Didox - Foydali axborot|Полезное инфо
5.12K subscribers
207 photos
22 videos
11 files
773 links
Канал в котором публикуется важная и полезная информация для пользователей Дидокс
Контакты:
https://t.me/didox_uz - группа пользователей Дидокс, где можно задавать вопросы

Реклама @Didox_ads
Админ @didox_admin_bot
Download Telegram
#QQS #EHF

Ijaraga beruvchi tomonidan yetkazib beruvchilardan olingan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari ijaraga beruvchilar tomonidan ijaraga oluvchilarga xarajatlarni qoplash EHFsi sifatida rasmiylashtiriladi (VM-489, Nizom).

Mazkur Nizomga asosan ijaraga beruvchi tomonidan yetkazib beruvchilardan olingan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari ijaraga beruvchilar tomonidan ijaraga oluvchilarga xarajatlarni qoplash EHFsi sifatida rasmiylashtiriladi.

Xarajatlarni qoplash turi bo'yicha EHF faqatgina quyida nomlari keltirilgan MXIK kodlari tanlanganida shakllantirish imkoni yaratilgan.

QQS bilan:
09901001001000000 – Suv taʼminoti xizmatlari;
09902001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari;
09904001001000000 – Chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlari;
09905001001000000 – Elektr energiya xizmatlari;
09903001001000000 – Gaz taʼminoti xizmatlari;
09906001001000000 – Issiqlik energiyasi xizmatlari;
09907001001000000 – Shahar telefon aloqa xizmatlari;
09908001001000000 – Turar-joy binosining mol-mulkini saqlash uchun to‘lov;
09909001001000000 – Turar-joy bo‘lmagan binolarni saqlash uchun to‘lov.

QQS siz:
10713001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov;
10713002001000000 – Ichimlik suvi taʼminoti xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF

📢Kontragentlarni tanlash chog‘ida lozim darajada ehtiyotkorlik qilish uchun soliq to‘lovchilarga soliq organlarida mavjud bo‘lgan maʼlumotlarni qo‘shimcha ravishda berish maqsadida, EHFda yetkazib beruvchi va xaridor rekvizitlarining tagida ularning soliq uzilishlari koeffitsiyenti (0,00 dan 1,00 gacha) to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashtiriladi.

Bunda, koeffitsiyentlar:

🟩0,00 dan 0,20 gacha bo‘lganda “yashil” rangda (rgba: 143,212,70,.7);
🟧0,21 dan 0,40 gacha bo‘lganda “apelsin” rangda (rgba: 253,164,1,.7);
🟥0,41 dan 0,60 gacha bo‘lganda “och qizil” rangda (rgba: 239,69,68,.7);
🛢0,61 dan 1,0 gacha bo‘lganda “to‘q qizil” rangda (rgba: 138,1,1,.7) aks ettiriladi.

⚡️Soliq uzilishi bu budjetga QQS to‘lamagan yoki o‘zaro operatsiyalarini EHFda aks ettirmagan yoxud soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etmagan kontragentlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan ushbu kontragentlardan olingan EHFlar asosida hisobga olinadigan QQS summalarini o‘zining soliq hisobotida aks ettirish tushuniladi.

Shuningdek, soliq uzilishini aniqlashda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berishning butun zanjiri bo‘ylab ikkinchi, uchinchi va keyingi bo‘g‘inlardagi harakatlari oldindan kelishilgan deb tavsiflanadigan (huquqiy, iqtisodiy va boshqa nazorat ostida) o‘zaro bog‘liq kontragentlar tomonidan QQSni budjetga to‘lanmaganligi ham inobatga olinadi.
_____________

#ЭСФ

📢В целях предоставления налогоплательщикам дополнительной информации, имеющейся в налоговых органах, для проявления ими должной осмотрительности в выборе контрагентов, в оформление ЭСФ под реквизитами поставщика и покупателя будет размещаться информация о коэффициентах налогового разрыва (от 0,00 до 1,00).

Коэффициенты означают:
🟩от 0,00 до 0,20 - “зеленый” цвет (rgba: 143,212,70,.7);
🟧от 0,21 до 0,40 - “оранжевый” цвет (rgba: 253,164,1,.7);
🟥от 0,41 до 0,60 - “светло-красный” цвет (rgba: 239,69,68,.7);
🛢от 0,61 до 1,0 - “темно-красный” цвет (rgba: 138,1,1,.7).

⚡️Под налоговым разрывом понимается отражение налогоплательщиком в налоговой отчётности сумм НДС, подлежащих зачету на основании полученных ЭСФ от поставщиков-контрагентов, когда по этим операциям указанные контрагенты не уплатили НДС в бюджет или не отразили эти операции в ЭСФ либо не представили налоговым органам налоговую отчётность.

