Янгича "Мингбулоқ"
264 subscribers
27.8K photos
13K videos
116 files
4.8K links
Мингбулоқ туман ҳокимлигининг "Мингбулоқ" газетаси телеграм канали.

Мурожаат учун газетамиз рақами: +998694521660
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
16.06.2023/09.00

#Namangan

"HARVARD" UNIVERSITETI PROFESSORI TALABALAR BILAN UCHRASHDI

Muxbir: Hulkar ISMOILOVA🎤

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan
Ertak qahramonlarini qoʻgʻirchoqda gavdalantirayotgan 60 yoshli hunarmand ayol

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
09:00 01.08.2023

NAMANGANDA "DARAXTLARGA NAFAS BERING" EKOAKSIYASI

#Namangan

muxbir: Umida Qo‘shoqova

@yangicha_mingbuloq
#Namangan_viloyati

💠Viloyatning Mingbuloq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-126 avtoyoʻlining 62-66-kilometrlari oraligʻidagi mavjud eski qoplamani buzish va rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

❇️Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi hududdagi yo‘l infratuzilmasi holati va xavfsizligini yaxshilash maqsadida ushbu loyihani amalga oshirish tashabbuskori bo‘ldi.

🔷Mingbuloq TYFUK jamoasi nazorati ostida hozirda buzish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Loyiha eskirgan qoplamani olib tashlash va uni yangi, bardoshli sirt bilan almashtirishni o'z ichiga oladi, bu esa ravon yo‘lda avtomashinalar harakati uchun sharoitlarni yaxshilaydi va potensial xavflarni kamaytiradi.

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VA_DUNYO
ҲОКИМ ИНВЕСТОР БИЛАН ТАРЖИМОНСИЗ МУЛОҚОТ ҚИЛДИ (видео)

📹💼 Наманган вилояти ҳокими Шавкат Абдураззоқов юртимизга ташриф буюрган дунёнинг йирик электрон-онлайн савдо гиганти - Хитойнинг "Alibaba" корпорацияси вице-президенти Крис Чжоу билан инглиз тилида мулоқот қилди.

Учрашувда айтилганидек, текстиль, саноат, қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари экспортини йўлга қўйиш учун Наманган минтақавий марказ бўлади. Шу боисдан ҳам "Alibaba" корпорацияси вилоятимизда ўзининг минтақавий марказини очади.

🎥 Анвар Икромов видеолавҳаси.

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAHKUMLARNING YASHASH SHAROITI O'RGANILDI

#Namangan

muxbir: Umida Qo‘shoqova

@yangicha_mingbuloq
#Namangan

〽️ TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

🔹 Ma’lumki, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati boʼlimi, Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Namangan viloyati boshqarmasi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi, Oʼzbekiston Jurnalistlari uyushmasi viloyat boʼlimi, Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi hamkorligida Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yilligiga bagʼishlab “Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun!” shiori ostida beshta yo‘nalishda tanlov o’tkazilishi e’lon qilingan edi.

🔹 “Vatan qadri aziz” mavzusidagi “Eng yaxshi videorolik” tanlovi, Usmon Nosir tavalludining 111 yilligiga bagʼishlab “Oʼzbekiston — mening baxtim, mening kelajagim!” mavzusida mushoira tanlovi, qatagʼon qurboni boʼlgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan “Xotira aziz – inson muqaddas!” mavzusidagi insholar tanlovlarining yakuniy viloyat bosqichi g'oliblari ular tomonidan taqdim etilgan ijodiy materiallar orqali aniqlangan bo’lsa, Boborahim Mashrab tavalludining 383 yilligiga bagʼishlangan “Mashrab gʼazallari bilimdoni” hamda milliy musiqa va maqom sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan “Mumtoz navolar” mavzusidagi maqom tanlovlarining g’oliblari joriy yilning 12-oktyabr kuni Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida tashkil etilgan yakuniy viloyat bosqichida aniqlandi.

🔹 O’zgacha kayfiyat va ko’tarinki ruhda o’tgan tanlovlarning viloyat bosqichida ishtirokchilar bor iste’dod va qobiliyatlarini namoyon qilib bordilar. Ishtirokchilarning birin-ketin chiqishlari yakunlangach, tanlovning taqdirlash marosimiga navbat berildi.

🔹 Taqdirlash marosimida soʼz olgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari M.Аppaqov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi mas’ullari G.Zokirova va R.G‘oziyevalar hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib Muhammad Mirzo va bir qator ustoz-murabbiylar tanlovda ishtirok etgan yoshlarning Boborahim Mashrab g’azallarini chuqur bilishi, milliy maqom boʼyicha ijodlari barchani lol qoldirgani hamda bugungi kunda mana shunday yoshlarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish har qachongidanda zarurligini taʼkidlab oʼtishdi va hayotiy misollarni aytib berishdi.

🔹 Tashkil etilgan tanlovning taqdirlash marosimida beshta yo’nalish bo’yicha jami 15 nafar yoshlar birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplomlar va qimmatbaho esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

@yangicha_mingbuloq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанд нуфузли йиғинга мезбон | Наманган вилояти вакилларининг ундаги иштироки ОАВ нигоҳида

#16oktabr #Samarqand #Axsikent #Namangan

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UNWTO Бош Ассамблеясининг 25-юбилей сессияси | 2000 йиллик тарихга эга Ахсикент ва Хитой муносабатлари - унинг замонавий трансформацияси

#markaziystudiya #axsikent #namangan

@yangicha_mingbuloq
#Namangan
#Amaliy_seminar

🔸 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida na'munali tashkil etish yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi

Namangan shahridagi "Yoshlar markazi"da Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy bo'linmalari va umumta'lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamkorligida dolzarb masalalarga bag'ishlangan o'quv-seminar o'tkazildi.

Seminarda Prezident Adminstratsiyasi masʼul xodimi Otabek Bozorov tomonidan umumta'lim maktablarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etish hamda o‘quvchilar o'rtasida bugungi kunda uchrayotgan turli illatlar, ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Seminar davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari M.Appaqov, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzatov, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Abduraxmonovlar ham so’z olib, bugungi kunda yoshlarimiz o’rtasida uchrayotgan turli illatlar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi axloqiy buzuqlik, yengil-yelpi, xalq maʼnaviyati va birligiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi gʼoyalar targʼiboti kuchayib borayotgani, bu illatlar yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, orzu-maqsadlari va hayot tarziga koʼchayotganini aytib o’tdi. Ushbu salbiy jarayonlarni oldini olish uchun ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari targ’ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishlari, hozirda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni ko’proq tushuntirib borishi lozimligi ta’kidlab o’tildi.

Seminarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini umumta'lim maktablarida tashkil etish, sardorlar kengashini tuzish, ularning maqsad va vazifalari umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tushuntirib o‘tildi.

Seminar so'ngida ishtirokchilarning sohaga oid takliflari, fikr-mulohazalari tinglanib, kelgusida umumta'lim maktablarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim yoʻnalishlar belgilab olindi. Shunindek, tumanlarda ham mana shunday amaliy seminar tashkil etishga kelishildi.

@yangicha_mingbuloq