Grow'n'Roll
356 subscribers
3 photos
6 videos
1 file
23 links
@yuridikyordamxizmati_bot - bepul yuridik yordam oling.
—————————
Kanal yuridik yordam, marketing, IT va shaxsiy rivojlanish haqida.
Download Telegram
Psixologiya marketingda #2

Ushbu postni davom etamiz:

7. Narxlashda rang ahamiyati. Qaysidir mahsulotga chegirma e’lon qildingizmi? Unda chegirma qilingan narxni qizil rang bilan belgilang. Ya’ni $30|$20 misolida $20 narx boshqa rangda (qizil maqsadga muvofiq) ko’rsatilishi kerak. Ikkala narxni ham bir xil shaklda ko’rsatish xaridorni chalg’itadi.

8. Shoshiring. “Joylar cheklangan”, “Narxlar bundan keyin hech qachon bunchalik arzon bo’lmaydi” va hokazo kabilar inson miyasini shoshilishga undaydi, bu esa chuqur o’ylab savdo qilish oldini oladi.

9. Foiz. Siz mahsulotingizga chegirma qildingiz. Aytaylik, $50 lik mahsulotga $10 chegirma deb yozgan yaxshimi yoki 20% chegirma? Ikkalasi ham bir xil miqdor, ammo ikki xil son. Chegirma qilayotganda kattaroq raqamlardan foydalaning.

10. Afsuslanish. Kattaroq chegirmaga ulgurmagan mijozlar uchun kichikroq chegirma e’lon qilinishi yaxshi natijalar olib keladi. Bu sun’iy ravishda yuzaga keltirilishi ham mumkin.

Yana davom etamizmi? ;) Reaksiya qoldiring va boshqalarga ham tarqating!

@grownroll
Biznes egasi bo’lasizmi yoki yo’q, odatda doim nimadirni sotishga to’g’ri kelib qolishi mumkin. Lekin quyidagi post ko’proq biznes egalariga foydali bo’ladi, har holda sotish ularning kunlik ishi.

Demak, boshladik - qanday qilib har qanday narsani sotish mumkin?

1. Mahsulotni emas, natija va yechimlarni soting.

Shunchaki, mahsulotingiz nima qilishi mumkinligi haqida gapirmang. Ular uchun nima qilishi mumkinligi haqida gapiring. Siz kamerani 25600 ISO da video suratga olishi mumkin deb sotmaysiz. Odamlarga oy nurida video suratga olishini aytib, uni sotasiz.

2. Ularning dunyosiga kiring.

Muammolari, ularni qiyanayotgan muammolar haqida gapiring. Bu muammolar sizni qayg’uga solayotganini, ularni qanday yechish mumkinligini ko’rsating. Tez orada “Ha” deb javob berishadi.

3. Hissiyot mantiqdan ustun.

Mahsulot emas, hissiyot soting.

4. Aniqlik.

“Tezda vazn yo’qotasiz” deyishdan “3 hafta ichida hech qanday dieta va mashg’ulotsiz 10 kg vazn yo’qotasiz!” deyish aniqroq va savdoni oshirishga yordam beradi.

5. O’takazib yuborish qo’rquvi.

Savdo tugashi bilan qattiq muddat belgilang va shoshilinchlik hissi yarating.

- Orqaga hisoblash taymeridan foydalaning;
- Cheklanganlik mavjudliligini ko’rsating;
- Shoshilinchlik uyg’otadigan so’zlardan foydalaning.

