Янгича "Мингбулоқ"
256 subscribers
27.5K photos
12.9K videos
115 files
4.77K links
Мингбулоқ туман ҳокимлигининг "Мингбулоқ" газетаси телеграм канали.

Мурожаат учун газетамиз рақами: +998694521660
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
09:00 01.08.2023

NAMANGANDA "DARAXTLARGA NAFAS BERING" EKOAKSIYASI

#Namangan

muxbir: Umida Qo‘shoqova

@yangicha_mingbuloq
#Namangan_viloyati

💠Viloyatning Mingbuloq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-126 avtoyoʻlining 62-66-kilometrlari oraligʻidagi mavjud eski qoplamani buzish va rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

❇️Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi hududdagi yo‘l infratuzilmasi holati va xavfsizligini yaxshilash maqsadida ushbu loyihani amalga oshirish tashabbuskori bo‘ldi.

🔷Mingbuloq TYFUK jamoasi nazorati ostida hozirda buzish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Loyiha eskirgan qoplamani olib tashlash va uni yangi, bardoshli sirt bilan almashtirishni o'z ichiga oladi, bu esa ravon yo‘lda avtomashinalar harakati uchun sharoitlarni yaxshilaydi va potensial xavflarni kamaytiradi.

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VA_DUNYO
ҲОКИМ ИНВЕСТОР БИЛАН ТАРЖИМОНСИЗ МУЛОҚОТ ҚИЛДИ (видео)

📹💼 Наманган вилояти ҳокими Шавкат Абдураззоқов юртимизга ташриф буюрган дунёнинг йирик электрон-онлайн савдо гиганти - Хитойнинг "Alibaba" корпорацияси вице-президенти Крис Чжоу билан инглиз тилида мулоқот қилди.

Учрашувда айтилганидек, текстиль, саноат, қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари экспортини йўлга қўйиш учун Наманган минтақавий марказ бўлади. Шу боисдан ҳам "Alibaba" корпорацияси вилоятимизда ўзининг минтақавий марказини очади.

🎥 Анвар Икромов видеолавҳаси.

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAHKUMLARNING YASHASH SHAROITI O'RGANILDI

#Namangan

muxbir: Umida Qo‘shoqova

@yangicha_mingbuloq
#Namangan

〽️ TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

🔹 Ma’lumki, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati boʼlimi, Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Namangan viloyati boshqarmasi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi, Oʼzbekiston Jurnalistlari uyushmasi viloyat boʼlimi, Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi hamkorligida Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yilligiga bagʼishlab “Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun!” shiori ostida beshta yo‘nalishda tanlov o’tkazilishi e’lon qilingan edi.

🔹 “Vatan qadri aziz” mavzusidagi “Eng yaxshi videorolik” tanlovi, Usmon Nosir tavalludining 111 yilligiga bagʼishlab “Oʼzbekiston — mening baxtim, mening kelajagim!” mavzusida mushoira tanlovi, qatagʼon qurboni boʼlgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan “Xotira aziz – inson muqaddas!” mavzusidagi insholar tanlovlarining yakuniy viloyat bosqichi g'oliblari ular tomonidan taqdim etilgan ijodiy materiallar orqali aniqlangan bo’lsa, Boborahim Mashrab tavalludining 383 yilligiga bagʼishlangan “Mashrab gʼazallari bilimdoni” hamda milliy musiqa va maqom sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan “Mumtoz navolar” mavzusidagi maqom tanlovlarining g’oliblari joriy yilning 12-oktyabr kuni Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida tashkil etilgan yakuniy viloyat bosqichida aniqlandi.

🔹 O’zgacha kayfiyat va ko’tarinki ruhda o’tgan tanlovlarning viloyat bosqichida ishtirokchilar bor iste’dod va qobiliyatlarini namoyon qilib bordilar. Ishtirokchilarning birin-ketin chiqishlari yakunlangach, tanlovning taqdirlash marosimiga navbat berildi.