При этом для определения налогового разрыва также учитывается неуплата в бюджет НДС контрагентами второго, третьего и последующих звеньев по всей цепочке поставки товаров (услуг), действия которых характеризуются согласованностью (правовой, экономической или иной подконтрольностью).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF

Soliq uzilishlari koeffitsiyentlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qilishda texnik xatolik yuz berdi.

Shu munosabat bilan koeffitsiyentlar quyidagilarni anglatishini ma’lum qilamiz:

🟩0,00 dan 0,20 gacha bo‘lganda “yashil” rang soliq uzilishining past darajasi;
🟧0,21 dan 0,40 gacha bo‘lganda “apelsin” rang soliq uzilishining o‘rta darajasi;
🟥 0,41 dan 0,60 gacha bo‘lganda “och qizil” rang soliq uzilishining yuqori darajasi;
🛑0,61 dan 1,00 gacha bo‘lganda “to‘q qizil” rang soliq uzilishining o‘ta yuqori darajasi.

DSQ matbuot xizmati
____________
#ЭСФ

При опубликовании информации о коэффициентах налогового разрыва произошли технические ошибки.

В связи с этим сообщаем, что коэффициенты означают:

🟩 от 0,00 до 0,20 - “зеленый” цвет - низкий уровень налогового разрыва;
🟧 от 0,21 до 0,40 - “оранжевый” цвет - средний уровень налогового разрыва;
🟥 от 0,41 до 0,60 - “светло-красный” цвет - высокий уровень налогового разрыва;
🛑 от 0,61 до 1,00 - “темно-красный” цвет - очень высокий уровень налогового разрыва.

Пресс-служба ГНК

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF #ЭСФ

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Bayram munosabati bilan 2022-yil 5-yanvargacha dam olish kunlari belgilanganligi sababli 2021-yil dekabr oyi uchun EHFni rasmiylashtirish muddati 2022-yil 18-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Mazkur eʼlon DSQ rasmiy xabari sifatida tan olinib soliq nazorati vaqtida moliyaviy yoki maʼmuriy jarimalar qo‘llanilmasligiga asos bo‘ladi.
______________________

Уважаемые налогоплательщики!

В связи с установлением праздничных выходных дней до 5 января 2022 года, срок оформления ЭСФ за декабрь 2021 года продлен по 18 января 2022 года.

Данное объявление признается официальным сообщением ГНК и является основанием для неприменения финансовых либо административных штрафов при налоговом контроле.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF

Hurmatli soliq to'lovchilar!

QQS va aylanma solig‘i hisobotlarida soliq solinadigan bazani to‘g‘ri shakllantirish maqsadida vositachilik shartnomasi , bo‘lib to‘lash (kredit) va bo‘nak (avans) to‘lovi asosida sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha joriy yil yanvar oyi uchun EHF rasmiylashtirish muddati 2022-yil 14-fevralga qadar uzaytirildi.

Mazkur eʼlon DSQ rasmiy xabari sifatida tan olinib soliq nazorati vaqtida moliyaviy yoki maʼmuriy jarimalar qo‘llanilmasligiga asos bo‘ladi.
__________________________
#ЭСФ

Уважаемые налогоплательщики!

С целью правильного формирования налоговой базы в отчетности по НДС и налогу с оборота срок оформления ЭСФ за январь этого года за товары (услуги), реализованные (оказанные) по договорам комиссии, в рассрочку (кредит) или при получении авансовых платежей, продлен по 14 февраля 2022 года.

Данное объявление признается официальным сообщением ГНК и является основанием для неприменения финансовых либо административных штрафов при налоговом контроле.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF #yashirin_iqtisodiyot

📘Yuridik shaxslar va YATTlar tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjat taqdim etilganda, ushbu tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilganlik uchun hisobvaraq-faktura taqdim etilmaydi.

Bugungi kunda onlayn-NKTlardan foydalanuvchilar uchun soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirish tizimi joriy etilgan bo‘lsada, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi baʼzi tadbirkorlar jismoniy shaxslarga realizatsiyalarini bir tomonlama EHF orqali rasmiylashtirgan.

Xususan, joriy yilning I choragida 27 188 ta korxona tomonidan jami QQS summasi 3,6 trln so‘mga bir tomonlama EHF, shundan 1,6 trln so‘mlik EHFlar ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan jismoniy shaxslarga realizatsiya uchun rasmiylashtirilgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tovarlar (xizmatlar) harakati ketma-ketligini nazorat qilish maqsadida quyidagilar uchun bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati cheklanishini maʼlum qiladi:

🔸2022-yil 11-iyuldan onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish, neft-gazni qayta ishlash, ularni saqlash va tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar;

🔸2022-yil 11-sentabrdan norezidentdan import qilingan ishlar (xizmatlar) hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar.

👉Noruda foydali qazilmalarni tashishda EHF tovar-transport yukxati asosida shakllanadi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF

Bir tomonlama EHF rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (kommunal, aloqa va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlardan tashqari) jismoniy shaxslar uchun bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati joriy yilning 11-iyulidan boshlab cheklanishi ma'lum qilingan edi.

Bunda, kommunal, aloqa va moliyaviy xizmatlarga tegishli MXIK kodlari (jami 147 ta) bo‘yicha bir tomonlama EHF yaratish imkoniyati saqlab qolindi.
👉Ruxsat etilgan MXIKlar ro‘yxati

Bir tomonlama EHF to‘xtatilishidan maqsad – jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) naqd pulga yoki plastik karta orqali sotilganda, onlayn-NKM cheki berilishini nazorat qilish va ushbu maʼlumotlarning elektron soliq hisobotida avtomatik shakllantirishda tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish.
👉Soliq kodeksi 47-modda 3-qism

Shu bilan birga, xizmatlar eksporti va importi hamda tovarlar bozor va bojxona narxidan past narxda realizatsiya qilingan hollarda bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilinadi.

Eslatma:
tovar (xizmatl)arni jismoniy shaxslarga sotish (berish) to‘lovsiz yoki to‘lovlar onlayn-NKM orqali qabul qilinmasdan amalga oshiriladigan boshqa holatlarda jismoniy shaxsning ismi, sharifi va JSHSHIR maʼlumotlari ko‘rsatilgan holda ikki tomonlama EHF rasmiylashtirilishi lozim. Bunda EHFni imzolash ERI orqali amalga oshiriladi.
👉VMQ-489 2-ilova 61-band 14.08.2020

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#elon #EHF

EHF taqdim etish muddati uzaytirildi❗️

Respublikamizning ayrim hududlarida kuzatilayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli, soliq to‘lovchilarda o‘z majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar munosabati bilan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, noyabr oyi uchun elektron hisobvaraq-faktura taqdim etish muddati joriy yilning 15-dekabriga qadar (15-dekabr ham kiradi) uzaytirildi.
____
#объявление #ЭСФ

Продлен срок выставления ЭСФ❗️

Исходя из многочисленных обращений, связанных с затруднениями в исполнении налогоплательщиками своих обязанностей по причине нестабильности электроснабжения в некоторых регионах республики, срок выставления электронных счетов-фактур за ноябрь месяц продлён до 15 декабря текущего года включительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS #EHF

QQS hisoboti: avtomatlashtirishning navbatdagi bosqichi

Soliq to‘lovchilar tomonidan import qilingan tovar (xizmat)lar hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF shakllantirish talab qilinmaydi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Soliq kodeksining 266-moddasiga asosan to‘langan soliq summalarini hisobga olish avtomatlashtirildi.

Xususan:
▫️Tovar (xizmat)lar chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan to‘langan va hisoblangan QQS summalaridan kelib chiqib uni avtomat tarzda 🔁 hisobga olish;
▫️O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar summasini soliq hisobotlarida avtomat tarzda aks ettirish✔️imkoni yaratildi.

🆕Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida QQS bo‘yicha soliq hisobotining elektron shakli yangilandi (paket kodi 10006_35).

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 11-sentabrdan import qilingan tovar (xizmat)lar hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF shakllantirish imkoniyati cheklanishi haqida maʼlumot berilgan edi.

👉QQS hisobotini to'ldirish bo'yicha qo'llanma
👉QQS to‘lovchisiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga eslatma
👉QQS hisobotida onlayn-NKM orqali tushgan tushum summasi avtomat shakllanadi
👉Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari asosida beriladigan imtiyozlar ma'lumotlari qanday yangilanadi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS #EHF

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini inobatga olgan holda, 2022 yilning o‘tgan hisobot davrlari uchun 2023-yil 10 yanvargacha (10-yanvar kuni ham) bozor yoki bojxona narxidan past narxda realizatsiyaga bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati berildi.

Hozirgi kunda soliq to'lovchilarga o‘tgan davrlar uchun EHFlarni rasmiylashtirish imkoniyatini beruvchi interaktiv xizmat ishlab chiqilmoqda.
——————
#НДС #ЭСФ

Уважаемые налогоплательщики❗️

Принимая во внимание обращения субъектов предпринимательства, по 10 января 2023 года включительно предоставлена возможность оформить односторонние ЭСФ за предыдущие oтчетные периоды 2022 года по реализации ниже рыночной или таможенной стоимости.

В настоящее время разрабатывается интерактивная услуга, предоставляющая налогоплательщикам возможность оформления ЭСФ за прошедшие периоды.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM