Didox - Foydali axborot|Полезное инфо
5.12K subscribers
207 photos
22 videos
11 files
773 links
Канал в котором публикуется важная и полезная информация для пользователей Дидокс
Контакты:
https://t.me/didox_uz - группа пользователей Дидокс, где можно задавать вопросы

Реклама @Didox_ads
Админ @didox_admin_bot
Download Telegram
#QQS #EHF

Ijaraga beruvchi tomonidan yetkazib beruvchilardan olingan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari ijaraga beruvchilar tomonidan ijaraga oluvchilarga xarajatlarni qoplash EHFsi sifatida rasmiylashtiriladi (VM-489, Nizom).

Mazkur Nizomga asosan ijaraga beruvchi tomonidan yetkazib beruvchilardan olingan elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari ijaraga beruvchilar tomonidan ijaraga oluvchilarga xarajatlarni qoplash EHFsi sifatida rasmiylashtiriladi.

Xarajatlarni qoplash turi bo'yicha EHF faqatgina quyida nomlari keltirilgan MXIK kodlari tanlanganida shakllantirish imkoni yaratilgan.

QQS bilan:
09901001001000000 – Suv taʼminoti xizmatlari;
09902001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari;
09904001001000000 – Chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlari;
09905001001000000 – Elektr energiya xizmatlari;
09903001001000000 – Gaz taʼminoti xizmatlari;
09906001001000000 – Issiqlik energiyasi xizmatlari;
09907001001000000 – Shahar telefon aloqa xizmatlari;
09908001001000000 – Turar-joy binosining mol-mulkini saqlash uchun to‘lov;
09909001001000000 – Turar-joy bo‘lmagan binolarni saqlash uchun to‘lov.

QQS siz:
10713001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov;
10713002001000000 – Ichimlik suvi taʼminoti xizmatlari tariflariga maxsus qo‘shimcha to‘lov.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS #EHF

QQS hisoboti: avtomatlashtirishning navbatdagi bosqichi

Soliq to‘lovchilar tomonidan import qilingan tovar (xizmat)lar hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF shakllantirish talab qilinmaydi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Soliq kodeksining 266-moddasiga asosan to‘langan soliq summalarini hisobga olish avtomatlashtirildi.

Xususan:
▫️Tovar (xizmat)lar chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan to‘langan va hisoblangan QQS summalaridan kelib chiqib uni avtomat tarzda 🔁 hisobga olish;
▫️O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar summasini soliq hisobotlarida avtomat tarzda aks ettirish✔️imkoni yaratildi.

🆕Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida QQS bo‘yicha soliq hisobotining elektron shakli yangilandi (paket kodi 10006_35).

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 11-sentabrdan import qilingan tovar (xizmat)lar hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF shakllantirish imkoniyati cheklanishi haqida maʼlumot berilgan edi.

👉QQS hisobotini to'ldirish bo'yicha qo'llanma
👉QQS to‘lovchisiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga eslatma
👉QQS hisobotida onlayn-NKM orqali tushgan tushum summasi avtomat shakllanadi
👉Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari asosida beriladigan imtiyozlar ma'lumotlari qanday yangilanadi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS #EHF

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini inobatga olgan holda, 2022 yilning o‘tgan hisobot davrlari uchun 2023-yil 10 yanvargacha (10-yanvar kuni ham) bozor yoki bojxona narxidan past narxda realizatsiyaga bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati berildi.

Hozirgi kunda soliq to'lovchilarga o‘tgan davrlar uchun EHFlarni rasmiylashtirish imkoniyatini beruvchi interaktiv xizmat ishlab chiqilmoqda.
——————
#НДС #ЭСФ

Уважаемые налогоплательщики❗️

Принимая во внимание обращения субъектов предпринимательства, по 10 января 2023 года включительно предоставлена возможность оформить односторонние ЭСФ за предыдущие oтчетные периоды 2022 года по реализации ниже рыночной или таможенной стоимости.

В настоящее время разрабатывается интерактивная услуга, предоставляющая налогоплательщикам возможность оформления ЭСФ за прошедшие периоды.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

2023-yil 1-yanvardan
:

1. Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi,
▫️soliq hisobotini taqdim etish muddatlari.

