Tipratikan | Jurnal
23 subscribers
636 photos
155 videos
1 file
21 links
📑📰 Қизиқарли мақолалар,
хайратланарли фотосуратлар,
фан ва технологияга оид видеороликлар,
кулгили видеолар,
статистик маълумотлар жамланган электрон саҳифа


Биз билан алоқа: @deylsbot
Муҳокама гуруҳи: @tipratikangroup
Instagram: @tipratikan
Download Telegram
Forwarded from Ulmasbekbooks | Blog
#qiziqarli

Sizga Qur’on suralarining nechtasi Makkada nozil bo‘lgan deyilsa, o‘ylanib qolasiz? Yoki nechta sura Madinada nozil bo‘lgan deyilsa ham o‘ylanib qolasiz. Quyidagi arifmetik usul bilan, siz tezda bu savollarga javob berish imkoniga ega bo‘lasiz.
Malumki, Qur’oni karimdagi eng uzun sura bu Baqara surasidir. U 286 oyatdan iborat. Bu (286) uch xonalik raqam bo‘lib, agar biz shundan avvalgi 2 raqamini olsak, 86 raqami qoladi va bu Makkiy suralarning adadidir. Agar 286 raqamdan oxirgi 6 raqamini olsak, 28 qoladi va bu Madaniy suralarning adadidir. 86 va 28 raqamlarini bir-biriga qo‘shsak 114 bo‘ladi va bu umumiy Qur’oni karim suralarining adadidir.

Buni esingizdan chiqarmang!
Tanishlarga joʼnatib qoʼying!


@ulmasbekbooks
Forwarded from Ulmasbekbooks | Blog
​​#kutubxona #kitoblar #qiziqarli #tarjima #maqola

          🏛 Kongress Kutubxonasi qanchalik katta?

          Bugun sizlarga Kongress kutubxonasi haqida oʻzim oʻqib, oʻrgangan ayrim maʼlumotlarni berib oʻtmoqchiman. Ushbu maʼlumotlar ingliz tilidan oʻzbekchaga oʻgirildi.


          Kongress Kutubxonasi odamlar dunyo tarixini tushunishi uchun zarur bo'lgan 160 milliondan ortiq kitoblar, qoʻllanmalar va hokazolarni oʻzida saqlaydi. Kutubxonada 1507-yilda chizilgan va birinchi marta “Amerika” nomi tilga olingan xaritadan tortib, COVID-19 pandemiyasi bo'yicha og'zaki va yozma maʼlumotlargacha mavjud.

          Kongress Kutubxonasi 1800-yil 24-aprelda, Prezident Jon Adams «Kongress foydalanishi uchun zarur bo'lgan kitoblarni» sotib olishga va «ularni saqlash uchun mos xonani jihozlashga» 5000 dollar ajratishni tasdiqlaydigan Kongress Aktini imzolaganda tashkil etilgan. (Ushbu akt shuningdek federal hukumatning ish joyini Filadelfiyadan Vashingtonga ko'chirishni ham nazarda tutgan.)

          Kutubxona uchun birinchi xarid Londondan buyurtma qilingan 740 ta kitob va 30 ta xaritalardan iborat to'plam bo'lgan. Kitoblar asosan qonunchilikka oid bo'lib, Kongressning qonun chiqaruvchi organiga mos kelgan, qolgan qismi esa turli mavzularni qamrab olgan. Kitoblar dastlab AQSh Kapitoliysida, kutubxonaning birinchi uyida saqlangan.

        Birinchi xariddan keyingi ikki asrdan ko'proq vaqt davomida kutubxona ancha kengaydi. Bugungi kunda Kongress Kutubxonasi fizik jihatdan uchta binoga - Tomas Jefferson binosi, Jon Adams binosi va Jeyms Madison xotira xinosi (Kapitoliy yonida joylashgan) binolarga boʻlingan. Uning javonlari kolleksiyalari taxminan 800 mil (1287 km) kattalikdagi maydonini egallaydi va 164 milliondan ortiq fondni o'z ichiga oladi. Bu fond quyidagilarni o'z ichiga oladi:

▪️ 470 tildagi katalogga kiritilgan 29.49 milliondan ortiq kitoblar;
▪️ 1501-yilgacha bosilgan 5700 nusxa incunabula (eng qadimgi chop etilgan kitoblar);
▪️ Mustaqillik Deklaratsiyasining qo'lyozma loyihasi, Ozodlik Deklaratsiyasining birinchi loyihasi va Abraham Linkolnning qo'li bilan yozilgan Gettisburg Murojaatnomasining ikki nusxasi;
▪️ Ma'lum bo'lgan Gutenberg Bibliyasining uchta mukammal vellum nusxasidan biri;
▪️ AQSh hukumatining 1 milliondan ortiq nashrlari;
▪️ 5.8 million xaritalar, jumladan, Martin Valdseyuller tomonidan 1507-yilda tuzilgan dunyo xaritasi bo'lib, u "Amerika" nomi ilk bor qayd etilgan hujjat hisoblanadi;
▪️ Dunyo bo'ylab gazetalarning 1 million nusxada chop etilgan sonlari, bundan tashqari, bog'lam holidagi jildlarda va mikrooʻramlarda yuz minglab boshqa nusxalari;
▪️ O'tgan ikki yil davomida chop etilgan 60,000 nashrdagi jurnallar;
▪️ 8.2 million qogʻoz holidagi musiqa notalari;
▪️ 4.2 million audio yozuvlar;
▪️ 1.8 million film va video yozuvlar;
▪️ 16 milliondan ortiq bosma suratlar, fotograf, chizmalar va plakatlar;
▪️ Besh Stradivarius torli musiqa asboblari va dunyodagi eng katta fleyta kolleksiyasi.

Kongress kutubxonasi haqida qisqacha shular edi. Yana ham koʻproq maʼlumotlarni sizlar bilan boʻlishaman. Kongress kutubxonasiga borish barchamizga nasib etsin.

© Oʻlmasbek

@ulmasbekbooks