Foydali deb topsangiz, postni ulashing. Faqat shu yo’l bilan kanalni qo’llab quvvatlashingiz mumkin :)

@grownroll
Hissiyotga berilgan inson o’zini boshqarishda qiynaladi. Hissiyotlaringizni boshqargan inson esa sizni boshqaradi. Manipulyatsiyaga berilmang, aks holda kimningdir o’yinchog’iga aylanasiz. Hissiyot bilan emas, aql bilan harakat qilish kerak. (Juda kam hollarda hissiyot yordam beradi)

@grownroll
Basketbol

Basketbol o’ynayapman. Savatga tushirishga harakat qildim, lekin ikki yonga qarab ketaverdi. Sezdimki o’yinda faqat savatni ko’zlash emas, undan ham muhimi qo’lning to’g’ri harakat qilishi ekan. Qo’lda koptokni bir xilda ushlab, bir xilda uloqtirmas ekansiz, savatga tushirish qiyinlashib boraveradi. Xuddi shunday ko’pchiligimiz faqat savatni (ma’lum bir maqsadni) ko’zlaymiz. Qo’l joylashuviga (shart-sharoit, sabab) e’tibor deyarli qaratmaymiz. Harakat qilamiz to’p savatga tushmaydi (maqsadga erisholmaymiz). Biz to’pni uloqtiramiz (harakat qilamiz), lekin to’g’ri otmaymiz (to’g’ri harakat qilmaymiz). Odatda qo’lda koptok balansi (hayot balansi, ish, oila) buziladi va savatga tushmaydi. Basketbol o’ynab turib kelgan fikrlar) Buni uzoq davom ettirish mumkin.

@grownroll
Sizda vaqt yo’q

Reja, maqsad qo’yish, orzu qilish… Atrofimizdagi deyarli barcha insonda shu kabi xislatlar bor, lekin nega hamma ham o’zining eng yaxshi versiyasi bo’lishga ulgurolmaydi? Chunki ko’pchilik bir xatoni takrorlaydi - tuganmas umr illuziyasi... Aslida sizda vaqt yo’q! Namoz o’qimoqchimisiz, o’qing! Biznes ochmoqchimisiz, oching! Kimgadir yaxshilik qilmoqchimisiz qiling! Blog yuritmoqchimisiz, yuriting…

G’aflat… Ha, g’aflat botqog’i bo’lmaganda dunyo hozir umuman boshqacha ko’rinishda bo’lgan bo’lardi, siz ham…

@grownroll
Qoida oddiy

Aslida boy bo’lish, taniqli bo’lish, insonlar hurmatiga erishish, ko’plab yaxshiliklar qilish juda oson. Shunchaki harakat qilish qiyin. Ya’ni biz natijaga erishish haqida doim o’ylaymiz, ammo unga etadigan yo’l azobini muhabbatga aylantirish haqida o’ylab ko’rmaymiz. Jarayonga e’tibor bersangiz oxirida baribir ko’zlangan manzilga yetasiz. Ammo faqat manzil haqida o’ylash bilan cheklansangiz oradagi jarayondan quruq qolasiz.

Qoida oddiy - jarayon manzilga yetaklaydi. Faqat manzil haqida o’ylash esa illuziyada yashash bilan barobar. Bir kuni uyg’onsangiz aslida qayerdaligingiz sizni xavotirga solishi mumkin. O’ylab ko’ring…

@grownroll
Meni nega o'qiysiz?

Quloq va ko'zlaringizga yoqadigan gaplar yozganim uchun o'qiysiz. Siz har safar postlarimni o'qiganingizda o'zingizda ruhiy o'sish his qilasiz, axir siz har kuni o'zingizni yaxshiroq versiyangizni qurish uchun harakat qilasiz yoki ko'proq bu haqida o'ylab, rejalab umr o'tkazasiz.

Ammo, bir narsani tushuning, meni yoki boshqa kimnidir o'qishingiz, internetda TOP G'ni eshitishingiz sizni yaxshilab qo'ymaydi. Siz yana ham yaxshilashga olib keladigan narsa faqat harakat va intizomdir! Biz sizga shunchaki motivatsiya berib, birinchi qadam tashlashingizga yordam beramiz. Qadam tashladingizmi yiqilmang, yiqildingizmi o'rnigizdan qayta va qayta turing, zero yaponlar aytganidek: 7 marta yiqildingmi, 8 marta o'rningdan tur!
Kimda yuridik jihatdan qiynayotgan savollar bo’lsa izohlarda qoldirsin.

