Xushnudbek.uz
513K subscribers
9.68K photos
2.46K videos
206 files
8.36K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Hukumat 7 ta yirik kompaniyadagi davlat ulushlarini xalqaro bozorda sotadi.

Dastlab Samarqand avtomobil zavodining 75,2% ulushi 2024-yil 1-iyuliga qadar savdoga chiqarilishi kerak.

Bundan tashqari, gigant kompaniyalar — Navoiy KMK AJ, Olmaliq KMK AJ, O‘zbekgidroenergo AJ, O‘zbektelekom AJ aksiyalarining 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali xalqaro fond bozorlariga chiqariladi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#18 DOLLAR KESKIN OSHADIMI? — Lolazor podcast

Ushbu sonda Toshkentdagi 2 ta katta bog'ning 49 yilga xususiy investorga berib yuborilishi va shu bog'larning allaqachon talon-toroj qilingani, mahalliy kengash deputatlarining nima uchun kerakligi, dollarning keskin oshishi, maktab hududlarining sotilishi, viloyat mashinalarining Toshkentda taksi qilish huquqi, Britaniyadan kelgan martabali mehmon va uning ahamiyati, hokimlarning vakolat doirasi hamda O'zbekiston U23 terma jamoasining g'alabasi haqida gaplashdik.

📹 https://youtu.be/yMAL-P7yxB4

Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥉🇺🇿Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medallarini qoʻlga kiritdi

3-o’rin uchun bahsda qo’shnilarimiz 🇹🇯Tojikiston penaltilar seriyasida mag’lub etildi.

Eh, Eronni ham yutardik, salgina omadimiz kelmadi-da. Yigitlarga qoyil va rahmat!

Xudo xohlasa, Jahon chempionatida ham medallar kutib qolamiz. Biz muxlislar esa zalni to’ldirib, qo’llab-quvvatlab turamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Trastpay tanlovida ishtirok eting va ajoyib sovrinlarni qo‘lga kiriting!

Trastpay ilovasini yuklab oling, kartadan kartaga 100 ming soʻmdan ortiq pul oʻtkazing yoki xizmatlar uchun onlayn toʻlovni amalga oshiring va tanlov ishtirokchisiga aylaning!

18-aprelda boshlangan tanlov 18-mayga qadar davom etadi va sovrinlar har hafta tarqatiladi!

4-may; iPhone 15 Pro,Apple Watch, AirPods;

11-may: iPhone 15 Pro, Apple Watch, AirPods;

18-may: Sony PlayStation 5 (2 dona), Turkiyaga ikki kishilik sayohat.

Trastpay safiga qo'shiling!

Reklama
Vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Bu haqda “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida yana bir bor belgilandi.

Qarorda Bosh vazir Abdulla Aripovga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chirish, ularning ma’muriy binolaridan samarali foydalanish va ularni sotishdan tushadigan mablag‘larni ushbu hududda ma’muriy binolarni barpo etishga yo‘naltirish yuzasidan uch oy muddatda taklif kiritish topshirigi berildi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. 👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi.

Joriy haftada davlatimiz rahbari III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Uy sotamiz” deb odamlarni aldaganlikda ayblanayotgan shaxslar qidirilmoqda

Toshkent shahar IIBBga yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun to‘lovni amalga oshirgani, biroq MChJ tomonidan shu kunga qadar xonadonlar topshirilmaganligi yuzasidan bir nechta fuqarolar ariza bilan murojaat qilgan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, Sharipov Obid Aripovich “MAX-HOUSE-GROUP” MChJni tashkil qilgan hamda sheriklari Osimov Axtam Axmadovich va Samandarov Azizbek Alijonovich bilan birga MChJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni sotishini aytib, fuqarolardan xonadonlar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan.

Aslida esa ushbu ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutassaddi tashkilotlardan ruxsat olmagan, uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega bo‘lmagan va kadastr hujjatlari ham yo‘q bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi ("Firibgarlik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va O.Sharipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Gumonlanuvchi A.Samandarov va A.Osimov tergovdan qochib yashiringanligi sababli, ular qidiruvga berilgan.

❗️Toshkent shahar IIBB ushbu shaxslardan jabr ko‘rganlar yoki qidiruvdagi shaxslarning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan 71-206-42-28, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishini so‘ragan.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun tarixiy kun bo‘lishi mumkin

Birozdan so‘ng, aniqrog‘i soat 19:00 dan boshlab U23 Osiyo kubogi yarim finalida 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇩Indoneziyaga qarshi maydonga chiqadi. G‘olib jamoa Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Bungacha biror marta O‘zbekiston terma jamoasi futbol musobaqalarida Olimpiadada ishtirok etmagan.

Xudo xohlasa, bugun yigitlarimiz mardonavor jang qilib, xalqimizga uzoq kutilgan g‘alabani taqdim etishadi, degan umiddamiz. Duo qilamiz va ishonamiz.

Olg‘a, yigitlar!


👉 @xushnudbek 👈
GOOOOOOOL!!!

Norchayev!


👉 @xushnudbek 👈
GOOOOOOOLLL!!!

2:0!

O’yin tugashiga sanoqli daqiqalar qoldi. Indoneziyadan 1 o’yinchi qizil kartochka ham olgan.

Parijga juda va juda yaqinmiz!


👉 @xushnudbek 👈
G’ALABAAAAA!!!

O’zbekiston terma jamoasi o’z tarixida ilk marta Olimpiada o’yinlarida ishtirok etadi!

Bu yigitlar tarix yaratishdi! Barchangizga barakalla! Ota-onangiz va ustozlaringizga katta rahmat!

Parij, bizni kutib ol!

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu tarixiy g’alaba bilan tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Lolazor” podkastidan Parijga salomlar!😃


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
104 kvadrat/metrli 4 xonali so‘nggi xonadonni chegirmali narxlarda xarid qilishga ulgurib qoling!

Yunusabad Residence turar joy majmuasi 2, 4 va 9 qavatli binolardan iborat boʻlib, 2023-yilda foydalanishga topshirilgan. Barcha uylar tayyor kadastrga ega.

👉Mavjud xonadonlar va sotib olish shartlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun savdo boʻlimiga murojaat qiling.

📲 Telefon: +998555122222

Telegram | Instagram | Joylashuv

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzReport telekanali 10 yoshga to’ldi

O’zbekistonda xususiy medianing shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan UzReport telekanalini ushbu yubiley yoshi bilan chin dildan qutlayman.

“Jonli efir” degan tushunchani o’zbek mediasida aynan UzReport mustahkamlagan, desam mubolag’a bo’lmaydi. Ha, to’g’ri, avvallari ham jonli efir qilinardi, lekin ular barmoq bilan sanarli hamda asosan sport musobaqalarida bo’lardi xolos. UzReport esa siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, umuman olganda istalgan tadbirni jonli efirda uzatish mumkinligini, bundan qo'rqmaslik kerakligini amalda isbotlab, axborot makoniga yangi havo olib kirgan.

UzReport telekanali men uchun ham o'zgacha qadrli. Xabaringiz bor, 3 yildan buyon Metsenat.uz nomli talabalarga kontrakt to'lashga yo'naltirilgan loyihani amalga oshiramiz. Loyiha davomida jami 6 mlrd so'mdan ko'proq miqdorda grant va stipendiyalar e'lon qilishga erishdik.

UzReport telekanali aynan shu loyihani telekanallar orasida eng birinchi qo'llab-quvvatlagan edi. Telekanal rahbari Ravshanxon aka Jo'rayevga bu loyiha haqida aytishim bilan, o'zlari jonli efirda taqdimot uchun bepul joy ajratib bergan. Praym-taymda! Undan keyin ham MetsenatUz haqida juda ko'p reportajlar berishdi va berib kelishmoqda. Ilm-ma'rifatni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy loyihalarni beminnat targ'ib qilish kabi jihatlari uchun ham UzReportni juda hurmat qilaman.

Telekanal jamoasini yana bir bor yubileyi bilan tabriklab, ularning ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman!


👉 @xushnudbek 👈
Koʻchmas mulk va avtomobil savdosi naqd pulsiz shaklga oʻtkazilishi mumkin

Hukumat tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha choralar ishlab chiqilmoqda. Unga koʻra, quyidagilar taklif qilinyapti:

koʻchmas mulk va transport vositalarini sotishni faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirish va ushbu operatsiyalar boʻyicha komissiyani bekor qilish;

tovar va xizmatlarning umumiy qiymati 3000 dollardan oshsa, toʻlovlarni faqat naqd pulsiz koʻrinishda amalga oshirish;

ulgurji savdoni toʻliq naqd pulsiz hisob-kitoblarga oʻtkazish;

barcha byudjet tashkilotlari xodimlari, OTMlar, harbiy xizmatchilar hamda yirik soliq toʻlovchilarning 100 foiz ish haqini bank kartalariga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlash;

faqat naqd pulsiz shaklda toʻlanadigan xizmatlar katalogini tasdiqlash;

onlayn davlat xizmatlari va toʻlovlar, jismoniy shaxslar oʻrtasidagi oʻtkazmalar, shaxsiy mablagʻlarni boshqarish va onlayn savdo xizmatlarini oʻz ichiga oluvchi “WeChat” va “Kaspi” kabi tizimlarga oʻxshash texnologik yechim yaratish.

Bundan tashqari, 1-iyuldan boshlab chakana savdo, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish sohalarida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 1% miqdorida keshbek qaytarish tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Korzinkada go’sht mahsulotlari uchun chegirma!

Korzinka do’konlarida mol go’shtiga chegirmalar boshlandi, sifatli go’sht mahsulotlarini qadrlovchi insonlarni kayfiyati ko’tarilishi aniq!

Faqatgina 20-apreldan 3-maygacha go'sht mahsulotlarini yanada unumli narxlarda xarid qiling!

Korzinka Plus kartasidan foydalanib, 100 000 so‘mga xaridlar qiling va sovrin ikkita Chery Tiggo 7 Pro bo’lgan o‘yinda qatnashing!

App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web | Reklama