Бепул юридик ёрдам ва маслахат/Бесплатная юридическая консультация
119 subscribers
84 photos
8 videos
11 files
87 links
Новости по правам человека и остальные новости по юриспруденции. Бесплатная юридическая консультация и помощь.


Если есть вопросы обращайтесь:
Саволлингиз бўлса:
@Sardorbek_konsultatsiya_bot
Download Telegram
[Переслано из Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi rasmiy telegram sahifasi]
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

#Tanlov
#Bolalarga_bering_dunyoni

📄Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi hamkorlikda “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida “20-noyabr Butun jahon bolalar kuni”ga bag‘ishlangan online ko'rik-tanlov e'lon qiladi.

📌Tanlov quyidagi 2 ta yo‘nalishda tashkil etiladi:

🎥Eng ta’sirli tayyorlangan “Bola huquqlari”ga oid videorolik (videorolik vizual va ovozli effektlar, jonli yoki animatsion tasvirlar asosida yaratilgan hamda bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ‘ib etishi zarur);

🖼Eng ma’noli chizilgan “Bola huquqlari”ga oid rasm (rasm rassomchilik uslublari va qoidalari asosida chizilgan, bolalarning huquq va manfaatlarini ifoda etishga, ularni hurmat qilishga, tegishli huquqlarni himoya qilishga targ‘ib etishi zarur);

Tanlovda ishtirok etish uchun materiallar joriy yilning 25-oktabr kunidan boshlab, 15-noyabr kuniga qadar telegram kanali orqali tanlovni tashkil etish 📎nizomida belgilangan formatlarda material muallifining FISh, hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda @tmnn0 telegram manziliga yuborilishi zarur.
👇Tanlov bo‘yicha batafsil tasdiqlangan nizom bilan quyidagi havola orqali tanishing.
https://telegra.ph/Online-tanlovni-tashkil-etish-tartibi-togrisidagi-NIZOM-10-21-2

✔️Tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan Respublikamizning barcha o'quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

🎁Hakamlar hay’ati tomonidan har bir yo'nalish bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, har bir hududdan bir nafardan eng faol ishtirokchilar sertifikat bilan rag‘batlantiriladi.

Tanlov shartlariga muvofiq yuborilgan ijodiy ishlar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda Inson huquqlari Milliy markazining rasmiy YouTUBE, facebook va instagram sahifalarida yoritib boriladi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabimning rasmiy internet sahifalari👇
YouTUBE: https://www.youtube.com/channel/UCor2zyYXewS0MMYJ_ZUpjdg
Facebook: https://www.facebook.com/Respublika-Barkamol-avlod-maktabi-109677801198800/
Instagram: https://www.instagram.com/invites/contact/?i=py2z7a5r3qs&utm_content=lr87myh

Inson huquqlari Milliy markazining rasmiy internet sahifalari👇
YouTUBE: https://www.youtube.com/channel/UCor2zyYXewS0MMYJ_ZUpjdg
Facebook: https://www.facebook.com/insonhuquqlari

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site |Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE