Firdavs’s library 📚
98 subscribers
923 photos
476 videos
9 files
141 links
لاَ إِلَهَ إِلاَّ آللَه مُحَمَّدٌ رَّسولُ آللَه

Фаолиятдан Мақсад : Амру Маруф ва Нахи Мункар - امر بالمعروف و نهى عن المنكر Аллоҳ қодир қилганча))

Таклиф ва Мурожатлар учун: @Alfirdaws7Bot
Download Telegram
Firdavs’s library 📚
Video
Naqadar yaxshiydi Ramazon ... Aslida ramazondan ayrilishning haqiqiy og'rig'ini , ertaga , shaytonlar bilan kurashayotganda his qilamiz . Gunoh tomon qadam tashlayotganda , ro'zam ochilib ketadi , degan qo'rquvni topa olmaganimizda his qilamiz . Tunlari xuftonga imom kichikroq suralarni o'qiganda , Qur'onga to'ymay qolganda his qilamiz . Taqvoni hosil qilishdagi qiyinchiliklarda , bomdodga bir soat oldin uyg'onolmaganimizda his qilamiz . Hali bu og'riqni juda ko'p his qilamiz . O'n bir oy his qilamiz . O'n bir oy sog'inamiz . O'n bir oy kutamiz . Bugun so'nggi kunida turib , so'raymiz , bizlarga bu ramazonni oxirgisi qilmagin . Shu oyda hosil qilgan taqvolarimizni keyingi ramazongacha davomli qilgin ...
#Qudratulloh Ahmad ©️@alamiy_uz