Shuningdek, yaqinlaringizga ham manfaatli deb hisoblasangiz kanalni ularga tavsiya qilishingiz mumkin.

@grownroll
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxmatda qanchalik doska va figuralar joylashuvidan yaxshi xabardor bo’lsangiz, o’yinda yutish ehtimolingiz ham shunchalik ortadi. Nafaqat bu, balki figuralarni qaysi vaqtda qanday ishlatishni bilish ham muhim omil.

Xuddi shunday hayotda yangiliklardan boxabarlik, so’nggi o’zgarishlarni bilib borish sizning to’g’ri qaror qabul qilishingizni osonlashtiradi. G’aflatga botish esa sizni yutib yuboradi. Nafaqat bu, balki haq-huquqlaringizni bilish, uni himoya qilish ham hayotingizni yaxshilab beradi.

@grownroll
Filmga beriladigan baho aslida juda nisbiy. Filmlarni inson o’sha vaqtdagi dunyoqarashi, qiziqishi, kayfiyatiga qarab ko’radi. Kimdir sizga Interstellar ni zo’r kino deb mahtadimi, demak undagi fanga bo’lgan qiziqish, dunyoqarash o’sha vaqtda ortgan yoki natijasi bo’lgan. Kimdir Samolardan balandda kinosini tavsiya berdimi demak unda romantik kayfiyat o’sha vaqtda ustun bo’lgan.

Tavsiya qilingan kino sizga yoqishi ehtimoli odatda 50/50. Chunki bu o’sha vaqtda dunyoqarashingiz, kayfiyatingiz kino tavsiya qilgan shaxsning o’sha kinoni ko’rgan vaqtdagi holati bilan deyarli bir xil bo’lishi bilan bog’liq. Shuningdek, bu xarakter, dunyoqarash, bilim, hissiyotdagi har xillik bir kinoni turli rakursdan tushunishga olib keladi. Bunda masala, qaysi rakursdan boqish to’g’riligida bo’ladi va aynan shu jamiyatdagi yaxshi va yomon, bilimli va bilimsiz insonlarni ko’rsatib beruvchi indikatorlardan biri hisoblanadi.

Shunchaki “Слово пацана” kinosini ko’rganim va uni ko’rganlar yondashuvi har xilligi asosida kelgan fikrlar edi…
Blog yuritishni 2021-yil ramazon oyida boshlagandim. O’shandan beri orada uzilishlar bilan bo’lsa-da blog yuritishni davom etdim. Orada ko’pchilik kanalni tark etdi. Ba’zan kanal passiv harakatda bo’lsa ham boshidan beri birga bo’lib kelganlarga rahmat.

Mana endi 2024-yil ramazon oyi yaqin…

Shu 3 yil ichida shaxsiy hayotda va karyerada katta o’zgarishlar bo’ldi. Lekin haligacha blog yuritish aktualligicha qolmoqda.

Hammaga assalomu alaykum! Yana sizlar bilan birgaman. Umid qilamanki kanaldagi oxirgi pauzadan bahra olib bo’ldingizlar…

@grownroll
Fikrlang…

Odatda ma’lumot qabul qilgandan uni chiqargan siz uchun foydaliroq.

Shu sabab ahli ilmlar sizni doim yolg’iz qolib fikrlashga undaydi.

Fikrlaganda odam miyasi ko’proq kuch bilan harakat qiladi, bu esa miya faoliyatini samaradorligini oshiradi.

Zakovat kabi o’yinlar sizni fikrlashga undaydi, e’tibor bersangiz zakovatda doim qatnashadiganlar, doim tahlil bilan shug’ullanadiganlar fikrlash sifati yaxshiroqdek tuyuladi. Bu o’zidan-o’zi yuzaga chiqmaydi.

Fikrlang…

@grownroll
Pareto qonuni bor.

80 foiz qilingan ish 20 foiz natija beradi yoki teskarisi - qilingan 20 foiz ish, 80 foiz natija beradi.