🔹 Taqdirlash marosimida soʼz olgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari M.Аppaqov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi mas’ullari G.Zokirova va R.G‘oziyevalar hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib Muhammad Mirzo va bir qator ustoz-murabbiylar tanlovda ishtirok etgan yoshlarning Boborahim Mashrab g’azallarini chuqur bilishi, milliy maqom boʼyicha ijodlari barchani lol qoldirgani hamda bugungi kunda mana shunday yoshlarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish har qachongidanda zarurligini taʼkidlab oʼtishdi va hayotiy misollarni aytib berishdi.

🔹 Tashkil etilgan tanlovning taqdirlash marosimida beshta yo’nalish bo’yicha jami 15 nafar yoshlar birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali diplomlar va qimmatbaho esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

@yangicha_mingbuloq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанд нуфузли йиғинга мезбон | Наманган вилояти вакилларининг ундаги иштироки ОАВ нигоҳида

#16oktabr #Samarqand #Axsikent #Namangan

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UNWTO Бош Ассамблеясининг 25-юбилей сессияси | 2000 йиллик тарихга эга Ахсикент ва Хитой муносабатлари - унинг замонавий трансформацияси

#markaziystudiya #axsikent #namangan

@yangicha_mingbuloq
#Namangan
#Amaliy_seminar

🔸 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida na'munali tashkil etish yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi

Namangan shahridagi "Yoshlar markazi"da Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy bo'linmalari va umumta'lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamkorligida dolzarb masalalarga bag'ishlangan o'quv-seminar o'tkazildi.

Seminarda Prezident Adminstratsiyasi masʼul xodimi Otabek Bozorov tomonidan umumta'lim maktablarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etish hamda o‘quvchilar o'rtasida bugungi kunda uchrayotgan turli illatlar, ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Seminar davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari M.Appaqov, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzatov, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Abduraxmonovlar ham so’z olib, bugungi kunda yoshlarimiz o’rtasida uchrayotgan turli illatlar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi axloqiy buzuqlik, yengil-yelpi, xalq maʼnaviyati va birligiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi gʼoyalar targʼiboti kuchayib borayotgani, bu illatlar yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, orzu-maqsadlari va hayot tarziga koʼchayotganini aytib o’tdi. Ushbu salbiy jarayonlarni oldini olish uchun ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari targ’ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishlari, hozirda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni ko’proq tushuntirib borishi lozimligi ta’kidlab o’tildi.

Seminarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini umumta'lim maktablarida tashkil etish, sardorlar kengashini tuzish, ularning maqsad va vazifalari umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tushuntirib o‘tildi.

Seminar so'ngida ishtirokchilarning sohaga oid takliflari, fikr-mulohazalari tinglanib, kelgusida umumta'lim maktablarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim yoʻnalishlar belgilab olindi. Shunindek, tumanlarda ham mana shunday amaliy seminar tashkil etishga kelishildi.

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
12:00 27.11.2023

"AXSIKENT ARXEOLOGIYA PARKI" KITOB-ALBOMI TAQDIMOTI

#Namangan

muxbir: Umida Qo‘shoqova

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISHGA KIRITISHNI VA'DA QILGAN FIRIBGARLAR USHLANDI

#Namangan

muxbir: Umida Qo‘shoqova

@yangicha_mingbuloq
#Namangan
#Xavfsiz_tartibli_va_qonuniy_mehnat_migratsiyasi
#Odam_savdosi_mudhish_jinoyat

TАNLOV G’OLIBLARI TAQDIRLANDI!

🔰 Ma’lumki, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyat boʼlimining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi” grant loyihasi doirasida “Odam savdosi – mudhish jinoyatdir” mavzusida tanlov eʼlon qilingan edi.

🔹 Joriy yilning 29-dekabr kuni Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da 3 ta yo‘nalishda 16 va undan yuqori yoshdagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilari o’rtasida o’tkazilgan tanlovning taqdirlash marosimi o’tkazildi

🔹 Taqdirlash marosimi avvalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari, loyiha rahbari Musoxon Appaqov loyiha doirasida o’tkazilayotgan targ’ibot tadbirlari yuzasidan ma’lumot berib o’tdi hamda bugungi kunda odam savdosini olidini olish, xavfsiz migratsiya masalalari bo’yicha fikr bildirdi.

🏆 Taqdirlash marosimida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi videorolik” yo’nalishlarida ishtirok etib g’olib bo’lgan birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin g’oliblari diplom va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

@yangicha_mingbuloq
#Namangan
#Yangi_yil_shodiyonasi

Joriy yilning 29-dekabr kuni Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi, shahar va tumanlar boʼlinmalari rahbar-xodimlari uchun yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda so’z olgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari Musoxon Appaqov 2023-yil davomida viloyat bo’limi, shahar va tuman bo’linmalari tashabbusi bilan amalga oshirilgan turli loyihalar va tashabbuslar shunindek, belgilangan vazifalar o’z o’rnida yuqori saviyada o’tkazilganligini e’tirof etdi hamda barcha yangi 2024-yil omad va baxt olib kelishligini hamda yangi yilda ham yangi marralar uchun katta qadam tashlash lozimligini ta’kilab o’tdi.

Yig’ilishda 2023-yil davomida faollik ko’rsatgan barcha shahar va tuman bo’linmalari rahbar-xodimlariga esdalik sovg’alari hamda yangi yil bayram sovg’alari topshirildi.

Yangi 2024-yil yurtdoshlarimiz qatori barcha ma’naviyat va ma’rifat fidoyilariga ham muborak bo’lsin. Yangi marralar va yangi orzularimiz ushbu yilda amalga oshsin. Barchangizga bayram muborak bo’lsin!!!

@yangicha_mingbuloq
#Namangan
#Yangi_yil_shodiyonasi

Joriy yilning 29-dekabr kuni Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi, shahar va tumanlar boʼlinmalari rahbar-xodimlari uchun yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda so’z olgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari Musoxon Appaqov 2023-yil davomida viloyat bo’limi, shahar va tuman bo’linmalari tashabbusi bilan amalga oshirilgan turli loyihalar va tashabbuslar shunindek, belgilangan vazifalar o’z o’rnida yuqori saviyada o’tkazilganligini e’tirof etdi hamda barcha yangi 2024-yil omad va baxt olib kelishligini hamda yangi yilda ham yangi marralar uchun katta qadam tashlash lozimligini ta’kilab o’tdi.

Yig’ilishda 2023-yil davomida faollik ko’rsatgan barcha shahar va tuman bo’linmalari rahbar-xodimlariga esdalik sovg’alari hamda yangi yil bayram sovg’alari topshirildi.

Yangi 2024-yil yurtdoshlarimiz qatori barcha ma’naviyat va ma’rifat fidoyilariga ham muborak bo’lsin. Yangi marralar va yangi orzularimiz ushbu yilda amalga oshsin. Barchangizga bayram muborak bo’lsin!!!

@yangicha_mingbuloq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VA_DUNYO

📹🇨🇳🇺🇿 Хитойда Наманган вилояти инвестиция жозибадорлиги намойиш этилмоқда, келишувларга эришилмоқда!

Наманган вилояти ҳокими, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоси Шавкат Абдураззоқов бошчилигидаги вилоятимиз делегациясининг Хитойга ташрифи давом этмоқда.

🤝 Ҳокимлик мутасаддилари, Наманганнинг йирик ишбилармонлари доирасидан иборат делегациянинг амалий хизмат сафари давомида Пекин, Гуанжо ва Урумчи шаҳарларида бўлиб ўтган музокаралар ҳамда бизнес форумларида Хитой ва Наманган вилояти ўртасида қатор истиқболи лойиҳалар юзасидан битимлар имзоланмоқда.

@yangicha_mingbuloq
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
05.02.2024/19.45

#Namangan

"BU KUN" ORQALI YECHILGAN MUAMMO

Muxbir: Hulkar ISMOILOVA

@yangicha_mingbuloq
#itpark #rezident #namangan

IT park rezidenti bo'lish qanchalik foydali?

Agar sizda IT kompaniya yoki IT oʻquv markazi boʻlsa, IT Park rezidentlari uchun berilgan imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin.

No-Rezident kompaniyalar davlatga turli xil soliqlar to'laydi:
🔸 Daromad soligʻi - 12%;
🔸 Korporativ daromad soligʻi yoki QQS - 4-15 %;
🔸 Ijtimoiy toʻlov - 12%;

IT Park rezidentlari esa deyarli barcha soliqlar va to'lovlardan ozod etilgan:
🔹 Korporativ daromad soligʻi - 0%
🔹 Ijtimoiy toʻlov - 0%
🔹 Daromad soligʻi - 7,5%
🔹 Bojxona toʻlovlari (kompaniya ehtiyojlari uchun) - 0;

💰Siz ham IT Park rezidentiga aylaning va pullaringizni tejab qoling!

📝 IT Park rezidenti bo'lish uchun quyidagi raqamga murojat qilishingiz mumkin.

☎️ +998999982882

☝️ Xa aytgancha, rezidentlar doimiy IT Park tomonidan qo'llab quvvatlash va hamkorlik imkoniyatiga ega bo'ladilar.

@yangicha_mingbuloq
#flower_fest_63 #namangan

Азиз юртдошлар!

Агар Сизда 63-халқаро "Гуллар фестивали"ни янада сермазмун ва бетакрор ўтказиш бўйича таклиф ёки ташаббуслар бўлса, ушбу ҳавола
@flower_fest_63 орқали муносабат билдиринг!

63-халқаро "Гуллар фестивали"ни янада жозибадор ўтказиш учун фикрларингизни кутамиз.

Унутманг, бу фестиваль барчамизники!

Наманган вилояти ҳокимлиги.

@yangicha_mingbuloq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Катта миқдордаги муддати ўткан, яроқсиз дори воситалари тўхтатиб қолинди

#Namangan

muxbir: Umida Qo‘shoqova

@yangicha_mingbuloq
#Namangan viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlovlar e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Namangan viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

🔸 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Namangan viloyati boshqarmasi:
— Uchqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 2-hudud 1-uchastkada (Uchyogʻoch MFY, Navroʻz MFY, Birlik MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Uchqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 1-hudud 2-uchastkada (Nurobod MFY, Qoʻgʻay MFY, Namuna MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Uchqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 1-hudud 1-uchastkada (Obod MFY, Yangiobod MFY, Ozod MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 9-hudud 1-uchastkada (Serharakat MFY, Tegirmonboshi MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 8-hudud 2-uchastkada (Toʻpsada MFY, Chordona MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 8-hudud 1-uchastkada (Birlashgan MFY, Ingichka MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 7-hudud 2-uchastkada (Mehnatobod MFY, Uyirchi-damkoʻl MFY, Yakkatol MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 7-hudud 1-uchastkada (Guliston MFY, Qoʻgʻolikoʻl MFY ) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 6-hudud 2-uchastkada (Bozorboshi MFY, Qoʻshqishloq MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 6-hudud 1-uchastkada (Baland-Gurtepa MFY, Damkoʻl MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 5-hudud 2-uchastkada (Madyarovul MFY, Qayragʻochovul MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 5-hudud 1-uchastkada (Mulkobod MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 4-hudud 2-uchastkada (Oʻzgarish MFY, Oʻrtaqishloq MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 4-hudud 1-uchastkada (Qoʻriqobod MFY, Madaniyat MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim;

— Mingbuloq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 3-hudud 2-uchastkada (Yoshlik MFY, Tollik MFY, Yangi Gulbogʻ MFY) kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikasiya tizimi — id.egov.uz dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

🔷 Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

@yangicha_mingbuloq