Бепул юридик ёрдам ва маслахат/Бесплатная юридическая консультация
119 subscribers
84 photos
8 videos
11 files
87 links
Новости по правам человека и остальные новости по юриспруденции. Бесплатная юридическая консультация и помощь.


Если есть вопросы обращайтесь:
Саволлингиз бўлса:
@Sardorbek_konsultatsiya_bot
Download Telegram
​​#Saylov_2021

❗️Markaziy saylov komissiyasiga a'zolik

🗳 Yigirma besh yoshga to‘lgan, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan hamda kamida oxirgi besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaro Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.

💠 Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari, diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

❗️Markaziy saylov komissiyasining a’zosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

❇️ Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib, Senat a’zoligiga nomzod etib, ishonchli vakil etib ro‘yxatga olingan a’zosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.

📌 Markaziy saylov komissiyasining a’zosi ushbu komissiyaning qaroriga binoan komissiyada doimiy asosda ishlashi mumkin. Markaziy saylov komissiyasida doimiy asosda ishlovchi komissiya a’zolarining soni ko‘pi bilan yetti kishidan iborat bo‘ladi.

❗️ Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

♻️ Markaziy saylov komissiyasi a’zolariga Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat a’zolariga nisbatan qo‘llaniladigan daxlsizlik to‘g‘risidagi qoidalar tatbiq etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 13-modda