Har kuni harakat qilyapman, o’rganyapman, lekin nega “ketmonim uchmayapti” dema. Shunchaki sen 80 foiz harakat qilib 20 foiz natija olayotgan bo’lishing mumkin. Bunda yana boshqa faktorlar ham bor.

Hayotda tez muvaffaqiyatga, boylikka erishish yo’li 20 foiz harakat qilganda ham 80 foiz natija beradigan atmosferada yurish. Sen ko’chada kun bo’yi jismoniy mehnat bilan shug’ullanib ham, aqliy mehnat bilan yarim soatda topiladigan daromadni topolmasliging mumkin.

O’zingga hozirdan savol ber va aniqlashtir - nima qilsang 20 foiz mehnat qilasan, ammo 80 foiz natija olasan?

@grownroll
Yevropaga qilgan sayohatim va xulosalarim bilan bo’lishmoqchiman. Ham o’zimga nostalgiya, ham kim uchundir foydali bo’lsa xursand bo’laman. Demak, stay tuned!
09.01.2023

Tong soat 07:00 dan aeroportdamiz. Yevropaga Istanbul orqali uchishimiz kerak. Ya’ni transfer yo’lovchimiz. Istanbul aeroportida ikkinchi reys orqali Daniyaga uchishimiz kerak. Birinchi va ikkinchi reyslarimiz orasidagi farq bor yo’g’i ikki soat edi. Sayohatdagi sarguzashtlar Toshkent xalqaro aeroportining o’zidan boshlandi…

Havo bulut sabab reysimiz kechiktirildi. Istanbuldagi ikki soat biz uchun qisqa tuyilib turgan bir vaqtda, reys kechikib yana vaqt yo’qotdik. Xayriyatki samalyotimiz 1 soat-u 20 daqiqalik kechikishdan so’ng parvozga otlandi. Havoga ko’tarildik, o’zi umuman birinchi marta xalqaro parvozga chiqishim va o’sha paytdagi hissiyotlar juda yoqimli edi. (Kechikayotgan bo’lsak ham)

Kaspiy ustidan uchib Kavkaz orqali Turkiyaga, Istanbulga yetib keldik. Istanbul aeroporti kattaligi jihatida oldingi qatorlarda turishini bilardimku, lekin kechikayotgan vaqtim buni his qildim - qo’limda 30 kglik yuk, yelkamda 8 kglik ryukzagim bilan tinmay yugurib, o’zimizga tegishli gate’ni topib bordik va nihoyat samalyotimizga oz vaqt qolganda ulgurdik.

(davomi bor)

#traveltoeurope

@grownroll
ChatGPT kelajak kushandasimi?

Clickbait uchun uzr. Har holda man bunaqa o’ylamayman.

ChatGPT 2022-yil oxirlarida yaratilgan bo’lsa ham o’sha vaqtni o’zida juda ommalashishga ulgurgan edi. Xo’sh, nega ancha vaqt o’tib bu haqida yozyapman? Tajriba qildim, bo’lganda ham 1 yillik tajriba.

ChatGPT plyuslari:

- kam harakat, ko’p natija
- grammatik jihatdan boshqa platformalardan ancha yaxshi
- deyarli har qanaqa savol va topshiriqqa yaxshi javob beradi
- eslab qolish imkoniyati bor

ChatGPT minuslari:

- har vazifa uchun murojaat qilaversang dangasa qilib qo’yadi
- ba’zan aloqasi bo’lmagan javob beradi

Yuqoridagilar umumiy qismlar va aslida qaysi soha haqidagiligiga qarab ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin.

Umuman olganda ChatGPTni hammaga tavsiya qilgan bo’lardim. Agar haligacha ishlatib ko’rmagan bo’lsang, hozir boshla - chat.openai.com

@grownroll
davomi…

Istanbulda parvozni kutib turibmiz. Samalyotdagi yo’lovchilarning aksariyati ko’rinishidan yevropalik bo’lib, e’tiborimni tortgan jihati ularning kiyinishi bo’ldi - shortik, futbolka, krossovka va hokazo… Qishda-ya?)

Keyin Daniyaga qarab uchishni boshladik, orada biroz yonimda o’tirgan daniyalik bilan suhbatlashdim, oilasi bilan Filippindan qaytayotgan ekan, sayohatsevar xalq-da bu yevropaliklar.

Kopengagen aeroportiga kelib qo’ndik. Tashqari sovuq, qor yog’ayotgan ekan. Yevropaliklar bizdan farqli o’laroq yengil kiyingan, bu sovuq ular uchun odatiy hol edi. Ha, inson tanasi ruhiyati singari tabiatga, atmosferaga moslashuvchan…

Odatdagi tartib bo’yicha aeroport chegara nazoratidan o’tishni boshladik. Border control’da bir viking chegara xizmati xodimi bizni bir qancha savolga tutdi, bu qismdan osongina o’tib oldik. Shundan so’ng, yuklarimizni olishga borganimizda u yerda yuklarimizni topolmadik. O’sha yerdagi bir xodimdan so’rasak, yuklaringiz Istanbulda qolib ketgan bo’lishi mumkin deb javob berdi. Albatta, bu xabarni yaxshi kayfiyatda kutib olmadik. Service control’dan so’raganimizda esa amaliy yordam qilib ichkari yukxonadan bizni yuklarimizni topib kelib berdi. Shu orada bir qancha Shvetsiya fuqarolari bilan gaplashib turdim, menga ulardagi kirishimlilik yoqishni boshladi.

(davomi keyingi postlarda)

#traveltoeurope

@grownroll
Kibr va loqaydlik bizni o’ldiradi

Bizdagi jamiyatning eng katta nuqsonlari kibr va loqaydlik deb hisoblayman. Nega?

Piyodalar o’tish yo’lagiga arang yo’l beramiz, davlat ishida o’zimizdan past lavozimdagiga nomunosib munosabat qilamiz, qo’lga sal mansab tegsa atrofdagilarga past nazar bilan qarashni boshlaymiz, vertikal iyerarxiya esa haddan tashqari rivojlangan.

Ko’p vaqtimizni ijtimoiy tarmoqda sarflaymiz, kommentni ochsang hamma yoqda “nexia 2 legenda”, vaqtimizni bekorchi narsalarga sarflashga, kimgadir negativ bildirishga o’rganib qolganmiz. Tanqidiy fikrlash deyarli yo’q, umuman olganda mentalitetimizdagi nuqsonlarning chek chegarsi yo’q.

Asrlar davomida shakllangan, faqat kim qanaqa mashina oldi-yu, nechi pul topdiga qiziqadigan, vaqtini internetga sarflab, oilasiga, ishga kelganda noliydigan, sog’lom prioritetlarga ega bo’lmagan mentalitetimizni o’zgartirmas ekanmiz, rivojlanib ketishimiz uzoq yillarga uzayib boraveradi.

Kimgadir oyna tutgan bo’lsam xursandman, o’zida bor nuqsonni to’g’irlash, o’zidan keyingi avlodga prioritetlar to’g’ri shakllangan mentalitetni qoldirish hammamizning vazifamiz bo’lishi kerak.

Sayohat haqida postlarimni o’qib borsang aynan bir davlat tajribasi haqida to’xtalib o’taman. Stay tuned!

@grownroll
Filmlar sizni o’stirishi kerak!

Har doim shu qoidaga amal qilib film tomosha qilaman. Agar film senga nimadir foyda bermayaptimi, to’xtat. Film ham kitob singari senga qanaqadir falsafani singdirishi kerak. O’z falsafasi bilan men yoqtirgan filmlar ro’yxati quyidagicha:

- The Dark Knight trilogy
- Interstellar
- Platform
- Oppenheimer
- The Trumen show
- Forrest Gamp
- Kung Fu Panda
- Dangal
- The pursuit of happiness
- LOTR

Film falsafasi haqida batafsil postlar bo’lishini xohlaysanmi?

O’zing yoqtirgan filmlar bilan bo’lishi uchun kommentlar ochiq.

@grownroll