Tipratikan | Jurnal
22 subscribers
636 photos
155 videos
1 file
21 links
📑📰 Қизиқарли мақолалар,
хайратланарли фотосуратлар,
фан ва технологияга оид видеороликлар,
кулгили видеолар,
статистик маълумотлар жамланган электрон саҳифа


Биз билан алоқа: @deylsbot
Муҳокама гуруҳи: @tipratikangroup
Instagram: @tipratikan
Download Telegram
Forwarded from Ulmasbekbooks | Blog
​​#fakt #kitoblar

📜 Elektron kitoblar tarixiga bir nazar

Dastlabki elektron kitoblar juda sodda va funksional jihatdan cheklangan bo'lgan. Bu elektron kitoblar 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida paydo bo'la boshlagan va birinchi modellar ko'pincha faqat matnni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan. O'sha davrning elektron kitoblari zamonaviy e-ink texnologiyasiga ega bo'lmaganligi sababli, ularning ko'rish qobiliyati ham odatdagi raqamli displeylar kabi bo'lgan va ko'zga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi yorqin orqa yoritma ishlatilgan.

Dunyodagi birinchi marta shu turdagi qurilma Michael Hart tomonidan Project Gutenberg doirasida 1971-yilda yaratilgan bo'lib, bu loyihada elektron kitoblar yaratish va tarqatish g'oyasi ilgari surilgan. Bu elektron kitoblar asosan oddiy matn fayllari (.txt) formatida bo'lgan va murakkab grafika yoki formatlashni qo'llab-quvvatlamagan.

U Illinois shtati Universiteti Urbana-Shampen kutubxonasida ishlaydigan va bir kompyuter tizimiga bepul foydalanish huquqini olgan. O'sha payt Hart, kompyuterning katta saqlash imkoniyatlari va elektron hujjatlarni nusxalash qobiliyatidan ilhomlanib, madaniy ahamiyatga ega adabiyotlarni raqamli formatda saqlash g'oyasini o'ylab topdi.

Uning fikricha, agar adabiy asarlarni elektron formatda saqlash mumkin bo'lsa, bu ma'lumotlar doimiy ravishda bepul va hammaga ochiq bo'lardi. Shu tariqa, u Aholi istemol tovarlar deklaratsiyasi (Deklaratsiya of Independence) hujjatini skanerlaydi va raqamli formatga o'tkazadi, shu bilan elektron kitob tarixidagi birinchi asar yaratilgan.

Shunday qilib, Project Gutenberg ilk elektron kutubxonani yaratdi va bu g'oya keyinchalik XXI asr boshlarida Amazon, Google Books va boshqa elektron kitob do'konlari va platformalarining rivojlanishiga zamin yaratdi. Elektron kitoblar va o'quvchilar texnologiyasi esa keyingi yillarda, xususan, 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida, elektron kitoblarni o'qish uchun maxsus qurilmalar chiqarila boshlaganida yana-da rivojlandi.

Eng avvalgi elektron kitob o'quvchilardan biri Sony Data Discman edi, u 1992 yilda chiqarilgan. Bu qurilma CD-ROM disklaridagi elektron kitoblarni o'qish uchun ishlatilgan va u mobil foydalanuvchilar uchun ma'lumot almashish vositasi edi. Uning ekranida ko'pincha faqat tekst ko'rsatilgan va rasmlar yoki yuqori sifatli grafiklar bilan ishlov berish imkoniyatlari juda cheklangan.

© Oʻlmasbek

@ulmasbekbooks
Forwarded from Ulmasbekbooks | Blog
​​#kutubxona #kitoblar #qiziqarli #tarjima #maqola

          🏛 Kongress Kutubxonasi qanchalik katta?

          Bugun sizlarga Kongress kutubxonasi haqida oʻzim oʻqib, oʻrgangan ayrim maʼlumotlarni berib oʻtmoqchiman. Ushbu maʼlumotlar ingliz tilidan oʻzbekchaga oʻgirildi.


          Kongress Kutubxonasi odamlar dunyo tarixini tushunishi uchun zarur bo'lgan 160 milliondan ortiq kitoblar, qoʻllanmalar va hokazolarni oʻzida saqlaydi. Kutubxonada 1507-yilda chizilgan va birinchi marta “Amerika” nomi tilga olingan xaritadan tortib, COVID-19 pandemiyasi bo'yicha og'zaki va yozma maʼlumotlargacha mavjud.

          Kongress Kutubxonasi 1800-yil 24-aprelda, Prezident Jon Adams «Kongress foydalanishi uchun zarur bo'lgan kitoblarni» sotib olishga va «ularni saqlash uchun mos xonani jihozlashga» 5000 dollar ajratishni tasdiqlaydigan Kongress Aktini imzolaganda tashkil etilgan. (Ushbu akt shuningdek federal hukumatning ish joyini Filadelfiyadan Vashingtonga ko'chirishni ham nazarda tutgan.)

          Kutubxona uchun birinchi xarid Londondan buyurtma qilingan 740 ta kitob va 30 ta xaritalardan iborat to'plam bo'lgan. Kitoblar asosan qonunchilikka oid bo'lib, Kongressning qonun chiqaruvchi organiga mos kelgan, qolgan qismi esa turli mavzularni qamrab olgan. Kitoblar dastlab AQSh Kapitoliysida, kutubxonaning birinchi uyida saqlangan.

        Birinchi xariddan keyingi ikki asrdan ko'proq vaqt davomida kutubxona ancha kengaydi. Bugungi kunda Kongress Kutubxonasi fizik jihatdan uchta binoga - Tomas Jefferson binosi, Jon Adams binosi va Jeyms Madison xotira xinosi (Kapitoliy yonida joylashgan) binolarga boʻlingan. Uning javonlari kolleksiyalari taxminan 800 mil (1287 km) kattalikdagi maydonini egallaydi va 164 milliondan ortiq fondni o'z ichiga oladi. Bu fond quyidagilarni o'z ichiga oladi:

▪️ 470 tildagi katalogga kiritilgan 29.49 milliondan ortiq kitoblar;
▪️ 1501-yilgacha bosilgan 5700 nusxa incunabula (eng qadimgi chop etilgan kitoblar);
▪️ Mustaqillik Deklaratsiyasining qo'lyozma loyihasi, Ozodlik Deklaratsiyasining birinchi loyihasi va Abraham Linkolnning qo'li bilan yozilgan Gettisburg Murojaatnomasining ikki nusxasi;
▪️ Ma'lum bo'lgan Gutenberg Bibliyasining uchta mukammal vellum nusxasidan biri;
▪️ AQSh hukumatining 1 milliondan ortiq nashrlari;
▪️ 5.8 million xaritalar, jumladan, Martin Valdseyuller tomonidan 1507-yilda tuzilgan dunyo xaritasi bo'lib, u "Amerika" nomi ilk bor qayd etilgan hujjat hisoblanadi;
▪️ Dunyo bo'ylab gazetalarning 1 million nusxada chop etilgan sonlari, bundan tashqari, bog'lam holidagi jildlarda va mikrooʻramlarda yuz minglab boshqa nusxalari;
▪️ O'tgan ikki yil davomida chop etilgan 60,000 nashrdagi jurnallar;
▪️ 8.2 million qogʻoz holidagi musiqa notalari;
▪️ 4.2 million audio yozuvlar;
▪️ 1.8 million film va video yozuvlar;
▪️ 16 milliondan ortiq bosma suratlar, fotograf, chizmalar va plakatlar;
▪️ Besh Stradivarius torli musiqa asboblari va dunyodagi eng katta fleyta kolleksiyasi.

Kongress kutubxonasi haqida qisqacha shular edi. Yana ham koʻproq maʼlumotlarni sizlar bilan boʻlishaman. Kongress kutubxonasiga borish barchamizga nasib etsin.

© Oʻlmasbek

@ulmasbekbooks