Xushnudbek.uz
508K subscribers
9.64K photos
2.46K videos
205 files
8.32K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Mukofot jamg‘armasi 375 million so’m bo’lgan “WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumiga start berildi

Uchinchi mavsum 1-maydan 1-dekabriga qadar davom etadi.

G‘oliblar uchun ajratilgan pul mukofotlari:

1-o‘rin: 150 mln. so‘m;
2-o‘rin: 125 mln. so‘m;
3-o‘rin: 100 mln. so‘m.

📝 Marafonda ishtirok etish uchun ushbu link orqali so'rovnomani to'ldiring.

Ma’lumot uchun: o’zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan “WikiStipendiya” marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi.

Batafsil ma'lumotlar:
🔵 Rasmiy kanal
🤖 Rasmiy bot
📞+998330007133
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, tijorat banklari Toshkent shahridagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etayotgan ekan. Kutubxonalar 1-maydan boshlab ketma-ket ishga tushiriladi.

Aytilishicha, kutubxonalarning aksariyati mahalla binolarida joylashmoqda. Loyihada mahallasi bor-yo‘qligiga qiziqqanlar uchun, tumanlar kesimida ro‘yxat ham keltirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Davlat bog‘chalari uchun yangi to‘lov miqdorlari belgilandi

Hukumatning tegishli qaroriga (246-son, 29.04.2024-yil) ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat bog‘chalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari tasdiqlandi.

To‘lovlar dastlab o‘rtacha 20%ga, yangi yildan esa 10%ga qimmatlamoqda.

Ma’lumot uchun: oxirgi marta bog‘cha puli 3 yil avval, 2021-yil 1-mayda 15%ga oshirilgandi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Osiyo xalqaro universitetida 2024-2025-oʻquv yili uchun qabul boshlandi

Osiyo Xalqaro universitetida qabul jarayonlari boshlandi. Yangi oʻquv yilida universitet abituriyentlarga yanada keng tanlov imkoniyati va yangiliklarni tayyorlab qo'ygan.

Endilikda oliygohda:

- 20 ta bakalavr;

- 7 ta magistratura yoʻnalishlari mavjud.

🌐 Roʻyxatdan oʻtish: qabul.oxu.uz

📂 Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022-y)

📞 Qoʻshimcha ma'lumot uchun biz bilan bogʻlaning:

+998 55 305 0009

Telegram | Instagram | Facebook |

Ta'lim reklamasi
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi

“Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi yigʻilishida atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi. Bildirilgan fikrlar va takliflar asosida hujjatdagi ayrim jihatlarga oʻzgartirishlar kiritiladi.

Umid qilamizki, mazkur qaror loyihasidagi biznes vakillari va jamiyat uchun zarar kelturuvchi jihatlar olib tashlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Tursunov Qurbon Ibragimovich Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi.

U bungacha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i edi.

Shaharning sobiq hokimi Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugun, 1-may kuni Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi — Adliya vazirligi.


👉 @xushnudbek 👈
Maʼmurov Oʻtkirbek Komiljonovich Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Buloqboshi tumani hokimi edi.



Boʻtaxonov Furqatbek Tojimuhammadovich Buloqboshi tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar tuman hokimining birinchi oʻrinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiyachilarimiz murabbiyi Timur Kapadze va sardor Jasur Jaloliddinov Indoneziya bilan o‘yindan avval futbolchilarga nimalar dedi?

Bu haqda O‘FA matbuot xizmati taqdim qilgan videoni ko‘rib, bilib olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yigitlarimiz 3-may, juma kuni U23 Osiyo kubogi finalida 🇯🇵Yaponiya bilan kuch sinashadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3, 4 va 5-may kunlari Samarqand-Toshkent yo'nalishida qo'shimcha "Afrosiyob" tezyurar poyezdi reyslari qo'yiladi

Bunda “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha reys quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

➡️ 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

⬅️ 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

Qo‘shimcha qatnov uchun chiptalarni eticket.railway.uz sayti orqali onlayn xarid qilish ham mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivali yakunlandi

Rasmiy yopilish marosimi Ichan qal’aning Karvonsaroy darvozasida bo’lib o’tdi.

Festivalda “Gran-Pri” mukofoti 7 000 AQSh dollarini tashkil etdi. 1-2-3- o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar uchun mos ravishda har bir yo‘nalishda 3 ta nominatsiya bo‘yicha 5 000, 3000 va 2000 AQSh dollaridan mukofotlandi.

Ma'lumot uchun: mazkur festival Prezidentning PQ-4843-son qarori bilan 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 25 — 30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida o‘tkazilishi belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kinoaktyor Mashrab Kimsanov uzoq davom etgan xastalikdan so’ng 69 yoshida vafot etibdi.

Ma’lumot uchun, Mashrab Kimsanov "Vodiylik kelin", "Olovli yo‘llar", "Otamdan qolgan dalalar", "Masxaraboz", “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, "Sehrli qalpoqcha", "Onaginam orzusi" kabi filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, ijodkor "Tog‘lik kuyov" filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi rojiun.


👉 @xushnudbek 👈