'ylayman faqat yahshi narsalar yarataman va faqat yahshi narsalarni kutaman

Boshqalarning yutug'idan xuddi o'z yutug'imdek quvonaman

O'tmishdagi xatolarni unutib diqqatimni kelajakdagi yutuqlarga qarataman

Doim ochiq chehra bilan yurib har bir kishiga tabassum ulashaman

Atrofdagilar tanqid qilishiga asos qolmaydigan darajada xayotimni o'zgartiraman

Xavotirlanmaslik uchun xotirjam, g'azablanmaslik uchun kechirimli, qo'rqmaslik uchun kuchli bo'laman va muommolar yuzaga kelmaydigan darajada baxtli yashayman

O'zimni qadrlashimni boshqalarga xam bildiraman, buni baland parvoz gaplar bilan emas yahshi muomila bilan amalga oshiraman.

Men o'zimga ishonganday bunga ishonaman
BUTUN DUNYO MEN TOMONDA!
#PSIXOLOGIYA #MOTIVATSIYA

O'zingizda qancha muhabbat, donolik, go'zallik, mehr-oqibatni kashf etsangiz, ularni atrofingizdagi dunyoda shunchalik ko'proq sezasiz.
#PSIXOLOGIK_FAKT

Rashq ayollarni ko'rish qobilyatini passaytirar ekan.
#MULOHAZA

💫Biz qachon kuch toʻplaymiz, energiyaga to'lamiz💫

✔️Yangi odamlar bilan tanishganimizda.

📚Yangi bilimlar olganimizda.

✔️Sayohat qilganimizda.

Oʻz qoʻrquvlarimizni yengganimizda.

🏇Biror bir yangi narsaga urunib koʻrganimizda.

✔️Sayr qilganimizda (ishga yoki oʻqishga shoshib yugurib borish yoki do'konga chiqish emas, aynan maqsadsiz sayr qilish)

🎨Ijod bilan shugʻullanganimizda.

👫Yoqimli insonlar bilan suhbatlashganimizda.

👨‍👩‍👧‍👦Bizni qoʻllab quvvatlaydigan va bizga ishonadigan insonlar bilan muloqot qilganimizda.

🏃Tanamizga gʻamxoʻrlik qilganimizda ( basseyn, massaj yoki kontrast dush qabul qilganimizda)

🙅‍Istaganimizda yoʻqʼ deya olganimizda.

🎹Oʻzimiz istagan mashg'ulot bilan shug'ullanganimizda.
​​#PSIXOLOGIK_TEST

1 TA VARIANTNI TANLANG

🍸STAKAN YARMIGACHA TO'LDIRILGAN.

🍷STAKANNING YARMI BO'SH.
#JAVOBLAR

🎓BU TEST INSONNING OPTIMIST YOKI PESSIMIST EKANLIGINI ANIQLASHGA MO'LJALLANGAN QISQA TEST EDI!

🍸 STAKAN YARMIGACHA TO'LDIRILGAN:

Bu variantni Optimistlar tanlaydi, chunki ular har narsaning 1-navbatda yaxshi tarafini ko'rishga odatlanganlar.

🍷STAKANNING YARMI BO'SH:

Bu variantni Pessimistlar tanlaydi, sababi ular har narsaning 1-navbatda kamchilik tomonlariga ahamiyat berishga odatlanganlar.
#PSIXOLOGIK_FAKT

