Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
17.1K photos
5.56K videos
138 files
11.1K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#THE

“Times Higher Education“ tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida "Times Higher Education" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimkulov, “Times Higher Education” reyting agentligining global masalalar bo‘yicha bosh direktori Fil Bati hamda tashkilotning Yevropa va Buyuk Britaniyadagi tijoriy direktori Lachin Italmazova ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida mazkur reyting agentligi bilan hamkorlik aloqalarining yaxshilanib borayotgani, xususan bugungi kunda "Yangi O‘zbekiston" universitetida o'ziga xos tadqiqot faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ta'kidlab o‘tildi.

⚡️Uchrashuv doirasida tomonlar 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan "Markaziy Osiyo universitetlari forumi"ga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Osiyo infratuzilma investitsiya banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, Osiyo infratuzilma investitsiya banki, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasidagi investitsiyalar bo‘yicha vitse-prezidentning katta maslahatchisi Xong Vey hamda vazirlik huzuridagi "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" Bosh direktori Ulug‘bek Kasimxodjayevlar ishtirok etishdi.

⛪️ Uchrashuv doirasida tomonlar keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi hududida zamonaviy yangi umumtaʼlim maktablarini barpo etish orqali yangi o‘quv o‘rinlarini yaratish hamda istiqboldagi boshqa hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Poytaxtimizda “Zamonaviy maktablarda o‘qitish uslublari: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida rus-o‘zbek ilmiy-metodik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan mazkur tadbir onlayn va offlayn shaklda tashkil etildi.

Konferensiya doirasida:

Matematika fanini o’qitishda muammo va yechimlar,
Sun’iy intellektdan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil etish,
Rus tilini chet tili sifatida o’rgatishda o’yin texnologiyalaridan foydalanish kabi mavzularda mahorat darslari bo’lib o’tdi.

Ma'lumot o'rnida: mazkur konferensiya 2020-yilda tashkil etilgan “Класс! (Zo‘r!)” loyihasi doirasida o'tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Ta'lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Trening tadbirida xorijiy ekspertlar tomonidan:


maktab o‘quvchilarida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tabiiy fan doirasida rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini tuzish,
dars mazmuniga loyihaga asoslangan ta’limni (PBL) singdirish,
o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.


Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, o'quv jarayonlari va o'quvchilar faoliyati bilan tanishtirildi.
___________
Khairi Abdullah, xorijiy ekspert (Singapur):

- Bugun ertalab bizga maktab bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi va o‘qituvchilarning izlanuvchanligiga guvoh bo‘ldik va bu bizda katta taassurot qoldirdi. Darslar juda ajoyib tashkil etilgan, o‘qituvchilar o‘z fanlarini ma’lumotlarga boy holda o‘tishmoqda.

Bizni bir-birimizdan o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p. Shu nuqtai nazardan men istiqboldagi hamkorlik va birgalikdagi loyihalarga umid qilib qolaman.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Fotoreportaj

Treninglar davom etmoqda: xorijiy ekspertlar ishtirokida amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida treninglarining ikkinchi kuni bo'lib o'tdi.

❗️
Unda singapurlik mutaxassislar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan tabiiy fan mazmun-mundarijasini tashkil etuvchi o‘quv fanlaridagi integrativ yondashuv haqida fikr almashishdi.

Shuningdek, seminar doirasida amaliy mashg'ulotlar ham tashkil etilib, unda dars jarayonlarini yanada interaktiv tarzda tashkil etish haqida so'z bordi.

Jarayonlardan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Yurtimizda pedagog kadrlar malakasini oshirish, baholash, ta’limda zamonaviy boshqaruv va inklyuziv ta’lim kabi yo‘nalishlarda
xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari “O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim tizimini rivojlantirish (FIESDU)” loyihasi doirasida mazkur davlat tajribasini o‘rganmoqda. 

🔴 Ayni vaqtda Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Vazirlik mutaxassislari bir hafta davomida ushbu mamlakat ta’lim tizimi, ta’lim tashkilotlarida boshqaruv, baholash, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va inklyuziv ta’lim kabi yo‘nalishlarda
hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi.

Dastavval delegatsiya a'zolari Agentlikda bo‘lib, loyiha maqsadi va hamkorlik rejalari, strategiyasini muhokama qilishdi.

Bugun kun davomida delegatsiya a’zolari Xelsinki shahrida joylashgan "YUNISEF Ta’limda innovatsiyalar markazi" (UNICEF Learning Innovation Hub)da bo’lib, raqamli ta’lim texnologiyalarning O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida fikr almashishdi.

Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1363

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#xalqaro_hamkorlik
✳️KOREYALIK O‘QUVCHILAR BUXORO SHAHRIDA TA’LIM SAFARIDA!

🔹Koreya Respublikasi Kyongbuk shahar ta’lim boshqarmasi bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Kyongbuk shahridagi maktablarning bir guruh o‘qituvchi va o'quvchilari Buxoro shahrida ta’lim sayohatida bo‘lib turishibdi.

Sayohat doirasida mehmonlar Buxoro shahridagi 42-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib, ta'lim muassasasi faoliyati va tengdoshlarining maktabdagi hayoti bilan yaqindan tanishishdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-01-11-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#xalqaro_hamkorlik

SAUDIYA ARABISTONING AR-RIYOD SHAHRIDA XALQARO KIMYO OLIMPIADASI BOSHQARUV QO‘MITASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Unda Boshqaruv Qo‘mitasining a’zolari 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi hamda kelgusi yillarda Birlashgan Arab Amirligi va O‘zbekistonda o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz mezbonlik qiladigan ushbu olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari Boshqaruv Qo‘mitasi a’zolari tomonidan yuqori baholandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Jahon_banki

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida vazir Hilola Umarova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida tomonlar:

“Taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan milliy baholash tizimini yaratish, soha mutaxassislari malakasi va tajribasini oshirish” hamda
“Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihalarini muhokama qilishdi.

❗️Tadbir yakunida Vazirlik va Jahon Banki kelgusida samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirish va ularni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

O’zbekiston va Singapur Ta’lim vazirliklari o’rtasida o’zaro
hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida Singapur davlatida bo'lib turgan vazirlik delegatsiyasi Singapur Ta'lim vazirligi vakillari bilan uchrashishdi.

Unda tomonlar ta’lim sifatini yaxshilash, ta'limda ilg’or tajribalarni qo’llash, shu jumladan kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

✔️Shuningdek, vazirlik delegatsiyasi vakillari Singapurning National Institute of Education (Milliy Ta'lim Instituti) da bo‘lib, amaldagi pedagoglar malakasini oshirish yuzasidan taqdimot qilishdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida:

malaka oshirish tizimi hamda o’quv dasturlari va kontentlarni takomillashtirish,
ta’lim berish sifatini yaxshilash va boshqa yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Singapur

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Singapurda Marshall Cavendish Education tashkiloti vakillari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish haqida suhbat olib borishdi. Xususan:

Singapurning ta'lim sohasidagi tajribasi asosida o‘qituvchilar malakasini oshirish,
dars jarayonlarida zamonaviy metodika va darsliklardan foydalanish,
maktab ta'limi sohasida sun'iy intellekt bilan ishlash yo‘nalishini o‘rganib chiqish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

❗️Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida kelgusida yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Lissabonda TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining natijalari yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tmoqda

🔴 Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan joriy yilning 17-22-mart kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida TIMSS 2023 tadqiqoti doirasida Milliy loyiha koordinatorlarning yettinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuvda IEA (Gamburg va Amsterdam), TIMSS&PIRLS xalqaro tadqiqot markazi, RTI tashkilotlari hamda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlar qatorida O’zbekiston vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

✔️Xalqaro uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda taqdimotlar va treninglar o‘tkazilishi belgilangan:

TIMSS 2023 tadqiqotining tashkil etish va ma’lumotlarni boshqarish jihatlari;
Xalqaro sifat nazoratchilarining tahlillari;
Tadqiqot ishtirokchilarining tanlab olish jarayonlari;
Mamlakatlarning ta’lim tizimlariga oid ensiklopediyalarini muhokama qilish;
Baholash metodologiyasi va uni amalga oshirish;
Matematika va tabiiy fanlar bo’yicha loyihaviy hisobot tahlili;
So’rovnomalar bo’yicha loyihaviy hisobot tahlili.

🔹 Maʼlumot uchun: TIMSS 2023 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari 2023-yil 17-apreldan 5-mayga qadar reprezentativlik asosida tanlab olingan 166 ta maktablarda o‘tkazilgan. Unda jami 8800 nafar 4-va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha sinov jarayonlarida hamda kontekst soʻrovnomalarda ishtiroki ta'minlangan.

Shu bilan birga, 166 nafar maktab direktori, 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari va 4450 nafar ota-onalar
soʻrovnomalarda ishtirok etgan bo'lib, natijalar 2024-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati)ning TexVET loyihasi rahbari Mattias Klingenberg boshchiligidagi loyiha vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirning birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev va mas’ullar ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuvda O‘zbekistonda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va kasbiy ta’lim berishning istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar:

GIZ bilan hamkorlikda tashkil etilgan Career TexVET loyihasini yanada rivojlantirish,
maktab o‘quvchilarini qiziqishlariga mos bo‘lgan kasb tanlashlariga ko‘maklashish,
ularga zamonaviy kasblar haqida tushunchalar berish tizimini yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Finlyandiya Milliy Ta’lim agentligi vakillari O‘zbekistondagi so‘nggi safar kunida Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 14-maktabda bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ta’lim tizimida yangi innovasion metodikalardan foydalanish, hudud va o‘quvchilarning kontingentidan kelib chiqqan holda yanada samarali usullardan foydalanishga qaratilgan master-klass soatlari tashkil etildi.

Shundan so‘ng Finlyandiyalik mutaxassislar O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazida tashkil etilgan uchrashuvda qatnashdi. Unda inklyuziv ta’limni joriy etishdagi muammolar, jamiyatda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarga bo‘lgan qarashlar va kelgusi rejalar muhokama etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida UNICEFning Innovatsiyalar Xabi tomonidan o‘tkazilgan
xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

Anjuman davomida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar va ta’limga innovatsion yechimlarni joriy etish holati bo‘yicha taqdimot qilindi.

UNICEF rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, UNICEF vakillari O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish va ta’limga innovatsion yechimlarni joriy etish holatini alohida qayd etishdi.

Shuningdek, safar davomida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi hamda rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, olib borilayotgan hamkorlik ishlari va grant mablag‘larini ajratish masalalalari ham muhokama qilindi.

Ayniqsa, joriy yil aprel oyida Finlyandiya Milliy ta’lim agentligining ekspertlari O‘zbekistonda bo‘lib, pedagoglarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirish, direktorlar maktabini tashkil etish, inklyuziv ta’lim va gospital pedagogikani joriy etish hamda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishganlari va bu borada aniq hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olinganligi qayd etildi.

✔️ Tashrif davomida kelgusi 2025-2026-yillar uchun UNICEF tomonidan ta’limga innovatsiyalarni jalb qilish, Fin Hukumati tomonidan esa, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda umumiy o‘rta talim maktablarida inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida grant mablag‘lari ajratilishi kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Samarqand

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida xorijiy mehmon Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, o’quvchilar bilan suhbatlashib, ular yaratayotgan loyihalarga qiziqish bildirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Boku

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Ozarbayjonning Boku shahrida “O‘quvchilar taʼlimi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi boʻyicha II ICESCO konferensiyasi”da ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbir Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot (OECD) hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.

Mazkur anjumanga 30 ga yaqin mamlakatlar vakillari qatnashishmoqda.

Konferensiyaning maqsadi - 2022-Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi (PISA) natijalarini muhokama va tahlil qilish, shuningdek, o‘quvchilarni baholashning asosiy nuqtalarini aniqlash va tajriba almashishdir.

Konferensiya doirasida:

ICESCOga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar,
xalqaro baholashlardan kontekstual maʼlumotlarni yigʻish uchun baholangan koʻnikmalar,
baholash metodologiyalari va vositalari muhokama qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

O‘qituvchilar uchun SEL kasbiy rivojlanish dasturi ish boshladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning ijtimoiy, hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SEL dasturi ish boshladi.

Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ochib berdi va ushbu dasturning ta'lim muhitini yaratishdagi ahamiyati haqida so'z yuritdi.

Unda shuningdek, UNESCO tashkilotining O'zbekistondagi vakili Sara Noshadi, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, psixolog hamda pedagoglar ishtirok etdi.

4 kun davomida bo‘lib o‘tadigan treninglarda 50 nafardan ortiq pedagoglar o‘quvchilar bilan muloqot ko‘nikmalari, zamonaviy raqamli vositalardan unumli foydalanish bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘ladi.

Kurslar ingliz tilida olib boriladi va loyihaning keyingi bosqichlarida ishtirokchilar o'z tajribalarini hamkasblari bilan bo‘lishadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#London

Vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda

🔴 Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi.

Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda:

ta'limga yangi metodikalarni joriy etish,
sun’iy intellektdan foydalanish,
ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM