Xushnudbek.uz
513K subscribers
9.75K photos
2.48K videos
209 files
8.45K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari QS reytingi boʻyicha dunyoning birinchi raqamli oliygohida amaliyot oʻtashadi!

Massachusetts texnologiya instituti J-WEL va “Yangi Oʻzbekiston” universiteti oʻrtasida kelishuv imzolandi.

Endilikda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari QS reytingi boʻyicha dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot oʻtash va malaka oshirish imkoniga ega boʻlishadi.

Bunda, talabalar MIT professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etiladigan darslarda ishtirok etishlari, ilmiy tadqiqotlar olib borishlari, oʻz loyihalarini yanada rivojlantirishlari va MIT laboratoriyalarida eksperimentlar oʻtkazishlari mumkin boʻladi.

Loyihaning yana bir afzalligi shundaki, talabalar MITda tahsil oladigan tengdoshlari bilan yaqin aloqalar oʻrnatib, doimiy tajriba almashib borishadi.

Telegram

Reklama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi va sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga oid takliflarni bildirdi.

Birinchidan, yangi tahrirdagi “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi ta’kidlandi. Ushbu hujjat Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq ishlab chiqildi.

Ikkinchidan, tez orada mamlakatimizda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi. Ushbu sud O‘zbekiston sud-huquq tizimida alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Tez orada ushbu sud qarorlarini ijro etishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston protsessual kodekslariga ham o‘zgarish kiritiladi.

Uchinchidan, yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo‘yicha cheklovlar ham bekor qilinadi.

Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha, ya’ni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-maydan minimal isteʼmol xarajatlari 648 ming soʻm etib belgilanganligi sabab Prezident farmoni bilan quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi:

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolar uchun — oyiga 648 ming so‘m;

ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 648 ming so‘m;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakili uchun — oyiga 648 ming so‘m;

boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — oyiga 648 ming so‘m;

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 648 ming so‘m.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xulio Kortasar. Ishgʻol qilingan uy (hikoya)

Izoh: Sizga havola qilinayotgan hikoya koʻplab tadqiqotchilarning e’tiboriga tushgan. Bir toifa tadqiqotchilar hikoyadagi sirli kuchni inson yolgʻizligi, yolgʻizlik avval uyni, keyin aka-singilning qalbini zabt etgan deb tahlil qilsa, boshqa adabiyotshunoslar noma’lum kuchlarni o’sha davrda Argentinani zoʻrlik bilan ushlab turgan va mamlakatga qoʻrquv, vahima solayotgan xuntaning timsoli, uyni esa Argentina deb talqin qilishadi. Hikoyani tinglab/oʻqib qay bir talqin haqiqatga yaqinroq ekanini bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xulio-kortasar-ishgol-qilingan-uy

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/Ztbh_29ley8

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orzularingiz uchun qabul ochiq!

🎯 “Profi University”ning asosiy maqsadi bilimli, dunyoqarashi keng, tanqidiy fikrlay oladigan va buni ifodalay oladigan kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Bitiruvchilarimiz “Profi” nomi va faoliyatini butun dunyoga namoyish qilishlaridan umidvormiz!

Sizda shu umidning bir parchasi boʻlish, o'zingiz munosib boʻlgan kelajak yaratish imkoniyati bor.

2024-2025-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda.

Roʻyxatdan oʻtish uchun: profiuniversity.uz

Batafsil ma'lumot uchun:
📲 78-777-11-11 yoki @profiqabul

Profi University- Think out of the box

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

@profiuniversity

Reklama
Bugun final

U-23 Osiyo kubogi finalida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇯🇵Yaponiya bilan kuch sinashadi.

Bungacha ikkala jamoa ham bir martadan chempion bo’lgan va bugun kimdir ikki marta chempion bo’lgan ilk jamoaga aylanadi.

O’yin soat 20:30 da boshlanadi.

Yigitlarimizga omad tilaymiz! Alloh yuzlarini yorug’ qilsin, ilohim.

Olg’a, O’zbekiston!


👉 @xushnudbek 👈
Bugungi o’yinda 3 nafar legionerimiz ishtirok etmaydi.

Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov o’z jamoalari ixtiyoriga qaytib ketdi.

Kelishuvga ko’ra, “SSKA”, “Lans” va “Al-Vahda” jamoalari toki asosiy vazifaga qadar — Olimpiada yoʻllanmasi qoʻlga kiritilgungacha futbolchilarga ruxsat bergan edi.

Shu sababli, ushbu futbolchilar oʻz jamoalari tarkibidagi navbatdagi muhim oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun jo’nab ketdi.

Yigitlarimizga ham, ruxsat bergan jamoalarga ham katta rahmat. Tarixiy natijaga erishishga munosib hissa qo’shishdi.


👉 @xushnudbek 👈
Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasi yangi binosi ochildi

Ochilish marosimida O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov ishtirok etdi.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda nimalar muhokama qilindi?

Eng avvalo Shavkat Mirziyoyev investorlarga mamlakat taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, 4 ta yoʻnalishda ishchi guruhlarni tashkil etish va ularni toʻliq amalga oshirishda faol ishtirok etish taklif etildi:

▪️kapital bozorini rivojlantirish;
▫️masʼuliyatli biznes yuritish;
▪️muqobil investisiyalarni ragʻbatlantirish;
▫️investorlar bilan ishlash tizimini raqamlashtirish.

Prezident investorlar Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli biznes yuritishi, oʻzini erkin va ishonchli his etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini aytdi. Aytilgan barcha tashabbus va tavsiyalar toʻliq inobatga olinishi qayd etildi.

Hukumat aʼzolari, vazirlar, Prezident Administratsiyasining masʼul xodimlariga kengash aʼzolari bilan muloqotlarni izchil davom ettirish, kiritilgan har bir taklif, aytilgan har bir loyiha boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
260 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

“CHIRCHIQ SHAGʼAL SARALASH” MCHJ direktori Yuqori Chirchiq tumani hududida gʻallachilik-chorvachilik yoʻnalishida ajratilgan 260 gektar yerni boshqa fuqaroga 400 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan. Yer hujjatlarini kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali pul evaziga tayyorlab berishni vaʼda qilib, 29-aprel kuni oldindan 40 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Rossiya hududiga O’zbekiston fuqarolari kiritilmayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

O’zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasi tomonidan internetda tarqalgan xabarni o‘rganish maqsadida Moskva shahridagi barcha aeroportlarining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilganda, Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetovo aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga qo‘yilmayotganligi yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotganligi aniqlandi.

Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiyaga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotganligi, O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘lgan.


👉 @xushnudbek 👈
“Qoʻrqma” romani asosida suratga olingan filmni ko‘rdingizmi?

Iste’dodli aktyorlar ijrosidagi ta’sirli hujjatli film orqali Germaniyaga borgan o‘zbek talabalar, ularning Vatanga qaytgach qatag‘on bilan tugagan ayanchli qismati ko‘rsatib berilibdi.

Bu filmda asar qahramonlari jonlantiriladi, ular tilidan muhim mavzular ko‘tariladi. Quvonarlisi, filmni taqdim etgan “Mutolaa” loyihasi bunday kontentlarni davomiy berib borishni rejalashtirgan ekan.

Ko‘rmagan bo‘lsangiz, albatta ko‘ring 👇

📹 https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ&t=138s&ab_channel=MutolaaFilms


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Joriy yilda Toshkent shahrida AQShning peshqadam kompaniya va banklari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so’ng Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida U-23 Osiyo kubogi finalida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇯🇵Yaponiya bilan kuch sinashadi.

Alloh yigitlarimizning yuzini yorug’ qilsin, g’alaba biz tomonda bo’lsin.

Stadiondan turib, eng qiziq jarayonlarni yoritib borishga harakat qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