Biz ishonch bildirmagan insonlarimizdan ko'ra, biz qattiq ishongan insonlar bizga eng ko'p pand berar ekanlar...Ba'zan yer uzra o'zining yorqin nurlarini sochayotgan quyosh, yerdagi g'uborlarni berkitgani kabi, Tabassum qilayotgan insonlar ham o'zlarida yolg'onlarni berkitishar ekan....Bugun bizga yaqin bo'lgan insonlar ertaga yot begonadek bo'lishlari ham hech gap emas.
Уйқусизлик қийнайдими? Кечги мутолаа-тинчланиш ва уйқуга ҳозирлик кўриш учун энг яхши восита.
Биринчи бўлиб узр айтган киши шижоатлироқдир.
Биринчи бўлиб кечирган киши кучлироқдир.
Биринчи бўлиб ўтган ишларни унутган киши бахтиёрроқдир.
Ҳар доим биринчилардан бўлишга ҳарис бўл, ҳаракат қил!
Қайғули ўтмишимизни ўзгартиришнинг иложи йўқ .
Лекин келажагимиз гўзал бўлиши ўз қўлимизда.
Яхши ният ва озгина харакат бўлса бас !
Тухум ташқаридан синса,
унинг ҳаёти тугайди. Аммо у ичкаридан синса, ҳаёт
бошланади. Шундай экан,
ҳар киши ўзгаришни аввало ўзининг ичкарисидан бошламоғи лозим.
​​#психологикФАКТ

Дўстлар билан овқатланиш кайфиятни яхшилайди ва депрессияни камайтиради.
ЎЗИНГИЗГА ИШОНЧНИ ҚАНДАЙ ОШИРИШ МУМКИН?

Аслини олганда, маслаҳат беришни ёқтирмайман. Негаки, бирор кимга йўл-йўриқ кўрсатишдан аввал унинг ҳаёти, турмуш тарзи, характери билан яқиндан танишиш керак. Лекин ҳар қандай вазиятда ҳам инсон ўзига бўлган ишончини йўқотмаслиги лозим. Ишонч – кўп эшикларни очишга қодир. Қандай эшикни чертишимиздан қатъий назар, уни очаётганда муомала, тарбия ва ўзимизга нисбатан ишончимизга таянамиз.
«Айни дам шаштим пасайиб, ишончим сустлашиб бораяпти, нима қилай?» деганларга тавсия эмас, ҳаётий қарашларимдан келиб чиққан фикрларим билан бўлишмоқчиман.

Билимингизни оширинг! Кўпроқ китоб мутолаа қилинг. Ўз устингизда ишланг, илмли инсон қоқилмайди, дунёқараши кенгайгани сайин ўзига бўлган ишончи ҳам ортиб бораверади. Кимнингдир асоссиз фикрларини тинглаш чарчатади, тўғрими? Сизга нисбатан ҳам ана шундай кайфиятда бўлишларини истамасангиз, дадиллашинг.

Ҳурматингизни билинг!
Ички дунёнгиз, ташқи қиёфангиз, қарашларингизни ҳурмат қилинг. Зеро, булар ҳам ўзингизга бўлган ишончни оширади. Шу билан бирга атрофингиздагилар ҳам ҳурматингизни жойига қўйишади.

Ўзингизга эътиборли бўлинг! Билимли, ўзига ишонган аёл ҳамиша гўзал кўринади! Тан олайлик, «чиройлисиз» деган сўздан ўзимизга нисбатан ишончимиз ортади. Дарров қаддимизни тик тутиб, бошимизни баланд кўтарамиз. Турмуш ўртојимиз, фарзандларимизнинг эътирофи эса ўн чандон ишончимизни оширади. Шундай экан, ташқи кўринишингизга аҳамиятли бўлинг!

Меҳрли бўлинг! Меҳр-муҳаббатингиз, эътиборингизни атрофингиздагилардан қизғанманг. Шунда барча сизни қадрлайди, қадр кўрган инсоннинг эса ўзига ишончи ошади.
Ижобий нарсаларни ўйланг!

Ҳаётингизда ижобий нарсаларга аҳамият қаратганингиз сари ижобий ишларингиз ва муваффақиятингиз зиёдалашади. Салбий нарсалар ҳақида ўйламасликка ҳаракат қилинг, акс ҳолда муваффақиятсизлик ва қоқилишга дуч келасиз. Чунки муваффақият ҳақида ўйлаган киши у томон ҳаракат қила бошлайди. Муваффақият тушунчаси бўлмаган ҳаёт ичида яшайдиган киши эса, ҳеч шубҳасиз, мағлубиятга учрайди.
Hayotiy yuksalishning 10 qonuni

1. Televizor tomosha qilmang.

2. Ajoyib g'oya tug'ildimi darrov yozing

3. Kech qolyapsizmi? Qo'ng'iroq qilib kechikishingizni ayting

4. Birovlarning orzulari ustidan kulmang

5. Xatolaringizni tan olishni o'rganing

6. Hech qachon nolimang. Odamlarni sizning muammolaringiz qiziqtirmaydi.

7. G'iybat qilmang

8. Avval murakkab vazifalarni bajaring

9. Doimo haqiqatni so'zlang. Shunda yolg'onlarni eslab yurish kerak bo'lmaydi
Қувонч ва тинчликни ўғирлайдиган учта ёмон омил бор:

- ўтмиш учун пушаймонлик
- келажак учун ташвиш ва ҳозирги ношудлик.

Ўз кучингизга ишонинг ва бу ёмон омиллар сизда бўлишига йўл қўйманг.
#Suhbat #Yordam

KIMDANDIR QANDAY QILIB YORDAM SO'RASA IJOBIY JAVOB OLSA BO'LADI

Agar sizga kimdirning yordami kerak bo'lsa, "Men sizning yordamingizga muhtojman ..." degan ibora bilan boshlang Odamlar o'zlarini kerakli deb his qilishni yaxshi ko'radilar va ular o'zlarini aybdor his qilishdan nafratlanishadi. Suhbatni ushbu ibora bilan boshlash orqali sizga kerakli yordamni olish ehtimoli katta.
#PSIXOLOGIK_TEST

SHAXSIYAT TESTI. SURATDA BIRINCHI BO'LIB NIMANI KO'RDINGIZ ? TANLANG VA XARAKTERINGIZNI SIZGA NO'MALUM QISMI HAQIDA BILIB OLING

🕊 Qush
🥚 Tuxum
🧩 Tuxum siniqlari
🕊 Qush

Siz boshqalarga ko'rinmaydigan narsalarni ko'rish qobiliyatiga egasiz.
Deyarli har doim siz o'zingizning qobiliyatingizga ishonchingiz komil va dunyo ko'p qirrali va imkoniyatlarga to'la ekanligini tushunasiz.
Sizni yuqori salohiyatga ega mustaqil shaxs deb atash mumkin.
Siz shoirlar yozgan odamsiz, siz xayolparastsiz

🥚 Tuxum

Siz yaxshi narsalarga, muvaffaqiyatli natijalarga ishonishni afzal ko'rasiz.
Siz hayotdan shikoyat qiladigan qayg'uli odamlarni yoqtirmaysiz.
Siz kamdan-kam taslim bo'lasiz, sizni xafa qilish qiyin.
Siz har doim va muvaffaqiyatli ravishda ijobiy energiyani hayotingizda - ong osti darajasida to'playsiz. Siz stoiksiz, siz optimistsiz.

🧩 Tuxum siniqlari

Sizga yaxshi bo'lmagan narsani tushuntirish, ishontirish, optimallashtirish yoqmaydi.
Shubhasiz, siz kuchli shaxssiz, harakatchan odamsiz. Biroq, agar kerak bo'lsa, qanday kutish kerakligini va qandaydir istiqbol bo'lsa qaytib kelishni bilasiz.
Ko'p gapiradigan odamlar, hatto ular ko'p ish qilsalar ham, sizning muhitingizda juda kam.
Sizni qutqarish uchun yolg'on tushunchasi bilan tanish emassiz, siz faktlarni afzal ko'rasiz.
Ba'zan hatto juda yaqin odamlar sizni qattiq odam deb bilishadi - siz realistsiz.