2. Pasaytirildi soliq stavkasi 15%dan 12 %gacha

3. Qisqartirildi qoplanadigan (qaytariladigan) QQS summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari 60 kundan 30 kungacha

4. Bekor qilindi:
а) 2023-yilning 1-aprelidan quyidagilar bo‘yicha berilgan imtiyozlar:
▫️budjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan geologiya xizmatlari bo‘yicha aylanma;
▫️pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
▫️budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
b) 2023-yil 1-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar.

5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan QQS to‘lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin.

6. QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilganligi munosabati bilan hisobga qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasiga, guvohnomaning amal qilish muddati tiklangan taqdirda, soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davr uchun tuzatishlar kiritilishi (hisobga qabul qilinishi)ni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi.

7. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turadigan soliq to‘lovchilarga tovarlarni import qilish chog‘ida QQS to‘lovi hisobiga budjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish huquqi berildi.

QQSni o‘zaro hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan soliq to‘lovchi bojxona-yuk deklaratsiyasi (BYD)ni rasmiylashtirayotganda import qilish chog‘ida QQS qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisobidan to‘langani to‘g‘risida belgi qo‘yishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS #EHF

Eslatib o'tamiz❗️

Tadbirkorlik subyektlariga 2022-yilning o‘tgan hisobot davrlari uchun 2023-yil 10-yanvargacha (10-yanvar kuni ham) bozor yoki bojxona narxidan past narxda realizatsiyaga bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati berilgan.
__________
#НДС #ЭСФ

Напоминаем❗️

По 10 января 2023 года включительно субъектам предпринимательства была предоставлена возможность оформить односторонние ЭСФ за предыдущие oтчетные периоды 2022 года по реализации ниже рыночной или таможенной стоимости.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#EHF #QQS

Ulgurji va chakana savdo korxonalari qonunchilikka asosan kirim qilingan tovarlarni EHF asosida realizatsiya qilishi lozim

Elektron hujjat aylanishi operatorlari axborot tizimlarida QQS toʻlovchisi boʻlgan ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faqat EHF asosida kirim qilingan tovarlarga elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi mumkin.

Maʼlumot uchun. Rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish soliq huquqbuzarligi hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 223-modda

Axborot tizimi avtomatik ravishda soliq toʻlovchining ulgurji yoki chakana savdo korxonasi va QQS toʻlovchisi ekanligi tekshiradi.

Bunda soliq toʻlovchilar tomonidan qonunchilikka asosan kirim qilinmagan mahsulotlar uchun EHF rasmiylashtirishda dastur tomonidan avtomatik ravishda xatolik qayd etiladi.

Ya’ni MXIK kodi boʻyicha 2022-yil 1-yanvardan boshlab mahsulot kirim qilinmaganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.

Agar soliq toʻlovchida tovarlar kirim qilinganligini asoslovchi hujjatlar (maʼlumotlar) mavjud boʻlsa, hududiy soliq boshqarmalariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qisqa muddatlarda javob qaytariladi.
______________
#ЭСФ #НДС

Организации в сфере оптовой и розничной торговли должны реализовывать на основании ЭСФ оприходованные в соответствии с законодательством товары

В информационных системах операторов электронного документооборота субъекты предпринимательства, осуществляющие оптовую и розничную торговлю и являющиеся плательщиками НДС, могут оформлять электронный счет-фактуру только за товары, оприходованные на основании ЭСФ.

К сведению. Хранение, использование и реализация неоформленных (неоприходованных) товаров является налоговым правонарушением.
👉ст.223 НК

Информационная система автоматически проверяет, осуществляет ли налогоплательщик оптовую или розничную торговую деятельность и является ли плательщиком НДС.

В этом случае при оформлении налогоплательщиком ЭСФ за неоприходованные в соответствии с законодательством товары программа автоматически отобразит ошибку. То есть сообщит о том, что эти ИКПУ отсутствуют в приходных документах с 1 января 2022 года.

При наличии у налогоплательщиков подтверждающих документов (сведений) рекомендуется обратиться в региональные налоговые управления. Ответы будут предоставлены в кратчайшие сроки после рассмотрения обращения в установленном порядке.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM