BMTI YANGILIKLAR
514 subscribers
1.86K photos
118 videos
4 files
450 links
Download Telegram
📣Diqqat!!!

🏛Institutimizning rasmiy
saytida fakultetlar aro
🎭"Talabalar teatr studiyasi"
tanloviga start berilgan edi.
Tanlov davom etmoqda.
📌Bu tanlov aktyorlik
mahoratiga ega bo'lgan,
aktyorlik sohasiga qiziqadigan
talabalar o'z iste'dotlarini
namoyon etishlari uchun imkon
hisoblanadi.
🗓20-dekabrga qadar aktyorlik qobilyatingizni taqdim etishingiz lozim.

Murojaat uchun: @U_Mumtoz
Forwarded from Buxoro_Edu (Mumtoz)
"Нефт-газ технологияси" факультети тьюторлари Шарипова Саодат Фазлиддиновна ва Камолов Дилшод Давронович Бухоро шаҳар Зулфия кўчаси 5-уй 10-хонадонда яшовчи Бахтиёров Бобир ва унинг ўртоқлари ҳолидан хабар олинди. Ис Газидан сақланиш ҳақида тушунтиришлар олиб борилди.

@BMTI_Yangiliklar
Forwarded from Buxoro_Edu (Mumtoz)
"Нефт-газ технологияси" факултетининг тьюторлари Шарипова Саодат Фазлиддиновна ва Камолов Дилшод Давронович Бухоро шаҳар, Қаюм Муртазоев кўчаси 1-уй 81-хонадонда яшовчи Амонов Акбар хонадонидан хабар олинди.
Ис Газидан сақланиш ҳақида тушунтиришлар олиб борилди.

@BMTI_Yangiliklar
⚡️⚡️Buxoro shahar IIO FMB inspektorlari U.Bo‘riyev va E.Sanoyeva tomonidan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti "Arxitektura-qurilish" fakulteti tyutori Elbekova E'zozaga biriktirilgan talabalarning ijara uylariga borib, navbatdagi profilaktik targʻibotlar oʻtkazilib, ular oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir tushuntirishlar berildi.

📌O‘rganishlar daoirasida jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirildi.

Talabalar orasida jinoyat sodir etmaslik firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.

Bunda, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga doir yaratilayotgan qulay va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish ta’kidlandi.
📌Buxoro muhandislik-texnologiya institutida institut psixologlari:
Tosheva Maftuna va Ruziyeva Shoxida tomonidan
Talabalarning qiziqishlarini o'rganish, hayotda o'z oldilariga qo'ygan maqsadlarini aniqlash va shakllantirish, ularni jamiyatda o'z o'rinlarni topishlariga ko'maklashish maqsadida, Paxta va yengil sanoat texnologiyalari fakulteti
306-22 Diz (LD) guruh
Libos Dizayni yo'nalishi talabalari bilan "Biz bir guruhmiz" mavzusida psixologik trenning tashkil etildi. Talabalarni qiynaydigan masalalar o'zaro muhokama qilindi.

🔰Trening qiziqarli savollar, bahs-munozaralarga boy o'tdi. Talabalar o'zlari qiziqqan barcha savollarga javob olishdi.

☑️Hayotda to'g'ri maqsad qo'yishning qanchalik muhimligi, maqsad sari qanday harakatlar qilinishi kerakligi, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishda bajarilishi kerak bo'lgan barcha harakatlar haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.
📑Respublikamizda sog‘liqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda.
📌Shu munosabat bilan Xalqaro toifadagi to'g'ri ovqatlanish mutaxassisi Umarova Guljahon Umidullayevna va ma'naviyat-ma'rifat bo‘lim uslubchisi Sulaymonova Zebo bilan hamkorlikda 2-son talabalar turar joyida talaba qizlar bilan to‘g‘ri ovqatlanish haqida foydali ma'lumotlarni berishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
#yangilik

Taraqqiyotga-faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini o‘rganish-davr talabi.
Murojaatnomani o‘rganish jarayonida oldimizda turgan juda mas’uliyatli vazifalar-rejalar biz yoshlarga kuch-quvat, g‘ayrat, shijoat bag‘ishlaydi. Yosh avlodimizni ana shunday barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz.
Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti 2022-2023-o'quv yili nomdor davlat stipendiya sovrindorlari.