Firdavs’s library 📚
98 subscribers
923 photos
476 videos
9 files
141 links
لاَ إِلَهَ إِلاَّ آللَه مُحَمَّدٌ رَّسولُ آللَه

Фаолиятдан Мақсад : Амру Маруф ва Нахи Мункар - امر بالمعروف و نهى عن المنكر Аллоҳ қодир қилганча))

Таклиф ва Мурожатлар учун: @Alfirdaws7Bot
Download Telegram
Firdavs’s library 📚
Video
“Laylatul-qadr” so‘zining ma’nosi “belgilash, o‘lchash kechasi”, ya’ni yil davomida turli amal, hukm, rizq, taqdir belgilanadigan kecha degan ma’noni bildiradi.

Bu kechada shu yildan kelgusi yilgacha bo‘ladigan ishlar, hukmlar, rizqlar, ajallarning miqdori o‘lchanadi.

Alloh taolo mazkur surada “Qadr kechasi”ning darajasini baland qildi. Buning asosiy sabablaridan biri  bu kechada Qur’oni karimning nozil bo‘lganligidir. Payg‘ambarimiz (sav) shunday marhamat qildilar:
“U zotga o‘zlaridan oldingi odamlarning umrlari ko‘rsatildi. Go‘yo u zotga ummatlarining umrlarini qisqa, boshqa ummatlar qilgan amallarga yeta olmaydigan deb bilganga o‘xshadilar. Shunda Alloh u zotga Laylatul Qadrni ming oydan yaxshi qilib berdi”.

Abu Hurayra (rz.)dan rivoyat qilinadi. Rasul akram (sav):
“Kimiki Laylatul Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning shu kechagacha qilgan gunohlari mag‘firat qilinur”, - dedilar.

Qadr kechasi Ramazon oyining nechanchi kechasi ekanini Alloh va Rasuli tomonidan sir tutilgan edi. Lekin sahobalar Rasul (a.s.)dan uni aniqlab aytib berishlarini ko‘p so‘raganlaridan keyin dastlab oyning uchinchi o‘n kunligida, keyinroq toq kechalaridan izlash kerakligi haqida aytganlar.
(Bag’aviy rivoyati)

#tarqating

©️
Maqola;O‘zbekiston Musulmonlar idorasi saytidan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlandi!

@alfirdaws7