Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
17.1K photos
5.56K videos
138 files
11.1K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from FVMMTB - Rasmiy kanali
💥Yozyovon tumanida yangi 420 o‘rinlik zamonaviy 28-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Yozyovon tumani Yuqori Soybo‘yi MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida yangi qurib bitkazilgan 420 o‘rinlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lub o‘tdi.

❇️Tumandagi zamonaviy, barcha qulayliklar va imkoniyatga ega bo‘lgan ikki qavatli mazkur 28-ta’lim muassasasini bunyod etilishiga davlatimiz tomonidan 12 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

♻️Yangi tashkilotning foydalanishga topshirilshi munosabati bilan tashkillangan tadbirda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, mahalla ahli ishtirok etishdi.

🔰Marosimda qatnashgan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ushbu ta'lim maskanida yaratilgan sharoitlar kelajak avlodni sog‘lom, har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishiga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida UNICEFning Innovatsiyalar Xabi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.


Anjuman davomida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar va ta’limga innovatsion yechimlarni joriy etish holati bo‘yicha taqdimot qilindi.

UNICEF rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, UNICEF vakillari O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish va ta’limga innovatsion yechimlarni joriy etish holatini alohida qayd etishdi.

Shuningdek, safar davomida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi hamda rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, olib borilayotgan hamkorlik ishlari va grant mablag‘larini ajratish masalalalari ham muhokama qilindi.

Ayniqsa, joriy yil aprel oyida Finlyandiya Milliy ta’lim agentligining ekspertlari O‘zbekistonda bo‘lib, pedagoglarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirish, direktorlar maktabini tashkil etish, inklyuziv ta’lim va gospital pedagogikani joriy etish hamda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishganlari va bu borada aniq hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olinganligi qayd etildi.

✔️ Tashrif davomida kelgusi 2025-2026-yillar uchun UNICEF tomonidan ta’limga innovatsiyalarni jalb qilish, Fin Hukumati tomonidan esa, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda umumiy o‘rta talim maktablarida inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida grant mablag‘lari ajratilishi kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda vazir o’rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchilarni o’quv seminaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi hamda sertifikatlarni topshirdi.
____
Bugun shuningdek, kunning birinchi qismida:

“Umumta’lim maktablaridagi tarbiyaviy ishlarda zamonaviy yutuq va metodlardan samarali foydalanish”,
“Zamonamizning yangi usul maktablari” kabi mavzularda mahorat darslari bo’lib o’tdi.

Mashg’ulotlar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anons

👩‍🏫 Xurshid Azamatovdan "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida yangi loyiha. Yurtimizning chekka hududidagi maktabni bitirgan o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirish natijasi 100%ligini bilarmidingiz?
"Madaniyat va ma’rifat" telekanalida Manzura Dadaboyevaning qalb kechinmalari bilan tanishamiz

📺 "Muallimning bir kuni"
🗓 4-may
19:30

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling.⬇️
🎥Instagram |🟦Facebook
☎️ Telegram  |🟥Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan “Tajriba o‘tkazish, baholash va amaliyotga joriy etish” nomli mahorat darslariga start berildi.

Ayni damda tadbirning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

👉Mahorat darslarini jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM